CODEACADEMY
Open in Telegram
✅AI(Computer vision) ✅Mobile(Flutter) ✅Backend(Django) 🖥 https://www.youtube.com/codeschooluz 📍Manzil: Samarqand shahar Mironshox Mirzo ko'chasi. Mo'ljal: Makon mall(Gum) 📍https://t.me/codeacademyai/614 📩Savollar va takliflar uchun: @codeacademy_admin
Show more992
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
992
🤓Hello world - dasturlashga ilk qadam!
Deyarli barcha dasturlash tillarida birinchi bajaradigan amalimiz bu "Hello world" ni natijaga chiqarish hisoblanadi! Dasturlashni o'rganishni endi boshlaganlarning ko'pchiligi ushbu amalni bajarib "men dasturchiman" deyishadi😆
👨🏻💻Ushbu amalni python dasturlash tilida bajarish juda oson ekanligini yuqoridagi rasm orqali bilib olamiz!
➤ @codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
992
Hozir IT ni o'rgansam qancha vaqtda 1000$ - 10000$ topa olaman 🧐🤑?
Haqiqiy motivatsiya Laziz Adhamov
✅ @webdev07
992
💻 Pythonning foydalanish sohalari:
• Data analysis – 50%
• Web development – 49%
• DevOps / Sistem adminstration – 35%
• Programming of web parsers – 32%
• Machine learing – 31%
• Educational purpose – 28%
• Software testing / Writing automated tests - 26%
➤ @codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
992
Python nega eng tez o'sayotgan dasturlash tili?🧐
👆🏻Yuqoridagi rasmda bitta vazifani bajaruvchi buyruqning, 3 ta dasturlash tilida yozilishi.
P.S Hulosa o’zingizdan!😉
➤ @codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
992
Python nima o'zi?🤔
👨🏻💻Python bu- eng tez rivojlanayotgan dasturlash tillaridan biri.
🔸Pythonning muvafaqiyat omillaridan biri sodda tuzilganligi va o’rganish osonligidadir.
🔸Python dasturchilari dasturlash sohasida eng yuqori ish haqqi to'lanadigan mutaxasislar sirasiga kiradi.
🔸AQSHda Python dasturchilarining o’rtacha ish haqqi 120.000$ atrofida. O’zbekistonda ham Python dasturchilariga talab katta.
P.s: Dasturlashga qiziqsangiz albatta Pythonni o’rganing demoqchiman.😉
➤ @codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
992
Python bilan nimalar qila olish mumkin?🤔
Bu dasturlash tili necha yildan beri eng kuchli dastur tili sifatida birinchilikni qo'lga kiritib kelmoqda! 💪🏻
🔹 Web development
Ya'ni eng murakkab saytlarni ham yasash mumkin! Misol uchun Google, Instagramning web sayt qismi, ma`lumotlar analiz qilish tomonlari Python dasturlash tili orqali qurilgan. Bu saytlarning narxi hammaga ma`lum milliard dollar qimmat baholanadi!
🔹 Malumotlar bazasi
Istalgan banklar, yirik korxonalar va boshqa tashkilot yoki muassasalar bunday ekspertlarga yirik maosh to'laydi. Ma'lumotlar bilan tezkor ishlashda pythondan o'tadigani yo'q.
🔹 Mashina tili
Robotlar tilini yoza olish. Buyruq bera olish. Kelajakda 90% ish Robotlarga o'tadi. Bu kelajak mutaxasisligi. Pythonni bilganlar kelajak revolutsiyasi bo'lgan robot texnologiyasida muhim shaxs sifatida qoladilar.
🔹 Dasturlarga API yozish
Bu ishni Python dasturlash tilidan zo'r uddalaydigan dasturlash tili deyarli yo'q!
🔹 Avtomatlashtirish
Pythonning juda keng kutubxonalari orqali juda ko'p ishlarni avtomatlashtirish imkoni mavjud.
🔹 Telegram Bot
O'zbekiston Telegram foydalanuvchi davlatlar orasida 3-o'rinda turadi. Telegramdagi eng katta kashfiyotlaridan biri - bu siz xohlagan deyarli barcha ishlarni qilish imkonini beradigan Telegram Botlardir. Python esa Telegram Botlar qurishda eng yetakchilardan hisoblanadi.
☝🏻 Python imkoniyatlarini yana ko'p sanash mumkin!
➤ @codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
992
🌐Python bilan web dasturlash!
Umuman olganda web dasturlash front-end va back-end ga bo`linadi, bularning farqi haqida yozib o’tirmayman sababi hozirgi kunda bu haqida juda ko`p ma’lumotlar aytilgan, buning o`rniga men aniqroq nimalar o`rganish kerakligini sanab o`taman.
Front-end bu oddiy qilib aytganda foydalanuvchi bilan bevosita muloqot qiluvchi qisim.
✅ HTML
✅ CSS
✅ JavaScript
💻 Back-end bu oddiy qilib aytganda bizlarga ma’lumotlar bazasidan bizga kerakli shaklda ma’lumotlarni taqdim etish desak bo`ladi.
Hozirgi kunda back-end uchun juda ko`p dasturlash tilaridan foydalanishinigiz mumkin, lekin oxirgi yilarda Pythonnig jadallik bilan rivojlanishi web dasturlashni ham chetlab o`tmadi va shu sabab Pythonni nafaqat web dasturlashga ishlatsa bo`ladi balki eng ma’qul tanlovlaridan hisoblanadi.
Xo`sh uning uchun bizlarga kerakli bo`lgan framework lar:
✅ Django
✅ Flask
✅ FastAPI
✅ Pyramid
✅ Bottle
Keyingi postlarimizda Django va Flask haqida batafsil to`xtalib o`tamiz.
🚀@codeschooluz
992
🤩Python haqida qisqacha va ajoyib ma'lumotlarga ega bo'ling.
⠀
📌Python xususiyatlari:
🔷O’qish oson: Python nisbatan kam kalit so’zlar, oddiy tuzilish va aniq belgilangan sintaksisga ega. Bu o’rganuvchini qisqa vaqt ichida yodlab olish imkonini beradi.
⠀
🔷O’qish oson: Python kodi juda aniq va ko’zga ko’rinadigan bo’ladi.
⠀
🔷Oson ishlash: Pythonning muvaffaqiyati – manba kodi juda oson.
⠀
🔷Keng standart kutubxona: Pythonning eng qudratli jihatlaridan biri kutubxonaning asosiy qismi juda portativ va UNIX, Windows va Macintosh-da o’zaro faoliyat platformalar bilan mos keladi.
⠀
🔷Interaktiv usul: Pythonda ishlashda terminalda ishlash uchun juda qulay terminalda test qilib ko’rsa bo’ladi.
⠀
🔷Portativ: Python keng apparat platformalarida ishlaydi va barcha platformalarda bir xil interfeysga ega.
⠀
🔷Kengaytirilgan: Python tarjimoniga past darajadagi modullarni qo’shishingiz mumkin. Ushbu modullar dasturchilarni o’zlarining vositalarini samaraliroq bo’lishiga qo’shish yoki sozlash imkonini beradi.
⠀
🔷Ma’lumotlar bazasi: Python barcha ma’lumotlar bazasini qo’llab quvvatlaydi.
⠀
🔷GUI dasturlash: Python Windows MFC, Unix, X Window kabi platformalarga GUI dasturlar tuzishni qo’llab quvvatlaydi.
⠀
🔷Moslashuvchan: Python, qobiq buyruq fayliga qaraganda katta dasturlarga yanada yaxshi tuzilish va qo’llab-quvvatlash imkonini beradi.
➤ @codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
992
Python haqida
📝 Xo'sh, Python haqida juda ko'p eshitdik, katta-katta kompaniyalar ishlatar ekan:
google, yandex, netflix, instagram
Python dasturchilarning oyliklar juda katta ekan, hamma aytgan faktlarni takrorlamasdan, kelinglar, yanayam aniqlashtiraylik:
Soha yo'nalishlarda ham zo'r ekan, misol uchun web, desktop, mobile, embedded, game development va albatda hozirgi kunda yanayam mashhur bo'layotgan AI (Sun'iy intellekt) .
Savol❓: Qanday python ko'p qirrali dasturlash tili bo'lib, har biriga alohida community lar o'zining kutubxonalari(framework,library) yaratilgan?
🔹 Web : Django,Flask
🔸 Desktop : Kivy,Tkinter,PyQt
🔹 Mobile: Kivy, BeeWare
🔸 Game: pygame,godot
🔹 Embedded: MicroPython,CircuitPython
🔸 AI & ML :TensorFlow,PyTorch,Keras
Qisqacha qilib aytganda, keyinchalik har biriga batafsil to'xtalamiz, ungacha Pythoni o'rganishni boshlang. Qayergacha o'rgata olaman: Machine Learning and ComputerVision largacha har qanday qiyinchilikdagi savollar bo'lsa, bemalol darsda berishingiz mumkin.
✅ @codeschooluz
992
Pythonni o'rganish uchun ko'p sabablar bor‼️
⠀
🤓 Dasturlash tillarini o'rganish haqida o'yladingizmi❓
"Ha" bo'lsa, biz siz uchun ajoyib yangiliklarga egamiz‼️
Agar "Yo'q" bo'lsa, unda XXI asrning eng "bozori chaqqon" kasbi - "dasturchi" haqida o'ylash vaqti keldi.
⠀
🤩"Python dasturlash tili asoslari" onlayn kursini boshlaymiz. - atiga 12 hafta ichida "Python"da dasturlash bo'yicha asosiy bilimlarni o'zlashtirasiz - Python, mashinani o'rganish (Machine learning) va sun'iy intellekt (AI) kabi texnologiyalarni organish boyicha yetakchi hisoblanadi. - Ingliz tiliga o'xshash tarzda o'qiydi, yani kop kodlar ingliz tilidagi sozlardan olingan, kodni o'qish juda oson va bu xatolarni tuzatish soddaligini anglatadi. - Python juda moslashuvchan, bu uni turli xil texnologiyalar uchun ishlatish qobiliyatini anglatadi. - Python dasturlash tili, hozirgi kunda eng kop talab qilinadigan dasturlash tillaridandir, bu bilim va ko'nikmalaringizni amalda korsatish uchun, yani shu soxada ish topish uchun ko'plab imkoniyatlarni yaratadi. - Xalqaro amaliyotga ega o'qituvchi dars o'tadi. Boshlang'ichi oyiga narx-navoning mezoniga muvofiq eng mos bo'lgan narx - 350 000 so'm.
🥰 Kurs 11/08/2020(8-noyabr) dan boshlanadi‼️
☺️ Hohlovchilar ko’p - joylar oz. Bo'sh vaqtingizni bekorga sarflamang...🤗
Muroajaat uchun: @CodeSchooluz_admin
Tell number: +998 93 3778486
Telegram kanal: @Codeschooluz
992
#Oquv_kursi
🔥 Pythonni 0 dan max o'rganmoqchilarga ajoyib yangilik, endi tajribali ustozdan tahsil olish imkonyati bor
🔹Online kurs: Python, Backend, Telegram bot, Sun'iy intellekt
🔴 Kursning afzalliklari: Kurs kuchli ustoz orqali olib boriladi, darslar hamda amaliyot mashqlari, vazifalar tekshirib boriladi, sizning bilimingiz o'sish darajasini bilish maqsadida 1 haftada 1 marta kurs bo'yicha testlar o'tkaziladi, ishga joylashish uchun tavsiyalar beriladi!
⚡️Kurs davomida 200 dan ortiq masalalar
⚡️10 dan ortiq Telegram bot
⚡️Kamida 2 ta Telegram bot project qilasiz
🎓Ustoz: Naxalov Zarif,
Dasturlash bo’yicha 10 yilik tajriba hamda dasturlashni o’qitish bo’yicha 12 yildan ziyod tajribaga ega.
👨🎓 Ma'lumoti oliy .( TATU bakalavr, TATU magistr, hozirda Janubiy Koreya Sejong universiteti Ph.D )
Hozirgi vaqtda Koreyada mana shu AI(Sun'iy intellekt) sohasida ishlab kelmoqda
Kursning tartibi:
● Python Beginner va ADVANCED darajada
● Python bilan API lar bilan ishlash
● Telegram Bot API yordamida mutloq 0 dan bot yaratasiz
● GitHub bilan ishlash
● Python-telegram-bot kutubxonasi bilan bot yaratish (mukamal)
● Flask yordamida serverga joylashtirish
💸 Narxlar:
Python Beginner 4 hafta haftasiga 3 ta dars (1 oy) 350 ming
Python ADVANCED 4 hafta haftasiga 3 ta dars (1 oy) 350 ming
Python Telegram Bot 5 hafta haftasiga 3 ta dars 400 ming
Muroajaat uchun: @CodeSchooluz_admin
Tell: number: +998 93 3778486
Telegram kanal: @Codeschooluz
992
Python haqida
📝 Bugungi kunning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqishda jumladan web, mobail yo'nalishlarida hamda sun'iy intellekt tizimlarini yaratishda ulkan yutuqlarga erishilmoqda. Mana shu yutuqlarga erishishda Python darsturlash tilini o’rni juda katta.
Hozirgi kunda axborot texnologiyalarini juda ko’p sohalarida python dasturlash tilidan foydalanilmoqda. Bunga bir necha misollar keltirib o’tishimiz mumkin. Instagram ijtimoiy tarmog’i aynan python dasturlash tilida yaratilgan. Bundan tashqari sun'iy intellekt tizimlarida harakatlanadigan robotlar, aqlli qurilmalarning yaratilishi ham ko’p jihatdan python dasturlash tiliga bog’liq.
Python bu o’rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlar yuqori bo’lgan zamonaviy dasturlash tili. Python yuqori darajadagi ma’lumotlar strukturasi va oddiy va samarador obyektga yo'naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi. Pythonni o’zi xos xususiyatlari juda ham ko’p, uni katta va kichik loyihalarga ishlatish mumkin.
✅ Pythondan foydalanib quyidagi dasturlarni yasash mumkin
🔹 Web dasturlash (Backend, telegram bot)
🔸 Tizimlar uchun (utilitlar)
🔹 Desktop dasturlar
🔸 O’yin dasturlar
🔹 Sun’iy intellect, data science
📈 2020-yilda o'rganish uchun eng yaxshi dasturlash tillari orasida ham python yetakchi o’rinni egallagan
1. Python
2. Java
3. JavaScript
4. Swift
5. C#
Pythonda yaratish mumkin bo’lgan dasturlarni chegarasi yo’q va imkonyatlari yuqori. Shuningdek u sodda va universalligi bilan boshqa dasturlash tillaridan ajralib turadi.
Python dasturlash tilini o’rganing va dunyoning istalgan yetakchi kompanyalarining birida ishlash imkoniyatiga ega bo’ling.
✅ @codeschooluz
992
AI(Artificial intelligence) haqida bilasizmi ?
Artificial intelligence yoki Sun'iy intellekt: fikrlaydigan mashinalar, ongli robotlar haqida.
Intellekt tushunchasi ta'rif uchun bag‘oyat qiyin tushunchalar sirasiga kiradi. Uzoq asrlar davomida insoniyatning eng zehni o‘tkir ilm peshvolari intellektning aynan nima ekanligi haqida muttasil ilmiy-falsafiy munozaralar yuritib kelishgan. Lekin bundayin ilmiy bahslar qanchalik darajada keskin yoki murakkab bo‘lmasin, ularda o‘ziga xos mutlaq yakdillik bor edi: intellekt - insongagina xos bo‘lgan oliy tushuncha o‘laroq qaralardi. Basharti, biror adabiy yoki fantastik asarda insondan o‘zga mavjudod yoki narsaning ong va tafakkur sohibi bo‘lishi, qisqacha aytganda - intellektga egaligi haqida gap borsa hamki, bu o‘z nomi bilan badiiy to‘qima yoki, fantastik uydirmadan nariga o‘tmagan. Suqrotdan boshlab, Eynshteyngacha bo‘lgan davrlarda hatto eng yuksak zakovatli olimlarda ham intellektning sun'iy bo‘lishi mumkinligi haqida jo‘yali jiddiy ilmiy fikrning o‘zi bo‘lgan emas...
davomi...
✅ @codeschooluz
992
2020 yilda o'rganish uchun eng yaxshi dasturlash tillari !!!
1. Python — 92.000$ yilliga.
2. Java — 94.000$ yilliga.
3. JavaScript — 72.500$ yilliga.
4. Swift — 92.000$ yilliga.
5. C# — 91.000$ yilliga.
6. C va C++ — 91.000$ yilliga.
7. Ruby — 90.000$ yilliga.
Xozirdan Python dasturlash tilini o'rganishni boshlang !!!
992
🎆🎇🌠ZAMONAVIY KASB O'RGANISHNI XOXLOVCHILAR UCHUN AJOYIB XUSHXABAR ❗️❗️❗️
CodeSchooluz jamoasi siz uchun navbatdagi online dasturlash kurslariga qabul ochilganligini e'lon qiladi !
Biz sizni quydagi dasturlash kursiga taklif qilamiz ! 👇
✅ Python dasturlash tilini boshlang‘ichdan o‘rganuvchilar uchun👨💻👩💻 ❗️( 2 oy , 350 mingdan )
🔵 Darslar mutlaqo boshidan boshlab o‘rgatiladi !
🔵 Faqat sizdan talab etiladigani dasturlashni o‘rganishga bo‘lgan kuchli ishtiyoq va kompyuter hamda internet ( Wifi bo‘lsa judayam maqsadga muvofiq bo‘ladi. 🤗) !!!
🔵 Nafaqat online balki ofline treninglar xam tashkil etilib boriladi ( vaziyatdan kelib chiqgan holda😷 ) !
🔵 Darslar xaftasiga 3 marta, 90 daqiqa , LIVE ko'rinishida amaliy mashiqlar bilan birgalikda olib boriladi !!!
🔵 Ro‘yxatga o‘tishga SHOSHILING joylar soni cheklangan !!! Ro'yxatdan o'tish uchun ushbu link orqali Google formani to'ldiring !!! http://bit.ly/codeschooluz
🔵 Batafsil maʼlumot uchun : @CodeSchooluz_admin telegram akauntiga murojaat qiling !!!
992
Qaysi dasturlash tilini o'rganishimiz kerak?
Bakalavr davrimda o'qib yurganimda bir kursdoshim 1 - kursligimda qaysi dastulrash tilini o'rganay deb so’ragandi, men - Pascal, deb javob bergandim, chunku o’sha paytlar Pascal ni bilar edim😂. 2 - kursligimda huddi shu kursdoshim kelib C++ yoki Pascalni o'rganayinmi ? Deb so'radi, chunki o'sha paytlari C++ mashxur bo'lib ketgan edi, va nihoyat bizlar o’qishni bitirdik, yana huddi shu kursdoshim kelib, “- mana bitirdik, ertaga kelajakda menga nima kerak bo'ladi”, deb so'raganda shunday deb javob bergandim: “- 4 yil ichida Pascal va C++ ikkalasini ham o'rganib bo'lar eding!”.
Hulosa qilib aytganda, agar siz qaysi dasturlash tilini o'rganishni o'ylab yurgan bo'lsangiz, Pythonni o'rganing.
P.S. Chunki men hozir Pythonni yaxshi bilaman . 😂😂😂
992
Nima sababdan bizlar bolalarimizga dasturlash tillarini o'rgatishimiz kerak?
Bu savol bilan asosan o'zimdan katta avlodga murojaat qilmoqchiman. Sababi, yoshligimizda bizlarning ota-bobolarimiz, ya'ni uncha uzoq bo'lmagan ajdodlarimiz odamlarni asosan o'qish yoki yozish bilimiga ko'ra savodli yoki savodsizga ajratganlar.
Hozirgi zamonda o'qish yoki yozishni bilishingiz bilan hech kimni hayratlantira olmaysiz. Bu insoniyatning o'tgan yaqin asr(lar) mobaynida qay darajada rivojlanganligini ko'rsatadi. Juda yaxshi! Lekin hozirda, juda tezlik bilan rivojlanib borayotgan globallashuv davrida yashayabmiz. Bu esa, insonlarda tezlik bilan moslashish ta'labini keltirib chiqaradi. Shu sababdan, hozirda va kelajakda inson uchun qaysi kasb egasi bo'lish juda muhim.
Yosh ota-onalarga bu muammoning yechimi bilan murojaat etmoqchiman. O'z farzandingizga ingliz tili va dasturlashni o'rgating. Shundagina farzandingiz kelajakda ishsizlik muammosiga duch kelmaydi.
P.S. Bu bilan hamma dasturchi bo'lib ishlashi kerak demoqchi emasman. Hozirda va ayniqsa yaqin kelajakda, dasturlashni bilish - o'qish yoki yozishni bilish bilan barobar. Dasturlash - har qanday kasbga yordamchi holos.
