en
Feedback
250
Subscribers
No data24 hours
+67 days
+530 days
Posts Archive
🏛 MUZEYLAR HAFTALIGI: MEROS, HUNAR VA ILHOM UYG‘UNLIGI ✨ 2–8-sentabr kunlari yurtimizda o‘tkazilgan «Muzeylar haftaligi» doi
🏛 MUZEYLAR HAFTALIGI: MEROS, HUNAR VA ILHOM UYG‘UNLIGI ✨ 2–8-sentabr kunlari yurtimizda o‘tkazilgan «Muzeylar haftaligi» doirasida O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida milliy madaniy meros, amaliy san’at va hunarmandchilik an’analarini keng targ‘ib etishga qaratilgan qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. 🧵 Haftalik doirasida «Jizzax hunarmandchiligi: unutilayotgan an’analar va qayta tiklanayotgan meros» mavzusida maxsus tadbirlar turkumi o‘tkazilib, Jizzax hududida shakllangan hunarmandchilik maktabi, an’anaviy hunar turlari va usta-hunarmandlar mahorati keng namoyish etildi. 🇺🇿🇫🇷 Haftalikning muhim tadbirlaridan biri «Ipak: an’anadan zamonaviylikka» nomli maxsus moda namoyishi bo‘ldi. BAHOR France hamda Xolida Hafizovna Kamilova ishtirokida tashkil etilgan tadbirda milliy liboslar, o‘zbek ipakchilik an’analari va zamonaviy moda uyg‘unligi namoyon etildi. 👥 Haftalik davomida muzeyga 400 nafardan ortiq mahalliy aholi vakillari tashrif buyurib, ko‘rgazmalar, mahorat darslari va madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdilar. 📺 Muzeylar haftaligi doirasidagi tadbirlar «O‘zbekiston 24», «Dunyo bo‘ylab», «UzReport», «Mahalla», «MY5», «ZO‘R TV» telekanallari, shuningdek, UzA, NUZ.UZ, Sputnik Uzbekistan axborot resurslari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi. 🌿 Bir hafta — bir makonning boy merosi, usta qo‘llar mahorati va avloddan avlodga o‘tib kelayotgan an’analar. Muzey — o‘tmishni asrab, uni bugun va kelajak bilan bog‘laydigan ma’naviy maskandir. 🌐

🏛 MUZEYLAR HAFTALIGI: MEROS, HUNAR VA ILHOM UYG‘UNLIGI ✨ 2–8-sentabr kunlari yurtimizda o‘tkazilgan «Muzeylar haftaligi» doirasida O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida milliy madaniy meros, amaliy san’at va hunarmandchilik an’analarini keng targ‘ib etishga qaratilgan qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. 🧵 Haftalik doirasida «Jizzax hunarmandchiligi: unutilayotgan an’analar va qayta tiklanayotgan meros» mavzusida maxsus tadbirlar turkumi o‘tkazilib, Jizzax hududida shakllangan hunarmandchilik maktabi, an’anaviy hunar turlari va usta-hunarmandlar mahorati keng namoyish etildi. 🇺🇿🇫🇷 Haftalikning muhim tadbirlaridan biri «Ipak: an’anadan zamonaviylikka» nomli maxsus moda namoyishi bo‘ldi. BAHOR France hamda Xolida Hafizovna Kamilova ishtirokida tashkil etilgan tadbirda milliy liboslar, o‘zbek ipakchilik an’analari va zamonaviy moda uyg‘unligi namoyon etildi. 👥 Haftalik davomida muzeyga 400 nafardan ortiq mahalliy aholi vakillari tashrif buyurib, ko‘rgazmalar, mahorat darslari va madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdilar. 📺 Muzeylar haftaligi doirasidagi tadbirlar «O‘zbekiston 24», «Dunyo bo‘ylab», «UzReport», «Mahalla», «MY5», «ZO‘R TV» telekanallari, shuningdek, UzA, NUZ.UZ, Sputnik Uzbekistan axborot resurslari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi. 🌿 Bir hafta — bir makonning boy merosi, usta qo‘llar mahorati va avloddan avlodga o‘tib kelayotgan an’analar. Muzey — o‘tmishni asrab, uni bugun va kelajak bilan bog‘laydigan ma’naviy maskandir. 🌐

«Muzeylar haftaligi» — OAV nigohida

"Bahor france" yangi kolleksiyasini taqdim etdi muxbir: Ruxsora Gʻafurova 12:00 8.09.2026 Toshkent shahri 😎 Telegram 😎 Instagram ▶️ You Tube

🇺🇿🇫🇷 IPAK — MADANIYATLARNI BIRLASHTIRGAN RISHTA Bugun Toshkent shahrida ipak tarixi, milliy an’analar va zamonaviy moda u
+9
🇺🇿🇫🇷 IPAK — MADANIYATLARNI BIRLASHTIRGAN RISHTA Bugun Toshkent shahrida ipak tarixi, milliy an’analar va zamonaviy moda uyg‘unlashgan madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida BAHOR France hamda Xolida Xafizovna Kamilova ishtirokida “Ipak: an’anadan zamonaviylikka” nomli maxsus moda namoyishi tashkil etildi. Tadbir davomida milliy liboslar, o‘zbek ipakchilik an’analari va zamonaviy moda yo‘nalishlarining o‘zaro uyg‘unligi namoyish etildi. Tadbirda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Anri Brenders, Lion shahri Ipakchilik uyi assotsiatsiyasi prezidenti, shuningdek, O‘zbekiston va Fransiyadan tashrif buyurgan nufuzli mehmonlar ishtirok etdi. 🇺🇿🤝🇫🇷 Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim tadbirlardan biri bo‘ldi. 📺 Tadbir “O‘zbekiston 24”, “Dunyo bo‘ylab”, “Mahalla” , “My5”telekanallari, shuningdek, NUZ.UZ axborot resurslarida yoritildi. 🌐

🏛 Muzeyda unutilmas kun! ✨ “Muzeylar haftaligi” doirasida Yakkasaroy tumanidagi 89-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari muz
+4
🏛 Muzeyda unutilmas kun!“Muzeylar haftaligi” doirasida Yakkasaroy tumanidagi 89-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari muzeyimizga tashrif buyurdilar. O‘quvchilar milliy amaliy san’at va hunarmandchilikning noyob namunalari bilan yaqindan tanishib, xalqimizning boy tarixi va madaniy merosi haqida qiziqarli taassurotlarga ega bo‘ldilar. 🎨📚 ✨ Muzey — tarixni his qilish, merosni anglash va kelajakni tarbiyalash maskani! 🌐

Repost from BUGUN | RASMIY
04.09.2026 #Toshkent
YURTIMIZ BÔYLAB MUZEYLAR HAFTALIGI O’TKAZILMOQDA
Muxbir: Jamshid Ochilov @bugun_lavhalar

🧵 Milliy meros — mayda detallarda! “Jizzax hunarmandchiligi: unutilayotgan an’analar va qayta tiklanayotgan meros” haftaligi
+4
🧵 Milliy meros — mayda detallarda! “Jizzax hunarmandchiligi: unutilayotgan an’analar va qayta tiklanayotgan meros” haftaligi doirasida bugun muzeyda jiyak yasash bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi. 🪡 Ishtirokchilar jiyak tayyorlashning an’anaviy usullari, naqsh va ranglar uyg‘unligini o‘rgandilar. ✨ Har bir jiyak — milliy libosimizni bezovchi, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan hunarning bir bo‘lagi. 📅 2–8-sentabr, 2026-yil 📍 O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi 🎟 Mahalliy aholi uchun — bepul! 🌐

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharoi
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев посетил новый Центр современного искусства в Ташкенте и ознакомился с созданными здесь условиями. #Mirziyoyev #tanishuv #markaz #zamonaviysanat Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🪆 Birida — bolalik xotirasi, birida — millat qiyofasi “Jizzax hunarmandchiligi: unutilayotgan an’analar va qayta tiklanayotg
+3
🪆 Birida — bolalik xotirasi, birida — millat qiyofasi “Jizzax hunarmandchiligi: unutilayotgan an’analar va qayta tiklanayotgan meros” haftaligining uchinchi kuni muzeyda ikki noyob yo‘nalish — qo‘g‘irchoq yasash va milliy chopon tikish san’atiga bag‘ishlandi. 🪡 Qo‘g‘irchoq yasash mahorat darsi davomida hunarmand Qo‘ychieva Barno opa ishtirokchilarga oddiy mato va mayda detallar yordamida o‘ziga xos milliy qo‘g‘irchoqlar yaratish sirlarini namoyish etdi. Har bir qo‘g‘irchoqda milliy kiyinish madaniyati, xalqona did va bolalikdan qalbimizga singib kelgan obrazlar mujassam. 🧥 Milliy chopon tikish mahorat darsini esa mohir hunarmand Mustafokulova Surayyo olib bordi. Unda mato tanlash, rang va bezaklarni uyg‘unlashtirish, chopon tikishning o‘ziga xos usullari hamda milliy libosga xos an’anaviy jihatlar namoyish etildi. Chopon — shunchaki kiyim emas. U xalqimizning didi, urf-odati va qadriyatlarini o‘zida aks ettiruvchi, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy san’at namunasidir. ✨ Bugun muzeyda hunar haqida shunchaki so‘z yuritilmadi — qo‘llar ishladi, matolar jonlandi, milliy obrazlar qayta yaratildi. 📅 2–8-sentabr, 2026-yil 🎟 Mahalliy aholi vakillari uchun bepul! 📍 O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi 🇺🇿 Bugun yaratilgan har bir buyum — ertangi kun uchun qoladigan milliy xotira. 🌐

“Jizzax hunarmandchiligi: unutilayotgan an’analar va qayta tiklanayotgan meros” haftaligi oav nigohida. 🌐

“Jizzax hunarmandchiligi: unutilayotgan an’analar va qayta tiklanayotgan meros” haftaligi oav nigohida. 🌐

Dohadagi Islom san’ati muzeyida tashkil etilgan “O‘zbekiston: boqiy meros” ko‘rgazmasi O‘zbekistonni islom dunyosining ilm-fan, madaniyat va badiiy sanoatining tarixiy markazlaridan biri sifatida kashf ettiradi. Ko‘rgazmaning to‘rtta bo‘limi Markaziy Osiyoda islom dini tarqalishi arafasidagi mintaqaning madaniy manzarasi, Somoniylar va Temuriylar davrlarining me’moriy merosi, intellektual yutuqlari va an’anaviy hunarmandchilikning tadrijiy rivojini – kulolchilik va zargarlik san’atidan tortib to to‘qimachilikkacha bo‘lgan sohalarni qamrab oladi. Tarixiy buyumlar zamonaviylik bilan hamohang muloqotda taqdim etilib, O‘zbekiston badiiy an’analarining vorisligi hamda ularning bugungi kundagi ahamiyatini namoyish etadi. _____ Выставка Uzbekistan: Heritage in Motion в Музее исламского искусства в Дохе раскрывает Узбекистан как один из исторических центров науки, культуры и художественного производства исламского мира. Четыре раздела экспозиции охватывают культурный контекст региона накануне распространения ислама в Центральной Азии, архитектурное наследие эпох Саманидов и Тимуридов, интеллектуальные достижения и развитие традиционных ремесел — от керамики и ювелирного искусства до текстиля. Исторические предметы представлены в диалоге с современностью, показывая преемственность художественных традиций Узбекистана и их значение сегодня. ____ Uzbekistan: Heritage in Motion, on show at the Museum of Islamic Art in Doha, presents Uzbekistan as one of the historic centres of science, culture and artistic production in the Islamic world. The exhibition’s four sections cover the cultural landscape of the region on the eve of the spread of Islam through Central Asia, the architectural legacy of the Samanid and Timurid eras, intellectual achievements, and the development of traditional crafts — from ceramics and jewellery to textiles. Historical objects are placed in dialogue with the present day, revealing the continuity of Uzbekistan’s artistic traditions and their significance today. ACDF | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

Repost from Rasmiy axborot
📍Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda 📢 Joriy yil 6-sentabr kuni poytaxtimizda
+4
📍Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda 📢 Joriy yil 6-sentabr kuni poytaxtimizda Toshkent zamonaviy san’at markazi — CCA Tashkent o‘z eshiklarini ochadi. Bu shunchaki yangi muzey yoki ko‘rgazma zali emas, balki bir asrdan ziyod tarixga ega inshootga yangi hayot bag‘ishlangan yirik madaniy loyihadir.
📌 Ma’lumot o‘rnida: 1912-yilda me’mor Vilgelm Geynzelman loyihasi asosida barpo etilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy qiyofasi va industrial ruhini saqlagan holda, zamonaviy san’at, ta’lim, tadqiqot va madaniy muloqot markaziga aylantirildi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha tarixiy merosni asrab-avaylash va unga zamonaviy mazmun berishning yorqin namunasidir. 👍 Fransiyaning mashhur Studio KO byurosi tomonidan ishlab chiqilgan arxitektura konsepsiyasi tarixiy meros va zamonaviy infratuzilmani uyg‘unlashtirgan. Markazda ko‘rgazma zallari, ta’lim va jamoat maydonlari, kutubxona hamda tadqiqot infratuzilmasi faoliyat yuritadi. ❗️Eng muhimi — bu yerda nafaqat tarix saqlab qolindi, balki unga yangi mazmun berildi. Ilgari energiya ishlab chiqarilgan makonda bugun ijod, yangi g‘oyalar, san’at va insonlar muloqotining yangi energiyasi yuzaga keladi.
✅CCA Tashkent nafaqat Toshkentning, balki Markaziy Osiyoning yangi madaniy joziba nuqtalaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
✅ Bu yerda zamonaviy san’at bilan bir qatorda ma’ruzalar, kinonamoyishlar, tadqiqotlar, munozaralar, konsertlar, performanslar va turli madaniy-ta’lim tadbirlari o‘tkaziladi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Традиции Джизака: ремесленное наследие возвращается к жизни https://uz.sputniknews.ru/20260903/traditsii-djizaka-remeslennoe-nasledie-vozvraschaetsya-k-jizni-60155361.html

3-sentabr kuni Dohadagi Islom san’ati muzeyida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan Islom s
+9
3-sentabr kuni Dohadagi Islom san’ati muzeyida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan Islom san’ati muzeyi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “O‘zbekistan: boqiy meros” ko‘rgazmasi ishga tushirildi. Ko‘rgazma O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda islom dini tarqalishidan avvalgi davrdan to hozirgi kunga qadar mavjud bo‘lgan madaniy merosini namoyish etadi. Ekspozitsiya 152 ta muzey eksponatlarini, jumladan, O‘zbekistonning 7 ta muzeyi, Islom san’ati muzeyi va Qatar Milliy kutubxonasiga mansub ashyolarni birlashtiradi. Loyiha Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekiston madaniy merosini xalqaro miqyosda taqdim etishga qaratilayotgan alohida e’tiborni o‘zida mujassam etadi. Asosiy eksponatlar orasida ilk bor O‘zbekiston sarhadlaridan tashqariga olib chiqilgan Afrosiyob “Elchilar xonasi”ning g‘arbiy devoriy surati, VIII asrga oid Katta Langar Qur’oni sahifalari hamda XVI asrga oid me’moriy chizmalar mavjud. Ko‘rgazma 2026-yilning 28-noyabrigacha davom etadi. ____ 3 сентября в Музее исламского искусства в Дохе открылась выставка Uzbekistan: Heritage in Motion, организованная Фондом развития культуры и искусства Узбекистана совместно с Museum of Islamic Art. Выставка представляет культурное наследие Узбекистана от периода, предшествовавшего распространению ислама в Центральной Азии, до современности. Экспозиция объединяет 152 музейных экспоната, включая предметы из семи музеев Узбекистана, Музея исламского искусства и Национальной библиотеки Катара. Проект отражает особое внимание, которое по инициативе Президента Шавката Мирзиеева уделяется международному представлению культурного наследия Узбекистана. Среди ключевых экспонатов — западная настенная роспись Зала послов Афрасиаба, впервые вывезенная за пределы Узбекистана, страницы Катта-Лангарского Корана VIII века и архитектурные чертежи XVI века. Выставка продлится до 28 ноября 2026 года. _____ On 3 September, the exhibition Uzbekistan: Heritage in Motion opened at the Museum of Islamic Art in Doha, organised by the Uzbekistan Art and Culture Development Foundation in collaboration with the Museum of Islamic Art. The exhibition presents Uzbekistan’s cultural heritage from the period preceding the spread of Islam in Central Asia to the present day. It brings together 152 museum objects, including works from seven museums in Uzbekistan, the Museum of Islamic Art and the Qatar National Library. The project reflects the particular emphasis placed, at the initiative of President Shavkat Mirziyoyev, on presenting Uzbekistan’s cultural heritage internationally. Highlights include the western mural from the Hall of Ambassadors at Afrasiab, displayed outside Uzbekistan for the first time, pages from the eighth-century Katta Langar Qur’an, and sixteenth-century architectural drawings. The exhibition runs until 28 November 2026. ACDF | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

🧶 Bir ip — ming ma’no. Gilamda esa butun bir hikoya... “Jizzax hunarmandchiligi: unutilayotgan an’analar va qayta tiklanayot
+5
🧶 Bir ip — ming ma’no. Gilamda esa butun bir hikoya... “Jizzax hunarmandchiligi: unutilayotgan an’analar va qayta tiklanayotgan meros” haftaligining ikkinchi kuni gilam to‘qish san’atiga bag‘ishlangan mahorat darsi bilan davom etdi. Jizzaxlik mohir usta-hunarmandlar Nurmonova Marg‘uba va Hayitboyeva Xursanoy ishtirokida o‘tkazilgan mahorat darsida gilam to‘qishning o‘ziga xos usullari, naqsh yaratish an’analari hamda hunarning nozik jihatlari amaliy tarzda namoyish etildi. 🧵 Ishtirokchilar ustalarning ish jarayonini kuzatish bilan birga, dastgoh boshida o‘zlari ham gilam to‘qib ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar. Gilamdagi har bir naqsh — shunchaki bezak emas. Unda xalqning estetik qarashlari, ramzlari, didi va avlodlar xotirasi mujassam. 📅 2–8-sentabr, 2026-yil 🎟 Mahalliy aholi vakillari uchun bepul! 📍 O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi 🇺🇿 Meros avloddan-avlodga o‘tadi. Uni asrash esa barchamizning qo‘limizda. 🌐