792
Subscribers
No data24 hours
-27 days
+430 days
Posts Archive
Repost from UzGeeks Community
Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da Python kuni!
📆 24-avgust, shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida "UzGeeks August2024 Python Day Meetup" bo'lib o'tadi.
📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:
1️⃣ "Queue va stack pythonda qanday ishlaydi?" - Xojarbu Xaitmetova (Software Engineer, Epam)
2️⃣ "CPython qanday ishlaydi?" - Bobosher Musurmonov (Senior Software Engineer, Epam)
3️⃣ "Odoo bilan birga yuksalamiz! Low Code, No Code..." - Erkin Isoyev (UIC Group, Aurora+)
4️⃣ "Python da sun’iy intellekt bilan ishlash" -
Ayubxon Ibrohimzoda (Python backend o'qituvchi, Ustudy IT Akademiya)
🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida)
Hamkorlar:
O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
Thinkland
🌐 UzGeeks.uz
Qaysi usulni tanlash kerak?
🔸 1-usul(soket orqali):
Bu konfiguratsiyada Gunicorn Unix domain soket orqali (myproject.sock) bog'lanadi. Unix domain soket – bu fayl tizimida joylashgan soket fayli bo‘lib, u server va mijoz o‘rtasida mahalliy tarmoq orqali emas, balki fayl tizimi orqali aloqa o‘rnatish imkonini beradi. Bunday konfiguratsiyada odatda Gunicorn'ni Nginx bilan birgalikda ishlatish tavsiya etiladi. Nginx soketga bog'lanib, HTTP so'rovlarini Gunicorn'ga yuboradi.
🔸 2-usul(port orqali):
Ushbu konfiguratsiyada Gunicorn HTTP protokoli orqali ishlaydi va 5003-portda (IP manzili 0.0.0.0, ya'ni barcha interfeyslarda) bog'lanadi. Bu degani, tashqi so'rovlar to'g'ridan-to'g'ri Gunicorn serveriga keladi va ushbu port orqali qayta ishlanadi.
🔸 Farqlar:
1-usul(soket orqali): Gunicorn Unix domain soket orqali ishlaydi, bu ichki aloqa uchun mo'ljallangan va odatda Nginx yoki boshqa teskari proksi bilan birgalikda ishlatiladi.
2-usul(port orqali): Gunicorn to'g'ridan-to'g'ri HTTP portda ishlaydi, bu tashqi so'rovlarni qabul qilish uchun mos.
🔸 Xulosa:
- Agar siz Gunicorn'ni Nginx bilan ishlatmoqchi bo'lsangiz, 1-usul(soket orqali) mos keladi.
- Agar siz Gunicorn'ni mustaqil ishlatmoqchi bo'lsangiz, 2-usul(port orqali) mos keladi.
@murodalidev

🎚 Xulosa:
- Agar siz Gunicorn'ni Nginx bilan ishlatmoqchi bo'lsangiz, 1-usul(soket orqali) eng to'g'ri tanlov bo'ladi.
- Agar siz Gunicorn'ni mustaqil ishlatmoqchi bo'lsangiz, 2-usul(port orqali) mos keladi.
@murodalidev
Qaysi usulni tanlash kerak?
🎚️ 1-usul(soket orqali):
Bu konfiguratsiyada Gunicorn Unix domain soket orqali (myproject.sock) bog'lanadi. Unix domain soket – bu fayl tizimida joylashgan soket fayli bo‘lib, u server va mijoz o‘rtasida mahalliy tarmoq orqali emas, balki fayl tizimi orqali aloqa o‘rnatish imkonini beradi. Bunday konfiguratsiyada odatda Gunicorn'ni Nginx bilan birgalikda ishlatish tavsiya etiladi. Nginx soketga bog'lanib, HTTP so'rovlarini Gunicorn'ga yuboradi.
🎚️ 2-usul(port orqali):
Ushbu konfiguratsiyada Gunicorn HTTP protokoli orqali ishlaydi va 5003-portda (IP manzili 0.0.0.0, ya'ni barcha interfeyslarda) bog'lanadi. Bu degani, tashqi so'rovlar to'g'ridan-to'g'ri Gunicorn serveriga keladi va ushbu port orqali qayta ishlanadi.
🎚️ Farqlar:
1-usul(soket orqali): Gunicorn Unix domain soket orqali ishlaydi, bu ichki aloqa uchun mo'ljallangan va odatda Nginx yoki boshqa teskari proksi bilan birgalikda ishlatiladi.
2-usul(port orqali): Gunicorn to'g'ridan-to'g'ri HTTP portda ishlaydi, bu tashqi so'rovlarni qabul qilish uchun mos.
🎚️ Xulosa:
- Agar siz Gunicorn'ni Nginx bilan ishlatmoqchi bo'lsangiz, 1-usul(soket orqali) eng to'g'ri tanlov bo'ladi.
- Agar siz Gunicorn'ni mustaqil ishlatmoqchi bo'lsangiz, 2-usul(port orqali) mos keladi.
@murodalidev
Hali kodingizda
classmethod ishlatmagan bo'lsangiz o'zingizni middle developer deb tanishtirmang ))
@murodalidevFikringiz qiziq!
Tasavvur qiling ichma-ich serializerlaringiz bor, bunday vaziyatda qanday
view yozasizlar, POST va GET methodlar uchun alohida serializer qilibmi, yoki bitta serializerdami?
Aynan nima uchun shu usuldan foydalanishingizga izoh ham keltiring(kodlar bilan albatta).
#ETIBORSIZ_QOLDIRMANG #SHOK #TEZKOR
@murodalidevMagstraturani yaxshi o'qisangiz bunday xatoliklarni qilmayiz 🤣🤣
🫴 https://magistr.edu.uz/api/universities/
@murodalidev
Agar ishga kirish uchun interviewda task berishsa(proyektning bir qismini bajarish, odatda bir necha soat yoki kun vaqt ketadi) uni bajarmasligingizni va bu korxonada ishlash fikridan qaytganingizni darhol ayting.
Yuqoridagi fikrlar mani shaxsiy fikrim, siz bunday vaziyatga qanday qaraysiz, izohlarda fikringizni qoldirishingiz mumkin.
@murodalidev
Junior bachalar....
havola: https://sarlavha.com/posts/songi-yoki-songgi
@murodalidev
Stack - ma'lumot tuzilmasi kompyuter fanida ma'lumotlarni saqlash va boshqarishning oddiy va samarali usulidir. Stack, aslida, LIFO (Last In, First Out) prinsipiga asoslangan, ya'ni oxirgi qo'shilgan element birinchi chiqariladi.
Stack Ma'lumot Tuzilmasining Asosiy Xususiyatlari:
🔸 Push: Stack ga yangi element qo'shish operatsiyasi. Element stackning yuqori qismiga qo'shiladi.
🔸 Pop: Stackdan yuqori elementni olib tashlash va qaytarish operatsiyasi. Stackning yuqori qismidagi element olib tashlanadi.
🔸 Peek: Stackning yuqori qismidagi elementni ko'rish (lekin uni olib tashlamasdan). Bu operatsiya stackning yuqori elementini qaytaradi, ammo stackni o'zgartirmaydi.
🔸 Is Empty: Stackning bo'sh yoki bo'sh emasligini tekshiradi. Agar stackda hech qanday element bo'lmasa, bu metod True, aks holda False qaytaradi.
Stackning Foydalanish Joylari:
🔸 Funksional chaqiruvlarni boshqarish: Stacklar dasturlash tillarida funktsiyalar yoki metodlarning chaqiruvlarini boshqarishda ishlatiladi. Har bir chaqiruv stackga qo'shiladi va tugatish stackdan olib tashlanadi.
🔸 Vazifalarni orqaga qaytarish: Stacklar undo/redo funksiyalarida ishlatiladi, masalan, matn muharrirlarida yoki grafik dasturlarda.
🔸 Matematik ifodalarni baholash: Stacklar matematik ifodalarni baholashda va in-order, post-order, pre-order qidiruv algoritmlarida ishlatiladi.
🔸 Qaytarish algoritmlari: Stacklar qaytarish algoritmlarida, masalan, labirentni yechishda va boshqa muammolarni yechishda ishlatiladi.
@murodalidev
Linked List - Bog'langan ro'yhat
Python dasturlash tilida Linked-list yuqoridagi rasmdagidek tuziladi.
Tuzilishi:
1.
Node (Tugun): Har bir node ikki qismini o'z ichiga oladi: val (qiymat) qismi va keyingi tugunga ishora qiluvchi next qismi.
- val: Tugunda saqlanadigan qiymat.
- next: Keyingi tugunga ishora qiluvchi manzil.
2. head (Boshlang'ich tugun): Linkd list'ning birinchi tuguni. Ro'yxatdagi boshqa tugunlarga bu tugun orqali kirish mumkin.
Afzalliklari:
- Dinamik o'lcham: Linked list'lar o'zgaruvchan o'lchamga ega bo'lib, kerak bo'lganda yangi tugunlar qo'shilishi yoki olib tashlanishi mumkin.
- Tezkor kiritish/o'chirish: Ma'lumotlar kiritish va o'chirish operatsiyalari (node qo'shish yoki o'chirish) oddiy ro'yxatlarga nisbatan tezroq amalga oshiriladi, chunki elementlarni siljitish kerak emas.
Kamchiliklari:
- Qo'shimcha xotira: Har bir tugun qo'shimcha pointer saqlashni talab qiladi, bu esa xotira sarfini oshiradi.
- Tasodifiy kirish imkoni yo'q: Bog'langan ro'yxatlarda elementlarga tasodifiy kirish imkoniyati yo'q, chunki har bir elementga kirish uchun ro'yxatni boshidan oxirigacha ko'rib chiqish kerak bo'ladi.
Complexity (Murakkabligi):
- Istalgan indeksdagi elementini o'qish: O(n)
- Yangi element qo'shish: O(n)
- Elementni o'chirish: O(n)Repost from Jakhongir Rakhmonov - IT
Nega men yalqovman? Nega ishlarimni vaqtida qila olmayman?
Hayotingizni o’yin deb tassavvur qiling. Bu o’yinning maqsadi shokolad yig’ish. Shokolad yig’ish uchun sizga 100ta kuch berilgan. Bu kuchlarni siz qandaydir ishlarni bajarishga ishlatishingiz mumkin. Shu ishlarni bajarsangiz sizga shokolad beriladi.
Masalan, 5ta kuch ishlatib kitob o’qisangiz sizga shokolad beriladi. 10ta kuch ishlatib o’zingizni ustingizda ishlasangiz sizga shokolad beriladi. 1ta kuch ishlatib YouTube ko’rsangiz sizga shokolad beriladi. 0.5ta kuch ishlatib Instagramda o’tirsangiz sizga shokolad beriladi.
Natijada nima qilasiz? Ozroq kuch talab qiladigan ishlarni bajaraverasiz, shokolad yi’gaverasiz. Shokolad ko’payaveradi. Kuchingiz kamayaveradi.
Lekin bu o’yinda yashirin bir qonun bor. Shokoladlar ikki xil bo’lishi mumkin. Bir turdagi shokoladlar sizga hech nima bermaydi. Bir marta yeysiz, mazani qilasiz va bo’ldi. Ikkinchi turdagi shokoladlar esa sizga o’zi talab qilgan kuchdan 2, 3, 4 barobar kuch qaytarib berishi mumkin.
YouTube, Instagram kabi ishlar sizga foydasiz shokoladlar beradi. Ko’proq kuch talab qiladigan kitoblar, o’zingizni ustingizda ishlashingiz esa kuchingizni ko’proq qilib qaytarib beradigan shokoladlar beradi.
Siz esa shokolad yegingiz kelib oson ishlarni qilishda davom etasiz. Natijada qiyin lekin foydali ishlarga kuch qolmaydi. Bor kuchingiz kundan kunga kamayib ketaveradi. Kundan kunga yalqovlashib boraverasiz.
Hayotda ham huddi shunday qonun bor. Faqat shokolad o’rniga sizning miyyangiz “Dopamine” gormonini hohlaydi. Buni siz tezda qoniqtirish uchun YouTube ko’rasiz, Instagramda o’tirasiz, 18+ filmlar ko’rasiz. Oz muddatga tinchlanasiz. Chunki olgan dopamingizning kuchi sizga hech nima bermaydida. Nosni kaypidek kayp holos. Qiyinroq lekin foydaliroq ish qilganingizda natija boshqacharoq bo’lgan bo’lar edi.
Siz esa arzon va tez “dopamine” yig’ishda davom etasiz. Natijada qiyin lekin foydali ishlarga kuch qolmaydi. Bor kuchingiz kundan kunga kamayib ketaveradi. Kundan kunga yalqovlashib boraverasiz.
@jakhonrakhmonov