cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Oʻzbekiston DJTSU Fargʻona filiali direktorining rasmiy kanali

Talab va takliflaringizni quyidagi bot orqali direktorga murojaat qilishingiz mumkin. @uzdjtsuff_bot Call center: +998732429431 Web-sayt: uzdjtsuff.uz E-mail: [email protected] Manzil: Farg'ona sh, "Kimyogarlar" ko'chasi 9- uy

Show more
Advertising posts
650
Subscribers
-224 hours
-47 days
-1230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#xizmat_safari 🏢Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi Oliy va professional ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Muqum Arziqulov hamda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov Universitetning Farg‘ona filialida bo‘lib turibdi. 🗂Filialga tashrif davomida “Qabul-2024” jarayonlari bilan ham tanishildi. Qabul komissiyasi a’zolari va “Call center” xizmati mutaxassislari bilan suhbatlashildi, ularga “Qabul-2024” jarayonlarini adolatli, xolis va shaffof tarzda o‘tkazish yuzasidan zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. ✅Shundan so‘ng rektor Rashid Matkarimov filial talabalari bilan suhbatlashib ularni qiynayotgan muammolar, orzu va maqsadlari, sportning sir-asrorlari haqida suhbatlashdi. Sportchi talabalarga oldindagi katta musobaqalarda zafar va g‘alabalar tiladi. Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Show all...
#Sportkuni 🏀O'zbekistyon davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg'ona filialida Sirtqi ta'lim shaklida taxsil olayotgan 1- bosqich talabalari o'rtasida qo'l to'pi sport turidan “Direktor kubogi” musobaqasiga start berildi. Tadbirni Sirtqi bo'lim boshlig'i Qahramon Boymirzayev ochib, jamolarga omad tiladi. ✈️Ma'lumot uchun g'oliblar "Direktor va yoshlar" uchrashuvida taqdirlanadi. Filial matbuot xizmati. ✅Facebook|📹YouTube|🌐WebSite  Telegram
Show all...
#xizmat_safari 📌Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi Oliy va professional ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Muqum Arziqulov hamda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov Farg‘ona viloyatida xizmat safarida bo‘lib turibdi. 📍Tashrifning dastlabki manzili Universitetning Farg‘ona filiali bo‘lib, bu yerda yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari adolatli, xolis va shaffof tarzda o‘tkazilishi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi. ✔️O‘rganishlar davomida Yakuniy davlat attestatsiyasi hay’at a’zolariga rektor Rashid Matkarimov tomonidan korrupsiya va uyushgan jinoyatchilik jamiyatimiz uchun naqadar xavfli illatligi va unga qarshi kurash hozirgi kunning muhim vazifalaridan ekanligi tushuntirib o‘tildi. Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Show all...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#bilasizmi
⚡️Abituriyentlarga umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat bo‘yicha ball qanday tartibda beriladi?
💬 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga asosan abituriyentlarga berilgan sertifikatga muvofiq mutaxassislik fanidan maksimal yoki tabaqalashtirilgan (proporsional), majburiy fanlardan esa maksimal ball berilishi belgilangan. Bunda: ❗️2024-yil 1-martgacha berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida): 🔄 Sertifikat bali 86 va undan yuqori ball bo‘lganda abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi; 🔄 Sertifikat bali 60 balldan 86 ballgacha bo‘lganda abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi. ☑️Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi. ❗️2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq): 🔹 A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi; 🔹 B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi. ✔️ Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Show all...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#ELON                                                                                                     Assalomu alaykum hurmatli talabalar! Ertaga filialimizda Sport kuni munosabati bilan soat 13:30da sirtqi ta'lim shaklining 1-bosqichdagi barcha talabalari o'rtasida sportning QO'L TO'PI turi bo'yicha DIREKTOR KUBOGI  bo'lib o'tadi. G'olib bo'lgan jamoalar filial direktori tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.
Show all...
👍 1
😀😃😄😁 Bitiruvchi talabalar uchun yakuniy davlat attestatsiya sinovlari boshlandi 🗣Joriy o‘quv yilida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filialida birinchi qaldirg‘ochlar bitiradi. Bugun filial direktorining tegishli buyrug‘iga asosan, 2023-2024- o‘quv yili bitiruvchi bosqich talabalarining Yakuniy davlat attestatsiya sinovlari boshlandi. 💬Bitiruvchi talabalar attestatsiya sinovlarida mutaxasslik fanlaridan og‘zaki savol-javob, maxsus va umumjismoniy mashqlarni bajarib berdilar. 🟦Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari jarayonlarni adolatli, xolis va shaffof tarzda o‘tishini ta’minlash maqsadida attetatsiya sinovlarini diqqat bilan kuzatib borishmoqda. ⏺Filial matbuot xizmati
Show all...
07:54
Video unavailableShow in Telegram
#mutolaa
O‘qituvchi odam bo‘lgan ekan...
Ilmiy-fantastik asarlari bilan mashhur yozuvchi Ayzek Azimovning mazkur kichik hikoyasi kelajak maktablari haqida. 1957-yilda chop etilgan ushbu hikoya voqealari uzoq kelajakda, aniqrog‘i 2155-yilda sodir bo‘ladi. U paytda allaqachon robotlar barcha sohalarni egallagan, jumladan, endi bolalarga o‘qituvchilar emas, balki robotlar dars o‘tayotgan bo‘ladi. Jajji qizaloq Mari akasi Tommi topib olgan eski kitobda bundan yuz yil oldingi maktablar haqidagi hikoyalarni eshitib, hayratga tushadi. Axir qanaqasiga, shunaqa maktablar ham bo‘lishi mumkinmi? 📖Hikoyani o‘qish Hikoyani eshitish 👆 Hikoya audiosini Maftuna Ismoilova o‘qidi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Show all...
1taaaa.mp418.74 MB
Repost from Edu.uz
03:38
Video unavailableShow in Telegram
#brifing
⚡️5-iyundan oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish istagidagi abituriyentlar uchun qabul boshlanadi (kasb-hunar maktabi bundan mustasno)
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori maslahatchisi Zohid Shakarov maʼlum qildi. 💬Oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi. Davlat OTMlari bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi. 🔄1-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi hamda quyidagilarni tanlaydi: 🔸Faqat test sinovida ishtirok etsa: ✔️fanlar majmuasi; ✔️taʼlim tili; ✔️test topshirish hududi. ↪️Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlarida oʻqish istagini bildirsa (ijodiy imtihon) topshirsa: ✔️taʼlim tili; ✔️test topshirish hududi; ✔️alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishi; ✔️kasbiy (ijodiy) imtihonni topshiriladigan davlat OTM. 🔄2-bosqichda abituriyentlar test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi: ✔️oliy taʼlim muassasasi; ✔️bakalavriat taʼlim yoʻnalishi; ✔️taʼlim shakli; ✔️tanlov ustuvorligi. 🗣 Abituriyentning test sinovida toʻplagan ballari imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani boʻyicha tanlov natijasi qabul jarayonining 2-bosqichi toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. ⚡️Kollej va texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar OTMlariga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi: ✔️kollej va (yoki) texnikum; ✔️kasb va mutaxassislik; ✔️taʼlim shakli. 🗣 Natijasi bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. ⚡️Fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan Agentlikning 1195 ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin. 👉Batafsil
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Show all...
tg.mp47.00 MB
Repost from Edu.uz
#qabul2024 #ixtisoslashtirilgan_maktab
⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul kvotalari tasdiqlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul parametrlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 3 ta ixtisoslashtirilgan maktablarga jami 210 ta kvota ajratildi. Qabulga doir rasmiy bot: @eduuzuniversalbot
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Show all...
Qabul parametrlari-2024 - Ixtisoslashgan maktab.pdf0.56 KB
Repost from Edu.uz
#qabul2024 #akademik_litsey
⚡️Akademik litseylarga qabul kvotalari tasdiqlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga qabul parametrlari ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 71 ta akademik litseyga jami 15 496 ta kvota, shundan 12 324 ta o‘zbek, 2 730 ta rus va 442 ta qoraqalpoq tillari kesimida ajratildi. Qabulga doir rasmiy bot: @eduuzuniversalbot
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Show all...
Qabul parametrlari-2024.pdf7.68 KB
👍 1