O'zbekiston tarixi
Open in Telegram
O'zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti ''O'zbekiston tarixi'' kafedrasi.
Show more3 801
Subscribers
-124 hours
-117 days
-7130 days
Posts Archive
3 802
Repost from Tarixchi kutubxonasiga
#anjuman AXBOROT XATI
O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-son buyrug'i bilan tasdiqlangan "Respublika miqyosida o'tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi"ga muvofiq Fanlar akademiyasi Antropologiya institutida 2026-yil 3-aprel kuni antropolog olim, professor Abdurauf Abdurahmon o'g'li FITRAT tavalludining 140 yilligiga bag'ishlab o'tkazilishi rejalashtirilgan "O'zbekistonda arxeologik va antropologik tadqiqotlar" mavzusidagi respublika ilmiy anjumanida ishtirok etish uchun taklif etadi. @tarixchi_kutubxonasiga
3 802
Repost from Kelajak soati
Xayriddin Sultonovning Navoiy va Bobur haqidagi mulohazalari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi – Spichrayteri, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xayriddin Sultonov “Kelajak soati” darslari uchun maxsus intervyu berdi. Unda yozuvchi va jamoat arbobining Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsi, ijodi haqidagi mulohazalarini tinglang.
Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.
Eslatma: Videokontent oʻrta (5–8) va yuqori (9–11) sinf oʻquvchilari hamda OTM talabalari uchun tayyorlangan.
Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
3 802
Репрессивная_политика_совктский_власти_и_культура_Узб_Ишонходжаева.pdf7.84 MB
3 802
O’zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetida O’zbekiston tarixi kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Zamira Ishanxodjayeva tavalludining 70 yilligi munosabati bilan davra suhbati.
3 802
Repost from O'zMU | Rasmiy kanal
+6
“O‘zbekiston tarixi fani raqamlashtirish davrida” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi🔺O’zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetida O’zbekiston tarixi kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Zamira Ishanxodjayeva tavalludining 70 yilligi munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 🔺”O‘zbekiston tarixi fani raqamlashtirish davrida” mavzudagi davra suhbatida tarix fanining raqamlashtirish jarayonidagi dolzarb masalalari, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari hamda ilmiy tadqiqotlarda raqamli manbalar ahamiyati xususida fikr almashildi. 🗣Shuningdek, professor Zamira Ishanxodjayevaning tarixshunoslik sohasidagi ilmiy merosi va fan rivojiga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etildi. Ustozning ko‘p yillik samarali ilmiy-pedagogik faoliyatiga hurmat va ehtirom ko’rsatildi. Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
3 802
#BUGUN TUG‘ILGAN KUN
Arxeolog olim, t.f.d., professor Farhod Maqsudov
Taniqli arxeolog va tarixchi olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi direktori Farhod Maqsudov 1972-yil 14-dekabrda tug‘ilgan.
1996-yil Farg‘ona davlat universitetini tugatgan. Turli yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti aspiranti, kichik ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2020-yildan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi direktori.
Asosiy ilmiy ishlari Farg‘ona vodiysi janubiy hududlarining o‘zlashtirilishi va Ustrushonaning o‘rta asr ko‘chmanchi madaniyatini oʻrganishga oid.
Uning rahbarligida arxeologiya sohasida tub o‘zgarishlar qilinib, bioarxeologiya va landshaft arxeologiyasi borasida ilmiy ishlanmalar amalga oshirilib, kadrlar tayyorlana boshlandi.
Ko‘plab xalqaro ekspeditsiya va loyihalar rahbari. So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlari natijasi o‘laroq, To‘g‘onbuloq va Toshbuloq arxeologik yodgorliklarida olib borilgan Lidar texnologiyasi asosidagi izlanishlar "National Geographic" talqiniga ko‘ra 2024-yilning yettita eng zo‘r kashfiyotlardan biri bo‘ldi.
Olim 100 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 3 ta monografiya muallifi.
F.Maqsudov “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Farhod Maqsudovni bugungi tavallud ayyomi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz. Ularga uzoq umr, mustahkam sog‘lik, o‘zbek ilm-fani ravnaqi yo‘lida sobitqadamlik, kuch-g‘ayrat tilaymiz!!!
😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
3 802
Repost from Arxeologiyauz
RAXMON IBRAGIMOV
ARXEOLOGIYA
5120300 – Tarix (jahon mamlakatlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti davlat korxonasi
Toshkent – 2022
