cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Mushtariy Abdullayeva/Psixolog

"Bizni to'g'ri yo'lga hidoyat qilgin. O'zing ne'mat berganlarning yo'liga. G'azabga qolganlarnikiga ham emas, adashganlarnikiga ham emas". (1:5-7) Murojaat (faqat ayollar) uchun: 👉 @MushtariyA Erkaklar uchun: @psixologAbdullayev

Show more
Advertising posts
613
Subscribers
-224 hours
-67 days
-4230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Ertakmi yoki multfilm? Qisqacha ertakni foydasini aytsam. Masalan, multfilmda turna obrazi tayyor chizilgan bo'ladi rangi, ko'rinishi va bola buni qabul qiladi. Ammo ertakdagi turnani bolani o'zi tasavvur qiladi. U qanaqa bo'lishidan qat'iy nazar bolada tasavvur shakllanib boradi, tasavvurni ishlatadi. O'zicha tafakkur qiladi. Shuning uchun ham 5 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun ertak ayni muddao. Hozirgi onalar oldida ikki barobar mas'uliyat kuchli bo'lishi shart. Chunki avvallari televizor, telefonlar bunchalik ommalashmagan hozir esa ozgina e'tiborsizlik tufayli katta muammolarga eshigi ochiladi. Meni ham ona sifatidagi asosiy tashvishim shu bo'lib qolgan, ya'ni bolani televizor va telefonga bog'lanib qolishini oldini olish. Tajribamdan aytsam, qish kunlari o'g'lim televizor ko'rishga o'rganib qoldi va Youtubeda ertak eshitishga sekin o'rgatdim. Mana shu ertaklar bizga juda yoqdi. Professional yondashilgan, o'z ishini ustalari mehnat qilishgan. Alloh rozi bo'lsin. Bu mavzuda yana post qilish niyatim bor...
Show all...
👍 4 2🥰 1
Photo unavailableShow in Telegram
Har qalay motiv va ehtiyojlar haqidagi nazariyalar foyda berar ekan!😄
Show all...
😁 6🥰 1
Photo unavailableShow in Telegram
Bu kreativlikmi yoki ahmoqlik? Kashfiyotchilarda aynan kreativ fikrlash kuchli rivojlangan bo'ladi. Kichik yoshdagi bolalarda ham bu xususiyat yaxshi rivojlanadi afsuski ba'zan kattalar tomonidan salbiy qabul qilinadi. Kichik yoshli farzandingizni siz ahmoqona deb o'ylagan xatti harakatlari bu kreativlikdir, faqat bu yoshga xos bo'lgani uchun ularda nisbatan soddaroq bo'ladi. Masalan, ovqatni 2ta qoshiq bilan yeyish, 2 ta oyoq kiyimni poyma-poy kiyish, kalitlarni muzlatgichda turishini xohlash va hokazo. Kreativlik o'z o'zidan shakllanmaydi. Bolangiz boshqalardan o'zgacha fikrlashini qabul qilsangiz bo'ldi. Bechora Edison lampochkani yaratguncha boshidan nimalar o'tgan?! U ham hamma kabi bir xil fikrlaganda kashfiyot qilolmas edi. Bola kashfiyotchi bo'lishi shart emas lekin unda muammolarga yechim topishda yoki murakkabliklarni osonlashitirishda kreativlik muhim ahamiyatga ega. Farzandingiz ahmoq emasligiga ishonchingiz komil bo'lsa, uni ijodiy fikrlashini qo'llab quvvatlang!
Show all...
👏 8 5🥰 1😢 1
Photo unavailableShow in Telegram
Konsultatsiya xonasidagi eng muhim narsa. Aksariyat ayollar hayotiy qiyinchiliklarda doim ko'z yoshlarini tiyib, ichiga yutishadi. Psixolog bilan bo'lgan suhbatda bir necha yillik ko'z yoshlar otilib chiqadi. Albatta ushbu narsadan foydalanishlari quvonarli holat emas. Lekin hursand bo'ladigan tomoni ular ancha yengil bo'lishadi. Buni his qilib turganim uchun ham ularni shoshirmayman...
Show all...
😢 9👍 3🥰 3😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ayol: Siz ikkingiz do'stmisizlar? Psixologlar: Yo'q Astrologiya: Ha Izoh: Rosdan ham psixologiya fani numeralogiya va munajjimlar bashorati kabilarni tan olmaydi. Lekin numerolog va boshqalar o'zlarini psixolog deb atashadi.
Show all...
👍 3 2😁 2
Тошкент. +37C ☀️ Болалигимизда эслайман, катталар жазирамада иссиқ чой, иссиқ ҳам гапми, қайноқ чой ичишса кўзимиз чиқиб кетарди. Биз кўчадан ўйнаб келиб водопроводдан муздек сув ёки банкага қилинган совуқ чой ичардик ва бу қайноқ чой хўриллатиб ичишлар бизга садомазохизм бўлиб кўринарди. Йиллар ўтиб мана энди ўзимиз ёзни чилласидаям қайноқ чой ичадиган бўлдик. Ва энди тушундик нега катталар бундай қилишларини. Одам организми ҳарорати 36,6 у ва агар муздек ичимлик ичсангиз, организм музламаслик ва ошқозон ичак тракти шамолламаслиги учун учун бутун кучини ишга солади ва ичингизга тушган муздек ичимликни ҳароратини мўътадиллаштиради. Қарабсизки сиз яна исиб кетаверасиз. Агар иссиқ чой ичилса, организм уни совутишга ҳаракат қилади, чунки ички ҳарорати ошиб кетади. Ҳуллас бир терлаб олиб кейин совуш жараёни кетади. Кийимда ҳам шу ҳолат, қанча танани беркитиб турувчи табиий матодан ва очиқ рангли кийим кийилса, шунча исиб кетиш, ҳамда ультрафиолет нурларининг зарарли нурларидан ҳимоялайди. Қора кийим балки озғин кўрсатар кимлар учун, лек у қуёшдан келадиган 100% нурни 90-95% ўзига қабул қилиб қолганини қайтаради. Ўшанчун қора нарса баҳор-ёзда энг номутаносиб ранг ҳисобланади. Оқ рангли эса аксинча, 90% нур қайтаради. Чойдан иссиқ-иссиқ ичинглар 🫖 @byAqidaHanum https://t.me/DrGavharDarvish
Show all...
Dr. Gavhar Darvish (PhD, psixiatr, psixoterapevt, narkolog)

1️⃣20 йиллик тажрибали шифокор, PhD. 2️⃣ 20 мингдан ортиқ тузалган беморлар 3️⃣”Психо” - (руҳият, қалб), “терапия” - даволаш. Руҳият, қалб табиби.

👍 4👏 2 1🤩 1
Photo unavailableShow in Telegram
Kamdan kam bo'lsada, ish faoliyatimizda shunaqa mijozlarni uchratib turamiz. Ular muammo yo'q joydan muammo "yasab" oladilar.
Show all...
😁 9👍 7👏 1
Litseyda o'qigan paytlarimda Astronomiya fanidan juda bilimli hamda zamonaviy o'qituvchi dars o'tar edilar. Ularni quyidagi gaplari xotiramda qolib ketgan: "Insonga unutish hissi berilgan, bo'lmasa u Falakiyotni ishlariga aralashishni boshlaydi. Masalan, agar inson ota-bobosini qilgan ishlarini eslab qoladigan bo'lsa, ota-bobosining ham ota-bobosini qilgan ishlarini aytib berishganda xotirasida saqlab qolsa, Falakiyotni ishiga aralashishni boshlaydi. U nega unaqa bo'ldi? Bunda nega unaqa emas? Nega unda bori, bunda yo'q" kabi. Hozirgi trendga juda mos gap bo'lgan ekan. Nima uchunligini tushuntirsam: Bir patsientim aytishlari bo'yicha psixogenetikani "qurboni" bo'libdilar. Avval onani ayblash hayolga kelmagan, psixogenetiklar "Onang shunaqa qilgani uchun hozir senda shu narsalar sodir bo'layapti" deb qayta-qayta miyaga singdirgani oqibatida, onasida "ayb"larni ko'ra boshlagan va aniqki, munosabatlar yomonlashgan. Endi ruxsatinglar bilan yana mantiqqa murojaat qilsam, biz komil inson bo'lishimiz uchun ajdodlarimizni qilgan xatolarini bilish shunchalik muhim bo'lganda Yaratganni O'zi insonni miyasini shunaqa dasturlashtirgan bo'lmasmidi? Ya'ni yetti avlodimizni butun hayotiyu, gunohlarini xotiramizda joylashtirmasmidi... Vaholanki, bizda mavjud xotira bunga qodir. LEKIN Yaratgan bunday qilmadi. Demak, bizga ajdodlarimizning xatolarini bilish u qadar muhim emas! Teskarilikni qarangda, Odamlar vafot etib ketgan yaqinlarini xatosini eslatganga nasixat qilish o'rniga, ularning gaplariga ishonib ketishyapti. Kamiga borini sotib ana shu xizmatga pul ham to'lashmoqda.
Show all...
😢 7👍 5👏 2
Men tanlagan yo'l Bu yo'lni ko'p tanqid qilishadi: "Kasallar bilan ishlab nima qilasan, yosh narsa?", "Kasallarda og'ir energiya bo'ladi", "Birovni yukini olish sog'lig'ingga zarar", "Bittasi shunaqa ishlab o'zi "nervinniy" kasal bo'lib qolibdi''... Ularni gapida jon bor. Ammo o'ylab ko'ring! -Bizni kun-u tun qo'riqlash uchun qahraton sovuqda yoki jazirama yozda chegarada turgan askarlar -Jinoyatchilarga qarshi kurashayotgan ichki ishlar xodimlari - Yuqumli kasalliklar shifoxonalaridagi qancha hamshirayu, shifokorlar - Nevrologiya yoki psixiatriyaga ixtisoslashgan shifoxonalar xodimlari, hammasi kasallik yuqib qolishi, sovuq urib ketishi, ruhiy kasallarni "yomon" energiyasidan qochib, o'zini salomatligini hamma narsadan ustun qo'ysada, kasblaridan voz kechishsa, jamiyat qay ahvolga keladi? Bunday jamiyatda sog'lom bo'lishni ahamiyati ham qolmasa kerak.
Show all...
👍 22😢 3🎉 2
Noma'lum soha vakillari (Matn ko'payib ketdi. Vaqti kamlar o'qimasin!) Bizda noma'lum soha vakillari paydo bo'lgan. Ular 18+ kurslar taklif qilishmoqda. Kursida o'qisangiz, turli xil praktikalarni berishar ekan va shu orqali turmush o'rtog'ingiz sizdan ketolmay qolarmush. Ya'ni yurib ketmaydi va ketsa ham qaytib keladi. Holatni bittalab tahlil qilsak: -Kursda tarbiyasiz, suyuq ayollar ham o'qisachi, buni qanday ajrata olardi. Ular ana shu praktikalarni boshqalarni erlarini ilintirish yo'lida foydalanmaydimi? Mantiqsizlikka tushundingiz-a? -Yana bir xavfli tomoni shunaqa guruhlarni ko'pchiligini o'smirlar tashkil qilishi. Pornografiyaga qaram bo'lgan o'smirlar juda ko'p. Bu ma'lumotlarni bitta eshitar yoki ko'rar keyin qaramlik boshlanadi va kuchayib boraveradi. Buni olimlar allaqachon isbotlagan. Qaram o'smir kelajagini qanday quradi? -Ular ochgan mavzu 45K miqyosidagi odamlar bilan muhokama qilinadigan mavzu emasda endi. Bir Ustozimizni gaplari bor edi. Insonni jismoniy ehtiyojlarini qondirish bu instinktiv bo'ladi. Ya'ni tug'ilganidan unda shunaqa qobilyat bo'ladi. Masalan, chaqaloqqa hech kim sutni qanday ichishni o'rgatmaydi. O'zi instinktiv bajarib ketaveradi. Bunaqa narsalarni o'rgatish ham shart emas. Ular ochgan mavzu ham shular qatoriga kiradi. Agar muammo bo'lsa yechimi shifokorda. -Yana bir narsaga e'tibor qaratsak, bunday kurslarning asosiy shaydolari erlari "yurgich" ayollar bo'ladi. Endi erkakni "yurgich" bo'lishini 2xil sababi bor. 1)nafsi buzuqlik 2) kasallik. Davosi ham shunga ko'ra bo'ladi. Nafsi buzuq erkakka sizni praktikalaringiz vaqtinchalik ta'sir qiladi. Kasallikni esa shifokor davolaydi. Oxiri nima bo'ladi? Ho'p mayli o'sha kurslarda qayta-qayta o'qidi, yangi praktikalarni ham o'rgandi, vaqtini, energiyasini, pulini sarflab hammasini bilib oldi. Umr shunaqa o'tib ketsachi, buyoqda farzandlar, ularni ta'lim tarbiyasi nima bo'ladi? Bunday o'tkazilgam umr kim uchun bo'lib qoladi? Kim rahmat aytadi?
Show all...
13👏 11👍 9😢 4
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.