✨ 𝐃𝐨𝐜𝐭𝐨𝐫'𝐬 𝐝𝐢𝐚𝐫𝐲 ✨
Open in Telegram
✨ℋℯ𝒸𝒽 𝓆𝒶𝓎ℴ𝓆𝓆𝒶 𝓈𝒽ℴ𝓈𝒽𝓂𝒶, 𝒶𝓂𝓂ℴ 𝓉ℴʻ𝓍𝓉𝒶𝓂𝒶𝓎 𝓎𝓊𝓇....🦕 @Doctors_diary_comment_bot 📝
Show moreTajikistan19 138The category is not specified
211
Subscribers
-224 hours
+17 days
No data30 days
Posts Archive
Open byujetda bitta ovoz 40 ming boʻlganini bilgan men 1 hafta oldin xolam telefon qilib hozir telefoningga kod keladi aytvor degan gaplari esimga tushib ketdi 😂
Open byujetchila buncha pulni qayerdan oladi 🧐
#Ashnaqa
Darsing boʻlmasadaa derazani ochib qoʻyiiiiib yomgʻir shitir shitirlarida uxlasang)
Topshirib chiqib hayolimga kelgan birinchi narsa Uydagilarni duolari. Kimdir omad der kimdir boshqa narsa lekin man shu yoshi ulugʻ insonlani duolaridan deb bilaman. Siz oʻziz uchun qilgan duoizdan koʻra boshqalarni siz uchun qilgan duosi tez ijobat boʻladi. Ota onalarimizni,yoshi katta insonlarimizni ogʻrinmasdan xizmatlarini qilib koʻp-koʻp duolarini olib yurishlik nasib qilsin. Erta bir kun bu dunyoda shu duogoʻy insonlarimizni ham topolmay qolamiz 💔
Bugun qiyin imtihonlarimizni bittasidan oʻtvoldik Alhamdulillah🥰
Xullas bayram munosabati bilan viloyatga ketgan men kelinlik xizmatlari bilan yaxshi tayyorlanmagan edim. Samalyotdan 11:40 da tushib 13:00 gacha imtihonga ulgurishim kerak edi. Lekin reys kechikdi va biz 11 da uchdik 🥲 aeroportdan toʻgʻri institutga kelishimga toʻgʻri keldi. Egzamen oldi xalat kalpachokni deb ham bitta muammo boʻldi. Xullas man yiqilishga oʻzimni ruhan tayyorlab kelgandim. Lekin uyda oyijon va dadajondan har duo olsam mushkuling oson boʻlsin, egzamenlardan yorugʻ yuz bilan oʻtgin deyishardi. Uydan chiqayotganimda ham dadajon jaa 5 olmasang ham boʻladi deb koʻnglimni koʻtarib joʻnatdila. Ne koʻz bilan koʻrayki biletimdagi 3-4 ta savol oxirgi oʻtilgan mavzulardan tushgan. Qolgani ham ja qiyin emas edi. 2 tasini javobini anniq bilmasdim. Lekin ustoz qiynamasdan yengil yengil savol javob qilib oʻtkazib yubordila vaaa 78-80-82-80 ... xullas shunaqa ballar oldim. Man hayron. Toʻgʻrisini aytsam 65-70 ga ham loyiq oʻqimaganman 😉🤫
Repost from N/a
#daftar_xoshiyasidagi_bitiklar
#haqiqat
Ish ko'pligiyu, vaqt yo'qligidan nolimang.Vaqt ko'pligiyu,ish yo'qligidan qo'rqing.Odamni abgor qiladigan narsa-bekorchilik🦦
Shunaqa shirin uyqu kelganda sen oʻqishga borishing kerak boʻlsa.....
Yaxshiyam yakshanba bor 😑
Bugun vanihoyat 10 kun 4 paralik leksiyalarimizni tugatdik🤗 4 para lektorlarni eshitiiiiiiib oʻtirish oson emas . Lekin bitta yaxshi tomoni ertaga buni oʻqishim kerak bunga tayyorlanishim kerak degan oʻy boʻlmaydi. Chunki sizni vazifez faqat borib eshitib eshitib kelish 😂😂😂.
Eng yomon yaxshi yangilik ChLX egzamenimiz 19- martdaligi 🥲. Va 2 ta smestrni ham leksiya ham amaliy daftarlari tekshirilishi.Xullas kuchliiiii tayyorlanish kerak!
#Yangi_kitob
Aslida bu kitobni 1 hafta oldin boshlagan edim oʻqishni. Chiroyli foto topilmayotgan edi 😅 bugungi qorga rahmat 😌
#shunchaki
Bugun 3- paraga 3-4 minut kech qolganimiz uchun dugonam, mani va yana bir talba qizni professor leksiyaga kirgizmadilar. Eshikni yonida turasilar deb. Biroz vaqtdan keyin kursdosh bolalar oʻrniga biza turamiz ular oʻtirishsin deyishdi 🥲 va oʻrnimizga 1 soat 20 minut tik oyoqda leksiya eshitishdi.....
P/s. Ba'zi insoniylik xislatlarini rostan ham hech nimaga alishib boʻlmaydi)
☃️Qishda oʻqilgan kitoblar :
1) Londondan muhabbat ila
2) Mashhurlarning soʻngi damlari
3) Ishq sahrosi
4) Avval ham, keyin ham Sen
5) Kutilgan tong
6) Vido choʻqqisi
7) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlaridan 101 qissa
8) Muqaddas azob
9) Ming bir hadis
10) Qora suyaklar
11) Bir yostiqda bir umr
12) Oʻzbeklar
13) Har ayol Hojardir
14) Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq
15) Bugun bomdod oʻqidingizmi?
16) Men
P/s. 20 ta kitob oʻqishni niyat qilgandim. 16 tasiga erishdim. Oʻqilmagan har bir kitob uchun 50 mingdan ehson qilamiz ya'ni 200 ming 🙃
✨ @Doctors_diary16 ✨
