cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Human — LIVE

Yangiliklar qisqa satrlarda Murojaat uchun👉 @Livehumanuzbot Rasmiy kanal👉 @humanuzofficial Sport👉 @humansportuz

Show more
Uzbekistan63 025The language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
186
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
9000 AQSH dollariga oʻziniki boʻlmagan yerni pullamoqchi boʻlgan shaxs ushlandi Yangiyoʻl tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro boshqa bir shaxsga oʻzini goʻyoki “V” fermer xoʻjaligi rahbariman, deb tanishtirib, unga xoʻjalikning sugʻoriladigan va ball boniteti yuqori boʻlgan yer maydonidan 6 sotixini 9 000 AQSH dollariga sotishni vaʼda qilgan. U vakolatli tanishlari orqali hujjatlarni tayyorlab berish evaziga oldindan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 👉@livehumanuz
Show all...
Tokioda boʻlib oʻtadigan Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini sportning 17 turida 71 sportchi himoya qiladi. Sportchilar ushbu litsenziyalar uchun 2017-yildan beri kurash olib bordi. XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlari 23-iyuldan 8-avgustgacha boʻlib oʻtadi, sportchilar boʻsh tribunalar oldida chiqish qilishlari kerak – tomoshabinlar musobaqaga qoʻyilmaydi. 👉@livehumanuz
Show all...
Joriy yilning 15 va 16-iyul kunlari poytaxtimizda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdid va imkoniyatlar” mavzusidagi Xalqaro konferensiya oʻtkazilishi sabab "Toshkent city” majmuasi atrofidagi quyidagi yoʻllar transport vositalarining harakatlanishi uchun yopiladi: 📍 Islom Karimov koʻchasi: Turobtoʻla koʻchasidan Furqat koʻchasigacha boʻlgan qismi; 📍 Furqat koʻchasining mahalliy yoʻli: Islom Karimov koʻchasidan Navoiy koʻchasigacha; 📍 Olmazor koʻchasi: Beshyogʻoch koʻchasidan Navoiy koʻchasigacha boʻlgan qismi. 👉@livehumanuz
Show all...
Qashqadaryodagi avtoservisda «Lada» yonib ketdi 👉@livehumanuz
Show all...
Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida 600 dollar evaziga uy-joyga bo‘lgan egalik huquqini beruvchi soxta hujjat tayyorlab bergan kadastr bo‘limi xodimi qo‘lga olindi. Holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Shofirkon tuman bo‘limi xodimlari hamda huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda fosh etilgan. 👉@livehumanuz
Show all...
Alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari 🗓 2021-yil 7-iyul holatiga koʻra: 🥩 Suyakli mol goʻshti (1 kg) ➖ 45000 – 68000 soʻm 🍗 Qoʻy goʻshti (1 kg) ➖ 52000 – 80000 soʻm 🥔 Kartoshka (1 kg) ➖ 1500 – 5000 soʻm 🧅 Piyoz (1 kg) ➖ 800 – 3500 soʻm 🥕 Sabzi (1 kg) ➖ 3000–10000 soʻm 🥚 Tuxum (10 dona) ➖ 5000–14000 soʻm 🍚 Guruch (1 kg) ➖ 5000–18000 soʻm 🌻 Oʻsimlik yogʻi (1 l) ➖ 14000–24000 soʻm 🍚 Shakar (1 kg) ➖ 7500–9000 soʻm 👉@livehumanuz
Show all...
Kecha yurtimizda 485 nafar kishida koronavirus, 274 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi 🔺2021-yil 10-iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 115963 (+485) nafarni tashkil etmoqda. 👉@livehumanuz
Show all...
11-iyulda kunduz kuni Oʻzbekistonda havo biroz bulutli boʻladi Oʻzgidrometga koʻra, baʼzi joylarda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, fakat kechqurun Toshkent viloyati va Fargona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 32-37° boʻladi. Poytaxtimizda havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, kechqurun vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 33-35° boʻladi. Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 7-12 m/s gacha tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 21-26° boʻladi. 👉@livehumanuz
Show all...
Belorusda shamol kuchli batutni osmonga ko'tardi. Favqulodda holat Aleksandriya shahrida Yo'l harakati xavfsizligi xodimlari bayramida yuz berdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 5 kishi jarohatlangan, ularning ikki nafari bola. 👉@livehumanuz
Show all...
⚡️ZILZILA! FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: 10.07.2021 yil, Toshkent vaqti bilan 21:05 da (10.07.2021 yil, Grinvich bo'yicha 16:05 da) Qirg'izistonda zilzila sodir bo'ldi. Zilzila koordinatalari: 40,17 gradus shimoliy kenglik; 72,16 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=4,3. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 276 km janubiy-sharqda. O'zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi: Farg'ona shahrida 3-4 ball, 40 km. Andijon shahrida 3 ball, 70 km. 👉@livehumanuz
Show all...
Buxoroda noqonuniy yer sotish holati fosh etildi. 👉 @nasimov13
Show all...
Tokayev Qozog'istonga ajratilgan Pfizer vaksinalarini yetkazib berish to'xtatilgani uchun aybdor amaldorlarni jazolashga ko'rsatma berdi "Pfizer may oyida Qozog'istonga 2 million dozani yetkazib berishni rejalashtirgan. Hukumat bu dori ta'minotidagi uzilishni Pfizer tomonidan ilgari surilgan bir qator talablar bilan bog'laydi. Biroq, vaksinani sotib olgan barcha mamlakatlar uchun talablar standart edi", - degan Prezident. 👉@livehumanuz
Show all...
2021-2022-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 206 332 nafarga yetdi - DTM Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar: 👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti - 7 461 nafar; 👉 O‘zbekiston milliy universiteti – 6 957 nafar; 👉 Namangan davlat universiteti – 6 743 nafar; 👉 Jizzax davlat pedagogika instituti – 6 366 nafar; 👉 Guliston davlat universiteti – 5 912 nafar. 👉@livehumanuz
Show all...
Krasnodar o'lkasida 13 ta yengil avtomobil va yuk mashinalari toʻqnashdi Rossiyaning Krosnodar oʻlkasida 13 ta avtomobil, jumladan ikkita yuk mashinasi to'qnashdi. Sabab, deya dalalardagi yong'indan yuzaga kelgan tutun koʻrsatilmoqda. Mashinalardan biri og'ir yuk mashinalari orasida siqilib qolgan, boshqasi yo'ldan chiqib ketgan. IIV bemorlar 3 ta kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berdi. 👉@livehumanuz
Show all...
Toshkentda 731 nafar bolaning tugʻilganlik guvohnomasi qayd etilmay qolgan 2019-yilda Toshkent viloyatida 1 ming 256 ta tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari muddati oʻtkazib qayd etilgan. 2020-yilda esa bu raqam 605 tani tashkil etgan. Joriy yilning yanvar-iyun oylarida esa, 731 ta tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari muddatdan keyin qayd etilgan - Davlat xizmatlari agentligi 👉@livehumanuz
Show all...
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.Umurzakov Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining rasmiy tashrifiga tayyorgarlik koʻrish masalalari yuzasidan videokonferensiya shaklida yigʻilish oʻtkazdi. Oldinda Oʻzbekiston˗Pokiston biznes forumi va Oʻzbekiston-Pokiston Ishbilarmonlar kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtishi kutilmoqda - Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 👉@livehumanuz
Show all...
73 yoshli otaxonga zoʻravonlik qilgan IIB xodimlariga sud hukmi chiqarildi Xodimlar besh yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlanib, ikki yil davomida IIV tizimida ishlashdan mahrum qilingan. 👉@livehumanuz
Show all...
Oʻzbekiston investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi Jahon bankining prognozlariga koʻra, 2021-yilda Markaziy Osiyo mamlakatlarida iqtisodiy oʻsish 3,7% darajasida boʻladi, eng yaxshi koʻrsatkichlar Tojikiston (+5,3%) va Oʻzbekistonda (+4,8%) boʻladi. Mintaqa mamlakatlari rivojlanishida investitsiya jozibadorligi hal qiluvchi rol oʻynashi qayd etilmoqda. Xususan, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston yaxshi natijalarni koʻrsatdi, 2019-yilda mamlakat toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oqimining oʻsishi boʻyicha yetakchiga aylandi (2,3 baravarga oshdi va $4,2 milliardni tashkil etdi). Shu bilan birga, koronakrizis davrida toʻplangan investitsiyalar oʻsishi kuzatilgan: 2021-yil 1-yanvar holatiga ularning miqdori 6,7%ga oshdi. Yalpi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar tushumida boʻlgani kabi, toʻplangan xorijiy investitsiyalarning eng katta oʻsishi Oʻzbekistonda kuzatildi — plus 29,8%. Qozogʻistonda oʻsish 3,6%ni, Tojikistonda 1,6%ni tashkil etdi. 👉@livehumanuz
Show all...
DTMda "svet" oʻchdi DTM binosi joylashgan hududda ham "svet" o‘chayotgani sabab abituriyentlar hujjat topshirishida uzilish bo‘lishi mumkin. DTM tashkilot joylashgan Yunusobod tumanida elektr energiyasida uzilish bo‘layotganini bildirdi. 👉@livehumanuz
Show all...
O'zbekiston yangi elektr poyezdlarini sotib oldi Mustaqillikning 30 yillik bayrami sharafiga 2021-yil 30-iyun kuni O'zbekiston Ispaniyaning Bilbao portidan yangi Afrosiyob elektr poyezdlarini sotib oldi. 👉@livehumanuz
Show all...
Quvaytda rekord darajadagi harorat qayd etildi Quvayt davlatida rekord harorat ko'rsatkichlari qayd etildi: soyada +53,3° C va quyoshli joylarda +70° C. 👉@livehumanuz
Show all...
Buxoro davlat universitetida 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab jurnalistika yoʻnalishida taʼlim olish imkoni yaratilmoqda. Universitetda yangi yoʻnalishlar – ”Bosma ommaviy axborot vositalari” hamda “Jamoatchilik bilan aloqalar” bakalavriatlari ochildi. Har bir yoʻnalish boʻyicha 25 talaba qabuli rejalashtirilgan (5 ta grant, 20 ta kontrakt). 👉@livehumanuz
Show all...
Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi toʻliq emlanganlar soni 887 ming nafardan oshdi — SSV 👉@livehumanuz
Show all...
Tojikistondagi zilzila oqibatida 5 kishi halok bo'ldi. Bu dastlabki ma'lumotlar. Qurbonlar ko'proq bo'lishi mumkinligi aytilmoqda. 5,8 ballik chayqalishi tunda sodir bo'ldi. Zilzila epitsentri Dushanbedan 164 km uzoqlikda joylashgan. 👉@livehumanuz
Show all...
71 yoshli Richard Branson ertaga kosmosga chiqqan ilk milliarderga aylanadi Fazoga chiqadigan birinchi milliarder Jef Bezos ham, Ilon Mask ham bo'lmaydi. "Virgin Galactic" kompaniyasi asosichisi, 71 yoshli milliarder Richard Branson shu hafta, 11-iyul kuni o'z kompaniyasi yaratgan "VSS Unity" raketa-samolyotida kosmosga uchadi. Avvalroq Jef Bezos 20-iyul kuni "Blue origin" raketasida orbitaga chiqishini e'lon qilgan edi. Kutilmaganda Branson undan 9 kun avval uchishini ma'lum qildi. 👉@livehumanuz
Show all...
Maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlar elektron yuritiladi Qaror bilan Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida yagona elektron ish yurituv tizimi (“E-ma’muriy ish” tizimi) orqali maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi boʻyicha nizom tasdiqlandi. 🌐 Unga koʻra, maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vakolatli organlar tomonidan tekshirish, zarur maʼlumotlarni olish hamda ulardan foydalanish “E-ma’muriy ish” tizimi orqali amalga oshiriladi. 👉@livehumanuz
Show all...
Tanzila Narbayeva Parijdagi «Tenglik avlodi» xalqaro forumida nutq soʻzladi Fransiya poytaxti Parij shahrida gender tenglik masalalariga bagʻishlangan «Tenglik avlodi» xalqaro forumida Oliy Majlis Senati raisi, Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi raisi Tanzila Narbayeva ishtirok etib, nutq soʻzladi.  Forumda soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda xotin-qizlar holatini yaxshilash uchun qonunchilik bazasi yaratilgani, 2030-yilgacha Oʻzbekistonda gender tenglikka erishish strategiyasi tasdiqlangani taʼkidlandi. 👉@livehumanuz
Show all...
Chang boʻronlari Oʻzbekistonda nega tez-tez roʻy bermoqda? Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, shu kunlarda Oʻzbekiston hududiga Kavkazdan nisbatan salqin havo massasi kiradi, shu sababli shamol kuchayishi kutilmoqda, baʼzi joylarda chang boʻronlari boʻlishi mumkin. Taʼkidlash joizki, quruq iqlim, choʻllar va yarim choʻllar (mamlakat hududining 80% dan ortigʻi) tufayli chang boʻronlari Oʻzbekistonda oldin ham boʻlgan. Ammo soʻnggi paytlarda Markaziy Osiyo mamlakatlarida bunday hodisalar tez-tez kuzatila boshladi, baʼzida togʻli hududlarga ham yetib bormoqda. Jahon meteorologiya tashkilotining tahliliga koʻra, butun dunyoda chang boʻronlari jadallashmoqda va bu iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq. Taʼkidlanishicha, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi kabi chang boʻronlari Arabiston yarim oroli, Eron va Xitoyda ham kuzatilmoqda. Shu bilan birga, mutaxassislar global isish tufayli ularning soni koʻpayishini kutmoqdalar. 👉@livehumanuz
Show all...
Bayden AQSh va Rossiya Federatsiyasi vakillari 16-iyul kuni kiberxavfsizlik mavzusida uchrashishini aytdi AQSh prezidenti Jo Bayden juma kuni jurnalistlarga AQSh va Rossiya rasmiylari 16-iyul kuni kiberxavfsizlik masalalarini muhokama qilish uchun uchrashishi mumkinligini aytdi. Oq uy matbuot xizmati Baydenning Delaverga jo'nab ketishdan oldin jurnalistlar bilan qilgan suhbati stenogrammasini taqdim etadi. Jurnalistlar Amerika rahbaridan agar Rossiya rahbariyati kiber jinoyatchilarga qarshi kurashish masalasida "faollashmasa", Rossiya Federatsiyasi uchun qandaydir oqibatlarga olib keladimi deb so'rashdi: "Biz qo'mita - qo'shma qo'mita tuzdik. O'ylaymanki, ular 16-iyulda uchrashadilar. Men birgalikda ishlashimizga ishonaman", -degan Bayden. 👉@livehumanuz
Show all...
Zilzila roʻy berdi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, 10.07.2021 yil, Toshkent vaqti bilan 07:14 da (10.07.2021 yil, Grinvich bo'yicha 02:14 da) Тojikistonda zilzila sodir bo'ldi. Zilzila koordinatalari: 38,77 gradus shimoliy kenglik; 70,76 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=6. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 307 km janubiy-sharqda. O'zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi: Farg'ona shahrida 3-4 ball, 199 km. Guliston shahrida 3-4 ball, 256 km. Namangan shahrida 3-4 ball, 260 km. Andijon shahrida 3-4 ball, 262 km. Jizzax shahrida 3 ball, 294 km. Toshkent shahrida 3 ball, 307 km. Samarqand shahrida 3 ball, 342 km. Termiz shahrida 3 ball, 351 km. Qarshi shahrida 3 ball, 432 km. Navoiy shahrida 2 ball, 486 km. 👉@livehumanuz
Show all...
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Yangi Oʻzbekiston” bogʻidagi bunyodkorlik ishlarini koʻzdan kechirdi Bu yerda keng koʻlamli qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. 2 mingdan ziyod quruvchi va ishchi, 200 dan ortiq maxsus texnika jalb qilingan. “Istiqlol” majmuasining poydevori quyilib, temirdan asosi yasalgan. 5 ming oʻrinli ochiq amfiteatrning tomoshabinlar joyi tiklanib, sahnaning temir sinchlari oʻrnatilgan. 👉@livehumanuz
Show all...
Chelyabinsk viloyatidagi o'rmon yong'inlari tufayli ikkita qishloq allaqachon yonib ketgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, u yerda oʻnlab turar-joy va yozgi uylar boʻlgan. 👉@livehumanuz
Show all...
Korrupsiya jinoyatlari oqibatida 3,2 trln soʻmlik ziyon yetkazilgan Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari Bahriddin Valiyevning maʼlum qilishicha, oxirgi toʻrt yarim yil ichida 9546 nafar shaxs turli koʻrinishdagi korrupsiya jinoyatlarini sodir etgan, bu jinoyatlar oqibatida davlat va fuqarolar manfaatlariga 3 trln 200 mlrd soʻmga yaqin ziyon yetkazilgan. Buning qariyb 90%i aybdorlardan undirilgan. 👉@livehumanuz
Show all...
Oʻzbekistonning Yaponiyadagi yangi favqulodda va muxtor elchisi etib Muxsinxuja Tursunxujayevich Abduraxmonov tayinlandiTIV. Elchi lavozimiga tayinlangunga qadar Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshligʻi edi. 👉@livehumanuz
Show all...
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻqishni xorijdan koʻchirish masalasidagi tushunmovchiliklarga izoh berdi. 👉@livehumanuz
Show all...
2022-yil 1-yanvardan boshlab 2025-yil 1-yanvarga qadar: 📌xonadonlarda pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga 1 kg uchun 5 ming soʻm miqdorida subsidiya ajratiladi; 📌Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor va Dehqonobod tumanlari, Samarqand viloyatining Qoʻshrabot tumani hamda Surxondaryo viloyatining Qumqoʻrgʻon va Boysun tumanlari jun yoʻnalishidagi mayda shoxli mollarni yetishtirishga ixtisoslashtiriladi. 👉@livehumanuz
Show all...
Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi deb qayta nomlandi — Prezident qarori. 👉@livehumanuz
Show all...
“Qorakoʻlchilik” uyushmasi “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” uyushmasi deb qayta nomlandi — Prezident qarori.
Show all...
Davlat aktivlarini “1 soʻm” boshlangʻich qiymatda savdolarga chiqarish amaliyoti bekor qilindi — Prezident Farmoni.
Show all...
Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasining birinchi majlisi oʻtkazildi. Qoʻmita tarkibida soha mutaxassislari — yetakchi OAV vakillari, blogerlar, jurnalistlar va yuristlardan tarkib topgan ekspertlar guruhi shakllantirildi. 👉@livehumanuz
Show all...