en
Feedback
Ta'limga oid

Ta'limga oid

Open in Telegram

—Respublika ta'lim tizimiga oid eng so'nggi ishonchli yangiliklar va huquqiy sharhlar sodda tilda Bog'lanish: @TalimgaoidBot

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel Ta'limga oid

Channel Ta'limga oid (@talimgaoid) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 15 642 subscribers, ranking 12 705 in the Education category and 5 060 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 15 642 subscribers.

According to the latest data from 09 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -8 451 over the last 30 days and by -237 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 27.89%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 10.39% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 4 390 views. Within the first day, a publication typically gains 1 636 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 4.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
—Respublika ta'lim tizimiga oid eng so'nggi ishonchli yangiliklar va huquqiy sharhlar sodda tilda Bog'lanish: @TalimgaoidBot

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 10 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.

15 642
Subscribers
-23724 hours
-1 5447 days
-8 45130 days
Posts Archive
⚡️Maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi xodimlarning yangi bazaviy tarif stavkalari tasdiqlandi 📃Maktab va qo‘shma ta’lim, madaniyat va sport muassasalari, davlat maktabgacha ta’limi tizimi rahbar, pedagog va boshqa xodimlari, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati hamda maxsus ta’mirlash-ekspluatatsiya xizmati hodimlari uchun yangi bazaviy tarif stavkalari tasdiqlandi. 📌2026-yil 1-sentyabrdan maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi xodimlarining bazaviy tarif stavkalari ushbu hujjatda ko‘rsatilgan miqdorlarda belgilanadi. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: @Talimgaoid

⚡️Super-kontrakt boʻyicha tanlov qanday qilinadi?Oʻqishga qabul qilinganlar uchun: Agarda siz tanlagan 5 ta yoʻnalishingizdan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlsangiz, oʻz xoxshingizga koʻra faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqishingiz mumkin. Bunda hozirda oʻqishga tavsiya etilgan grant yoki kontraktingiz kuyadi va faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqishingiz mumkin. Muhim jihati shu-ki, 1-yoʻnalishda super kontrakt asosida oʻqishingiz uchun u yoʻnalishga balingiz yetmagan boʻlishi lozim. Oʻqishga kirolmaganlar uchun: Agar sizda 5 ta yoʻnalishdan birortasiga ham oʻqishga kirolmagan boʻlsangiz, unda shu 5 ta yoʻnalishdan istalganiga super-kontrakt asosida oʻqishga kirish imkoningiz bor. ✅Oʻqishga kirgan, lekin boshqa yoʻnalishni tanlamoqchi boʻlganlar uchun: Siz masalan 3-yoʻnalishga oʻqishga kirdingiz, lekin balingiz 4 va 5 yoʻnalishga ham yetar ekan. Bunda siz balingiz yetgan qolgan yoʻnalishni tanlay olmaysiz. Tavsiya etilgan uchinchi yoʻnalishda oʻqishga majbursiz, na 1, 2 yoʻnalishlar, na 4,5 yoʻnalishlarda oʻqiy olasiz. Yagona imkoningiz grant yoki kontraktga kirgan boʻlsangiz faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqish mumkin. Oʻtgan yilgi tartibga koʻra, 2, 3, 4, 5-yoʻnalishlarda super-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berilmaydi. Bu yilgi tartib oʻzgarsa bu haqida xabar beramiz. ❕ Super kontrakt boʻyicha arizalar qabuli 1 haftadan keyin kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn boshlanadi. Universitetlarga hozirdan borib olmang, hamma jarayonlar onlayn amalga oshiriladi.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid

🎓 1 yil vaqtingizni yo'qotmagan holda talaba bo'ling! Siz hali ham o’qishga topshirmagan bo’lsangiz, Sarbon universitetida q
🎓 1 yil vaqtingizni yo'qotmagan holda talaba bo'ling! Siz hali ham o’qishga topshirmagan bo’lsangiz, Sarbon universitetida qabul jarayonlari yakunlanmoqda. 🚀 Bugun hujjat topshiring va talabalik maqomiga ega bo‘ling! 🎓 30 dan ziyod ta’lim yo‘nalishlari 💰 Kontrakt narxlari 11 mln so‘mdan boshlanadi 📌 Batafsil ma’lumot va qabul uchun: https://forms.amocrm.ru/rzttdrl 📲 +998 55 588 33 81

⚡️Rasman: Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi 📝 Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar natijalari e'lon qilindi. 👨‍💻 Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin. 📝 Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan yakuniy tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid

⚡️Oshirilgan maoshlar bo‘yicha akademik litsey va texnikum xodimlari qancha maosh olishadi?
Bosh o‘qituvchi — 5 503 920 so‘m; ➖ Yetakchi o‘qituvchi — 4 980 320 so‘m; ➖ Katta o‘qituvchi — 4 470 320 so‘m; ➖ Oliy ma’lumotli o‘qituvchi — 3 992 960 so‘m; ➖ O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchi — 3 731 840 so‘m.  ℹ️ Ustama: Akademik litseylar o‘qituvchilariga chuqur o‘rganiladigan fanlar bo‘yicha amalda o‘tkazilgan darslar uchun 20 foiz ustama to‘lanadi. 
Texnikum pedagog xodimlari maoshi qancha? (1-b ilova)
Kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari uchun tasdiqlangan yangi stavkalar: ➖ Bosh o‘qituvchi — 5 503 920 so‘m; ➖ Yetakchi o‘qituvchi — 4 980 320 so‘m; ➖ Katta o‘qituvchi — 4 470 320 so‘m; ➖ Oliy ma’lumotli o‘qituvchi — 3 992 960 so‘m; ➖ O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchi — 3 731 840 so‘m; ➖ Ishlab chiqarish ta’limi ustasi — 4 980 320 so‘m.  ❗️Eslatma: PQ-316-son qarorga muvofiq, ishlab chiqarish ta’limi ustasining stavkasi maktabning birinchi malaka toifali o‘qituvchisi stavkasiga tenglashtirilgan. 
Oddiy kasb-hunar kollejlari va mustaqil litseylar (1-ilova) Oliy ta’lim huzurida bo‘lmagan muassasalarda stavkalar quyidagicha:
Bosh o‘qituvchi: litseyda — 4 560 524 so‘m, kollejda — 4 307 944 so‘m; ➖ Yetakchi o‘qituvchi: litseyda — 4 307 944 so‘m, kollejda — 4 059 185 so‘m; ➖ Katta o‘qituvchi: litseyda — 4 059 185 so‘m, kollejda — 3 800 957 so‘m; ➖ Oliy ma’lumotli o‘qituvchi: litseyda — 3 800 957 so‘m, kollejda — 3 548 870 so‘m; ➖ O‘rta maxsus ma’lumotli: litseyda — 3 548 870 so‘m, kollejda — 3 315 799 so‘m. 
🔹 Boshqa pedagog xodimlar (psixolog, to‘garak rahbari, konsertmeyster) (2-ilova)
Akademik litsey psixologlari: 3 593 664 so‘m (shuningdek, 20 foiz ustama qo‘llaniladi); ➖ Boshqa muassasalar psixologi va tarbiyachilari: toifasiga ko‘ra 2 357 669 so‘mdan 3 199 558 so‘mgacha; ➖ Akademik litseylarning to‘garak rahbari: toifasiga ko‘ra 2 065 886 so‘mdan 2 684 015 so‘mgacha; ➖ Madaniyat va san’at kollejlari konsertmeysterlari: 2 860 639 so‘mdan 3 800 957 so‘mgacha. 
Rahbar xodimlarning maoshlari qancha? (3-ilova)
Muassasa guruhiga (I–IV guruh) qarab: ➖ Direktor: 6 031 112 so‘mdan — 7 106 019 so‘mgacha; ➖ Direktor o‘rinbosarlari: 5 682 853 so‘mdan — 6 741 289 so‘mgacha; ➖ Chaqiriluvgacha tayyorgarlik rahbari: 3 800 957 so‘mdan — 4 560 524 so‘mgacha; ➖ Jismoniy tayyorgarlik rahbari: 3 084 108 so‘mdan — 3 800 957 so‘mgacha; ➖ Katta usta: 2 684 015 so‘mdan — 3 359 569 so‘mgacha; ➖ Bo‘lim boshlig‘i: o‘quvchilar soniga qarab (150 dan 601+ nafargacha) 2 164 627 so‘mdan — 2 780 841 so‘mgacha. 
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid

⚡️Rasman: Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi 2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi. Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: @Talimgaoid

⚡️Rasman: Namangan davlat universitetida super-kontrakt uchun arizalar qabuli boshlandi Talabgorlar kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda rasmiylashtirishlari mumkin. Abituriyent tomonidan rasmiylashtirilgan ariza oliy ta’lim muassasasi Qabul komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Shundan so‘ng, abituriyent uchun QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi. Tasdiqlangan to‘lov-shartnomasini platformadan yuklab olish hamda unda belgilangan to‘lovlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish so‘raladi. ✅@Axmadjanoov | Instagram

⚡️Oshirilgan maoshlar bo‘yicha maktab xodimlari qancha maosh olishadi? Maktab direktori 🟠 400 o‘quvchigacha — 5 528 139 so‘m 🟠 401–880 o‘quvchigacha — 5 902 718 so‘m 🟠 881–1600 o‘quvchigacha — 6 259 169 so‘m 🟠 1600 dan ortiq — 6 621 088 so‘mDirektor o‘rinbosarlari (MMIBDO‘, O‘TIBDO‘) 🟠 400 o‘quvchigacha — 5 163 119 so‘m 🟠 401–880 o‘quvchigacha — 5 528 139 so‘m 🟠 881–1600 o‘quvchigacha — 5 902 718 so‘m 🟠 1600 dan ortiq — 6 259 169 so‘mDirektorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 🟠 400 o‘quvchigacha — 2 094 908 so‘m 🟠 401–880 o‘quvchigacha — 2 389 633 so‘m 🟠 881–1600 o‘quvchigacha — 2 484 676 so‘m 🟠 1600 dan ortiq — 2 691 147 so‘mPsixologlar 🟠 Oliy ma’lumotli — 3 591 900 so‘m 🟠 Ikkinchi toifali — 3 846 491 so‘m 🟠 Birinchi toifali — 4 107 571 so‘m 🟠 Oliy toifali — 4 357 584 so‘mO‘qituvchilar 🟠 O‘rta maxsus ma’lumotli — 3 711 386 so‘m 🟠 Oliy ma’lumotli — 3 990 999 so‘m 🟠 Ikkinchi toifali — 4 468 142 so‘m 🟠 Birinchi toifali — 4 978 872 so‘m 🟠 Oliy toifali — 5 501 997 so‘mKadrlar bo‘yicha menejer 🟠 1 881 458 so‘mKutubxona mudiri 🟠 O‘rta maxsus ma’lumotli — 2 513 908 so‘m 🟠 Oliy ma’lumotli — 2 742 883 so‘m Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: @Talimgaoid

⚡️OTM bitiruvchilarining o‘rtacha oylik maoshi 4,9 mln so‘mni tashkil etmoqda 2025-yil iyulidan 2026-yil iyunigacha bo‘lgan d
⚡️OTM bitiruvchilarining o‘rtacha oylik maoshi 4,9 mln so‘mni tashkil etmoqda 2025-yil iyulidan 2026-yil iyunigacha bo‘lgan davrda bitiruvchilarning respublika miqyosidagi o‘rtacha rasmiy oylik daromadi 4,9 mln so‘mni tashkil etdi. Ta’lim yo‘nalishlari kesimida o‘rtacha daromad: ➖Ijod (sport) yo‘nalishlari — 6,33 mln so‘m; ➖Amaliy fanlar — 5,5 mln so‘m; ➖Ijtimoiy-gumanitar fanlar — 4,61 mln so‘m; ➖Tibbiyot fanlari — 4,43 mln so‘m. Bitiruvchilarning o‘rtacha daromadi eng yuqori bo‘lgan ta’lim tashkilotlari:S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK) Toshkent filiali — 23,4 mln so‘m; ➖Toshkent shahridagi Inha universiteti — 12,6 mln so‘m; ➖Toshkent xalqaro Vestminster universiteti — 12,5 mln so‘m. ℹ️ Bunda rasmiy qayd etilgan daromadlar nazarda tutiladi. Indeksni hisoblashda bitiruvchining daromadi u istiqomat qilayotgan hududdagi o‘rtacha ish haqi bilan solishtiriladi.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid

⚡️Bu yil ham magistraturada o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari to‘lab beriladi Kvota to‘g‘risidagi prezident farmoyishida kontrakt asosida magistraturaga kiradigan talaba xotin-qizlarning kontrakt pullarini to‘lab berish qayd etilgan. Kontrakt pullari hech qanday qaytarish shartlarisiz to‘lab beriladi. Buning uchun: ➡️ Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qilishadi. Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi. ➡️ 15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini toʻlab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi. 🖊 Ma'lumot uchun: magistratura uchun chet tili sertifikati majburiy hisoblanadi. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: @Talimgaoid

📌 Talabalarga ijara to‘lovlarining bir qismini qoplab berish tizimi haqida batafsil ma’lumot 1️⃣ Kimlarga qoplab beriladi? yotoqxona bilan qamrab olinmagan bo‘lishi kerak. Agar yotoqxonada joy bo‘lsa-yu, lekin talaba yotoqxonada turmasdan, ijaraga chiqib ketgan bo‘lsa, unda kompensatsiya berilmaydi; ➖ o‘ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijarada turgan bo‘lishi kerak; ➖ davlat oliygohi talabasi bo‘lishi kerak, xususiy oliygoh talabalariga qoplab berilmaydi; ➖ O‘zbekiston fuqarosi yoki respublikada doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi kerak, xorijiy davlat fuqarosiga qoplab berilmaydi; ➖ faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan bo‘lishi kerak. Kechki, masofaviy, sirtqi, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qiyotgan talabalarga qoplab berilmaydi; ➖ ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyidan boshqa joyda (tuman, shahar miqyosida) yashayotgan bo‘lishi kerak. Masalan, Samarqand shahrida ro‘yxatda turgan talaba Samarqand shahridagi oliygohda o‘qisa, unga ijara to‘lovida kompensatsiya berilmaydi, lekin Kattaqo‘rg‘on tumanida ro‘yxatda turuvchi talabaga to‘lab berilishi mumkin; ➖ davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotganining farqi yo‘q, ikkalasiga ham qoplab beriladi. 2️⃣ Qancha kompensatsiya beriladi? Har oy uchun: ➖ Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (412 ming so‘m); ➖ Boshqa hududlarda — yarim baravar (206 ming so‘m). 3️⃣ Ijara shartnomasi bo‘lishi shart Kompensatsiya olish uchun ijara.soliq.uz saytida hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomasi bo‘lishi kerak, yo‘qsa kompensatsiya berilmaydi. Yagona istisno: 1-kurslarga dastlabki sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi so‘ralmasdan to‘lab beriladi. Noyabr oyidan esa 1-kurslarga ham ijara shartnomasi bo‘lishi kerak. Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart. ❗️BU MUHIM: uyiga talabalarni ijaraga qo‘ygan fuqarolar ijarasi uchun daromad solig‘idan ozod qilinadi (Soliq kodeksi, 378-modda, 19-1-bandi). Shuning uchun talabalarni ijaraga qo‘yganlar, shartnomani rasmiylashtirishdan xavotir olmasa ham bo‘ladi, ular buning uchun soliq to‘lamaydi. 4️⃣ Kimlarga birinchi navbatda beriladi? — Ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lganlar; — o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar birinchi navbatda moliyalashtiriladi. ❗️Ma’lumot uchun: qoidaga ko‘ra, ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga kompensatsiya beriladi. Ya’ni bu degani, agar limit to‘lib qolsa, hammaga byudjetdan to‘lab berilmasligi ham mumkin. Ammo yetmay qolgan talabalarga universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari orqali qo‘shimcha moliyalashtirish ham mumkin. 5️⃣ Ariza qanday beriladi? Arizalar har oyning 7-sanasiga qadar onlayn topshirilishi kerak. Buning uchun: ➖ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi; ➖ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi; ➖ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi. 6️⃣ Rad etish asoslari Agar soxta hujjat topshirilgan bo‘lsa, manzil mos kelmasa yoki ariza muddatida berilmagan bo‘lsa — rad etiladi. Komissiya tomonidan doimiy ravishda ijara shartnomasini qalbakilashtirgan va noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etgan talabalar ro‘yxati shakllantirilib boriladi. Ushbu talabalar ro‘yxatiga tushgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish to‘xtatilishi mumkin. Rad etilgan taqdirda kamchilikni tuzatib, yana murojaat qilish mumkin. 7️⃣ Tugatilishi shartlari Agar talaba akademik ta’tilga chiqqan, kursda qoldirilgan yoki safdan chetlashtirilsa — to‘lov to‘xtatiladi. Ijara shartnomasi bekor qilinsa yoki manzil o‘zgarsa 3 ish kuni ichida xabar qilish kerak. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid

📣 MUHIM E’LON! 🎓 Turkiya va O‘zbekiston diplomini beruvchi ikki diplomli ta’lim dasturlariga IMTIHONSIZ QABUL! Xalqaro imti
📣 MUHIM E’LON! 🎓 Turkiya va O‘zbekiston diplomini beruvchi ikki diplomli ta’lim dasturlariga IMTIHONSIZ QABUL! Xalqaro imtihon va sertifikatlardan belgilangan minimal natijaga ega abituriyentlar kirish imtihonisiz qabul qilinadi. Sertifikatga ega bo’lmagan abituriyentlar uchun 29-avgust so’nggi kirish test sinovlari bo’lib o’tadi. ✅ Ta’lim dasturini tamomlagan bitiruvchilarga O’zbekiston hamda Turkiyaning davlat namunasidagi diplomi beriladi. Batafsil ma’lumot olish uchun murojaat qiling. 📩 @tdxuqabul 📲 +998-71-230-74-74

⚡️Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari 📆 Umumta'lim fanlarini bilish
⚡️Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari 📆 Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi. 🆔 Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. ⛳ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin. 🧑‍💻 Milliy sertifikat imtihonlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid

⚡️Chet tillaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari 📆 Chet tilini bilish darajasini aniq
⚡️Chet tillaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari 📆 Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari avgust, sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida bo‘lib o‘tadi. 🧑‍💻 Bunda nemis va fransuz tillaridan imtihonlar elektron shaklda o‘tkaziladi (kompyuterda olinadi). 🆔 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. ⛳ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid

#Magistratura2026 #Tahrirlash ⚡️26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahri
#Magistratura2026 #Tahrirlash ⚡️26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin
✅2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqildi.
▪️Koʻrib chiqish natijasida ayrim arizalar turli sabablar, jumladan, tanlangan mutaxassislik bitiruvchining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mos yoki turdosh emasligi, xorijiy tilni bilish boʻyicha sertifikat, shuningdek, SAT sertifikati tasdiqlanmagan yoki belgilangan darajada boʻlmagan, soʻralgan hujjat oʻrniga boshqa hujjat yuklangan yoki toʻliq yuklanmagan, xorijiy tildagi ta’lim dasturini yakunlaganligi tasdiqlanmagan, hujjatlar sifatsizligi hamda boshqa sabablarga koʻra rad etilgan. ❇️Shuni inobatga olib, arizasi yuqoridagi kabi kamchiliklar sababli rad etilgan talabgorlarga 2026-yil 26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar my.edu.uz elektron tizimi orqali arizalarini qayta tahrirlash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati beriladi. ❗️ E’tibor bering: 26-avgust kuni soat 14:00 dan so‘ng arizalarni tahrirlash imkoniyati berilmaydi. Aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi. ☝️Muhim eslatma! ❌Xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha talab etilgan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega emasligi yoxud mavjud sertifikat talab darajasiga javob bermaganligi sababli rad etilgan arizalarni qayta tahrirlash tavsiya etilmaydi. 🚫Bunday holatda qayta tahrirlangan arizalar ham ko‘rib chiqilmaydi. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid

ISHLAYSIZMI? MASOFAVIY TA'LIM SHAKLIDA TAHSIL OLING! Ishlash yoki kundalik yumushlar sabab oliy ma’lumot olishni kechiktirman
ISHLAYSIZMI? MASOFAVIY TA'LIM SHAKLIDA TAHSIL OLING! Ishlash yoki kundalik yumushlar sabab oliy ma’lumot olishni kechiktirmang. 🎓 Sarbon Universitetida masofaviy ta’lim orqali o‘qib, kundalik hayotingizni to‘xtatmagan holda oliy ma’lumot olishingiz mumkin. 📚 O‘zingizga qulay vaqtda ta’lim oling 💻 Masofadan turib o‘qing ⏰ Ish va o‘qishni birga olib boring 🎓 Oliy ma’lumotga ega bo‘ling Bugun boshlagan ishingiz ertangi imkoniyatingiz bo‘lishi mumkin. 👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.amocrm.ru/rzttdrl Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va ta’lim olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 📲 +998555883381

⚡️Vakant o'rinlarga kirish shartlari Oliy ta'lim tashkilotlarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga 2026/2027-o'quv yili ki
⚡️Vakant o'rinlarga kirish shartlari
Oliy ta'lim tashkilotlarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga 2026/2027-o'quv yili kirish imtihonlarida qatnashib, 56,7 ball to'plagan abituriyentlar vakant o'rinlarga qo'shimcha tanlovda ishtirok etishi imkoniyati yaratildi.
Eng muhimi, vakant o’rin bo’lishi kerak siz test yechgan fanlar majmuasi bo’yicha. Agar bo’sh kvota bo’lmasa topshira olmaysiz! ❗️Agarda yuqoridagi rasmdagi singari "kvota mavjud emas" yozuvi chiqayotgan boʻlsa, demak sizning fanlar majmuangizga mos ta'lim yoʻnalishiga boʻsh kvota mavjud emasligini bildirad va siz tanlovda qatnasha olmaysiz. Undan tashqari, kvota bo’sh degani talaba bo’lasiz degani ham emas. Boshqa siz kabi 5 ta asosiy tanlagan yo’nalishlariga kira olmaganlar bilan natijangiz bo’yicha bellashasiz! Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid

⚡️Rasman: Vakant o‘rinlar (6-yoʻnalish)ga tanlovda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish boshlanadi
2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriatga kirish imtihonlarida 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlar vakant o‘rinlar qolgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 22-sentabrdan 28-avgustgacha (shu kuni ham). Tanlovda ishtirok etish tartibi: Abituriyentlar “my.uzbmb.uz” shaxsiy kabineti orqali ro‘yxatdan o‘tadilar. Test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos yo‘nalishlardan 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini (ta’lim shakli bilan birga) tanlash imkoniyati mavjud. Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.
📌 Muhim eslatma: Agar abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos vakant o‘rinlar mavjud bo‘lmasa, tanlovda qatnashish imkoniyati berilmaydi.
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: @Talimgaoid

❗️DTM BALINGIZ BILAN TALABA BO‘LING! — DTMdan kutgan balingiz chiqmadimi? — Bu hali talaba bo‘lish imkoniyatingiz tugadi dega
❗️DTM BALINGIZ BILAN TALABA BO‘LING! — DTMdan kutgan balingiz chiqmadimi? — Bu hali talaba bo‘lish imkoniyatingiz tugadi degani emas. Sizning DTM natijangiz bilan Sarbon Universitetida o‘qish imkoniyatingiz mavjud. ➖ Sirtqi ta’lim o‘rniga — masofaviy ta’lim ➖ O‘qishni onlayn davom ettirish imkoniyati ➖ Oliy ma’lumot olish imkoniyati ➖ Bir yilni yo‘qotib qo‘ymang! “Balim yetmaydi, endi nima qilaman?” deb o‘tirgan bo‘lsangiz — imkoniyatlarni hoziroq bilib oling. 📌 Batafsil ma’lumot va qabul uchun: https://forms.amocrm.ru/rzttdrl 📲 +998555883381

⚡️6-yoʻnalish tanlash oʻtgan yili qanday boʻlgan? ‼️Kimlar topshira olgandi? ➡️5 ta yoʻnalishdan birortasiga ham oʻqishga kira olmagan bali 56,7 dan yuqori boʻlganlar; ➡️Testga kirib chiqqan, lekin qabulning ikkinchi bosqichida oliygoh tanlolmay qolib ketganlar;Mumkin emas ● 5 ta yoʻnalishdan biriga oʻqishga kirganlar 6-yoʻnalish tanlay olmaydilar: ● 56,7 balldan past toʻplaganlar 6-yoʻnalishda ishtirok etmaydilar ‼️Qanday imkoniyatlar berilgandi? ◀️Abituriyentlarga 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini (ta’lim shakli bilan birga) tanlash imkoniyati berilgan; ◀️6-yoʻnalishga qabul qilinganlar ballar ketma-ketligiga qarab bazaviy kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan. ❓Qaysi sanada ariza qabul qilingan va natijalar chiqqan? 🔸Arizalar oʻtgan yili 25-sentyabrdan 3-oktyabrgacha my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn qabul qilingan; 🔸Natijalar 8-oktabrda e'lon qilingan. Talabgorlar natijalar e'lon qilinganidan keyin darsga qoʻyilgan. ❓Bu yil nima kutilyapti? Oliygohlarda darslar 7-sentyabrdan boshlanadi. Demak bu davrgacha 6-yoʻnalish tanlash va natijalar e'lon qilish rejalashtirilgan. Shunda boʻsh oʻrinlarga qabul qilinganlar ham 7-sentyabrdan darslarda ishtirok etishlari mumkin. ✅@Axmadjanoov | Instagram