en
Feedback
Intellektual ilmlar va texnologiyalar fakulteti| UrDU

Intellektual ilmlar va texnologiyalar fakulteti| UrDU

Open in Telegram

Intellektual ilmlar va texnologiyalar fakulteti rasmiy sahifasi 🌐Veb-sayt: www.urdu.uz Facebook: facebook.com/urduuz Instagram: instagram.com/urdumatbuotxizmati Youtube: youtube.com/channel/UCkQ8N0jtKR9VigB0FALuFvA/videos

Show more
1 987
Subscribers
+2524 hours
+2197 days
+13730 days
Posts Archive
#Payshanba_yoshlar_kuni 🏛Bugunning lider talabasi — ertangi kunning yetakchisi Bugun Urganch davlat universiteti rektori Fer
+9
#Payshanba_yoshlar_kuni 🏛Bugunning lider talabasi — ertangi kunning yetakchisi Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova universitetning faol va tashabbuskor talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuvda yoshlarning liderlik qobiliyatini shakllantirish, tashabbuskor bo‘lish, aniq maqsad sari intilish va shaxsiy rivojlanish ustida izchil ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanish, ta’lim, ilm-fan, ijod, tadbirkorlik va innovatsiyalar yo‘nalishida o‘z salohiyatini namoyon etish zarurligi qayd etildi. Uchrashuvda talabalar o‘zlarining g‘oya, taklif va loyihalarini bildirdilar. Rektor yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirib, ilgari surilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube

#Videoreportaj 🏛 Rektorning fakultet jamoalari bilan uchrashuvlari boshlandi. Bugundan Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimovaning fakultet jamoalari bilan uchrashuvlari boshlandi. Dastlabki uchrashuv Iqtisodiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari va tyutorlari ishtirokida tashkil etildi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube

#Birinchi_kurs_maktabi “Birinchi kurs maktabi” doirasida tanishtirish ishlari olib borildi. ✅ Urganch davlat universiteti Int
+3
#Birinchi_kurs_maktabi “Birinchi kurs maktabi” doirasida tanishtirish ishlari olib borildi. ✅ Urganch davlat universiteti Intellektual ilmlar va texnologiyalari fakulteti tyutori D.Masharipov tomonidan o‘ziga biriktirilgan 1-kurs talaba-yoshlari bilan “Birinchi kurs maktabi” doirasida navbatdagi tushuntirish va tanishtirish ishlari olib borildi. -Tashrif davomida talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun universitet tomonidan yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi. Jumladan, talabalar sportning barcha turlari bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud sport inshootlari va mashg‘ulotlar uchun ajratilgan hududlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. -Yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport tadbirlarida faol ishtirok etish va sog‘lom turmush tarziga amal qilishlari bo‘yicha tavsiyalar berildi.

➡️ Innovatsion imkoniyatlar — yoshlar uchun yangi marralar! Bugun Urganch davlat universitetida Innovatsion rivojlanish agent
+3
➡️ Innovatsion imkoniyatlar — yoshlar uchun yangi marralar! Bugun Urganch davlat universitetida Innovatsion rivojlanish agentligining Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi boshlig‘i S. Rahmonov ishtirokida “Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilinadigan tanlovlar va ularda qatnashish tartibi” mavzusida taqdimot o‘tkazildi. Taqdimot davomida talaba-yoshlarga Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan grantlar va tanlovlar, Urganch yoshlar texnoparki huzurida yo‘lga qo‘yilayotgan “INNOX” inkubatsiya va akseleratsiya dasturining maqsadlari, afzalliklari hamda Startap loyihalarini ishlab chiqish va tanlovlarda ishtirok etish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube

🏛 Rektorning fakultet jamoalari bilan uchrashuvlari boshlandi Bugundan Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimov
+9
🏛 Rektorning fakultet jamoalari bilan uchrashuvlari boshlandi Bugundan Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimovaning fakultet jamoalari bilan uchrashuvlari boshlandi. Dastlabki uchrashuv Iqtisodiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari va tyutorlari ishtirokida tashkil etildi. Uchrashuvda asosiy e'tibor Iqtisodiyot fakultetida 2025/2026-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar hamda 2026/2027-o‘quv yilidagi istiqbolli rejalarga qaratildi. Dastlab fakultet dekani Ilyos Abdullayev fakultetning bugungi kundagi faoliyati hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot qildi. Muhokamalar davomida ilmiy salohiyatni yanada oshirish, bitiruvchilar bandligini ta’minlash, dual ta’limni yanada kengaytirish, iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, xorijiy hamkorlarni jalb etish va akademik mobillik imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida to’xtanildi. Rektor  ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berdi. Shuningdek, fakultetdagi to‘garaklar faoliyatini kuchaytirish, talabalarning startap g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, talabalar turar joyi va ijara bilan ta’minlash masalalarini tizimli hal etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Tadbirkorlikka qiziqadigan talabalarni biznesga tayyorlash, ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladigan maxsus Biznesga tayyorlash xonasini tashkil etish taklifi ham qo‘llab-quvvatlanib, uni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Rektorning barcha fakultet jamoalari bilan uchrashuvlari reja-grafik asosida davom etadi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube

#Kutubxona_faoliyatidan 📚 Axborot-resurs markazi fondiga yangi adabiyotlar topshirildi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch d
+3
#Kutubxona_faoliyatidan 📚 Axborot-resurs markazi fondiga yangi adabiyotlar topshirildi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari va tizimlari kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Kutliyev tomonidan “Ta’limga kirish” nomli o‘quv qo‘llanmadan 7 ta nusxasi universitet Axborot-resurs markazi fondiga topshirildi. Shuningdek, Filologiya fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi  dotsenti U.Maxmudov tomonidan S.Ruzmetov, U.Maxmudov muallifligidagi “Стилистика русского языка” nomli o‘quv qo‘llanmadan 10 tasi Axborot-resurs markazi fondidan joy egalladi. Mazkur o‘quv qo‘llanmalar talabalar, tayanch doktorantlar hamda tadqiqotchilar uchun akademik yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ilmiy tadqiqotlarni sifatli tashkil etishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube

⚠️ FIRIBGARLIK VA ZARARLI FAYLLARDAN EHTIYOT BO‘LING! Bugungi kunda turli xil APK fayllar, shubhali havolalar va zararli fayl
⚠️ FIRIBGARLIK VA ZARARLI FAYLLARDAN EHTIYOT BO‘LING! Bugungi kunda turli xil APK fayllar, shubhali havolalar va zararli fayllar orqali fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari hamda mablag‘larini qo‘lga kiritishga qaratilgan firibgarlik holatlari ko‘paymoqda. 🛡 Bunday xavflardan himoyalanish va shubhali fayllar bo‘yicha ma’lumot olish maqsadida maxsus bot ishlab chiqilgan: APK qo'riqchi 🤖 Mazkur bot orqali siz: shubhali va zararli fayllarni tekshirishingiz; firibgarlik holatlaridan ogoh bo‘lishingiz; kiberxavfsizlik bo‘yicha foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin. Xavfsizligingizni o‘ylang — shubhali APK fayllarni ochishdan avval tekshiring! 🔻Botdan foydalanish uchun yuqoridagi QR-kodni skanerlang! ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube

#SavolJavob | #QuestionAnswer 📝 Xorijiy fuqarolar magistraturaga qanday tartibda qabul qilinadi? Bu haqida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim tashkilotlarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 21-bandida korsatib otilgan. 🇬🇧 How are foreign citizens admitted to master’s degree programmes? This is stipulated in Paragraph 21 of the Regulation on the Procedure for Admission to Master’s Degree Programmes of Higher Education Institutions, approved by Resolution No. 578 of the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan dated September 13, 2025. Batafsil videoda 👆 Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

Repost from Edu.uz
Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi etib tayinlandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farm
Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi etib tayinlandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi. Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi. Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan. Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi. Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Oʻzbekiston Prezidentining Serbiyaga ilk tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarda yangi bosqichning boshlanishi sifatida tarixga kiradi. — Первый визит Президента Узбекистана в Сербию войдет в историю как начало нового этапа в отношениях между двумя странами. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🏛Yangi muhit — yangi bilim — yangi imkoniyatlar! Ayni kunlarda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining barcha fakultetlarida yangi o‘quv yilini boshlagan 1-bosqich talabalari uchun “Kelajak soati” mashg’ulotlari, “Tanishtiruv haftaligi”, “Kredit haftaligi” tadbirlari izchil tashkil etilmoqda. Jarayonlarda talabalar universitetning o‘quv binolari, Axborot-resurs markazi, Registrator ofisi, laboratoriyalari hamda yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar bilan tanishtirilmoqda. Shuningdek,  Kredit-modul tizimi, HEMIS tizimidan foydalanish tartiblari tushuntirilmoqda. Mazkur tadbirlar yoshlarning universitet hayotiga tez moslashishi, ta’lim jarayonini samarali tashkil etishi, faol va tashabbuskor talaba sifatida shakllanishiga xizmat qilmoqda. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube

#Garsiyaga_maktub Garsiyaga maktubni eltib berishga qodir odamlar… Bunday odamlar nimaiki istasalar, shunga erishadilar. Bunday odamlar har bir shaharda, har bir qishloqda, har bir ishxonada, har bir ustaxonada, har bir do`konda, har bir korxonada kerak. Bunday odamlar dunyoga kerak. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|InstagramLn | YouTube

Repost from Yoshlar.edu.uz
🏛 Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimovaning 1-bosqich talabalariga tavsiyalari videolavhalarda. Imkoniyatlar: kecha va bugun. Bugun yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim va ilm-fanga berilayotgan e’tibor kechagi kun bilan qiyoslaganda naqadar katta o‘zgarishlar yuz berganini ko‘rsatadi. — Bundan 10–15 yil avval yangi o‘quv yili boshlanishi bilan pedagog va talabalar paxta dalalariga jalb etilgan bo‘lsa, bugun oliy ta’lim oldidagi asosiy maqsad — sifatli ta’lim, ilmiy salohiyatni oshirish va dunyoning nufuzli universitetlari qatoridan joy olish. - Talabalar imkoniyatlarni ortidan izlagan bo’lsa, hozirgi kunda imkoniyatlarni o'zi yoshlarni qidirmoqda.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram

#tanishing 🏛 Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlari
#tanishing 🏛 Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlari. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|InstagramLn | YouTube

🇵🇹 PORTUGALIYADA ECOINFORMATICS YO‘NALISHIDA XALQARO TAJRIBA ALMASHINUVI 🌐UrDU vakillari MECAS xalqaro loyihasining texnik
+3
🇵🇹 PORTUGALIYADA ECOINFORMATICS YO‘NALISHIDA XALQARO TAJRIBA ALMASHINUVI 🌐UrDU vakillari MECAS xalqaro loyihasining texnik treningida ishtirok etdilar 2026-yil 7–9-sentabr kunlari Portugaliyaning Covilhã shahrida Erasmus+ Capacity Building in Higher Education (CBHE) dasturi doirasida amalga oshirilayotgan MECAS — “Development of Master curricula in EcoInformatics for the impact on the Aral Sea basin” xalqaro loyihasining Ikkinchi texnik treningi va loyiha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro tadbir University of Beira Interior (UBI) universitetida tashkil etilib, unda O‘zbekistonning qator oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan bir qatorda Urganch davlat universiteti Intellektual ilmlar va texnologiyalari fakulteti mutaxassislari — O.K. Xo‘jayev va O.T.Allamovlar ham faol ishtirok etdilar. 🔹Treningning asosiy yo‘nalishi Ecoinformatics magistratura dasturi uchun ishlab chiqilayotgan yangi o‘quv modullarini muhokama qilish, ularning mazmunini takomillashtirish hamda zamonaviy xalqaro ta’lim tajribalarini o‘rganishga qaratildi. Tadbir davomida o‘quv modullari bo‘yicha taqdimotlar, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, ekspertlar ishtirokidagi muhokamalar hamda hamkor oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tajriba almashinuvi tashkil etildi. 📚 MECAS loyihasi doirasida 2 yilga mo‘ljallangan, 120 ECTS kreditlik Ecoinformatics magistratura dasturi uchun jami 17 ta yangi kurs ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. Portugaliyada o‘tkazilgan ikkinchi texnik trening davomida mazkur kurslarning 10 tasi bo‘yicha o‘quv mazmuni, metodik yondashuvlar va amaliy jihatlar yuzasidan fikr almashildi. 💡Ecoinformatics — zamonaviy axborot texnologiyalari, ma’lumotlar tahlili va ekologik tadqiqotlarni birlashtiruvchi fanlararo yo‘nalish bo‘lib, uning rivojlanishi Orol dengizi havzasidagi ekologik jarayonlarni raqamli texnologiyalar asosida monitoring qilish, tahlil etish va innovatsion yechimlar ishlab chiqishda katta ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. 🤝 Xalqaro trening yakunlari ta’lim dasturlarini xalqaro talablar asosida takomillashtirish, zamonaviy pedagogik va raqamli yondashuvlarni ta’lim jarayoniga joriy etish, ilmiy salohiyatni oshirish hamda Yevropa va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi akademik hamkorlikni yanada kengaytirish uchun muhim ahamiyat kasb etdi. 🎓 Urganch davlat universiteti Intellektual ilmlar va texnologiyalari fakulteti raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili va ekologik informatikani o‘zaro integratsiyalashgan holda rivojlantirish, xalqaro tajribalarni o‘rganish va ularni ta’lim hamda ilmiy faoliyatga tatbiq etish borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda. 🌐Ilm-fan | Innovatsiya | Xalqaro hamkorlik | Raqamli texnologiyalar #UrDU #IntellektualIlmlarVaTexnologiyalar #MECAS #ErasmusPlus #CBHE #EcoInformatics #InternationalCooperation #Innovation #DigitalTechnologies #Science #Education #AralSea

📣❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 💙💙💙 Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti 3-bosqich talabalari harbiy tayyorgarlik o‘q
📣❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 💙💙💙 Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti 3-bosqich talabalari harbiy tayyorgarlik o‘quv markaziga qabul davom etmoqda!
📂 Talab etiladigan hujjatlar
➖ Hujjat uchun papka ➖ Pasport yoki ID-karta nusxasi ➖ Harbiy guvohnoma agar bo‘lsa nusxasi ➖ Harbiy hisobda turganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi ➖ 3x4 sm o‘lchamdagi 2 ta fotosurat bosh kiyimsiz
💠 Saralash quyidagi bosqichalarda amalga oshiriladi: ➡️ Tibbiy ko‘rik; ➡️ Jismoniy tayyorgarlik sinovlari; ➡️ Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanidan test sinovi. 📌 Tibbiy ko‘rik talablari, jismoniy sinov me’yorlari, test tartibi hamda saralash olib boriladigan ta’lim yo‘nalishlari bilan batafsil havola orqali tanishingiz mumkin: Havola 📞 Murojaat uchun: +998-93-753-76-73 ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|InstagramLn | YouTube

#Tanishtiruv_haftaligi | #Kredit_haftaligi ➡️ Urganch davlat universitetida “Kredit haftaligi” tadbirlari davom etmoqda Ayni
+9
#Tanishtiruv_haftaligi | #Kredit_haftaligi ➡️ Urganch davlat universitetida “Kredit haftaligi” tadbirlari davom etmoqda Ayni kunlarda Urganch davlat universitetining barcha fakultetlarida 1-bosqich talabalarining ta’lim jarayoniga moslashuvi hamda universitetdagi o‘quv jarayonlari haqida zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishiga qaratilgan “Kredit haftaligi” tadbirlari tashkil etilmoqda. Unda mas’ullar tomonidan talabalarga ta’lim olish tartibi, Kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, fanlarni o‘zlashtirish va baholash mezonlari, shuningdek, HEMIS elektron axborot tizimidan foydalanish tartiblari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilmoqda. Mazkur haftalik doirasida tashkil etilayotgan uchrashuvlar talabalarning o‘quv jarayonini samarali tashkil etishi, o‘z huquq va majburiyatlarini chuqur anglab yetishi hamda universitet ta’lim tizimiga moslashishiga yordam berishga qaratilgan. Jarayonlar davom etadi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|InstagramLn | YouTube

🎓 “SIZ TANLAGAN KASB — KELAJAKNI SHAKLLANTIRADI” 📅 2026-yil 9-sentabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat unive
+3
🎓 “SIZ TANLAGAN KASB — KELAJAKNI SHAKLLANTIRADI” 📅 2026-yil 9-sentabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Intellektual ilmlar va texnologiyalar fakultetida “1-kurs maktabi” tadbirlari doirasida 1-kurs talabalari ishtirokida “Siz tanlagan kasb — kelajakni shakllantiradi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Axborot xavfsizligi kafedrasi mudiri T. Xudayberganov ishtirok etib, talabalarga tanlagan kasbining istiqbollari, soha rivoji, zamonaviy mutaxassisga qo‘yilayotgan talablar hamda kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassisdan kerakli tavsiyalar oldilar.

🎓 “SIZ TANLAGAN KASB — KELAJAKNI SHAKLLANTIRADI” 📅 2026-yil 9-sentabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat unive
+2
🎓 “SIZ TANLAGAN KASB — KELAJAKNI SHAKLLANTIRADI” 📅 2026-yil 9-sentabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Intellektual ilmlar va texnologiyalar fakultetida “1-kurs maktabi” tadbirlari doirasida 1-kurs talabalari ishtirokida “Siz tanlagan kasb — kelajakni shakllantiradi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Axborot xavfsizligi kafedrasi mudiri T. Xudayberganov ishtirok etib, talabalarga tanlagan kasbining istiqbollari, soha rivoji, zamonaviy mutaxassisga qo‘yilayotgan talablar hamda kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassisdan kerakli tavsiyalar oldilar. Tadbir fakultet tyutori Dusmetova Tamara tashabbusi bilan tashkil etildi.