cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Samarqand mahallalari

O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi rasmiy telegram kanali Murojaat uchun: @samarqandmahalla_bot

Show more
Advertising posts
2 368
Subscribers
-124 hours
+47 days
+17530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

🔍Hafta davomida mahallalar uyushmasi faoliyatida yuz bergan muhim yangiliklar: 🔍O‘zbekiston mahallalari uyushmasi USAID bilan hamkorlikka tayyor 🔍Qirg‘iziston “mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rganmoqda 🔍Respublika ishchi guruhi Buxoro va Samarqand mahallalarini o'rgandi 🔍Farg'onada 21 000 nafar yoshga 5000 gektar yer bo'lib beriladi 🔍Madaniy-ma'rifiy tadbirlar har bir mahallaga kirib boradi #Mahallalaruyushmasi #haftada_biz ✅ Facebook | ✅ Instagram | ✅ X |✅ Telegram | ✅ You tube
Show all...
Repost from SamTVR | MTRK
🎥 O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tashabbusi bilan may oyida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar oyligi o‘tkazilishi belgilangan. Samarqand viloyatining dam olish maskanlari va teatrlarida ham mazkur tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkaziladi. Siz ham o‘z mahallangizda tashkil etiladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda ishtirok etib, maroqli hordiq chiqaring. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi https://t.me/SamTvr
Show all...
🔴LIVE 📌Ayni vaqtda Respublika Ishchi guruhi Qoʻshrabot tumanining Pangat mahallasida. 🔰Bugungi kunda mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish, uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini ta’minlash asosiy ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirish, mahallabay ishlashga mas’ul boʻlgan shaxslar faoliyatini va hamkorligini samarali ta’minlash maqsadida hududlarda “Mahalla yettiligi” faoliyati oʻrganib borilmoqda. 🔸Xususan, Respublika Ishchi guruhi ayni damda tumanning Pangat mahallasida tuman hokimi Dilshod Shakarboyev boshchiligidagi sektor rahbarlari ishtirokida mahalla yettiligining faoliyati, mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy soha obyektlarining xizmat koʻrsatish holati bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olinmoqda. Kanalimizga qo‘shiling! Telegram | Facebook
Show all...
👍 1
Repost from SamTVR | MTRK
"DIYOR YANGILIKLARI"  | "MADANIY - MA'RIFIY TADBIRLAR OYLIGI" O‘TKAZILMOQDA #4-may#Samarqand Telegram | Facebook | Youtube |Admin
Show all...
Repost from SamTVR | MTRK
"DIYOR YANGILIKLARI"  | MAHALLALAR FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA #4-may#Samarqand Telegram | Facebook | Youtube |Admin
Show all...
Repost from SamTVR | MTRK
"DIYOR YANGILIKLARI"  | MAHALLALAR FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA #4-may#Samarqand Telegram | Facebook | Youtube |Admin
Show all...
"Polvonariq" mahallasida 100 gektar maydonda pista bog'i tashkil etiladi Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov tomonidan shu hafta boshida o'tkazilgan videoselektr yigilishida hududlarda qurg'oqchilikka chidamli daraxt navlaridan pista, bodom, yong'oq bog'larini ko'paytirish bo'yicha berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Payariq tumanida amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 3-sektor hududidagi "Polvonariq" mahallasida joylashgan Sindarov Zafar fermer xo'jaligiga qarashli 100 gektar maydonda pista ko'chatlari ekiladi. Bugun tuman hokimi I.Jabborov boshchiligidagi sektor rahbarlari, qishloq xo'jaligi sohasi mas'ullari ushbu fermer xo'jaligida bo'lib, pista ekiladigan yerning holati, yaratiladigan bo'g'dagi ko'chatlarni sug'orish tartibini o'rganishdi. Jarayonda, mas'ullar tomonidan yaxshi niyatlar bilan pista bog'ining ilk ko'chatlari yerga qadaldi. Ushbu bog'ni sug'orishda suv tejovchi texnologiyalardan foydalaniladi. Kanalimizga qo‘shiling! Telegram | Facebook
Show all...
“O‘QLOV” SPEKTAKLI PREMYERASI BO‘LIB O‘TDI Aholining madaniy hordiq chiqarishi hamda maʼnaviy ozuqa olishi uchun turli sayohatlar va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil qilinmoqda. Jumladan, 27-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida Kattaqo‘rg‘on drama teatri tomonidan yangi spektakl premyerasi bo‘lib o‘tdi. “O‘qlov” nomli spektakl namoyishiga tumanimizning barcha mahallalaridan 200 dan ortiq fuqarolar tashrif buyurdi. Komediya hamda ibratli voqealarga boy spektakl tomoshabinlarga o‘zgacha kayfiyat baxsh etdi. Kanalimizga qo‘shiling! Telegram | Facebook
Show all...
👍 1🔥 1
MADANIY-MAʼRIFIY TADBIRLAR OYLIGI DOIRASIDA SAYOHATLAR O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamkorligida may oyi - madaniy-maʼrifiy tadbirlar oyligi deb eʼlon qilingan. Mazkur oylik doirasida Tepaqo‘rg‘on mahallasining nuroniylari, xotin-qizlari, uyushmagan yoshlari hamda faol fuqarolari Samarqand shahridagi qadimiy yodgorliklar, ziyoratgohlar, tarixiy obidalar hamda "Boqiy shahar" majmuasiga sayohat uyushtirdi. Shu kabi Bolg‘ali mahallasining bir guruh fuqarolari ham ichki turizmni rivojlantirish va madaniy hordiq olish maqsadida, Buxoro shahridagi bir qator tarixiy qadamjolarga sayohat qildilar. Sayohat davomida tumandoshlarimiz Buxoroning mashhur Bahouddin Naqshbandiy, Ark qarorgohi, Minorai Kalon, Labi hovuz va Sitora Mohi Xosa kabi tarixiy obidalarini ziyorat qilib qaytdi. Har ikkala sayohat boy taassurotlar hamda tarixiy maʼlumotlarga boy tarzda o‘tdi. Kanalimizga qo‘shiling! Telegram | Facebook
Show all...
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar oyligi munosabati bilan O'zbekiston mahallalari uyushmasi , Kattaqo'rg'on shahar bo'limi hamda shahar madaniyat bo'limi bilan hamkorlikda "Chinobod" mahallasi fuqarolari uchun madaniy va ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Kanalimizga qo‘shiling! Telegram | Facebook
Show all...