عَبْدُ الشَّكُورْ عمَر✍
Open in Telegram
#Bismillah 𝐙𝐢𝐦𝐦𝐚𝐦𝐢𝐳𝐝𝐚 𝐠𝐨‘𝐳𝐚𝐥 𝐤𝐞𝐭𝐢𝐬𝐡 𝐛𝐨𝐫...... Qalbingizni artib kiring| @Abdushukuruz_bot
Show more571
Subscribers
No data24 hours
-37 days
-1630 days
Posts Archive
#bugungikunimizda
Biz qilgan muomilamizdan so'ralamiz,
Bizga qilishayotgan muomiladan emas!
"O‘g‘il farzand Alloh taoloning ne’mati, qiz farzand Alloh taoloning rahmatidir!".
Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy
O'z xotirjamligi uchun sevgan insonidan uzoqlasha olgan odam boshqalar ko'ra olmaydigan eng katta jangda allaqachon gʻalaba qozongan bo'ladi...
So'rasang ikkimiz ham "moviy" edik. Faqat birimiz dengiz edik, birimiz esa osmon...
Bir-birimizga toʻygunimizcha boqishimiz mumkin edi, ammo birga bo'lishning imkoni yo'q edi...
Qiblaga intilgin, shundadir malham
Qolgan taraflardan izlama najot
Nur o'sha yoqdadir, quyosh botsa ham
O'sha tomondadir aslida hayot!
Xayrulla Hamidov
Oisha onamiz agar Nabiy alayhissalomning kayfiyatlari yaxshiligini ko‘rsalar, biror narsa so‘rab olishga oshiqardilar. O‘zlari bu haqda shunday deydilar: "Nabiy sollallohu alayhi vasallamning kayfiyatlari yaxshiligini ko‘rsam, "Ey Allohning Rasuli, meni duo qiling!" derdim U zot: "Allohim Oishaning oldingi va keyingi, yashirin va oshkora qilgan gunohlarini kechirgin", deb duo qildilar. Shunda Oisha onamiz bundan shodlanib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘ksilariga boshlarini qo‘ydilar. Nabiy alayhissalom: "Duoyim seni shunchalar hursand qildimi?” dedilar.
Oisha onamiz: "Sizning duoyingiz qanday qilib meni hursand qilmasin!” dedilar.
Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Allohga qasamki, bu mening ummatim uchun har namozimda qiladigan duoyimdir!" dedilar.
Ibn Hibbon rivoyati
Ko‘zguga qarayapman lekin oldimda ko‘zlari avvalgidek porlamaydigan quvonchini yo‘qotgan charchab turgan begona bir odam bor..
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon kech kirsa, Oisha roziyallohu anho bilan sayr qilib, gaplashib yurardilar".
Imom Buxoriy rivoyati
DO'STLAR
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu aytadilar: “Sodiq do‘stlarning etagini mahkam ushla, ularning qanotlari ostida bo‘l. Sodiq do'st farovonlik paytida ziynatdir, balo paytida quroldir”.
Ibn Abu Dunyo, “Ixvon”
Bir kuni ortga qarab, hammasi ham sen xohlagandek bo‘lmagani uchun hayotdan minnatdor bo‘lasan)
odamlarga har doim ham maslahat kerak bo‘lavermaydi. ba’zan ularga qo‘llab-quvvatlaydigan qo‘l, tinglaydigan quloq, tushunadigan yurak kerak bo‘ladi..
Bekordan-bekorga botmaydi quyosh,
Balki bezigandir inson zotidan.
Agar jonli bo'lsa, to'kardi ko'z yosh,
Insonni-insonga qilgan ishidan...
"Birortangiz qizingizni xunuk odamga majburlab uzatmang. Chunki ular ham siz sevgan narsani sevishadi."
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu
Umr yo’ling bamisoli issiq choy - ikki marta puflaysan, darrov soviydi.
Sovuq choyni esa qayta isitmaydilar…
Shuhrat Orif
+1
Uylanish ko’chasi
Birinchi marta o’qiganimda ko’zimga shunaqa ko’rinyabti deb e’tibor bermadim. Qayta o’qisam, adashmagan ekanman)
Hamma ham oʻzini aslidan koʻra sal qahrliroq deb biladi, goʻyo tuygʻusini oshkor etib qoʻysa haqoratlanishdan choʻchiyotgandek…
"Oydin tunlar"
