РУҲИЙ САЛОМАТЛИК ИЛМИЙ-АМАЛИЙ ТИББИЁТ МАРКАЗИ
Open in Telegram
РСНПМ центр психического здоровья https://mentalhealthcenter.uz/ https://www.facebook.com/mentalhealthcenter.uz Телефон: 71-200-02-88 Мурожаат учун @NarcoticsControlPress
Show more4 040
Subscribers
+124 hours
-137 days
-4530 days
Posts Archive
Bemor: “Men odamlar bilan gaplashishni xohlamayman. Hech narsadan zavq olmayapman. Oldin yaxshi ko‘rgan narsalarim ham endi qiziqtirmaydi. O‘zimni aybdor his qilaman. Ertalab uyg‘onganimda kayfiyatim ayniqsa yomon.”
#foydaliIsh kuni samarali va yaxshi kayfiyatda o'tishi nimalarga amal qilish kerak? Kun davomida yuqori natija ko‘rsatish uchun faqat ko‘p ishlashning o‘zi yetarli emas. Ish va dam olish muvozanati, jismoniy faollik va sog‘lom ish muhiti ham muhim. 🔹1. Kunni aniq reja bilan boshlang Eng muhim vazifalarni belgilab, ishni ustuvorliklar asosida tashkil qiling. Noaniq vazifalar va ortiqcha ish yuklamasi stressni kuchaytirishi mumkin. 🔹 2. Qisqa tanaffuslarni unutmang Uzoq vaqt tanaffussiz ishlash charchoqni oshiradi. CDC/NIOSH ma’lumotlariga ko‘ra, talab yuqori bo‘lgan ishda qisqa va muntazam tanaffuslar charchoqni kamaytirishda foydali. Kompyuterda ishlovchilar uchun qisqa tanaffuslar jismoniy noqulaylikni ham kamaytirishi mumkin. 🔹 3. Harakat qiling Yurish, cho‘zilish mashqlari yoki boshqa jismoniy faollik ruhiy holat va ish qobiliyatini qo‘llab-quvvatlashi mumkin. WHO ishchilar uchun jismoniy faollik imkoniyatlarini tavsiya qiladi. 🔹4. Ish joyidagi muloqotga e’tibor bering Hurmatli munosabat, qo‘llab-quvvatlovchi jamoa va ochiq muloqot xodimlarning ruhiy farovonligi uchun muhim. 🔹 5. Ish yuklamasini me’yorida saqlang Haddan tashqari ish hajmi, uzoq yoki moslashuvsiz ish vaqti va ish ustidan nazoratning pastligi ruhiy salomatlikka salbiy ta’sir qilishi mumkin. 🔹 6. Ish va shaxsiy hayot o‘rtasida muvozanat yarating Yetarli dam olish va uyqu keyingi ish kunidagi energiya va diqqat uchun muhim. CDC/NIOSH xodimlarda 7–8 soat uyqu uchun yetarli dam olish vaqtini ajratishni tavsiya qiladi. ✨Esda tuting: samaradorlik — o‘zingizni charchatib qo‘yish emas. Sog‘lom ish muhiti, oqilona ish yuklamasi, tanaffuslar va yaxshi jamoaviy munosabatlar yuqori ish qobiliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.
Sog‘lom xodim — barqaror va samarali jamoaning muhim qismidir.✅ Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring © Web-sayt | ✈️ Telegram | 🌐 Instagram | ™️ Facebook | 📺 You tube
Reabilitatsiya — bu yangi hayot sari qadam 💚
Har bir insonning tiklanish yo‘li o‘ziga xos. Biz esa bu yo‘lda tibbiy yordam, psixologik qo‘llab-quvvatlash va individual yondashuv bilan yoningizdamiz.🌿Sog‘lom hayot sari birgalikda! 📞Call-markaz: +998 55 515 45 65 Реабилитация — это шаг к новой жизни 💚
Путь восстановления каждого человека уникален. Мы рядом на каждом этапе, предлагая медицинскую помощь, психологическую поддержку и индивидуальный подход.🌿Вместе — к здоровой и полноценной жизни! 📞Call-центр: +998 55 515 45 65 ✅ Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring © Web-sayt | ✈️ Telegram | 🌐 Instagram | ™️ Facebook | 📺 You tube
Bemor avvalgidek ta’sirga erishish uchun spirtli ichimlik miqdorini tobora oshirib bormoqda.
Bemor o‘z fikrlarini boshqalar o‘qiy olishini, uning fikrlari televizor orqali odamlarga uzatilayotganini aytadi.
+1
#Tabrik_Toshkent🇺🇿Mustaqillik — shonu sharafimiz va eng katta faxrimiz! Respublika kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida xalqimizning eng ulug', eng aziz bayrami — Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ko'tarinki ruhdagi tantanali bayram tadbiri bo'lib o'tdi va bir guruh xodimlariga bosh shifokor U.M.Usmonov tomonidan “O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, bosh shifokor muassasaning barcha fidoyi xodimlariga mustahkam sog'liq, oilaviy xotirjamlik hamda mas'uliyatli va sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tiladi.✅Qutlug' bayram arafasida ko'p yillik halol mehnati hamda sohadagi samarali faoliyati munosib e'tirof etilib, shifoxonamizda faoliyat ko'rsatayotgan tibbiyot va boshqa soha xodimlari Davlatimiz rahbari Farmoniga muvofiq ta'sis etilgan “O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar. 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin! ✅ Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring © Web-sayt | ✈️ Telegram | 🌐 Instagram | ™️ Facebook | 📺 You tube
urganch-davlat-tibbiyot-instituti.pdf
https://tmbm.ssv.uz/uploads/category/files/urganch-davlat-tibbiyot-instituti.pdf
buxoro-davlat-tibbiyot-instituti.pdf
https://tmbm.ssv.uz/uploads/category/files/buxoro-davlat-tibbiyot-instituti.pdf
andijon-davlat-tibbiyot-instituti.pdf
https://tmbm.ssv.uz/uploads/category/files/andijon-davlat-tibbiyot-instituti.pdf
toshkent-davlat-tibbiyot-universitetining-termiz-filiali.pdf
https://tmbm.ssv.uz/uploads/category/files/toshkent-davlat-tibbiyot-universitetining-termiz-filiali.pdf
toshkent-davlat-tibbiyot-universiteti-iii-blok.pdf
https://tmbm.ssv.uz/uploads/category/files/toshkent-davlat-tibbiyot-universiteti-iii-blok.pdf
toshkent-davlat-tibbiyot-universiteti-ii-blok.pdf
https://tmbm.ssv.uz/uploads/category/files/toshkent-davlat-tibbiyot-universiteti-ii-blok.pdf
toshkent-davlat-tibbiyot-universiteti-i-blok.pdf
https://tmbm.ssv.uz/uploads/category/files/toshkent-davlat-tibbiyot-universiteti-i-blok.pdf
tibbiyot-xodimlarining-kasbiy-malakasini-rivojlantirish-markazi.pdf
https://tmbm.ssv.uz/uploads/category/files/tibbiyot-xodimlarining-kasbiy-malakasini-rivojlantirish-markazi.pdf
respublika-ixtisoslashtirilgan-ruhiy-salomatlik-ilmiy-amaliy-tibbiyot-markazi.pdf
https://tmbm.ssv.uz/uploads/category/files/respublika-ixtisoslashtirilgan-ruhiy-salomatlik-ilmiy-amaliy-tibbiyot-markazi.pdf
Repost from Sog‘liqni saqlash vazirligi
🔴 🟦🟦🟦
❗️SSV: Klinik ordinaturaga kirish imtihonlarining natijalari ma’lum bo‘ldi
🧑🏻💻 Kuni kecha yurtimiz bo‘ylab klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari bo‘yicha kirish imtihonlari bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.⏺ Ta’kidlash joiz, talabgorlarning hujjatlari elektron shaklda onlayn qabul qilindi hamda imtihonlar nafaqat poytaxtdagi Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi, balki Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida ham tashkil etildi. 🤩 Bugun Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi rasmiy veb-saytida ushbu imtihon natijalari e’lon qilindi.
⬇️ Natijalar bilan tanishish uchun havola:https://tmbm.ssv.uz/post/category/clinic_results ‼️ Agar imtihon jarayonlari va natijalari yuzasidan savollar bo‘lsa, talabgorlar hujjatlarini topshirgan oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishi mumkin. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
+9
MUSTAQILLIK — BUYUK QADRIYATLAR VA EZGU MAQSADLAR TIMSOLI
🇺🇿Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Markaz direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Zarifjon Ashurov o‘zining samimiy tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Direktor o‘z nutqida mustaqillik yillarida mamlakatimizda, xususan, sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlar hamda fidokorona mehnat qilayotgan xodimlarning munosib hissasi haqida so‘z yuritdi.🏅 Tadbir davomida Markazda uzoq yillar davomida samarali va fidokorona faoliyat olib borgan xodimlar “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” ko‘krak nishoni bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.
🎁Shuningdek, kasaba uyushmasi tomonidan yangi o‘quv yilida farzandlari birinchi sinfga qadam qo‘yayotgan xodimlarning farzandlariga bayram sovg‘alari topshirildi.✨Mustaqillik bayrami — xalqimizning birdamligi, tinchligi va farovon kelajakka bo‘lgan ishonchini o‘zida mujassam etgan ulug‘ ayyomdir.
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin!✅ Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring © Web-sayt | ✈️ Telegram | 🌐 Instagram | ™️ Facebook | 📺 You tube
