cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Ravzai mujda

...mujdalar keltirdim baxt otligʻ..

Show more
Advertising posts
193
Subscribers
-124 hours
-37 days
-930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Kundalikdan Bugun turmush o'rtog'imning tug'ilgan kuni. Umrimda shirinlik pishirgan odam emasdim. Butun e'tiborimni tortning yaxshi chiqishiga qaratganim uchun yoshlarini bir yil oldinga surib qo'yibman. Ilohim, ikki yilning barokatini bersin. Hamma o'z ahli bilan baxtli bo'lsin. Va bir farzand, bir yigit ota-onasiga qila oladigan hamma yaxshiliklarni qila olishida Alloh homiy bo'lsin! Hech birimizning ota - onalarimiz bilan bog'liq armonimiz qolmasin.
Show all...
01:00
Video unavailableShow in Telegram
7.72 MB
00:24
Video unavailableShow in Telegram
2.98 MB
00:31
Video unavailableShow in Telegram
3.88 MB
00:35
Video unavailableShow in Telegram
4.42 MB
00:16
Video unavailableShow in Telegram
1.95 MB
00:28
Video unavailableShow in Telegram
3.46 MB
Agar fidokorlikka ko'zingiz yetmasa, o'qituvchilikdan voz keching. Suratlarda Amira Rashad va uning o'quvchilari. Facebook sahifasini doimiy kuzatib boraman. Mittivoylar qolib men ham qiziqib ketaman ba'zan. Shunday ustozlar ko'paysin!
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
30-may - O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir tavallud topgan kun SHOIRLAR (Esdaliklardan) Uch-to‘rt shoir to‘planib olib, Bir-birlarin maqtashar biyron: -Men Pushkinman, sen – Mirzo G‘olib, U – Navoiy, bu esa – Bayron. Alahlashar bitta niyatda: Uni yo‘qot, bunisin yemir. To tonggacha Adabiyotda Ter to‘kadi yolg‘iz Mirtemir. 09.03.2009-yil Abdulla Oripov
Show all...
Kundalikdan (qizimga) Ey baxti kulgan qizim, muhabbat va ardog'imizdagi farzandim, Yaratgan senga mehrga to'lgan musulmon ota-ona bilan birga to'kinlik, tinchlik, salomatlik, husn, tafakkur va boshqa adoqsiz ne'matlar berdi. Alhamdulillah! Dunyoda millionlab bolalar och qolayotgan, tug'iliboq portlab ketayotgan, bog'chalaridan, uylaridan kuchuk bolalaridek tashqariga itqitilayotgan, vatanlaridan, yaqinlaridan ayrilayotgan vaqtda senga baxtli yashash imkonini beryapti. Alhamdulillah! Qurbimiz yetgunicha do'konga kirib istaganingni olishing, yaxshi ta'liming, chiroyli kiyinishing, husni xulq bo'lishing, sog'lom va aqlli bo'lishing uchun hamma sharoitni muntazir qilyapmiz. Sen har kuni ovqatlardan bosh tortasan,( ilohim rizqing keng bo'lsin hamisha) boshqa yerda tengqurlaring bir tishlam yemakka muhtoj bo'lib so'ladi. Aziz qizim, sen ular uchun ham zukko bo'lishing, yiqilmasliging, jahon ilm maydonida mung'aymasliging, oxirgi nafaslaringgacha kuchli bo'lishing zarur! Yorug', shinam sinfxonalarda shunchaki vaqt o'tkazmasliging kerak. Dining va e'tiqodingda sobit bo'lishing, nafsing va iymoningni o'z o'rinda tuta olishing muhim. Senga va senga o'xshagan baxtli bolalarga xasta tabiatni, bemor dunyoni meros qoldiramiz. Bu aniq. Ammo tafakkur va iymoningni salomat saqlasang, ikkisining kamoloti uchun harakat qilishdan to'xtamasang g'olib bo'lasan, Insha'Allah! Atrofingdagilarga doim xushyor bo'l. O'z vazifangni qil, gardaningda bo'lmaganlariga aralashma. Muhabbat ko'rsatganlarni, sadoqatlilarni unutma. So'zi va tarbiyasi bilan qalbingga ozor bermoqchi bo'lganlarga qiyo ham boqma. Zotan ularning hisobi qilingan. Sen o'z vazifangni bajar! Shunchaki ish qilma. Yolg'onga yaqinlashma! Seni va barcha bolalarni doim Allohga omonat qildim. Hotirjam bo'l, hotirjam va puxta harakat qil. Seni yaxshi ko'ramiz.
Show all...