Add channel
  • Support
Stay updated with our news!
@telemetr_io_bot
Telegram analytics bot

The bot can:

  • analyze channel audience
  • channels intersections
CategoryNot specified
Channel location and language
Yangiliklar qisqa satrlarda Murojaat uchun👉  @Livehumanuzbot  Rasmiy kanal👉  @humanuzofficial  Sport👉  @humansportuz  
1860
~229
~0
123.12%
Telegram general rating
Globally
3 284 497place
of 3 824 617
186 095place
of 247 851

Subscribers gender

Find out how many male and female subscibers you have on the channel.
?%
?%

Audience language

Find out the distribution of channel subscribers by language
Russian?%English?%Arabic?%
Subscribers count
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

User lifetime on the channel

Find out how long subscribers stay on the channel.
Up to a week?%Old Timers?%Up to a month?%
Subscribers gain
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

Afg‘oniston Prezidenti Ashraf Gʻani bugun Toshkentga amaliy tashrif bilan keldi Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Afg‘oniston rahbari 15-16 iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar" xalqaro konferensiyasida ishtirok etishi kutilmoqda. 👉@livehumanuz
305
0
O‘zbekistonda kamida 1,7 million kishining oyligi 100 dollarga ham yetmaydi 2021-yil may oyida ish haqidan daromad solig‘i to‘lagan fuqarolarning 38 foizi 1 million so‘mgacha, 24 foizi esa 1–2 million so‘m oralig‘ida maosh olgan. 👉@livehumanuz
280
5
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu Fargʻonaga keldi Vazir Margʻilondagi Hunarmandlar markazi, Oltiariqdagi uzumchilik bogʻlari, Qoʻqondagi Xudoyorxon saroyi bilan tanishdi — hokimlik. Vazir 15-16-iyul kunlari Toshkentda boʻlib oʻtadigan xalqaro konferensiyada ham ishtirok etadi. 👉@livehumanuz
194
0
Sh.Mirziyoyev imzolagan hujjatlar bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi negizida Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tashkil etilmoqda. 👉@livehumanuz
173
0
Sergey Lavrov Toshkentga keldi Rossiya tashqi ishlar vaziri Toshkentda 15-16-iyul kunlari boʻlib oʻtadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” anjumanida ishtirok etadi. 👉@livehumanuz
155
0
«Yangi Oʻzbekiston» universitetida yillik kontrakt 49 700 000 soʻm, xorijliklar uchun esa 10 ming dollar etib belgilandi. 👉@livehumanuz
157
1
15-iyul kuni Qonunchilik palatasining yalpi majlisida aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinadi. Yalpi majlisda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyevning axboroti eshitiladi. 👉@livehumanuz
144
0
360 turdagi davlat bojlarini Yagona elektron billing tizimi orqali to‘lash yo‘lga qo‘yilgani hisobiga 24 milliard so‘m mablag‘lar tejalgan Joriy yilning 13-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga taqdim etligan raqamli texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlariga oid taqdimotda sohaga tegishli qator masalalar muhokama qilindi. 👉@livehumanuz
148
0
Toshkent metropoliteni Rossiyadan 10 ta poyezd sotib oladi Toshkent metropoliteni uchun oʻnta toʻrt vagonli metro poyezdlarini sotib olish boʻyicha hukumat qarori qabul qilindi. Unga koʻra, Rossiyadan 2021-yilning 1-dekabriga qadar “Toshkent metropoliteni” UK uchun 10 ta yangi toʻrt vagonli poyezdlar olib kelinadi. Loyihaning umumiy qiymati 63,7 mln. yevroni tashkil qiladi. Shundan 8,7 mln davlat byudjeti mablagʻlari, 30,5 mln. Rossiya Davlat taraqqiyot korporatsiyasi „VEB.RF“dan olingan kreditlar, 24,5 mln. esa  „Roseksimbank“ AJdan olingan kreditlar hisobidan qoplanadi. Qayd etilishicha, 10 ta poyezd yiliga 95,6 mln. yoʻlovchini tashiydi. „VEB.RF“ krediti stavka boʻyicha 11-yilga, „Roseksimbank“  krediti esa 12 yilga berildi. 👉@livehumanuz
Show more ...
139
0
Oʻzbekistonda dollar kursi birinchi marta 10 700 soʻmga qadar koʻtarildi Quyida dollarning yangi qiymatlari: «Agrobank» sotib olish — 10 610, sotish — 10 690; Asia Alliance Bank: sotib olish ­­— 10 640, sotish — 10 700; NBU: sotib olish — 10 640, sotish – 10 700; Orient Finans Bank: sotib olish — 10 590, sotish — 10 690; «Savdogar bank»: sotib olish — 10 590, sotish — 10 690. 👉@livehumanuz
128
0
Yangi korxonalar eng koʻp Toshkentda tashkil etilgan avlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, respublikamizda 2021-yil yanvar-iyun oylarida (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) jami 54 693 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga qaraganda 7 053 taga koʻp. ✅ Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan korxonalar soni: 🔹Toshkent shahri – 9 139 ta 🔹Qashqadaryo viloyati – 6 637 ta 🔹Samarqand viloyati – 5 260 ta 🔹Toshkent viloyati – 4 706 ta 🔹Fargʻona viloyati – 4 659 ta 🔹Namangan viloyati – 3 515 ta 🔹Surxondaryo viloyati – 3 311 ta 🔹Andijon viloyati – 3 188 ta 🔹Buxoro viloyati – 3 135 ta 🔹Jizzax viloyati – 2 518 ta 🔹Qoraqalpogʻiston R. – 2 471 ta 🔹Xorazm viloyati – 2 405 ta 🔹Navoiy viloyati – 2 379 ta 🔹Sirdaryo viloyati – 1 370 ta 👉@livehumanuz
Show more ...
125
0
Yil boshidan beri ilk bor Qibrayda uch egizak tugʻildi Chaqaloqlarning ikki nafari qiz, bir nafari oʻgʻil boʻlib, ularga Fotima, Zuhra va Muhammadyusuf, deb ism qoʻyishdi. 👉@livehumanuz
113
0
Toshkent viloyatidagi Keles yoʻli koʻchasining bir qismi transport harakati uchun nomaʼlum muddatga yopiladi - Toshkent viloyat hokimligi matbuot xizmati. 👉@livehumanuz
112
0
Apple 2021-yil taqdimoti uchun rekord daraja - 90 million dona yangi avlod iPhone ishlab chiqarmoqchi Apple kompaniyasi ishlab chiqarish hajmini 20 foizgacha oshirishga intilmoqda. Kompaniya bu yilgi yangi modellarni 90 million donaga yetkazishni maqsad qilgan. Bu haqda "Bloomberg" xabar bermoqda. Gigant oʻtgan yil taxminan 75 million dona iPhone taqdim etgandi. 2021-yilga mo'ljallangan yangilangan prognozga ko'ra, kompaniya o'zining birinchi iPhone taqdimotini kutmoqda, chunki COVID-19 vaksinalarini ishlab chiqarilishi qo'shimcha talabni oshirgan. Keyingi iPhone'lar 5G bilan ishlaydigan, iPhone 12'ga qaraganda ko'proq o'sib boruvchi protsessor, kamera va displey yaxshilanishiga urg'u olgan. Apple 5,4 dyuymli va 6,1 dyuymli oddiy versiyalarini va 6,1 dyuymli va 6,7 ​​dyuymli Pro modellarini o'z ichiga olgan barcha mavjud modellarni yangilashni rejalashtirmoqda. D16, D17, D63 va D64 kodlari bilan nomlangan telefonlarning barchasi sentabr oyida e'lon qilinishi kutilmoqda. 👉@livehumanuz
Show more ...
129
1
14-iyul kuni Oʻzbekistonda havo biroz bulutli boʻlishi kutilmoqda Baʼzi joylarda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 32-37° boʻladi. "Oʻzgidromet"ga koʻra, poytaxtimizda havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 33-35° boʻladi. Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 23-28° boʻladi. 👉@livehumanuz
Show more ...
132
0
2036-yili yozgi Olimpiada oʻyinlariga Istanbul mezbonlik qilishi ma'lum boʻldi. 👉@livehumanuz
140
0
Gulnora Raximova moliya vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi Bungacha u Moliya vazirligi Davlat xaridlari departamenti rahbari boʻlib faoliyat yuritgan. 👉@livehumanuz
147
0
Nufuzli xalqaro reyting agentliklarining yetakchi 500 talik roʻyxatiga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga qoʻshimchalar toʻlash tizimi joriy etiladi - Prezident farmoni. 👉@livehumanuz
145
0
2021-yil 1-sentabrdan talabalar uchun Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi (14 foiz) miqdorida imtiyozli taʼlim kreditlarini berish joriy etiladi. 👉@livehumanuz
139
1
Oʻzbekistonda 2021-yil oxiriga qadar barcha vazirlik va idoralarda KPI tizimi joriy etiladi. Hozirda sinov tariqasida uch-toʻrt vazirlikda bu borada ishlar olib borilmoqda. 👉@livehumanuz

9.mp4

137
1
Afgʻonistonning Mozori-Sharif shahridagi Rossiya Federatsiyasining konsullik idorasi xodimlari Oʻzbekiston hududiga vaqtincha koʻchirildi„Dunyo“ Axborot agentligi. 👉@livehumanuz
137
0
O‘zbekistonda Qurbon hayiti 20-iyul kuni nishonlanishi ma'lum boʻldi Hayit namozi masjiddan tashqarida, ochiq havoda, masofa saqlangan holda o‘qiladi. 👉@livehumanuz
131
0
Moskvada 102 nafar Markaziy Osiyolik migrant oʻrtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi Kuzminki metrosi yaqinida muhojirlarning ommaviy mushtlashuvidan so'ng Markaziy Osiyodan kelgan 102 muhojir hibsga olingan, ular ma'muriy javobgarlikka tortilishi mumkin, deya xabar beradi RIA Novosti. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ushbu ommaviy mushtlashuvda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etmagan. Mushtlashuv Qizgʻiziston va Tojikiston fuqarolari oʻrtasida roʻy bergan. Bu haqda Tashqi migratsiya agentligi Moskvadagi vakolatxonasiga asoslanib ma'lumot berdi. 👉@livehumanuz
Show more ...

рррр.mp4

129
0
Jeff Bezosning boyligi yana rekord darajada oʻsdi Jeff Bezosning boyligi 8,44 milliard dollarga oʻsib, 211 milliard dollarga yetdi. 👉@livehumanuz
125
2
Kosonsoyda sel kelishi oqibatida 8 kishi vafot etdi Bugun, 13-iyul kuni Qirgʻizistonning Jalolobod viloyati hududida kuchli yomgʻir yogʻishi natijasida sel oqimlari hosil boʻlgan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda. Maʼlum qilinishicha, ushbu sel oqimlari Namangan viloyati Kosonsoy tumani «Obod» MFY hududidan oʻtuvchi «Kosonsoy» soyidan oqib kelgan. Hodisa oqibatida 8 nafar fuqaro vafot etgan, 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan. 👉livehumanuz

video_2021-07-13_16-10-07.mp4

129
0
Kosonsoy tumanida doʻl yogʻdi. Doʻl yerni qoplab oldi(video) 👉@livehumanuz

video_2021-07-13_14-09-10.mp4

143
0
Prezident farmoniga asosan, 20–22-iyul (seshanba–payshanba) kunlari – ish haftasining turidan qatʼi nazar, barcha xodimlar uchun dam olish kunlari hisoblanadi Bunda, haftada 5 kun ishlovchilar uchun 17-iyul (shanba) va 24-iyul (shanba) ish kunlari mos ravishda 21-iyul va 22-iyulga koʻchiriladi. Haftada 5 va 6 kun ishlovchilar uchun grafik quyidagicha bir xil: 17-iyul (shanba) – ish kuni 18-iyul (yakshanba) – dam olish kuni 19-iyul (dushanba) – ish kuni 20-iyul (seshanba) – dam olish kuni 21-iyul (chorshanba) – dam olish kuni 22-iyul (payshanba) – dam olish kuni 23-iyul (juma) – ish kuni 24-iyul (shanba) – ish kuni 25-iyul (yakshanba) – dam olish kuni 👉@livehumanuz
Show more ...
8 544
103
Yoz chillasida Kosonsoyda doʻl yogʻdi 👉@livehumanuz
156
1
Oʻzbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan savdosi qay darajada? 🔷 Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston bilan Janubiy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik sezilarli darajada faollashdi. 📊Soʻnggi yillar davomida Oʻzbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan savdosidagi asosiy oʻzgarishlarni CERR infografikasida kuzating. ⬆️Toʻrt yilda Oʻzbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aloqasi 35% ga oʻsdi. 📊2020-yilda Oʻzbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdosining umumiy hajmi 1,38 mlrd. dollarni yoki tashqi savdo umumiy hajmining 3,8% ni tashkil etdi. 📈Janubiy Osiyo mamlakatlariga eksportining oʻsishi 21% 📈Janubiy Osiyodan Oʻzbekistonga importning oʻsishi 23 % ⬆️Oʻzbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasida eng katta hajmni tashkil etadi: ▫️Afgʻoniston — 56,2% ▫️Hindiston — 32% ▫️Pokiston — 8,9% 👉@livehumanuz
Show more ...
150
0
📉Birjada paxta yogʻi, benzin, sement narxi pasaydi ▪️ Paxta yogʻining barcha kategoriyasi boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 16 670,7 ming soʻmdan 14 984,3 ming soʻmgacha, yaʼni 10,1% ga pasaydi. ▪️Sementning barcha markalari boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 518,6 ming soʻmdan 518,0 ming soʻmgacha pasaydi. ▪️AI-80 rusumli avtomobil benzinning kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 7 109,8 ming soʻmdan 7 096,9 ming soʻmgacha pasaydi. 👉@livehumanuz
Show more ...
149
1
Hindiston shimolida chaqmoq urishi kamida 60 kishini hayotdan olib ketdi Shu jumladan 11 ta sayyoh Amber qal'asiga (Jaypurda) tushgan chaqmoq qurbonlari bo'lgan, ular u yerda selfiga tushayotgan boʻlishgan. Dam olish kunlari mintaqada momaqaldiroq va chaqmoq bilan birga musson yomg'irlari yogʻgan. 👉@livehumanuz

djdj.mp4

145
1
Xalq ta’limi vazirligi 6 oyda xizmat safarlari uchun 395,5 mln harajat qildi Yarim yillikda 267 marta xizmat safari tashkil qilinib, ularga 395,5 mln so‘m pul sarflangan. XTVga ko‘ra, xizmat safarlarida ta’lim sifati, maktablardagi sharoitlar o‘rganilgan. 👉@livehumanuz
134
1
BAAning “Masdar” kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand va Jizzax viloyatlarida 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish uchun loyiha kelishuvlari imzolandi. Kompaniya ushbu loyihalarga 300 mln AQSH dollarigacha investitsiya kiritadi - Energetika vazirligi. 👉@livehumanuz
131
0
2021-yilning I yarim yillik yakunlariga koʻra Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining barcha savdo platformalarida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2020-yilning mos davriga nisbatan 56,4% ga oʻsib, 39 450,6 mlrd soʻmni (3,71 mlrd dollar) tashkil qildi - “OʻzRTXB” AJ axboroti.
157
0
Britaniyalik milliarder Branson bo'lgan Virgin Galactic kompaniyasining kemasi Nyu-Meksiko shtatidagi kosmodromdan parvoz qildi.‌‌ 👉@livehumanuz

hpQIqff7Vv0XiVQx.mp4

157
0
Suvaysh kanalidan olinadigan daromadlar rekord daraja - 5,84 milliard dollarga yetdi Suvaysh kanali ma'muriyati kanalning daromadi 2020-2021-yilda o'tgan yildagi 5,72 milliard dollardan 5,84 milliard dollarga ko'payganini e'lon qildi. Bayonotda "ushbu daromadlar kanal tarixidagi eng yuqori daromad" ekanligini ko'rsatilgan. Suvaysh kanali ma'muriyatining boshlig'i general-leytenant Osama Rabiega koʻra, 2021-yilning birinchi yarmida navigatsiya statistikasi kanal orqali o'tadigan kemalar soni va vazni sezilarli darajada ko'payganligini qayd etdi, 2021-yilning 6 oyida 9763 ta kema kanaldan yuk olib oʻtgan. Oʻtgan yilgiga nisbatan bu 217 taga koʻp. Shu yilning birinchi yarmida kanal orqali tranzit qilingan yuk hajmi ham 3,8 foizga ortgan, joriy yilning birinchi yarmida 610,1 million tonnaga yetdi, bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 22,4 million tonnaga koʻpdir. 👉@livehumanuz
Show more ...
153
0
2021-2022-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 230 254 nafarga yetdi. Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar: 👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti - 8 328 nafar; 👉 O‘zbekiston milliy universiteti – 7 957 nafar; 👉 Namangan davlat universiteti – 7 295 nafar; 👉 Jizzax davlat pedagogika instituti – 7 082 nafar; 👉 Urganch davlat universiteti – 6 584 nafar. 👉@livehumanuz
130
0
Bugun Richard Branson kosmosga uchgan ilk milliarderga aylanadi 11-iyul kuni Moskva vaqti bilan soat 16:00'da Virgin Group asoschisi bo'lgan VSS Unity raketa samolyoti Nyu-Meksiko shtatidagi Spaceport America'dan suborbital reys bilan 80-90 kilometr balandlikka uchadi. Richard Bransonning parvozi OAVda jonli efirda uzatiladi. Ikkinchi boʻlib farvoz qilishi aytilgan Amazon asoschisi Jef Bezosning "New Shepard" kompaniyasi 20-iyul kuni kosmosga uchishi rejalashtirilgan. 👉@livehumanuz
565
2
Avstriyada 87 yoshli qariya odamlar ustiga mashina haydadi - 13 kishi jarohat olgan Avstriyaning Sankt-Florian shahridagi bozor chodirida 87 yoshli qariya boshqargan avtomobil bir guruh odamlarni urib bosib ketdi, natijada 13 kishini jarohatlandi, deb xabar berdi ORF. Tez yordam xizmati jabr koʻrganlar to'g'risida dastlabki ma'lumotlarni taqdim etdi, ularning soni ko'payishi mumkin, deb ta'kidlaydi kanal. Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, haydovchi qasddan bunday qilmagan, u boshqaruvni yo'qotgan. 👉@livehumanuz
Show more ...
124
0
Marsda atom elektrostansiyasini qurish taklif qilindi Rossiyaning kosmik tadqiqotlar bilan shugʻullanuvchi «Roskosmos» agentligi Marsda atom elektrostansiya qurishni taklif qildi. Taʼkidlanishicha, mazkur inshoot Rossiyaga kosmosdagi infratuzilma uchun energiya muammosini hal etish imkonini beradi. Agar loyiha muvaffaqiyatli amalga oshsa, Yer bilan katta tezlikda axborot almashish mumkin boʻladi. 👉@livehumanuz
122
0
9000 AQSH dollariga oʻziniki boʻlmagan yerni pullamoqchi boʻlgan shaxs ushlandi Yangiyoʻl tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro boshqa bir shaxsga oʻzini goʻyoki “V” fermer xoʻjaligi rahbariman, deb tanishtirib, unga xoʻjalikning sugʻoriladigan va ball boniteti yuqori boʻlgan yer maydonidan 6 sotixini 9 000 AQSH dollariga sotishni vaʼda qilgan. U vakolatli tanishlari orqali hujjatlarni tayyorlab berish evaziga oldindan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 👉@livehumanuz
Show more ...
138
0
Tokioda boʻlib oʻtadigan Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini sportning 17 turida 71 sportchi himoya qiladi. Sportchilar ushbu litsenziyalar uchun 2017-yildan beri kurash olib bordi. XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlari 23-iyuldan 8-avgustgacha boʻlib oʻtadi, sportchilar boʻsh tribunalar oldida chiqish qilishlari kerak – tomoshabinlar musobaqaga qoʻyilmaydi. 👉@livehumanuz
133
0
Joriy yilning 15 va 16-iyul kunlari poytaxtimizda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdid va imkoniyatlar” mavzusidagi Xalqaro konferensiya oʻtkazilishi sabab "Toshkent city” majmuasi atrofidagi quyidagi yoʻllar transport vositalarining harakatlanishi uchun yopiladi: 📍 Islom Karimov koʻchasi: Turobtoʻla koʻchasidan Furqat koʻchasigacha boʻlgan qismi; 📍 Furqat koʻchasining mahalliy yoʻli: Islom Karimov koʻchasidan Navoiy koʻchasigacha; 📍 Olmazor koʻchasi: Beshyogʻoch koʻchasidan Navoiy koʻchasigacha boʻlgan qismi. 👉@livehumanuz
Show more ...
155
0
Qashqadaryodagi avtoservisda «Lada» yonib ketdi 👉@livehumanuz

video_2021-07-11_09-42-13.mp4

148
0
Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida 600 dollar evaziga uy-joyga bo‘lgan egalik huquqini beruvchi soxta hujjat tayyorlab bergan kadastr bo‘limi xodimi qo‘lga olindi. Holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Shofirkon tuman bo‘limi xodimlari hamda huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda fosh etilgan. 👉@livehumanuz
143
0
Alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari 🗓 2021-yil 7-iyul holatiga koʻra: 🥩 Suyakli mol goʻshti (1 kg) ➖ 45000 – 68000 soʻm 🍗 Qoʻy goʻshti (1 kg) ➖ 52000 – 80000 soʻm 🥔 Kartoshka (1 kg) ➖ 1500 – 5000 soʻm 🧅 Piyoz (1 kg) ➖ 800 – 3500 soʻm 🥕 Sabzi (1 kg) ➖ 3000–10000 soʻm 🥚 Tuxum (10 dona) ➖ 5000–14000 soʻm 🍚 Guruch (1 kg) ➖ 5000–18000 soʻm 🌻 Oʻsimlik yogʻi (1 l) ➖ 14000–24000 soʻm 🍚 Shakar (1 kg) ➖ 7500–9000 soʻm 👉@livehumanuz
137
0
Kecha yurtimizda 485 nafar kishida koronavirus, 274 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi 🔺2021-yil 10-iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 115963 (+485) nafarni tashkil etmoqda. 👉@livehumanuz
130
0
11-iyulda kunduz kuni Oʻzbekistonda havo biroz bulutli boʻladi Oʻzgidrometga koʻra, baʼzi joylarda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, fakat kechqurun Toshkent viloyati va Fargona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 32-37° boʻladi. Poytaxtimizda havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, kechqurun vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 33-35° boʻladi. Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 7-12 m/s gacha tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 21-26° boʻladi. 👉@livehumanuz
Show more ...
144
0
Belorusda shamol kuchli batutni osmonga ko'tardi. Favqulodda holat Aleksandriya shahrida Yo'l harakati xavfsizligi xodimlari bayramida yuz berdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 5 kishi jarohatlangan, ularning ikki nafari bola. 👉@livehumanuz

batut_ss.mp4

176
0
⚡️ZILZILA! FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: 10.07.2021 yil, Toshkent vaqti bilan 21:05 da (10.07.2021 yil, Grinvich bo'yicha 16:05 da) Qirg'izistonda zilzila sodir bo'ldi. Zilzila koordinatalari: 40,17 gradus shimoliy kenglik; 72,16 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=4,3. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 276 km janubiy-sharqda. O'zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi: Farg'ona shahrida 3-4 ball, 40 km. Andijon shahrida 3 ball, 70 km. 👉@livehumanuz
Show more ...
181
0
Buxoroda noqonuniy yer sotish holati fosh etildi. 👉 @nasimov13

BUXORO.mp4

174
0
Tokayev Qozog'istonga ajratilgan Pfizer vaksinalarini yetkazib berish to'xtatilgani uchun aybdor amaldorlarni jazolashga ko'rsatma berdi "Pfizer may oyida Qozog'istonga 2 million dozani yetkazib berishni rejalashtirgan. Hukumat bu dori ta'minotidagi uzilishni Pfizer tomonidan ilgari surilgan bir qator talablar bilan bog'laydi. Biroq, vaksinani sotib olgan barcha mamlakatlar uchun talablar standart edi", - degan Prezident. 👉@livehumanuz
187
0
2021-2022-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 206 332 nafarga yetdi - DTM Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar: 👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti - 7 461 nafar; 👉 O‘zbekiston milliy universiteti – 6 957 nafar; 👉 Namangan davlat universiteti – 6 743 nafar; 👉 Jizzax davlat pedagogika instituti – 6 366 nafar; 👉 Guliston davlat universiteti – 5 912 nafar. 👉@livehumanuz
224
1
Krasnodar o'lkasida 13 ta yengil avtomobil va yuk mashinalari toʻqnashdi Rossiyaning Krosnodar oʻlkasida 13 ta avtomobil, jumladan ikkita yuk mashinasi to'qnashdi. Sabab, deya dalalardagi yong'indan yuzaga kelgan tutun koʻrsatilmoqda. Mashinalardan biri og'ir yuk mashinalari orasida siqilib qolgan, boshqasi yo'ldan chiqib ketgan. IIV bemorlar 3 ta kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berdi. 👉@livehumanuz

дтп.mp4

200
0
Toshkentda 731 nafar bolaning tugʻilganlik guvohnomasi qayd etilmay qolgan 2019-yilda Toshkent viloyatida 1 ming 256 ta tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari muddati oʻtkazib qayd etilgan. 2020-yilda esa bu raqam 605 tani tashkil etgan. Joriy yilning yanvar-iyun oylarida esa, 731 ta tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari muddatdan keyin qayd etilgan - Davlat xizmatlari agentligi 👉@livehumanuz
178
0
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.Umurzakov Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining rasmiy tashrifiga tayyorgarlik koʻrish masalalari yuzasidan videokonferensiya shaklida yigʻilish oʻtkazdi. Oldinda Oʻzbekiston˗Pokiston biznes forumi va Oʻzbekiston-Pokiston Ishbilarmonlar kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtishi kutilmoqda - Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 👉@livehumanuz
167
0
73 yoshli otaxonga zoʻravonlik qilgan IIB xodimlariga sud hukmi chiqarildi Xodimlar besh yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlanib, ikki yil davomida IIV tizimida ishlashdan mahrum qilingan. 👉@livehumanuz

file

162
1
Oʻzbekiston investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi Jahon bankining prognozlariga koʻra, 2021-yilda Markaziy Osiyo mamlakatlarida iqtisodiy oʻsish 3,7% darajasida boʻladi, eng yaxshi koʻrsatkichlar Tojikiston (+5,3%) va Oʻzbekistonda (+4,8%) boʻladi. Mintaqa mamlakatlari rivojlanishida investitsiya jozibadorligi hal qiluvchi rol oʻynashi qayd etilmoqda. Xususan, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston yaxshi natijalarni koʻrsatdi, 2019-yilda mamlakat toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oqimining oʻsishi boʻyicha yetakchiga aylandi (2,3 baravarga oshdi va $4,2 milliardni tashkil etdi). Shu bilan birga, koronakrizis davrida toʻplangan investitsiyalar oʻsishi kuzatilgan: 2021-yil 1-yanvar holatiga ularning miqdori 6,7%ga oshdi. Yalpi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar tushumida boʻlgani kabi, toʻplangan xorijiy investitsiyalarning eng katta oʻsishi Oʻzbekistonda kuzatildi — plus 29,8%. Qozogʻistonda oʻsish 3,6%ni, Tojikistonda 1,6%ni tashkil etdi. 👉@livehumanuz
Show more ...
174
1
DTMda "svet" oʻchdi DTM binosi joylashgan hududda ham "svet" o‘chayotgani sabab abituriyentlar hujjat topshirishida uzilish bo‘lishi mumkin. DTM tashkilot joylashgan Yunusobod tumanida elektr energiyasida uzilish bo‘layotganini bildirdi. 👉@livehumanuz
180
1
O'zbekiston yangi elektr poyezdlarini sotib oldi Mustaqillikning 30 yillik bayrami sharafiga 2021-yil 30-iyun kuni O'zbekiston Ispaniyaning Bilbao portidan yangi Afrosiyob elektr poyezdlarini sotib oldi. 👉@livehumanuz
319
1
Quvaytda rekord darajadagi harorat qayd etildi Quvayt davlatida rekord harorat ko'rsatkichlari qayd etildi: soyada +53,3° C va quyoshli joylarda +70° C. 👉@livehumanuz
152
0
Buxoro davlat universitetida 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab jurnalistika yoʻnalishida taʼlim olish imkoni yaratilmoqda. Universitetda yangi yoʻnalishlar – ”Bosma ommaviy axborot vositalari” hamda “Jamoatchilik bilan aloqalar” bakalavriatlari ochildi. Har bir yoʻnalish boʻyicha 25 talaba qabuli rejalashtirilgan (5 ta grant, 20 ta kontrakt). 👉@livehumanuz
157
1
Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi toʻliq emlanganlar soni 887 ming nafardan oshdi — SSV 👉@livehumanuz
151
0
Tojikistondagi zilzila oqibatida 5 kishi halok bo'ldi. Bu dastlabki ma'lumotlar. Qurbonlar ko'proq bo'lishi mumkinligi aytilmoqda. 5,8 ballik chayqalishi tunda sodir bo'ldi. Zilzila epitsentri Dushanbedan 164 km uzoqlikda joylashgan. 👉@livehumanuz
4 361
6
71 yoshli Richard Branson ertaga kosmosga chiqqan ilk milliarderga aylanadi Fazoga chiqadigan birinchi milliarder Jef Bezos ham, Ilon Mask ham bo'lmaydi. "Virgin Galactic" kompaniyasi asosichisi, 71 yoshli milliarder Richard Branson shu hafta, 11-iyul kuni o'z kompaniyasi yaratgan "VSS Unity" raketa-samolyotida kosmosga uchadi. Avvalroq Jef Bezos 20-iyul kuni "Blue origin" raketasida orbitaga chiqishini e'lon qilgan edi. Kutilmaganda Branson undan 9 kun avval uchishini ma'lum qildi. 👉@livehumanuz
Show more ...
157
0
Maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlar elektron yuritiladi Qaror bilan Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida yagona elektron ish yurituv tizimi (“E-ma’muriy ish” tizimi) orqali maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi boʻyicha nizom tasdiqlandi. 🌐 Unga koʻra, maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vakolatli organlar tomonidan tekshirish, zarur maʼlumotlarni olish hamda ulardan foydalanish “E-ma’muriy ish” tizimi orqali amalga oshiriladi. 👉@livehumanuz
139
0
Tanzila Narbayeva Parijdagi «Tenglik avlodi» xalqaro forumida nutq soʻzladi Fransiya poytaxti Parij shahrida gender tenglik masalalariga bagʻishlangan «Tenglik avlodi» xalqaro forumida Oliy Majlis Senati raisi, Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi raisi Tanzila Narbayeva ishtirok etib, nutq soʻzladi.  Forumda soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda xotin-qizlar holatini yaxshilash uchun qonunchilik bazasi yaratilgani, 2030-yilgacha Oʻzbekistonda gender tenglikka erishish strategiyasi tasdiqlangani taʼkidlandi. 👉@livehumanuz
Show more ...
131
0
Chang boʻronlari Oʻzbekistonda nega tez-tez roʻy bermoqda? Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, shu kunlarda Oʻzbekiston hududiga Kavkazdan nisbatan salqin havo massasi kiradi, shu sababli shamol kuchayishi kutilmoqda, baʼzi joylarda chang boʻronlari boʻlishi mumkin. Taʼkidlash joizki, quruq iqlim, choʻllar va yarim choʻllar (mamlakat hududining 80% dan ortigʻi) tufayli chang boʻronlari Oʻzbekistonda oldin ham boʻlgan. Ammo soʻnggi paytlarda Markaziy Osiyo mamlakatlarida bunday hodisalar tez-tez kuzatila boshladi, baʼzida togʻli hududlarga ham yetib bormoqda. Jahon meteorologiya tashkilotining tahliliga koʻra, butun dunyoda chang boʻronlari jadallashmoqda va bu iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq. Taʼkidlanishicha, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi kabi chang boʻronlari Arabiston yarim oroli, Eron va Xitoyda ham kuzatilmoqda. Shu bilan birga, mutaxassislar global isish tufayli ularning soni koʻpayishini kutmoqdalar. 👉@livehumanuz
Show more ...
118
0
Bayden AQSh va Rossiya Federatsiyasi vakillari 16-iyul kuni kiberxavfsizlik mavzusida uchrashishini aytdi AQSh prezidenti Jo Bayden juma kuni jurnalistlarga AQSh va Rossiya rasmiylari 16-iyul kuni kiberxavfsizlik masalalarini muhokama qilish uchun uchrashishi mumkinligini aytdi. Oq uy matbuot xizmati Baydenning Delaverga jo'nab ketishdan oldin jurnalistlar bilan qilgan suhbati stenogrammasini taqdim etadi. Jurnalistlar Amerika rahbaridan agar Rossiya rahbariyati kiber jinoyatchilarga qarshi kurashish masalasida "faollashmasa", Rossiya Federatsiyasi uchun qandaydir oqibatlarga olib keladimi deb so'rashdi: "Biz qo'mita - qo'shma qo'mita tuzdik. O'ylaymanki, ular 16-iyulda uchrashadilar. Men birgalikda ishlashimizga ishonaman", -degan Bayden. 👉@livehumanuz
Show more ...
106
0
Zilzila roʻy berdi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, 10.07.2021 yil, Toshkent vaqti bilan 07:14 da (10.07.2021 yil, Grinvich bo'yicha 02:14 da) Тojikistonda zilzila sodir bo'ldi. Zilzila koordinatalari: 38,77 gradus shimoliy kenglik; 70,76 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=6. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 307 km janubiy-sharqda. O'zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi: Farg'ona shahrida 3-4 ball, 199 km. Guliston shahrida 3-4 ball, 256 km. Namangan shahrida 3-4 ball, 260 km. Andijon shahrida 3-4 ball, 262 km. Jizzax shahrida 3 ball, 294 km. Toshkent shahrida 3 ball, 307 km. Samarqand shahrida 3 ball, 342 km. Termiz shahrida 3 ball, 351 km. Qarshi shahrida 3 ball, 432 km. Navoiy shahrida 2 ball, 486 km. 👉@livehumanuz
Show more ...
114
0
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Yangi Oʻzbekiston” bogʻidagi bunyodkorlik ishlarini koʻzdan kechirdi Bu yerda keng koʻlamli qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. 2 mingdan ziyod quruvchi va ishchi, 200 dan ortiq maxsus texnika jalb qilingan. “Istiqlol” majmuasining poydevori quyilib, temirdan asosi yasalgan. 5 ming oʻrinli ochiq amfiteatrning tomoshabinlar joyi tiklanib, sahnaning temir sinchlari oʻrnatilgan. 👉@livehumanuz
120
0
Chelyabinsk viloyatidagi o'rmon yong'inlari tufayli ikkita qishloq allaqachon yonib ketgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, u yerda oʻnlab turar-joy va yozgi uylar boʻlgan. 👉@livehumanuz

VID-20210709-WA0020.mp4

118
0
Korrupsiya jinoyatlari oqibatida 3,2 trln soʻmlik ziyon yetkazilgan Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari Bahriddin Valiyevning maʼlum qilishicha, oxirgi toʻrt yarim yil ichida 9546 nafar shaxs turli koʻrinishdagi korrupsiya jinoyatlarini sodir etgan, bu jinoyatlar oqibatida davlat va fuqarolar manfaatlariga 3 trln 200 mlrd soʻmga yaqin ziyon yetkazilgan. Buning qariyb 90%i aybdorlardan undirilgan. 👉@livehumanuz
106
0
Oʻzbekistonning Yaponiyadagi yangi favqulodda va muxtor elchisi etib Muxsinxuja Tursunxujayevich Abduraxmonov tayinlandiTIV. Elchi lavozimiga tayinlangunga qadar Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshligʻi edi. 👉@livehumanuz
115
1
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻqishni xorijdan koʻchirish masalasidagi tushunmovchiliklarga izoh berdi. 👉@livehumanuz

IMG_0117.mp4

107
1
2022-yil 1-yanvardan boshlab 2025-yil 1-yanvarga qadar: 📌xonadonlarda pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga 1 kg uchun 5 ming soʻm miqdorida subsidiya ajratiladi; 📌Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor va Dehqonobod tumanlari, Samarqand viloyatining Qoʻshrabot tumani hamda Surxondaryo viloyatining Qumqoʻrgʻon va Boysun tumanlari jun yoʻnalishidagi mayda shoxli mollarni yetishtirishga ixtisoslashtiriladi. 👉@livehumanuz
114
0
Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi deb qayta nomlandi — Prezident qarori. 👉@livehumanuz
109
0
“Qorakoʻlchilik” uyushmasi “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” uyushmasi deb qayta nomlandi — Prezident qarori.
104
0
Davlat aktivlarini “1 soʻm” boshlangʻich qiymatda savdolarga chiqarish amaliyoti bekor qilindi — Prezident Farmoni.
105
0
Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasining birinchi majlisi oʻtkazildi. Qoʻmita tarkibida soha mutaxassislari — yetakchi OAV vakillari, blogerlar, jurnalistlar va yuristlardan tarkib topgan ekspertlar guruhi shakllantirildi. 👉@livehumanuz
107
0
Tolibon Afg'oniston hukumati tarafida bo'lgan aholidan qasd olmoqda - Human Rights Watch Shimoliy viloyat hududlarini shiddat bilan egallab borayotgan toliblar hukumat kuchlariga ko'maklashgan aholini ko'chishga majburlamoqda. Bu haqda xalqaro inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti Human Rights Watch bayonatida ma'lum qildi. Xususan, 21-25-iyun kunlari Qunduz viloyatining Bog'i-Shirkat hududida mahalliy aholiga ko'chib ketish uchun ikki soat muhlat berilgan. Hukumat armiyasiga ko'maklashgan odamlarning uylariga o't qo'yilgan. Ko'plab xonadonlar talon-taroj qilinib, mulklar o'zlashtirilgan. Bog'i-Shirkatni 400 ga yaqin oila tark etishga majbur bo'lgan. Tolibon hukumat bilan aloqada bo'lgan tadbirkor Abdulla Salom va qurolli otryad yetakchisi Habibullani qatl etganligi aytilmoqda. 👉@livehumanuz
Show more ...
114
0
Endi Moskvadagi kafe va restoranlarga faqat vaksina olganlar kiritiladi Moskva viloyatidagi kafe va restoranlarga faqat emlangan yoki koronavirus bilan kasallanganlarga beriladigan QR kodni taqdim etgandagina kirish mumkinligi belgilab qoʻyildi. Maxsus pasportlarning kiritilishi parallel ravishda soxta QR kodlarning noqonuniy sotilishiga ham olib kelmoqda. 👉@livehumanuz
105
0
Ishtixonda terrorchi tashkilot ta'sirida Suriyaga ketmoqchi boʻlgan jamoat qoʻlga olindi Samarqand viloyati Ishtixon tumanida yashovchi bir guruh shaxslar jamoat boʻlib, Internet tarmogʻi orqali terrorchi tashkilotlar gʻoyalari taʼsirida Turkiya davlati orqali Suriyadagi jangovor harakatlarda ishtirok etish maqsadida, ketishga tayyorgarlik koʻrayotgan vaqtda DXX va IIB xodimlari tomonidan qoʻlga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar berdi. Hozirda ushbu holat yuzasidan tezkor-surishtiruv tadbirlari olib borilmoqda. 👉@livehumanuz
Show more ...
113
0
Qirgʻiz-tojik chegarasida yana otishmalar roʻy berdi Ma'lumotlarga ko'ra, joriy yilning 8-iyul kuni to'rt qirg'iz chegarachisi Sug'd viloyati Devashtich tumanining Rosrovut qismida Tojikiston Respublikasining davlat chegarasini noqonuniy kesib o'tgan. Qayd etilishicha, huquqbuzarlar harbiy va fuqarolik formasini kiyib olgan, yonlarida Kalashnikov avtomatlari bo'lgan, shuningdek, Devashtich tumani aholisiga tegishli 9 otni o'g'irlab, Qirg'iziston hududiga olib borishni maqsad qilgan. Xabarda aytilishicha, qirg'izistonlik harbiylar tojik chegarachilarini davlat chegarasini buzganligi to'g'risida ogohlantirishiga javoban avtomatik quroldan o'q uzishgan. Tojikiston chegarachilarining bunga javob otishidan ikki qoidabuzar jarohat olgan. Ayni paytda esa, ikki davlatning vakolatli organlari chegarada muammoni hal qilishga urinmoqda. 👉@livehumanuz
Show more ...
112
0
9-iyul qanday ob-havo kuzatiladi? TOSHKENT SHAHRI Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25-27°, kunduzi 40-42° boʻladi. QORAQALPOGʻISTON, XORAZM VILOYATI Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzi joylarda changli boʻron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 32-37° boʻladi. BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzi joylarda changli boʻron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-29°, kunduzi 35-40° boʻladi. TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzi joylarda changli boʻron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 35-40°, baʼzi joylarda 42° gacha boʻladi. QASHQADARYO VILOYATI Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzi joylarda changli boʻron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 39-44° boʻladi. SURXONDARYO VILOYATI Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzi joylarda changli boʻron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 41-46° boʻladi. ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzi joylarda changli boʻron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 38-43° boʻladi. RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16-21°, kunduzi 28-33° 👉@livehumanuz
Show more ...
109
0
Qashqadaryoda YPX xodimi haydovchini kaltaklagani aytilmoqda Qarshidagi «reyd»da chiroqchilik haydovchining tobi qochdi. Voqea guvohlarining aytishicha, haydovchi YPX xodimlari tomonidan kaltaklangan. Prokuratura tomonidan tekshiruv ishlari boshlangan. 👉@livehumanuz

video_2021-07-08_21-03-13.mp4

111
0
Milliy tiklanish“ partiyasining yangi logotipi tasdiqlandi „Yarim oy, yashil rang unumdor zaminimizga, qadriyatlarimizga ishora, moviy rang Yer kurrasi esa xalqimizning halol va pok ruhiyati nishonasi. Afsonaviy semurgʻ qushi farovonlik va saodat ramzidir “, - deydi Partiya Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov. Eslatib oʻtamiz, bundan avval OʻzLiDeP oʻz logotipini oʻzgartirgan edi. 👉@livehumanuz
124
0
Samarqandda 18 yoshli yigit internetdagi qimor oʻyini sabab oʻzini osib qoʻydi Bosh prokuratura matbuot kotibining xabar berishicha, 2021-yil 15-may kuni Samarqand viloyati Pastdargʻom tumani “Yangiobod” mahallasida yashab kelgan 18 yoshli oʻspirin oʻz uyning yordamchi xoʻjalik xonasida oʻzini osib, joniga qasd qildi. Aniqlanishicha, u internetda avj olgan totalizatorda (qimor oʻyni dastgohi) katta miqdorda pul yutqazib, boshqalardan qarz boʻlib qolganligi sababli bu ishni qilgan. Biroq, marhumning yaqinlari bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar qilmasdan dafn qilishgan. Mazkur holat yuzasidan 2021-yil 7-iyul kuni Pastdargʻom tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari boshlandi. 👉@livehumanuz
Show more ...
177
1
Oʻzbekiston Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev Rossiyadagi MDH prokurorlari yigʻilishida qatnashdi Uchrashuvda Ozarbayjon Respublikasi Bosh prokurorlari Kamran Aliyev, Armaniston Respublikasidan Artur Davtyan, Belorussiya Respublikasidan Andrey Shved, Qozog'iston Respublikasidan Gizat Nurdauletov, Qirg'iziston Respublikasidan Kurmankul Zulushev, Tojikiston Respublikasidan Yusuf Rahmon va O'zbekiston Respublikasidan Nig'matilla Yo'ldoshev qatnashdi. 👉@livehumanuz
208
2
15-16-iyul kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro forumda Oʻzbekiston, Afgʻoniston prezidentlari, Pokiston Bosh vaziri, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining tashqi ishlar vazirlari ishtirok etadi. 👉@livehumanuz
152
0
Davlat amaldorlariga biznes bilan shugʻullanishni taqiqlash taklifi inobatga olinmadi Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha prezident qarori imzolangan edi. Qaror loyihasida boʻlgan, biznes bilan shugʻullanishi qatʼiyan taqiqlanadigan mansabdorlar roʻyxatini belgilash haqidagi band hujjatdan chiqarib yuborilgan. 👉@livehumanuz
144
0
Afg'onistondan o'z qo'shinlarini olib chiqib ketayotgan AQSH amalda bu mamlakatda o'zining yigirma yillik missiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchraganini tan oldi, dedi Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.‌‌ 👉@livehumanuz
137
0
#InfografikaDavlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi 👉@livehumanuz
137
0
Rasul Kusherbayev choʻlda havo harorati orqali tovada tuxum pishirdi „Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida aholi punktidan 100 kilometr atrofidagi uzoqlikda, qush uchsa qanoti, odam yursa oyogʻi kuyadigan havoda tuxum pishadimi yoʻqmi sinab koʻrdik. Havo harorati 60 daraja issiq atrofida". 👉@livehumanuz

file

143
0
Tojikiston va Turkmanistonda 18 yoshdan kattalar uchun majburiy emlanish joriy etildi. 👉@livehumanuz
130
0
Prezident uzumchilikni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi Davlatimiz rahbari yurtimizda azaldan uzumchilik anʼanasi boʻlgani, uni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligini taʼkidladi. Qoraqalpogʻiston va viloyatlardagi 44 ta tumanda yangi eksportbop uzum plantatsiyalari tashkil etish vazifasi qoʻyildi. Yurtimiz uzum navlarining milliy brendini yaratib, xorijda targʻib etish va eksportni kengaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi. 👉@livehumanuz
128
0
@livehumanuzbot'ga murojaat kelib tushdi Murojaatchi Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumanidan yozmoqda: "Mo'ydinov Izzatillo: Biz andijon viloyati, Oltinko'l tumani, Andijon MFYdan murojaat qilayapmiz. Vaholanki, aholiga tabiiy gaz yetib kelmagan. Yoz kunlari bo'lishiga qaramay elektr muammosi bor, kecha tunda ham 4 soat ham elektr berilmagan. Muzlatgichlardagi narsalarni tashlab yubordik. Suyultirilmagan gaz tog'risida gapirmasak ham bo'ladi. Mana 70 kundirki, suyultirilmagan gaz umuman kelmaydi. Aholi murojaatlariga umuman jovob berilmaydi. Bizni eshitadigan kimdir bormi o'zi? Mahallani 4-5 ta joyida xuddi shunday ko'rinishda 60 tadan suyultirilgan gaz ballonlari to'planib qolgan" Andijon MFY aholisining muammosiga Tuman gaz va elektr ta'minotiga mas'ul tashkilotlar e'tibor qaratishi hamda tez orada yechim berishini kutib qolamiz! 👉@livehumanuz
Show more ...
119
0
Maktabgacha taʼlim vazirligida tayinlovlar boʻldi Shodiyor Mamatkulov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan maktabgacha taʼlim vazirining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi. Nodir Muslitdinov esa maktabgacha taʼlim vazirining yangi oʻrinbosari boʻldi. Bungacha u Moliya vazirligida faoliyat yuritgan. 👉@livehumanuz
123
0
Minor va Amir Temur metro bekatlarida tok yoʻqligi sabab toʻxtalish roʻy berdi. 👉@livehumanuz

file

148
0
Ertaga, 8-iyul – kuni anomal issiqning oxirgi kuni. Undan keyingi kun havo salqinlashadi Yuqori darajadagi issiqdan so‘ng 9-iyuldan Kaspiy dengizi orqali respublikaga salqin havo kirib keladi, deb xabar berdi O'zgidromet. 👉@livehumanuz
153
0
Last updated: 27.11.21
Privacy Policy