Illustros | Dizayn maktabi
Open in Telegram
Logo va Branding, Adobe illustrator darsliklari, dizayn terminlari haqida bilim beruvchi kanal. Kanal muallifi: @Madina_Mavlonova Shaxsiy blog: @MadinaMavlonovaBlog Darsliklar: youtube.com/MadinaMavlonova
Show more1 668
Subscribers
No data24 hours
+27 days
-230 days
Posts Archive
#videodars
Rezyume qanday to’ldiriladi? Asosiy xatolar.
Videodarsni ko’rish uchun shu yerga bosing!
@illustros - dizayn maktabi
Bu gapni ko’pchilik jiddiy olishibti. Juda jiddiy odamga o’xshasam kerak, aslida bu hazil edi, yozib olingan darsni bugun YouTube kanalimga yuklayman.
Eslatma: bugun soat 22:00 da rezyume toʻldirish boʻyicha @illustros kanalida videochat
+6
2️⃣8️⃣🔣0️⃣6️⃣🔣2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣
Kechagi kun men uchun hayotimda unutilmas kunlardan biri bo'ldi. Ko'ksaroy qarorgohida mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh faol yoshlar qatorida men ham Yoshlar ishlari agentligi tomonidan taklif qilindim.
Avvallari prezident ishtirokidagi tadbirlarga qatnashmaganim uchun ichimdan ham xursand bo'ldim, ham juda hayajonlandim. Chunki tadbirga har kim ham taklif etilavermas ekan. Yon atrofimda mashhur insonlar, taniqli shaxslar, yulduz san'atkorlar va chempion sportchilar, vazirlar, davlat amaldorlari va hokazolar bor edi. Tadbir tugaganidan so'ng Ko'ksaroyning hovlisida maxsus dasturxonda ovqatlanib ham oldik.
Ha aytgancha, tadbirning bir qismida bir guruh yoshlarga medallar ham topshirildi. Ularni ko'rib menda ham yangi motivatsiya paydo bo'ldi. Nima deb o'ylaysizlar, keyingi yili taqdirlanganlar orasida men ham bo'larmikinman? Fikrlaringizni izohlarda kutib qolaman)
@illustros
Kattaroq kompaniyaga ishga kirishni rejalashtirib yurgan bo’lsangiz sizga nafaqat yaxshi portfolio, shuningdek to’g’ri to’ldirilgan rezyume ham kerak bo’ladi. Afsuski ko’pchilik rezyumeni qanday to’ldirishni bilmaydi. Shu sababli bu mavzuga alohida e’tibor berib videochatda to’g’ri rezyume to’ldirish haqida qisqa darslik o’tmoqchiman.
Komment qismida hozirda sizda mavjud bo’lgan rezyumeyingiz bilan bo’lishing, videochatda xato kamchiliklarini muhokama qilib, qanday to’g’irlash kerakligi bo’yicha maslahatlar olishingiz mumkin.
Yaxshi va yomon logotiplarni bir biridan qanchalik to’g’ri farqlay olasiz?
Logoground saytida buni aniqlab olishingiz mumkin. Sizga 50 ta savol beriladi, har bir savolda 4 tadan logotip ko’rsatiladi, shulardan eng yaxshisini tanlashingiz kerak.
Natijani screen qilib chatga tashlang.
@illustros
Intervyuni o’zimning youtube kanalimga joylab qo’ydim.
https://www.youtube.com/watch?v=vfKucC4Ed2M&ab_channel=MadinaMavlonova
Repost from Digital.uz
💫O‘z maqsadlari sari intilib, 23 yoshida otasiga mashina sovg‘a qilgan qiz bilan suhbat
Bugun, 15-may — Xalqaro oila kuni. Oilada har bir farzandning, xoh u qiz bo‘lsin xoh o‘g‘il — qadri birdek baland bo‘lishi muhim. Zero, kelajagimizning farovonligi yoshlarning qo‘lida.
Oilada qizlarning ham roli muhimligini ushbu qizimiz misolida ko‘rsa bo‘ladi.
Bolaligidan oldiga ulkan maqsadlarni qo‘yib, o‘z g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirish uchun ter to‘kayotgan xotin-qizlardan yana biri — Madina Mavlonova.
Madina hozirgi kunda grafik dizayn sohasida freelancing bilan shug‘ullanib, yuqori daromadga chiqqan qiz. Yosh bo‘lishiga qaramay, ishlab topgan pullariga u otasiga mashina sovg‘a qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Qahramonimiz bilan bo‘lib o‘tgan intervyuni to‘liq formatda ijtimoiy sahifalarimiz orqali ko‘rishingiz mumkin:
📹 https://www.youtube.com/watch?v=1eNvpnucAZY
📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Raqamli texnologiyalar vazirligida IT ta’lim uyushmasi qoshida tashkil etilgan IT Ladies hamjamiyati tomonidan qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan "IT Star" tanlovida «Eng zo’r IT kurs founderi» nominatsiyada g’olib bo’ldim.
Menga ishonga va qoʻllab-quvvatlagan ota-onamga alohida rahmat, shuningdek kanal kuzatuvchilariga ham oʻz minnatdorchiligimni bildiraman!
@MadinaMavlonovaBlogi
Mijozlarim ishimdan mamnun bo’lishlari men uchun doim muhim. Mymir loyihasining asoschisi ishimdan 101% mamnun bo’lganini aytdilar va bu menga albatta motivatsiya berdi.
Shuningdek menga doimiy ishlash taklifini ham berdilar. Va endilikda men Britaniyadagi Mymir loyihasining doimiy grafik dizayneriman.
P.S. Qayerda ishlaysan deb so’rashsa Britaniyadagi kompaniyada deb javob berish chiroyli eshitilarkan😎
+5
Yaqinda muvaffaqiyatli tugatilgan Britaniyadan tushgan buyurtma haqida aytib bermoqchiman.
Mymir- Buyuk Britaniya va O’zbekiston o’rtasida masofa tanlanmas milliy loyiha. Ushbu loyiha qadriyatlar va an’analar orqali yillar davomida buyuk tariximizni zamonamizga yetkazib berayotkan milliy hunarmandchilik san’atining namunalarini taqdim etib boradi.
Naming ma’nosi:
MyMir - «my»-mening, «mir»-dunyoyim. Ya’ni har bir hunarmand o’z ishini ko’rsatayotganda yoki kulturasi haqida gapirayotganda - o’zini dunyosi haqida gapirib o’tadi, shu sababli - uning dunyosi - mening dunyoyim deb atalgan.
Logotip ideasi:
Har bir insonning ichki dunyosiga eshik orqali kiriladi, shu sababli logotipda M harifi baland darvoza shaklida chizilgan.
https://www.instagram.com/p/C6Ys-ZWCPL3/
Logotipni mijozga taqdimot qilayotganda realistik mockuplar ishlating va aynan yo’nalishga oid mockuplarni ishlating. Bu ishingizni professional taqdimot qilishingizga yordam beradi.
Lekin qayerdan tekin va sifatli mockuplarni topish mumkin? Sizlarga o’zimning eng sevimli mockup sayti bilan tanishtirmoqchiman.
Mockups Design - 100% bepul va sifatli mockuplar sayti. Nega bu sayt avtori mockuplarni tekinga joylashtirgani meni qiziqtirdi va bu haqida uning blog sahifasida o’qib qoldim. Andrey ismli Polshalik dizayner uchun mockup yasash shunchaki uning sevimli xobbisi ekan. Kasbini haqiqatdan sevuvchi dizaynerlar baribir boshqacha bo’ladi.
@illustros - dizayn maktabi
Mendan ko’pchilik dizaynga kirgandan keyin qayerdan ish topish mumkinligi haqida ko’p so’rashadi.
Shu sabab hamma ish qidirayotganlarga foydali boʻlishi uchun yaxshi vakansiyalar to’plangan bitta kanalni tavsiya qilmoqchiman.
@qamaruz kanalida katta brend va yaxshi loyihalar bilan ishlash imkonini beradigan vakansiyalar mavjud.
Yaxshi vakansiyalarni o’tkazib yubormaslik uchun kanalga qo’shilib olishingizni maslahat beraman.
@illustros
Repost from Digital Generation Uzbekistan
#Spikerlar_bilan_tanishtiramiz
⚡️"Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovi doirasida o’z sohasida muvaffaqiyatga erishgan mahalliy spikerlar tomonidan ham mahorat darslari bo’lib o’tadi:
➖Tursunoy Usmonova: “Ayol-qizlar uchun chet elda o’qish grantlari va dasturlari”;
➖Nargiza Alikulova: “Brend yaratishda hikoya qilishning (Storytelling) asosiy jihatlari”;
➖Madina Mavlanova: ”Grafik dizayn yo’nalishida muvaffaqiyatga erishish formulasi”,
➖Dilfuza Kurolova: "Inson huquqlari va uni himoya qilish”.
❗️Zamonamizning eng talabgir sohasini eng tajribali mutaxassislar yordamida biz bilan birgalikda o’rganing!
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
