cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Alisher Qodirov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o’rinbosari, “Milliy tiklanish" DP MK raisi fb.com/IQAlisher https://instagram.com/alisherqodir.k http://twitter.com/alisherQodir Murojaat uchun: @alisherqodirov_bot

Show more
Advertising posts
9 047
Subscribers
-624 hours
-527 days
+4 66530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Xabarni boshqariş natijani, xabarni anglaş va tahlil qiliş darajasi jamiyatni yolğonga nisbatan immuniteti darajasini belgilaydi. Demak, millatparvar, malakali va vijdonli xabar yaratuvçi jamiyatning jamligiga jiddiy ta’sir qiladigan zarurat. Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini 6 yoşga tölişi munosabati bilan ötkazilgan tadbirga taklif uçun janob Şerzodxon Qudratxöjaga taşakkur. Mamlakatimizda vatanparvar, malakali va vijdonli xabar yaratuvçilarni tayyorlaşga e’tibor - kelalajakni töğri baholayotganimizning belgisi.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Özbekiston Oliy Majlisi va Turkiya Buyuk Millat Majlisi orasida davlatlarimizni har tomonlama rivojlanayotgan aloqalariga uyğun kun tartibi belgilanadi. TBMM raisi, hurmatli Numan Kurtulmuş raisligida millat vakillari - Osman Mesten, Mehmet Ali Cevheri, Erkan Akçay va Uğur Bayraktutan döstlarimiz mamlakatimizda xizmat safarida böldilar. 🇺🇿🇹🇷 Özbekistan Oliy Mejlisi ve Türkiye Büyük Millet Meclisi Devletlerimizin her taraflama gelişen ilişkilerine uygun yeni gündem belirleyecekler. Sayın TBMM Başkanı Numan Kurtulmuş önderliğindeki Osman Mesten, Mexmet Ali Cevheri, Erkan Akçay ve Uğur Bayraktutan millet vekilleri, dostlarimiz ile iş görüşmelerinde bulunduk.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Eron İslom Respublikasi Prezidenti İbrohim Raisiy vafoti sababli Eron Milliy maslahat kengaşidagi döstlarimiz bilan hamdardmiz.
Show all...
Sözsiz, Rossiyaga işga borayotganlar rus tilini bilişlari şart, lekin bu Özbekistonda yaşayotgan ruslarni özbek tilini bilişlari şart emas degani emas! Özbekistonda yaşayotgan barça millatli vatandoşlar özbek tilini bilişlari şart. Qonunlarimizda bosqiçma bosqiç boğça va boşlanğiç ta’limda boşqa millatli vatandoşlarga öz ona tili va qadriyatlarini örganişiga şaroit yaratiş bilan bir qatorda, özbek tili majburiy örganadigan til sifatida belgilanişi kerak. Özbek tilini bilmaydigan inson nafaqat davlat xizmatida işlaşi, balki davlat xizmatlaridan foydalanişi ham mumkin bölmay qolişiga erişişimiz kerak. @alisherQodir
Show all...
В Россию должны приезжать работники со знанием языка, заявил Володин

Важно, чтобы в Россию приезжали работать люди со знанием русского языка, уважая традиции страны, заявил спикер Госдумы Вячеслав Володин. РИА Новости, 13.05.2024

Qon va qahrga töla ötmişnıng ğolibligini talaşib, asl qadrlanişi kerak bölgan Onalar kuni sassiz-sadosiz ötib ketdi. Onalarni, onalikni qaqşatgan dunyoqaraş, madaniyat qançalar qudratli va töq körinmasin, baribir xor böladi va yöq bölib ketadi. Xotirjamlikda yaşaş, borliq va borlikni anglaş, yöq qiliş emas, bor qiliş va qadrlaşdan iboratdir. Taraqqiyot faqat qadriyatlarga tayanişi kerak. @alisherQodir
Show all...
Qon va qahrga töla ötmişnıng ğolibligini talaşib, asl qadrlanişi kerak bölgan Onalar kuni sassiz-sadosiz ötib ketdi. Onalarni, onalikni qaqşatgan dunyoqaraş, madaniyat qançalar qudratli va töq körinmasin, baribir xor böladi va yöq bölib ketadi. Xotirjamlikda yaşaş, borliq va borlikni anglaş, yöq qiliş emas, bor qiliş va qadrlaşdan iboratdir. Taraqqiyot faqat qadriyatlarga tayanişi kerak.
Show all...
03:28
Video unavailableShow in Telegram
İmperialistlar, kommunistlar va faşistlarga qarşi hurriyatimiz uçun kuraşib, jonidan keçgan mard ajdodlarimizni heç qaçon unutmaymiz va abadiy qadrlaymiz! @alisherQodir
Show all...
Özbekistonga investorlarning işonçini ortişi - iqtisodiyotimizga milliardlab investitsiyalar kelişi, minglab iş örinlarini yaratilişi, aholi daromadlarini köpayişi va pirovardida davlat qudratini ortişi demakdir… Lekin, qölida diplomi bor IT muhandislari - sun’iy intellektni, moliyaçilari - suğurta yoki islom moliyasini, menejerlari - tejamkorlikni, huquqçilari - inson huquqlarini, biologlari - genni, pedagoglari - bolani, arxitektorlari - köprikni tuşunmay tursa, nima böladi!? Oliy ta’lim qimmat tanlov. Davlat oliy ta’lim muassasalarini köpi imkoniyat böyiça ham, salohiyat böyiça ham, zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardoş emas. Birinçi tuzatilişi kerak bölgan masala – oliy ta’lim uçun saralaş falsafasini özgartiriş bölişi kerak. Oliy ta’lim olişga da’vogarda ikkita muhim xususiyati bölişi şart: bir - qobiliyat, ikki - imkoniyat! Imkoniyati yöq bölgan qobiliyatlilar uçun homiylik fondlari, qolaversa, davlat kömagi taklif qilinişi mumkin, lekin qobiliyati yöqni oliy ta’lim oliş uçun intilişi öziga ham, jamiyatga ham xiyonatdir! Oliy ta’lim oliş juda mas’uliyatli va qimmat tanlov ekanligini jamiyatga qabul qildiriş kerak. Özimizni özimiz aldaşni töxtataylik! Oliy ta’lim tizimida bugunning taraqqiyot tezligiga raqobat qila olmaydigan domla ham bu tezlikka intilmaydigan talaba ham bölmasligi kerak. Bu Özbekiston taraqqiyotini navbatdagi bosqiçida samarani belgilovçi muhim masala böladi.
Show all...
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasining ijtimoiy-siyosiy gazetasi

16_son -2024 Milliy tiklanish

Photo unavailableShow in Telegram
Davlat rahbari huzurida oliy ta’lim tizimining muammolari muhokama qilindi. Mamlakat oliy ta’lim tizimi jiddiy islohotlarga muhtoj. Oliygohlarimiz zamonaviy talablarga javob beradigan mutaxassislar tayyorlab berolmayapti. Sabablarni batafsil tahlil qilamiz. İslohotlar va malaka tasdiqlaş tizimining huquqiy asoslarini yaratiş ustida Parlament huzuridagi ta’lim komissiyasida işlar boşlanadi.
Show all...
00:55
Video unavailableShow in Telegram
Natija uzviylik va tajribaning oqibati! Karnay-surnay, olqiş va maqtovlar öz yöliga, Timur Kapadzega 2024–yil Olimpiadasi, 2026 va 2028 yillar U-23 Osiyo çempionatlari tajriba-tayyorgarlik bosqiçi sifatida taqdim qilinadigan 2028–yil Olimpiadasida sovrindor böliş vazifasi qöyilişi kerak.
Show all...