cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

ADTI Zakovat Klub

ADTI "Zakovat" intellektual klubining telegramdagi rasmiy sahifasi! Rasmiy guruh: https://t.me/ADTI_Zakovat_bilimdonlari Gallereya: https://t.me/ADTI_Zakovat_Gallery Koordinator: @shoxjahon_abduraxmonov Murojaat uchun: @Shokirov_Boburjon

Show more
Advertising posts
336
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-2530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Yuqoridagi savolning javobi: Rus; Izoh: oʻyinning ikkinchi boʻlimida ruminiyaliklar zahirasidan oʻyinga qoʻshilgan, himoyachi Adrian Rus haqida sharhlovchi Ukrainaga qarshi oʻyinda Rus maydonga tushdi, deya oʻziga xos soʻz oʻyini qiladi, zero ayni vaqtda Rossiya-Ukraina urushi davom etmoqda; Manba: https://www.uefa.com/euro2024/match/2036170--romania-vs-ukraine/lineups/
Show all...
#issiq_havoda_salqin_savol Euro-2024 guruh bosqichi doirasidagi Ruminiya hamda Ukraina terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyinda ruminiyaliklarning zahirasidan oʻyinga qoʻshilgan himoyachisi haqida fikr bildirar ekan, sharhlovchi ushbu himoyachining Ukrainaga qarshi himoya uchun tushirilishi juda mantiqiy ekanligini ayta turib Rossiya-Ukraina munosabatlari endilikda ushbu oʻyinda ham namoyon boʻlganiga ishora qilganday boʻldi. Savol: ushbu himoyachining qisqa familiyasini yozib bering!
Show all...
Repost from Zakovat: Andijon
Photo unavailableShow in Telegram
Andijon viloyatida 26-iyun - Хаlqаrо giyohvandlikka qarshi kurаsh kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan "Yoshlar kubogi" nihoyasiga yetdi. Jami 26 ta jamoa qatnashgan ushbu turnirda 150 dan ortiq bilimdonlar ishtirok etishdi va yakunda BUZWARRIORS jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. Buzwarriors jamoasi tarkibi bilan tanishing. 1. Boburjon Shokirov 2. Abdullaxon Nazirov 3. Fazliddin Rayimjonov 4. Javohir Tursunov 5. Muhammaddiyor Mirzabahromov 6. Kamronbek Hojiakbarov. - @Andijon_ZakovatNNT -
Show all...
6👎 4👍 2
Yuqoridagi savolning javobi: Etik: Izoh: maʼlumki, Italiyaning koʻrinishi xaritalarda etikni eslatadi. Videoda ham Zakkani kubokni etik kiygan oyogʻi bilan bosib parchalagani tasvirlangan; Manba: https://youtube.com/shorts/oWR5xGC2qP8?si=5uHAC5uGyF72tRbX
Show all...
#issiq_havoda_salqin_savol Hamid Sahari tomonidan yaratilgan karikaturali videolarning birida, Yevro-2024 kubogining oldida homush oʻtirgan, xorvatiyalik Luka Modrich tasvirlangan boʻlib, videoning davomida italiyalik Zakkani tomonidan kubok oyoq bilan bosilib, parchalanib, yoʻq qilindi. Savol: shu payt Zakkanining oyogʻida qanday oyoq kiyim bor edi?
Show all...
Yuqoridagi savolning javobi: Tesey kemasi; Izoh: Tesey jemasi-bu obyektning tarkibiy qismlari almashtirilgan taqdirda uning asliyati saqlanib qolishi yoki qolmasligi haqidagi faraz. Biz ham xuddi Tesey kemasi kabi 1-savolni to'liq almashtirib yubordik. Lekin shunga qaramay javob o'zgarmadi:) Manba: https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Tesey_kemasi
Show all...
#issiq_havoda_salqin_savol Muallif: Anormal telegram kanali "Gotem" serialidagi bir jarroh donordan retsipientga transplantatsiya qilingan bir necha organlar haqida gapira turib uni eslab o'tadi. Diqqat savol uni ayting. Yo'q savolni o'zgartiramiz "WandaVijen" serialida Vijenning ikkita sintezoidi u haqida bahslashishadi. Diqqat savol uni toping
Show all...
𝒜𝓃ℴ𝓇𝓂𝒶𝓁

𝒴𝒶𝓍𝓈𝒽𝒾 𝒿ℴ𝓎 ℯ𝓂𝒶𝓈

👍 1
Yuqoridagi savolning javobi: double-decker; Ikki qavatli avtobus; Izoh: bilamizki, futbol oʻyinlarida biror jamoa tomonidan chuqur himoyaviy oʻyin koʻrsatilsa, "Avtobus qoʻydi" jumlasi ishlatilinadi. Sloveniya jamoasi ham Angliyaga qarshi oʻyinda deyarli himoyaviy oʻyin namoyish etdi va sharhlovchi tomonidan: "Angliyada paydo boʻlgan ikki qavatli avtobus endilikda Angliyaga qarshi qoʻyilmoqda",-deya izoh beriladi. Ikki qavatli avtobuslar yoki double-decker 1954-yil Angliyada yaratilgan va 1956-yilga kelib London koʻchalarida ularni uchratish mumkin edi; Manba: https://double-decker.ru/articles/chto-takoe-double-decker/
Show all...
🔥 1
#issiq_havoda_salqin_savol Yevro-2024 futbol musobaqalarining 3-turidan oʻrin olgan Angliya hamda Sloveniya oʻrtasidagi oʻyin sharhi vaqtida sharhlovchi Sloveniyaning chuqur himoyaviy oʻyiniga taʼrif berar ekan, Angliyada paydo boʻlgan U endilikda Angliyaga qarshi qoʻyilmoqda, deydi. Savol: Uni oʻzbekcha boʻlmagan yoki oʻzbekcha soʻzlarda yozib bering!
Show all...
Yuqoridagi savolning javobi: Tatyananing bolaligi (paytlari); Izoh: "Yevgeniy Onegin" romanida Tatyana Larinaning bolalik paytlari haqidagi qaydlarda u dvoryan qoʻshnilar orasida oʻsganligi yoziladi. Rasmda esa sizlar Tatyana Akbarovna Karimovaning 1955-yil Quvasoy shahrida 7 yoshlik vaqtida olingan surʼatini koʻrib turibsiz.
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.