189
Subscribers
-124 hours
-27 days
-1430 days
Posts Archive
189
Shaytoniylar ko'chasida qoldi qismatim..
Qabixlarim yuragimni qildilar pora,
Do'stlarim ezishdi qadr-qimmatim.
Siz meni duolar qiling jon Ona...
Kulfatlar ayamay boshimda sinsa
Yordam berolmasa menga hech kimsa,
Yuragim ovozi shu onda tinsa
Siz meni duolar qiling jon Ota...
Ko'klarga ucharman ko'p o'tmay fursat.
Allohim ungacha to'g'ri yo'l ko'rsat..
Ruhim sezmoqdakiy, yaqinda nusrat
Meni duo qiling Ota, jon Ona...
189
Arzimas sabablar, yana men aybdor,
Bahona qidirib, ayblab tolmading.
Nega endi ortga qaytishing so'ray?
Senga ket demadim, o'zing qolmading...
O'zimda borini, hammasin berdim,
Muhabbat qasrini qura olmading,
Men yana qayt desam adolatdanmi?
Senga ket demadim, o'zing qolmading...
Davom et, barchasi siz sababli deb,
Vijdoningga bir bor quloq solmading.
Kuning o'tsin endi pushaymonlar yeb,
Senga ket demadim o'zing qolmading...
