cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

7 maktab ota onalari

Advertising posts
213
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-430 days
Posting time distributions

Data loading in progress...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Publication analysis
PostsViews
Shares
Views dynamics
01
🔰UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARIDA 2023-2024 O‘QUV YILI YAKUNIGA BAG‘ISHLANGAN “SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ” TADBIRLARI HAMDA O‘QUVCHI-YOSHLARIMIZNING YOZGI TA’TILGA CHIQISHI MUNOSABATI BILAN TOSHKENT VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASINING OTA-ONALARGA MUROJAATI ➡️Ta’lim muassasalarida 2023-2024-o‘quv yili ham asta-sekin o‘z yakuniga yetib bormoqda. O‘quvchi-yoshlarimiz oldida o‘quv yilining yakuni bo‘yicha tantanali tadbirlar bilan bir qatorda, mas’uliyatli onlar, yil davomida olgan bilimlarining sarhisobini berish vazifalari ham yaqinlashmoqda. 🔴25-may barcha umumta’lim muassasalarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari tashkil etilishi barchamizga ma’lum. Shu bilan birga bir yil davomida umumta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya olgan o‘quvchi-farzandlarimizni eng uzun ta’tillardan biri hisoblangan yozgi ta’tilga kuzatish arafasidamiz. ➡️Xabaringiz bor, O‘zbekistonda yoz kunlari harorat darajasi ko‘tarilib, bolalarni suv havzalarida cho‘milish istagi ham oshib boradi. Aynan ta’til kunlarida suvda cho‘milish xavfsizligi qoidalariga rioya etmaslik, turli ko‘ngilsiz holatlarga sabab bo‘ladi. Ko‘pincha suzishni bilmaslik, suzish tajribasining yo‘qligi va o‘zining jismoniy imkoniyatini inobatga olmasdan suv qirg‘og‘idan uzoqlashish yohud ta’qiqlangan suv havzalarida cho‘milishi hamda ota-onalarning farzandlarini e’tiborsiz qoldirishi suvda cho‘kish bilan bog‘liq mudhish holatlarni keltirib chiqaradi. ➡️Shuningdek, tahlillarga ko‘ra, voyaga yetmagan o‘quvchi-yoshlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar, yo‘l-transport hodisalari va boshqa salbiy holatlar aynan, yozgi ta’til davrida ko‘payishi yillar davomida kuzatib kelinmoqda. Bunday salbiy holatlarga ko‘pchilik o‘quvchi-yoshlarning ta’til davrida kechayu-kunduz bemaqsad va nazoratsiz yurishlari sabab bo‘lmoqda. ➡️Bundan tashqari, bitiruvchi yoshlarimiz “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini ta’lim muassasasidan tashqarida milliy mentalitetimizga umuman zid tarzda ko‘chalarda to‘planishib, “Bog‘larda”, “Kafe”, “Restoran”, tog‘ va dam olish maskanlariga borishib, turli behayo hatti-harakatlar asosida (spirtli ichimliklar ichish, tamaki va shunga o‘xshash mahsulotlarni chekish) nishonlash kabi holatlar ham uchramoqda. 📣HURMATLI OTA-ONALAR! ➡️Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ko‘zimizning oqu-qorasi, sizning va davlatimizning umidi va kelajagi bo‘lgan farzandlarimiz bilan shunga o‘xshash salbiy holatlar sodir bo‘lmasligi uchun ➖ muntazam ravishda farzandingizga alohida e’tibor qaratishingizni, ➖issiq kunlarda ko‘chada nazoratsiz yurmasliklarini, ➖tez oqar suv xavzalarida cho‘milmasliklarini, cho‘milishga ruxsat etilgan suv xavzalarida o‘zingiz ishtirokingizda bo‘lishini doimiy nazorat qilishingizni, ➖ko‘chada harakatlanayotganda yo‘l harakati qoidalariga to‘liq rioya etilishini ta’minlashingiz, ➖ta’til vaqtida ayniqsa, soat tungi 21.00dan so‘ng farzandlaringizni bemaqsad ko‘chada yurishlarini oldini olishingiz, ➖ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari yakunlanganidan so‘ng, farzandingiz bilan albatta bog‘lanib, ularni hatti-harakatini o‘z nazoratingizga olishingiz talab etiladi. ➡️Shu bilan birga yozgi ta’til vaqtida Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 148 ta umumta’lim muassasalarida 2024-yil iyun oyidan boshlab faoliyat yuritishi rejalashtirilayotgan “Sog‘lomlashtirish maydonchalari”da fan, sport va 5 ta muhim tashabbus doirasidagi to‘garaklarga jalb qilish orqali farzandlaringizni ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etishda o‘z hissangizni qo‘shishingizni so‘raymiz. ❗️Yoz mavsumini farzandlarimiz uchun mazmunli va foydali hamda bexatar o‘tkazish uchun siz ota-onalar bilan samarali hamkorlik qilish bizning asosiy maqsadimiz. Zero, har bir ota-ona farzandining sog‘ligi va xavfsizligi, ta’limi, tarbiyasi, uning har bir xatti-harakati uchun bevosita javobgar ekanligini unutmasligimiz lozim. 🔰Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
1040Loading...
02
#BUGUNINING_TALABI 🔰Qibray tumandagi umumta’lim maktablarida "Maktab yil o‘qituvchisi" tanlovlari tashkil etildi ➡️Bugunning o‘qituvchisidan nafaqat o‘z kasbining ustasi, bilimdon va tajribali bo‘lish bilan bir qatorda malakali psixolog bo‘lish ham talab qilinadi. Boisi, tobora jadal rivojlanayotgan jamaiyatda yoshlarning dunyoqarashi, salohiyati mukammallashib, murakkablashib bormoqda. Bunday yoshlar bilan til topishish, faoliyat yuritishda esa yuqoridagi talablar muhim hisoblanadi. ➡️Kuni kecha Qibray tumanidagi 7-sonli umumta’lim maktabida muassasa rahbari tashabbusi bilan "Maktab yil o‘qituvchisi" ko‘rik tanlovi tashkil etildi. Tanlov doirasida ishtirokchi pedagoglar o‘zlarining iste’dod va tajribalarini namoyish qilishdi. ➡️Jumladan, pedagoglardan muammoli o‘quvchilar bilan ishlash, past o‘zlashtiruvchi bolalar bilan shug‘ullanish kabi shartlarni o‘qituvchilar o‘z tajribalaridan kelib chiqqan holda bajarishdi. Undan tashqari ustozlar erkin mavzuda, o‘zlarining qiziqishlari doirasida, she’riy va musiqiy lahzalarni taqdim etdi. Ustozlarning chiqishlarida o‘quvchilar yaqindan yordam berishdi. 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
1492Loading...
03
Qibray tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 7 -sonli umumta'lim maktabida 4-11-sinf o'quvchilaridan Maktabgacha va maktab ta'limi Vaziri 2024 yil 7- maydagi 146-sonli buyrug'i ijrosi bo'yicha ICHKI BOHOLASH (Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida xavf-xatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish) ishchi guruh a'zolari tomonidan fanlardan kesimida testlar olindi.
1621Loading...
04
2024-yil 20-may kuni Toshkent viloyati Qibray tumani maktabgacha va maktab ta`limi bo`limiga qarashli 7-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi direktorining 2023-yil 2-oktabrdagi buyrug`iga asosan maktab o`qituvchilari orasida tashkil etilgan “YIL O`QITUVCHISI” ko`rik tanlovining yakuniy bosqichi (Ijodiy ish) bo`lib o`tdi. Unda o`qituvchilar tomonidan she`rlar, sahna ko`rinishlar, qo`shiqlar va masa`llar ijro etildi. Hakamlar tomonidan ishtirokchilariga qo`yilgan ballar e`lon qilindi.
1742Loading...
05
2024-yil 20-may kuni Toshkent viloyati Qibray tumani maktabgacha va maktab talimi bolimiga qarashli 7-sonli umumiy orta talim maktabi direktorining 2023-yil 2-oktabrdagi buyrugiga asosan maktab oqituvchilari orasida tashkil etilgan “YIL OQITUVCHISI” korik tanlovining yakuniy bosqichi (Ijodiy ish) bolib otdi. Tadbirdan videolavha
1734Loading...
06
Qibray tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 7 -sonli umumta'lim maktabida 11-sinf oquvchilaridan Maktabgacha va maktab ta'limi Vazirligining 2024 yil 7- maydagi 146-sonli buyrug'ida ko'rsatilgan ICHKI BOHOLASHNI(Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida xavf-xatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish) boyicha ishchi guruh a'zolari tomonida so`rovnomalar olindi.
2881Loading...
07
Qibray tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 7 -sonli umumta'lim maktabida navbatdan tashqari pedagogik kengash yig'ilishi bo'ldi. Unda Maktabgacha va maktab ta'limi Vazirligining 2024 yil 7- maydagi 146-sonli buyrug'ida ko'rsatilgan ICHKI BOHOLASHNI(Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida xavf-xatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish), ishchi guruh a'zolari va o'tkazilish tartibi to'g'risida tanishtirildi. 17.05.2024
2230Loading...
08
2024-yil 20-may kuni soаt 8.00 da Toshkent viloyati Qibray tumani maktabgacha va maktab ta`limi bo`limiga qarashli 7-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi direktorining 2023-yil 2-oktabrdagi buyrug`iga asosan maktab o`qituvchilari orasida tashkil etilgan “YIL O`QITUVCHISI” ko`rik tanlovining yakuniy bosqichiga taklif etamiz. Maktab ma`muriyati
3572Loading...
09
Qibray tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 7 -sonli umumta'lim maktabi 11 -A sinf o'quvchisi Tulenbayev Daniyar Danishevich "Fan javohirlari" loyihasi doirasida "Ingliz tili" fani olimpiada imtihonlarining 2- bosqichida qatnashib 4 yil davomida grant asosida o'qish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Shu bilan birga, 10 million so’mlik vaucher bilan taqdirlandi. Biz sen bilan faxirlanamiz Maktab ma'muriyati
4023Loading...
10
😉 Mana, bugun "Fan javohirlari" loyihasi doirasida "Ingliz tili" fani bo'yicha ham olimpiada imtihonlarini o'tkazib oldik. 🧑‍🎓 Universitetimizga Respublikaning turli burchaklaridan yetib kelgan o'quvchilar o'z bilimlarini sinab ko'rishdi. Ularning ichida eng aqllilari esa oliygohimizda 4 yil davomida grant asosida o'qish imkoniyatini qo'lga kiritishdi. Shu bilan birga, qolgan ishtirokchilar ham 15 million so’mgacha bo’lgan vaucherlar bilan taqdirlandi. Bugun olimpiadada ishtirok etgan barcha o'quvchilarga minnatdorchilik bildiramiz. Sizlar bilan universitetimizning talabasi sifatida yana uchrashishimizni sabrsizlik bilan kutib qolamiz! 🤗 Eslatib o’tamiz, keyingi fan – Matematika. 13-may. Fan va texnologiyalar universiteti. Sizni kutamiz! ✈️ @FanJavohirlari
3644Loading...
11
#xotira_qadrlash Qibray tumani 7-umumiy o`rta ta’lim maktabida 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlab "Nomingiz dillarda mangu barhayot" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda, 7-sinf o`quvchilari tomonidan jadidlarning bosib oʻtgan yoʻllari, umr yillari, ularning maʼnaviy merosi aks etgan sahna asarlari namoyish etildi. Mazkur tadbirda tuman maktab va maktabgacha ta’limi va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi rahbarlari, mahalla yettiligi, mehnat faxriylari hamda ota-onalar ishtirok etidi. ✍️ Qibray tuman hokimligi Аxborot xizmati telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
2492Loading...
🔰UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARIDA 2023-2024 O‘QUV YILI YAKUNIGA BAG‘ISHLANGAN “SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ” TADBIRLARI HAMDA O‘QUVCHI-YOSHLARIMIZNING YOZGI TA’TILGA CHIQISHI MUNOSABATI BILAN TOSHKENT VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASINING OTA-ONALARGA MUROJAATI ➡️Ta’lim muassasalarida 2023-2024-o‘quv yili ham asta-sekin o‘z yakuniga yetib bormoqda. O‘quvchi-yoshlarimiz oldida o‘quv yilining yakuni bo‘yicha tantanali tadbirlar bilan bir qatorda, mas’uliyatli onlar, yil davomida olgan bilimlarining sarhisobini berish vazifalari ham yaqinlashmoqda. 🔴25-may barcha umumta’lim muassasalarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari tashkil etilishi barchamizga ma’lum. Shu bilan birga bir yil davomida umumta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya olgan o‘quvchi-farzandlarimizni eng uzun ta’tillardan biri hisoblangan yozgi ta’tilga kuzatish arafasidamiz. ➡️Xabaringiz bor, O‘zbekistonda yoz kunlari harorat darajasi ko‘tarilib, bolalarni suv havzalarida cho‘milish istagi ham oshib boradi. Aynan ta’til kunlarida suvda cho‘milish xavfsizligi qoidalariga rioya etmaslik, turli ko‘ngilsiz holatlarga sabab bo‘ladi. Ko‘pincha suzishni bilmaslik, suzish tajribasining yo‘qligi va o‘zining jismoniy imkoniyatini inobatga olmasdan suv qirg‘og‘idan uzoqlashish yohud ta’qiqlangan suv havzalarida cho‘milishi hamda ota-onalarning farzandlarini e’tiborsiz qoldirishi suvda cho‘kish bilan bog‘liq mudhish holatlarni keltirib chiqaradi. ➡️Shuningdek, tahlillarga ko‘ra, voyaga yetmagan o‘quvchi-yoshlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar, yo‘l-transport hodisalari va boshqa salbiy holatlar aynan, yozgi ta’til davrida ko‘payishi yillar davomida kuzatib kelinmoqda. Bunday salbiy holatlarga ko‘pchilik o‘quvchi-yoshlarning ta’til davrida kechayu-kunduz bemaqsad va nazoratsiz yurishlari sabab bo‘lmoqda. ➡️Bundan tashqari, bitiruvchi yoshlarimiz “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini ta’lim muassasasidan tashqarida milliy mentalitetimizga umuman zid tarzda ko‘chalarda to‘planishib, “Bog‘larda”, “Kafe”, “Restoran”, tog‘ va dam olish maskanlariga borishib, turli behayo hatti-harakatlar asosida (spirtli ichimliklar ichish, tamaki va shunga o‘xshash mahsulotlarni chekish) nishonlash kabi holatlar ham uchramoqda. 📣HURMATLI OTA-ONALAR! ➡️Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ko‘zimizning oqu-qorasi, sizning va davlatimizning umidi va kelajagi bo‘lgan farzandlarimiz bilan shunga o‘xshash salbiy holatlar sodir bo‘lmasligi uchun ➖ muntazam ravishda farzandingizga alohida e’tibor qaratishingizni, ➖issiq kunlarda ko‘chada nazoratsiz yurmasliklarini, ➖tez oqar suv xavzalarida cho‘milmasliklarini, cho‘milishga ruxsat etilgan suv xavzalarida o‘zingiz ishtirokingizda bo‘lishini doimiy nazorat qilishingizni, ➖ko‘chada harakatlanayotganda yo‘l harakati qoidalariga to‘liq rioya etilishini ta’minlashingiz, ➖ta’til vaqtida ayniqsa, soat tungi 21.00dan so‘ng farzandlaringizni bemaqsad ko‘chada yurishlarini oldini olishingiz, ➖ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari yakunlanganidan so‘ng, farzandingiz bilan albatta bog‘lanib, ularni hatti-harakatini o‘z nazoratingizga olishingiz talab etiladi. ➡️Shu bilan birga yozgi ta’til vaqtida Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 148 ta umumta’lim muassasalarida 2024-yil iyun oyidan boshlab faoliyat yuritishi rejalashtirilayotgan “Sog‘lomlashtirish maydonchalari”da fan, sport va 5 ta muhim tashabbus doirasidagi to‘garaklarga jalb qilish orqali farzandlaringizni ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etishda o‘z hissangizni qo‘shishingizni so‘raymiz. ❗️Yoz mavsumini farzandlarimiz uchun mazmunli va foydali hamda bexatar o‘tkazish uchun siz ota-onalar bilan samarali hamkorlik qilish bizning asosiy maqsadimiz. Zero, har bir ota-ona farzandining sog‘ligi va xavfsizligi, ta’limi, tarbiyasi, uning har bir xatti-harakati uchun bevosita javobgar ekanligini unutmasligimiz lozim. 🔰Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
Show all...
#BUGUNINING_TALABI 🔰Qibray tumandagi umumta’lim maktablarida "Maktab yil o‘qituvchisi" tanlovlari tashkil etildi ➡️Bugunning o‘qituvchisidan nafaqat o‘z kasbining ustasi, bilimdon va tajribali bo‘lish bilan bir qatorda malakali psixolog bo‘lish ham talab qilinadi. Boisi, tobora jadal rivojlanayotgan jamaiyatda yoshlarning dunyoqarashi, salohiyati mukammallashib, murakkablashib bormoqda. Bunday yoshlar bilan til topishish, faoliyat yuritishda esa yuqoridagi talablar muhim hisoblanadi. ➡️Kuni kecha Qibray tumanidagi 7-sonli umumta’lim maktabida muassasa rahbari tashabbusi bilan "Maktab yil o‘qituvchisi" ko‘rik tanlovi tashkil etildi. Tanlov doirasida ishtirokchi pedagoglar o‘zlarining iste’dod va tajribalarini namoyish qilishdi. ➡️Jumladan, pedagoglardan muammoli o‘quvchilar bilan ishlash, past o‘zlashtiruvchi bolalar bilan shug‘ullanish kabi shartlarni o‘qituvchilar o‘z tajribalaridan kelib chiqqan holda bajarishdi. Undan tashqari ustozlar erkin mavzuda, o‘zlarining qiziqishlari doirasida, she’riy va musiqiy lahzalarni taqdim etdi. Ustozlarning chiqishlarida o‘quvchilar yaqindan yordam berishdi. 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
Show all...
Qibray tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 7 -sonli umumta'lim maktabida 4-11-sinf o'quvchilaridan Maktabgacha va maktab ta'limi Vaziri 2024 yil 7- maydagi 146-sonli buyrug'i ijrosi bo'yicha ICHKI BOHOLASH (Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida xavf-xatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish) ishchi guruh a'zolari tomonidan fanlardan kesimida testlar olindi.
Show all...
2024-yil 20-may kuni Toshkent viloyati Qibray tumani maktabgacha va maktab ta`limi bo`limiga qarashli 7-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi direktorining 2023-yil 2-oktabrdagi buyrug`iga asosan maktab o`qituvchilari orasida tashkil etilgan “YIL O`QITUVCHISI” ko`rik tanlovining yakuniy bosqichi (Ijodiy ish) bo`lib o`tdi. Unda o`qituvchilar tomonidan she`rlar, sahna ko`rinishlar, qo`shiqlar va masa`llar ijro etildi. Hakamlar tomonidan ishtirokchilariga qo`yilgan ballar e`lon qilindi.
Show all...
03:21
Video unavailableShow in Telegram
2024-yil 20-may kuni Toshkent viloyati Qibray tumani maktabgacha va maktab talimi bolimiga qarashli 7-sonli umumiy orta talim maktabi direktorining 2023-yil 2-oktabrdagi buyrugiga asosan maktab oqituvchilari orasida tashkil etilgan “YIL OQITUVCHISI” korik tanlovining yakuniy bosqichi (Ijodiy ish) bolib otdi. Tadbirdan videolavha
Show all...
Qibray tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 7 -sonli umumta'lim maktabida 11-sinf oquvchilaridan Maktabgacha va maktab ta'limi Vazirligining 2024 yil 7- maydagi 146-sonli buyrug'ida ko'rsatilgan ICHKI BOHOLASHNI(Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida xavf-xatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish) boyicha ishchi guruh a'zolari tomonida so`rovnomalar olindi.
Show all...
Qibray tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 7 -sonli umumta'lim maktabida navbatdan tashqari pedagogik kengash yig'ilishi bo'ldi. Unda Maktabgacha va maktab ta'limi Vazirligining 2024 yil 7- maydagi 146-sonli buyrug'ida ko'rsatilgan ICHKI BOHOLASHNI(Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida xavf-xatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish), ishchi guruh a'zolari va o'tkazilish tartibi to'g'risida tanishtirildi. 17.05.2024
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram