Teacher Azam
TEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel Teacher Azam
Channel Teacher Azam (@teacherazam) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 38 544 subscribers, ranking 4 786 in the Education category and 2 004 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 38 544 subscribers.
According to the latest data from 09 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -228 over the last 30 days and by -21 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Verified (Officially confirmed by Telegram)
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 33.93%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 16.75% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 13 077 views. Within the first day, a publication typically gains 6 458 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 381.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“TEACHER AZAM (Qahramoniy)
👨🏼💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman
👉t.me/Teacherazamchat
🚩Instagram:
👉instagram.com/teacherazam
☎️ Englify online maktabim:
+998781136969
☎️ Reklama va taklif uchun:
👉+998 ...”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 10 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.
Data loading in progress...
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 10 September | 0 | |||
| 09 September | +16 | |||
| 08 September | +12 | |||
| 07 September | +5 | |||
| 06 September | +25 | |||
| 05 September | +14 | |||
| 04 September | +24 | |||
| 03 September | +48 | |||
| 02 September | +8 | |||
| 01 September | +23 |
| 2 | 22-son | Siyosiy yangiliklar, kutilmagan voqealar va eng krinj hodisalar — barchasi 40 daqiqada. 👀
Bu sonida haftaning eng muhim siyosiy voqealari, dunyoda yuz bergan qiziq hodisalar, internetda muhokama qilingan vaziyatlar va eng krinj epizodlarni birga ko‘rib chiqamiz.
Nimalar bo‘ldi, kim nima dedi va qaysi voqea nega bunchalik shov-shuvga sabab bo‘ldi — barchasini o‘zimizga xos uslubda tahlil qilamiz.
Ko‘ring. Fikr bildiring. Biz bilan muhokama qiling.
Videoni ushbu havola orqali tomosha qiling: https://youtu.be/FeG9Evk1UDE
✅@TeacherAzam | 6 976 |
| 3 | No text... | 7 714 |
| 4 | AI va ML’ni haqiqatan ham chuqur o‘rganishni istaganlar uchun - Yandex ML School Uzbekistan’da qabul yakunlanishiga 2 kun qoldi.
Bu IT, matematika va texnika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar hamda mutaxassislar uchun mo‘ljallangan bepul bir yillik dastur.
Ishtirokchilar, masalan, ChatGPT kabi texnologiyalar asosida yotgan yoki robotlarni boshqarishda qo‘llanadigan texnologiyalarni o‘rganadilar.
Dasturda faqat amaliyot uchun kerakli va qiziqarli yo‘nalishlar — matematik baza, Machine Learning, Deep Learning, Computer Vision, NLP, LLM va Reinforcement Learning o‘qitiladi. Bundan tashqari, texnologik kompaniyalar ekspertlari ishtirokida workshoplar ham tashkil etiladi.
Mashg‘ulotlar kechki payt Toshkentda oflayn formatda o‘tkaziladi.
Jami 35 ta o‘rin mavjud. Dasturga qabul qilinish uchun saralashdan o‘tish kerak. Buning uchun universitetning 1–2-kurs darajasidagi matematika va dasturlash bo‘yicha bilimlar talab etiladi.
Bunday dasturlar menga ham qiziq: bu shunchaki navbatdagi AI yoki prompt yozish kursi emas, balki IT industriyasiga kirish uchun zarur bo‘lgan mustahkam bilim va amaliy ko‘nikmalar bazasidir.
Arizalarni 9-sentabrgacha topshirish mumkin. | 7 768 |
| 5 | No text... | 9 143 |
| 6 | No text... | 10 017 |
| 7 | Ingliz tilida siz bilgan va bilmagan abbreviaturalar
Z avlodni abbreviaturalarini ba’zan tushunmay ham qolaman. Mayli, osonidan qiyiniga qarab boramiz.
LOL — laughing out loud (ovozim boricha bilan kulvomman)
RO(T)FL — rolling on (the) floor laughing (yerga yotvolib kulvomman)
BTW — by the way (aytgancha)
BRB — be right back (hozir qaytaman)
FR — for real (rostanam)
NGL — not gonna lie (aldamoqchimasman)
TBH — to be honest (rostini aytsam)
LMK — let me know (manga aytib qo‘y)
SMH — somehow, haha, aldadim, shaking my head (bu gapingga qo‘shilmiman, shunga boshimni likillatyapman)
FYI — for your information (ma’lumotingiz/e’tiboringiz uchun)
IKR — I know right (rostanam fikringga qo‘shilaman)
IM(H)O — in my (humble) opinion ((kamtarona) fikrimcha)
ICYMI — in case you missed it (agar bilme/eshitme qolgan bo‘lsez)
POV — point of view (nuqtai nazar)
LTNS — long time no see (ko‘rishmaganimizgayam ancha bo‘pti)
NVM — never mind (hechqisi yo‘q / yo, e’tibor berma, hech nima)
OMW — on my way (yo‘ldaman)
Siz yana qanaqa qisqartmalarni bilasiz, izohlarda yozila!
✅@TeacherAzam | 10 570 |
| 8 | No text... | 12 689 |
| 9 | Vo, mana, mana…
MIT Media Lab’da tadqiqot qilishibdi. Aniqlashlaricha, 4 oy ChatGPT ishlatib yurgan foydalanuvchilarda miya faoliyati 55%gacha pasayib ketgan. (Bilardim, lekin isbotlolme yurgandim)
Tadqiqot ishtirokchilarini esse yozish uchun 3 guruhga boʻlishgan: ChatGPT foydalanuvchilari, Google foydalanuvchilari va hech narsadan foydalanmasdan esse yozadigan ishtirokchilar. Lekin hozir bu tadqiqot natijalari “peer review”dan oʻtyapti ekan. Uniyam nashr qilishsa, javobini aytaman.
Boshqa tarafdan, ChatGPT ishlatganlarni 10%i qolganlardan koʻra yaxshiroq va aniqroq natija koʻrsatgan, chunki ular SIdan esse yozib ber, deb soʻramagan, balki ular maʼlumotlarni analiz qilib, oʻzlari esse yozishgan.
Endi, man oʻzimni fikrimni aytmoqchiman. SIdan foydalanish yomonmas, foydalaning, lekin oʻylab foydalanish kerak. Ishlatishdan oldin oʻzizga “Foydalanish kerakmi?”, deb savol bermang, “Qachon foydalanishim kerak?”, deb savol bering.
Maqola
Toʻliq tadqiqot
✅@TeacherAzam | 13 734 |
| 10 | 🔴21-SON | HAFTA TAHLILI
Bu hafta dunyoda va O‘zbekistonda nimalar bo‘ldi? Qaysi voqealar shunchaki yangilik, qaysilari esa jamiyatimiz haqida jiddiy savollar tug‘diradi?
21-sonda:
— Trans ayollar sporti atrofidagi bahslar
— “Pomidorlar jangi” festivali va uning ortidagi qiziq voqealar
— O‘zbekistondagi muhim ijtimoiy voqealar
— Dunyo yangiliklari
— Va e’tibordan chetda qolgan boshqa muhim mavzular haqida gaplashamiz.
Biz yangiliklarni shunchaki sanab o‘tmaymiz. Voqealar ortidagi sabablar, qarama-qarshiliklar va jamiyatga ta’sirini tahlil qilamiz.
🎙 Hafta Tahlili — haftaning eng muhim voqealariga boshqa nigoh.
⛓Videoni tomosha qiling: https://youtu.be/JzQ8aBnQ9n4
Sizningcha, bu haftaning eng muhim voqeasi qaysi bo‘ldi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.
✅@TeacherAzam | 11 627 |
| 11 | 🚸 Atigi 4 ta oddiy qoida farzandingiz hayotini saqlab qolishi mumkin.
Har yili yo‘llarda yuzlab bolalar hayotdan ko‘z yumadi. O‘quv yili boshlanishi bilan esa bolalar yo‘llarda yanada ko‘proq bo‘lishadi.
Shuning uchun biz o‘z oldimizga bir maqsad qo‘ydik: yil oxirigacha 100 bolaning hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shish.
Buning uchun esa hammamiz qila oladigan juda oddiy narsa bor — bolalarga yo‘lni xavfsiz kesib o‘tishning 4 ta qoidasini o‘rgatish.
Videoni bolangiz bilan birga ko‘ring. Bu qoidalarni unga tushuntiring. Va eng muhimi, videoni boshqalarga ham ulashing.
Ota-onangizga, farzandlaringizga, do‘stlaringizga, o‘qituvchilarga yuboring.
Balki aynan sizning ulashishingiz bir bolaning hayotini saqlab qolar.
🎯 Maqsadimiz — 100 ta hayot. Birgalikda uddalaymiz. ❤️
✅@TeacherAzam | 14 019 |
| 12 | Video message | 11 781 |
| 13 | ❗️❗️❗️ Oʻta muhim gap bor, eshitishilar kerak boʻlgan.
Nima gapligini kechroq aytaman!
✅@TeacherAzam | 13 309 |
| 14 | “O‘rtancha farzand sindromi” oʻzi bormi?
Meni koʻpdan beri shu savol oʻylantiradi. Instagram’da video koʻrib tursam, shunaqa “middle child” har doim eʼtiborsiz qoldiriladi, degan narsani koʻraman. Bu oʻzi rostmi yo uydirmami, deb izlanib ko‘rdim.
Qisqa javob: Bu isbotlanmagan ekan.
Lekin degan joyi bor: tadqiqotlar bu hodisani inkor ham etmagan. Ekspertlar fikriga ko‘ra, birinchi farzand ota-onaning eng ko‘p farzandi uchun ajratsa bo‘ladigan vaqtda dunyoga keladi (o‘zi bu fikrni ekspert aytgan bo‘lishi ham shart emas). Kenja farzand esa ota-onaning eng tajribali va moliyaviy barqaror paytida dunyoga keladi. O‘rtancha farzand esa, shu ikki vaqtning o‘rtasida dunyoga kelganligi sababli, ota-onasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazmasligi va shuni ketidan “unutilishi” mumkin ekan.
Lekin, olimlarni gapi har doim ham bir joydan chiqmagan. Qancha qancha mashhurlar, masalan, malika Diana, Bill Geyts, AQSh prezidenti Linkoln, Jennifer Lopez kabilar ham o‘rtancha bo‘lishgan va ko‘rib turibsiz, hech kimdan kam bo‘lgani yo‘q. Aksincha, hozir oilada eng sevimli farzand bo‘lsa kerak)
Men bunga javobni sizdan eshitmoqchiman. Oʻrtancha farzandlar, oʻzilar yozib ketinglar)
✅@TeacherAzam | 14 873 |
| 15 | “Jensen, bro, 1 minutga…”
Nvidia bosh direktori Jensen Huang kompaniyaning umumiy yig‘ilishida xodimlar oldida nutq so‘zlayotgan edi. Shu payt AQSh prezidenti Donald Tramp unga qo‘ng‘iroq qildi.
Huang yig‘ilishni qisqa muddatga to‘xtatib, qo‘ng‘iroqqa javob berdi. Eng qizig‘i, uning mikrofoni yoqilgan edi — shu sababli xodimlar Trampning ovozini ham eshitishgan.
Qo‘ng‘iroq bir daqiqaga ham yetmagan va Huang yana nutqini davom ettirgan.
Endi qiziq joyini aytaman. Kecha Nvidia’ni choraklik daromadi $96 milliardga yetgandi. Kompaniya bir yil ichida 106% ga oshgani e’lon qilgandi.
Qarang, birpasda buyoqda Tramp telefon qilib turibdi-ku.
✅@TeacherAzam | 14 548 |
| 16 | Taʼmlar jangi
Kaminai kamtarin — Aʼzam Qahramoniy YouTube’dagi ushbu koʻrsatuvda boshlovchilik qildim.
Taom tayyor boʻlguncha yaxshi hazillar boʻldi. Qiziq-qiziq mavzularda gaplashdik.
Oʻzilar koʻrib, baho berilar endi…
https://www.youtube.com/watch?v=kki3wj4VwiM
✅@TeacherAzam | 14 439 |
| 17 | 👨🏻🏫Teacher A'zam necha pul ishlab topadi?
🎞Video davomida:
• A'zam bilan ilk tanishuvmiz
• Amerika safari
• AQSH politsiyasi bizni so‘roq qilgani
• Tungi klubda bo‘lgan aqlga sig‘mas voqea
• Teacher A'zamning daromadi
👇 To‘liq ko‘rsatuvni "PulNews" YouTube kanalida tomosha qiling:
https://www.youtube.com/watch?v=F1syc0fmlv4 | 12 720 |
| 18 | Sizga daholik kimdan meros?
1. Intellekt otadan o‘g‘ilga o‘tmaydi.
Agar erkak kishi daho boʻlsa, bu uning oʻgʻli ham 100% daho boʻladi, degani emas. Aksincha, erkak qobiliyatsiz boʻlsa, uning oʻgʻli ham qobiliyatsiz boʻladi, degani emas (bu bilan sizni tabriklaymiz).
2. Intellekt otadan faqat qizga o‘tishi mumkin.
Lekin faqatgina yarim qismigina o‘tadi, xolos. Masalan, sizning IQingiz 90 boʻlsa, qizingiz shuning 50%ini oladi. Agar siz ahmoq boʻlsangiz, qizingiz sizga qaraganda “yarim-ahmoq” boʻladi.
3. Intellektni erkak faqat o‘z onasidan meros qilib olishi mumkin.
Ona esa o‘z navbatida otasidan meros qilib olgan bo‘ladi (Onalar endi bu haqida bemalol maqtanishi mumkin).
Shuning uchun ham 100% ahmoq ayollar boʻlmagani kabi, 100% dohiy ayollar ham deyarli yoʻq. Ammo, daho yoki ahmoq erkaklar juda koʻp. Shu yerdan omadsiz alkashlar yoki milliarderlar, yolgʻiz onalar avlodlari yoxud Nobel mukofoti laureatlari yetishib chiqadi.
💁♂Erkaklar uchun:
1. O‘g‘lingizning aqliy qobiliyatlarini taxmin qilishingiz uchun, qaynotangizga qarang. Agar u akademik bo‘lsa, o‘g‘lingiz ham aqlli bo‘ladi.
2. Sizning qizingiz aqlingizning yarmini oladi. Ammo sizning ahmoqligingizni ham yarmini oladi. Intellekt tarafdan u sizga yaqinroq bo‘ladi. Uning o‘g‘li sizning barcha aqliy qobiliyatlaringizni oladi. Aqlli avlod istasangiz, qiz farzand orzu qiling.
3. Sizning aqliy qobiliyatlaringiz onangizdan, aniqrog‘i bobongizdan o‘tgan.
💁♀Ayollar uchun:
1. O‘g‘lingiz aql tarafdan otangizning nusxasidir, shuning uchun uni “Sen otang kabi ahmoqsan”, deb haqorat qilishingiz umuman to‘g‘ri emas.
2. Qizingizning tarbiyasi sizniki kabi bo‘ladi, lekin aqli bo‘yicha otasiga tortadi. Uning o‘g‘illari esa sizning eringizning aqliy nusxalari bo‘ladi.
Bu, albatta, genetika. Baribir, kunni oxirida, farzandlaringiz siz bergan taʼlim-tarbiyadan saboq oladi. Hammasi oʻzingizga bogʻliq boʻlib qolaveradi.
✅@TeacherAzam | 15 712 |
| 19 | 🤫 | 12 221 |
| 20 | Iye-iye, anaaaa...
@kunduziy | 11 940 |
