Beruniy maktabi | Farg’ona
Open in Telegram
Biz sizga fanlarni chuqur o’rganishingizni o’rgatamiz • Individualniy darslar • Tajribali o’qituvchilar • Qulay sharoitlar Savol va takliflar: @beruniyadmin Qabul bo’yicha: 90 277 17 06 90 533 57 71 Maktab rahbari va asoschisi: Kamoliddin Roziqov
Show more3 357
Subscribers
-624 hours
+17 days
+2830 days
Posts Archive
Repost from Beruniy maktabi | Toshloq
🏆 VA’DAMIZ — VA’DA!
O‘tgan hafta 5-sinf o‘quvchilarimizga va’da bergandik:
“Monitoring testida kim 1-o‘rinni egallasa, albatta sovg‘a bilan taqdirlaymiz!” 🎁
Va bugun va’damizni amalga oshirdik! 👏
Bizning maqsadimiz faqatgina sovg‘a berish emas — o‘quvchilarimiz orasida liderlarni ko‘paytirish, sog‘lom raqobatni kuchaytirish va ularni yanada yuqori natijalarga ruhlantirish! 🚀
Keyingi monitoringda esa yanada qiziqroq bo‘ladi:
🥇 1-o‘rin
🥈 2-o‘rin
🥉 3-o‘rin
— barchasi taqdirlanadi! 🎁
Barcha o‘quvchilarimizga omad! Keyingi sovg‘a kimniki bo‘larkin? 👀🔥
🕖 Soat 07:00
🌅 Bizda bugungi kunning boshlanishi!
Barcha o‘quvchilarimiz yuqori potensial bilan bilim olish, o‘z ustida ishlash va katta maqsadlariga erishish uchun astoydil bel bog‘lashgan. 📚🔥
🏫 Beruniy maktabi — bilim va intizom maskani.
🕖 Soat 07:00
O‘quvchilarimiz hali yosh bo‘lishiga qaramay, tong sahardan maktabga chiqib, darslarini o‘qib bo‘lishdi. Endi esa yotoqxonalariga nonushta qilish uchun kirib ketishmoqda. 📚☀️
Ko‘pchilik bunga ishonmaydi…
Mana, haqiqat! 🎥
Bizda intizom — shunchaki gap emas.
Bizda intizom — hayot tarzi! 💪
🏫 Beruniy maktabi
📚 8-sentyabr, seshanba.
Bugungi tongni ham Beruniy maktabi o‘quvchi va ustozlari bilan birgalikda bilim olish va uni boshqalarga ulashish bilan boshladik. 🌅📖
Har bir yangi tong — yangi bilim, yangi imkoniyat va yangi marralar sari tashlangan qadamdir!
Bugungi ko‘tarinki kayfiyat va ilmga bo‘lgan ishtiyoq sizga ham hamroh bo‘lsin! ✨
Kuningiz xayrli, fayzli va omadli o‘tsin! 🤲
Yotoqxonamiz qurilishidan kichik lavha 🏗️✨
Beruniy maktabi o‘quvchilari uchun zamonaviy, shinam va barcha qulayliklarga ega yotoqxona bunyod etilmoqda. 🏫🏠
Bu yerda o‘quvchilarimiz uchun qulay yashash muhiti, osoyishtalik va ta’lim olish uchun munosib sharoitlar yaratiladi.
Bizning maqsadimiz — nafaqat sifatli ta’lim, balki o‘quvchilarimiz uchun har tomonlama qulay sharoit yaratish! 💙
Repost from Beruniy maktabi | Toshloq
🧮 Matematika darsi — bilimlar charxlanadigan vaqt!
O‘quvchilarimiz turli masalalarni ishlab, mantiqiy fikrlash va tezkor yechim topish ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda. 📚✨
Beruniyda har bir masala — yangi bilim sari yana bir qadam! 💪
Repost from Beruniy maktabi | Toshloq
📚 Ona tili darsi jarayonidan!
O‘quvchilarimiz bugun ona tili darsida mavzularni mustahkamlab, mashqlar ustida ishlashmoqda. ✍️
Har bir qoida, har bir mashq — savodxonlik sari yana bir qadam! 💫
Beruniyda darslar qiziqarli va bilimga boy davom etmoqda! 💙
Repost from Beruniy maktabi | Toshloq
📚 1-sinf o‘quvchilarimiz ona tili darsida!
Jajji bilimdonlarimiz harflarni o‘rganib, so‘zlarni to‘g‘ri yozish va o‘qish bo‘yicha mashqlar bajarishmoqda. ✍️✨
Kichik qadamlar, katta bilimlar sari! 💙
Repost from Beruniy maktabi | Toshloq
1-sinf o‘quvchilarimiz rus tili darsida!
Jajji bilimdonlarimiz yangi so‘zlarni o‘rganib, ularni to‘g‘ri talaffuz qilish va gapirish ko‘nikmalarini shakllantirishmoqda. 📚✨
Beruniyda bilim olish ilk qadamlardanoq qiziqarli! 💙
Repost from Beruniy maktabi | Toshloq
🎒 Beruniyning jajji bilimdonlari darsda!
Birinchi sinf rus guruhlarimizda darslar faol va qiziqarli davom etmoqda. 📚✨
Kecha maktabga ilk qadamini qo‘ygan jajji o‘quvchilarimiz bugun esa ustozlarini diqqat bilan tinglab, yangi bilimlarni o‘zlashtirishmoqda. ❤️
Katta natijalar aynan mana shunday kichik qadamlardan boshlanadi! 🌟
Repost from Beruniy maktabi | Toshloq
📚 Birinchi sinf rus guruhlarimizda dars jarayonlari qizg‘in davom etmoqda! ✨
Kichkintoylarimiz yangi bilimlarni katta qiziqish bilan o‘rganib, maktab hayotiga ilk qadamlarini tashlashmoqda. ❤️
Beruniyda har bir dars — yangi bilim, yangi taassurot va yangi imkoniyat! 🌟
🕕 Soat 06:00. Biologiya darsi.
👨🏫 Hayotbek ustoz
Ko‘pchilik ota-onalarning savollariga bizning javobimiz:
🎯 Maqsadga erishish uchun tonggi soat 06:00 da darsga chiqish — biz va o‘quvchilarimiz uchun allaqachon oddiy va odatiy holga aylangan.
Chunki katta natijalar — katta intizom, mehnat va vaqtni qadrlashdan boshlanadi. 📚💪
Tong sahardan o‘quvchilarimiz yaxshi niyatlar, ko‘tarinki kayfiyat va katta maqsadlar bilan maktab tomon yo‘l olishmoqda. 🎒📚
Beruniy maktabi yangi o‘quv haftasini kutib olishga tayyor! 🏫
🌅 7-sentyabr | Dushanba
Yangi hafta, yangi maqsadlar va yangi imkoniyatlar! 📚✨
Beruniy maktabi o‘quvchilarimizni yana bir bilimli, mazmunli va samarali haftaga qabul qilishga tayyor. 🏫
Boshlangan hafta barchamizga yaxshilik, omad, xotirjamlik va ulkan muvaffaqiyatlar olib kelsin! 🤲
⚠️ ⚠️⚠️⚠️⚠️⚠️⚠️⚠️
BERUNIY MAKTABI OTA-ONALARI VA USTOZLARIGA MUHIM ESLATMA
Hurmatli ota-onalar va ustozlar!
Yangi o‘quv yilidan boshlab maktab to‘lovlari masalasiga yanada jiddiy va qat’iy yondashamiz. Maktab faoliyatining barqarorligi, avvalo, o‘z vaqtida amalga oshiriladigan to‘lovlarga bog‘liq.
📌 Iyun, iyul va avgust oylaridan qarzdorligi mavjud bo‘lgan o‘quvchilar dars mashg‘ulotlaridan to‘liq ozod qilinadi.
Guruh rahbarlari va fan ustozlari bugalteriyadan qarzdor o‘quvchilar ro‘yxatini olib, ushbu o‘quvchilarni darslarga kiritmaslik choralarini ko‘rishlari so‘raladi.
Bu qaror kimnidir ranjitish yoki noqulay vaziyatga solish uchun emas. Maktab va ota-ona o‘rtasidagi moliyaviy majburiyatlarga mas’uliyat bilan yondashish uchun qabul qilinmoqda.
Beruniy maktabining moliyaviy barqarorligi — bu faqat maktab rahbariyatining emas, balki maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning o‘z vaqtida amalga oshiriladigan to‘lovlari bilan ta’minlanadigan umumiy mas’uliyatdir.
Shu bilan birga, maktab to‘lovlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirishda doimiy qiyinchilikka duch kelayotgan ota-onalar bilan o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilish masalasi ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Chunki to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilmasligi natijasida ham maktab, ham ota-ona moddiy va ma’naviy jihatdan qiyin vaziyatga tushadi.
Bizning maqsadimiz — hech kimni qiynash emas, balki maktabdagi ta’lim sifati, ustozlarning mehnati va butun tizimning barqarorligini ta’minlash.
Shuning uchun yangi o‘quv yilidan boshlab to‘lov masalasida aniq tartib, belgilangan muddat va qat’iy nazorat amal qiladi.
O‘z vaqtida to‘lov — maktabga emas, avvalo, farzandingizning ta’limiga bo‘lgan mas’uliyatingizdir.
Hurmat bilan,
Beruniy maktabi ma’muriyati
🇬🇧 Beruniyda ingliz tili darsi!
Bugungi darsda o‘quvchilarimiz ingliz tilida erkin fikrlash, savollarga javob berish va yangi bilimlarni o‘zlashtirish ustida ishlashmoqda. 🗣️✨
Eng muhimi — ingliz tilini shunchaki o‘rganish emas, undan bemalol foydalana olish! 💪
📚 Beruniyda darslar qiziqarli va faol davom etmoqda!
🧪 Beruniyda kimyo darsi!
Nazariya, tajriba va qiziqarli savollar — bugungi kimyo darsimiz aynan shunday muhitda davom etmoqda. ⚗️✨
O‘quvchilarimiz har bir mavzuni shunchaki yodlab emas, tushunib va tahlil qilib o‘rganishmoqda.
📚 Beruniyda har bir dars — yangi bilim sari yana bir qadam!
