Amaliy matematika va Intellektual texnologiyalar
Open in Telegram
O'zbekiston Milliy Universiteti Amaliy matematika va Intellektual texnologiyalar fakulteti. Barcha ma'lumotlar uchun: @uzmu_amit_bot Taklif va shikoyatlar uchun: @uzmu_amit_bot
Show more3 118
Subscribers
+1724 hours
+1867 days
+49030 days
Posts Archive
Assalomu alaykum hurmatli 1-bosqich talabalari!
Universitet hayotiga endigina qadam qo‘ygan har bir talaba uchun universitet rahbariyati, fakultet rahbariyati hamda ta’lim jarayoniga mas’ul bo‘lgan rahbarlarni yaqindan tanish muhim ahamiyatga ega.
Keyingi postlarda rahbariyat a’zolari haqida batafsil ma’lumot berib boriladi.
⏺Biz shu yerdamiz:
🕊Telegram 🌐Instagram
Repost from O'zMU | Rasmiy kanal
Talabalikka qabul qilingan abituriyentlar universitetga qanday hujjatlarni topshirishi kerak?🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari safiga qabul qilingan (o‘qishini ko‘chirib kelgan, qayta tiklaganlardan tashqari) 1-kurs (bakalavriat va magistratura) talabalari fakultet dekanatlariga quyidagi shaxsiy yig‘ma jild hujjatlarini topshirishi kerak: Bakalavriat 👇 ⏺Rektor nomiga ariza ⏺Pasport yoki ID-karta nusxasi ⏺Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi ⏺Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar imtiyoz beruvchi hujjatning tasdiqlangan (nogironlik to‘g‘risida ma’lumotnoma, to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar, yetim bolalar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar va ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi shaxslar ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni, tegishli vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan tavsiyanomalar va boshqa imtiyozga egaligini tasdiqlovchi hujjatlar) nusxasi ⏺3,5x4,5 foto ⏺Konvert A5 formatida ⏺Akademik mobillik bo‘yicha hujjatlar (agar mavjud bo‘lsa) ⏺Javoblar varaqasi (DTM) ⏺Talaba shaxsiy varaqasi Magistratura👇 ⏺Rektor nomiga ariza ⏺Pasport yoki ID-karta nusxasi ⏺Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi ⏺Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar imtiyoz beruvchi hujjatning tasdiqlangan nusxasi ⏺Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli ⏺3,5x4,5 foto ⏺Konvert A5 formatida ⏺Sinov ishlari nusxasi (agar mavjud bo‘lsa) ⏺Javoblar varaqasi (DTM) ⏺Talaba shaxsiy varaqasi 🎓 O‘qishini ko‘chirib kelgan, qayta tiklagan hamda Akademik mobillik bo‘yicha universitetda tahsil olgan (olayotgan) talabalar uchun hujjatlar nimalardan iborat? Shu havolaga kirib, batafsil tanishing ➡️ qabul.nuu.uz Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Repost from O'zMU | Rasmiy kanal
#E’LON
To'lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlar diqqatiga!🅰 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 585-son qarori bilan Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida to'lov kontraktlari mahalliy hokimliklar tomonidan qoplanishi mumkin. 📰 Ushbu masala yuzasidan quyidagi toifalarga tushuvchi xotin-qizlar 14-sentabr kuni, 16.00ga qadar fakultet tyutorlariga murojaat qilishlari lozim! ⏺Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi xotin-qizlar; ⏺Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yaʼni yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlar; ⏺Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yaʼni boquvchisini yoʻqotgan (turmush oʻrtogʻi vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolgʻiz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar. Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
🎓 Yangi o‘quv yili boshlandi!
Bugun Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetida 1-kurs talabalarining ilk dars mashg‘ulotlari boshlandi.
Barcha talabalarimizga muvaffaqiyat tilaymiz! 📚
#O‘zMU #AMIT #YangiO‘quvYili #1Kurs #Talabalar
Repost from Amaliy matematika va Intellektual texnologiyalar
📣⚠️📣
Kontrakt to'lovidan qarzdor talabalar diqqatiga!
2025-2026 o'quv yili uchun kontrakt to'lovidan qarzdor talabalar 12.09.2026 sanagacha kontrakt to'lovini 100% amalga oshirishi kerak.
👉🔍 Ushbu muddatgacha kontrakt to'lovini to'liq amalga oshirmagan talabalar, talabalar safidan chetlashtiriladi.
Repost from Amaliy matematika va Intellektual texnologiyalar
📣⚠️📣
Ёзги семестрда ўқиётган талабалар диққатига!
2025-2026 ўқув йили
Кундузги
Кечки
Масофавий
Сиртқи
Магистратура
👉🔍 Хемисда шахсий қайдномалар яратилди, Рейтинг дафтарчадан баҳоларни қўйилганлигини текшириб олиш керак.
Ҳар бир фан ўқитувчисидан шахсий қайдномадан баҳойингизни қўйилганлигини аниқлаштиринг.
Шахсий қайдномада кўрсатилган муддатгача баҳоларингизни қўйдиршингиз керак.
👉🔍 Ёзги семестрда ўқиган фанларингиздан олган баҳоларингиз Хемис тизимига қўйилмагунча деканатга хабар бериб туришингиз лозим.
Albatta. Telegram uchun rasmiy, tushunarli va imlo jihatdan to‘g‘rilangan variant:
📢 Amaliy matematika yo‘nalishi bakalavriat 1-kurs talabalari diqqatiga!
🇬🇧 Ingliz tili sertifikatiga ega yoki ingliz tilida erkin so‘zlasha oladigan talabalar O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari I. Murodillayev bilan bog‘lanishingiz so‘raladi.
📍 Murojaat uchun:
📲 Telegram: @IslombekMO
+9
#Mustaqillik35 #NUUz #YangiOquvYili
O‘zMUda birinchi kurs talabalari uchun tantanali tanishuv tadbiri o‘tkazildi
🇺🇿 Bugun, O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan, shuningdek, 2026/2027-o‘quv yilida universitetga qabul qilingan birinchi kurs talabalari bilan tantanali tanishuv maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
📰 Tadbirda universitet rahbariyati, taniqli olimlar va akademiklar, ilm-fan va adabiyot namoyandalari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakillari, professor-o‘qituvchilar, talabalar, ularning ota-onalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
🎓 Tadbirni O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov ochib berib, yig‘ilganlarni Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi hamda universitetning yangi talabalari — birinchi kursga qabul qilingan yoshlarni talabalik maqomi bilan qutladi.
Batafsil 👉 nuu.uz
👉 На русском
👉 In English
Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
+6
🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”📚 Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetida “Kelajak soati” darslari boshlandi. Fakultetning 1-bosqich talabalari uchun kutib olish marosimi tashkil etilib, unda talabalar fakultet rahbariyati, mas’ullar hamda ta’lim yo‘nalishlari rahbarlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, talabalar ta’lim yo‘nalishlari kesimida tegishli auditoriyalarga biriktirilib, o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi. 🎓 Shundan so‘ng “Kelajak soati” darslari belgilangan tartibda boshlandi. Mazkur darslar yoshlarning vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati va kelajak oldidagi maqsadlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. #KelajakSoati #YagonaVatanYagonaXalq #OʻzMU #AMIT #1Bosqich #YangiOʻquvYili ⏺Biz shu yerdamiz: 🕊Telegram 🌐Instagram
“Kelajak soati” darsining 1-mavzusi taqdimoti
Hurmatli ustozlar!
Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida endilikda “Kelajak soati” darslari uchun taqdimotlar ham tayyorlanib, kanalga joylab boriladi.
Mavzu: “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
Dars ssenariysi
1-kontent: Biz bugun kechagidan kuchlimiz, ertaga bundan ham kuchli boʻlamiz!
2-kontent: Mustaqillik va biz!
3-kontent: Talabalik maktublari
4-kontent: Yangi Toshkent shahridamiz
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
Markaziy bank maxsus stipendiyasiga tanlov eʼlon qilinadi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiyot, bank ishi, moliya, yurisprudensiya va axborot texnologiyalari yoʻnalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun maxsus stipendiya tanlovini eʼlon qiladi.
Talabgorlar uchun asosiy talablari - Bakalavriat va magistraturaning soʻnggi bosqichi kunduzgi boʻlimi talabalari; - Soʻnggi oʻquv yili boʻyicha yuqori reyting koʻrsatkichiga ega boʻlganlar; - Davlat tilini mukammal, rus va ingliz tillarini kamida B2 darajasida biladiganlar talabalar ishtirok etishlari mumkin.🔗 Batafsil maʼlumot va tanlovning toʻliq shartlari 📝 Ariza topshirish — https://t.me/cbu_official_bot 🗓Hujjatlarni topshirish 11-sentabrga qadar davom etadi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from O‘zMU talabalari | Rasmiy
#Muhim
Ertaga O’zbekiston Milliy universiteti birinchi kursga qabul qilingan talabalarni tantanali kutib oladi
🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universitetida 1-kursga qabul qilingan bakalavriat va magistratura (barcha ta’lim shakli) yo’nalishi talabalarini 7-sentyabr, soat 8.00da universitet hovlisida o’tkaziladigan tantanali bayram tadbiriga taklif etamiz.
Ushbu tadbirda universitet rahbariyati talabalarga tanishtiriladi. Rektor va boshqa mehmonlarning qutlov so’zlari tinglanadi. Qisqa konsert dasturi namoyish etiladi.
⏺Bakalavriat (kunduzgi): ➖1-kurslar uchun — 7-sentyabr; ➖2-kurslar uchun — 10-sentyabr; ➖3- va 4-kurslar uchun — 12-sentyabr kunidan boshlanadi. ⏺Bakalavriat (kechki): ➖1-kurslar uchun — 7-sentyabr; ➖2-kurslar uchun — 10-sentyabr; ➖3-, 4- va 5-kurslar uchun — 12-sentyabr kunidan boshlanadi. ⏺Bakalavriat (masofaviy): ➖1-kurslar — 7-12-sentyabr kunlari LMS platformasida ro‘yxatdan o‘tish va dastlabki tanishtiruv haftasi uchun tashrif buyuradi; ➖Barcha kurslar uchun — 14 sentyabrdan onlayn mashg‘ulotlar boshlanadi. ⏺Bakalavriat (sirtqi): ➖5-kurslar uchun — 3-sentyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi; ➖4-kurslar uchun — 2-oktyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi; ➖3-kurslar uchun — 2-noyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi. ____ ⏺Magistratura (kunduzgi): ➖1-kurslar uchun — 7-sentyabr; ➖2-kurslar uchun — 10-sentyabr; ⏺Magistratura (kechki): ➖1-kurslar uchun — 7-sentyabr; ➖2-kurslar uchun — 14-sentyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi; ⏺Magistratura (masofaviy): ➖1-kurslar — 7-12-sentyabr kunlari LMS platformasida ro‘yxatdan o‘tish va dastlabki tanishtiruv haftasi uchun tashrif buyuradi; ➖1, 2-kurslar uchun — 14-sentyabrdan onlayn mashg‘ulotlar boshlanadi.Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
