TKTI.UZ | Rasmiy kanal
Open in Telegram
Toshkent kimyo-texnologiya instituti/Ташкентский химико-технологический институт 71-244-79-34 📩 info@tkti.uz https://tkti.uz AntiKorrupsiya: +998954798086 @TKTIantikorrupsiya_bot @TKTI_registrator_ofisibot Murojaat uchun: @TKTIMX
Show more8 828
Subscribers
+15324 hours
+1 1847 days
+2 20530 days
Posts Archive
Repost from TKTI | Ilmiy Tadqiqotlar
#ilmiy_faoliyat
📢 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichiga qabul bo‘yicha E’LON!!!
🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichiga hujjat topshiruvchi talabgorlar quyidagi havola orqali ixtisosliklar bo'yicha kirish imtihonlari va taqdimoti dasturlari bilan tanishishlari mumkin:
https://tkti.uz/research/doctorate
Talabgorlardan o‘z ixtisosligi bo‘yicha kirish jarayoniga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mazkur materiallarni oldindan o‘rganishlari tavsiya etiladi.
❗️ESLATMA 2027-yil qabuli uchun PhD, DSc, stajyor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilik bosqichlariga hujjatlar 2026-yil 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha yagona elektron platforma orqali qabul qilinadi. 🌐 daraja.ilmiy.uz📍 Bog‘lanish uchun: Ilmiy kadrlar tayyorlash va tadqiqotlar bo‘limi Toshkent shahri, A. Navoiy ko‘chasi 32-uy, 1-bino, 4-qavat 🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: ✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook
#eslatma #ijara_kompensatsiya
⚡️1-bosqich talabalari uchun sentabr va oktabr oyi ijara pullari ya'ni 880 000 so'm ijara shartnomasiz ham to'lab beriladi.
Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:
1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi;
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.
‼️ Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.
Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.
Arizalar har oyning 7-sentabriga qadar yuborilishi shart!
Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: 👉http://ijara.soliq.uz
ASOS: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qarori.
👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
Repost from TKTI | Ilmiy Tadqiqotlar
#ilmiy_faoliyat
#scopus
🆕 Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi kafedrasidan
20-maqola!!!
👩🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi professor-o'qituvchilari Akbarali Ruzibayev, Asliddin Fayzullaev hamda hamkor tashkilot olimlari bilan hammualliflikdagi
📝«Stability and oral tribological properties of base milk emulsions for tea-infusion applications: The impact of fat crystallization characteristics» nomli maqolasi
🗂 Elsevier nashriyotiga tegishli, Web of Science Core Collection bazasining Science Citation Index Expanded (SCIE) hamda Scopus bazasida indekslangan, Q1 toifasidagi Food Chemistry jurnalida nashr etildi.
🔗 Maqolani o'qish:
https://doi.org/10.1016/j.foodhyd.2026.113110
👏 Mualliflarni ushbu yuksak ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz!
P/S: Hurmatli professor-o'qituvchilar va talabalar! Siz ham maqolalaringizni @TKTIilmiy ga yuborishingiz mumkin.
🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook
+7
🍎 “Umumiy korrupsiya” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
⏰ Toshkent kimyo-texnologiya instituti Sanoat muhandisligi va menejmenti fakultetida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.R.Imomaliyeva ishtirokida “Umumiy korrupsiya” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
✅ Tadbirda fakultet tyutorlari hamda talabalar ishtirok etdilar.
ℹ️ Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan suhbat davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy hayotga salbiy ta’siri, uning oldini olishning muhim jihatlari, halollik madaniyatini shakllantirish hamda fuqarolik mas’uliyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
🪙 Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda yoshlarning o‘rni, qonuniylik va shaffoflik tamoyillariga amal qilish, har bir fuqaroning jamiyat oldidagi mas’uliyati haqida fikr almashildi.
💻 Suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavzu yuzasidan fikr-mulohaza va amaliy takliflarini bildirdilar.
🪙 Mazkur davra suhbati talabalarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik va qonuniylik tamoyillarini mustahkamlash hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga xizmat qildi.
👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
+4
🪙 Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasida tanishtiruv darsi o‘tkazildi
💬 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy injiniring fakultetida Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi tomonidan 1-kurs talabalari uchun tanishtiruv darsi tashkil etildi.
🛍 Tadbir avvalida talabalarga kafedraning tashkil topish tarixi, asosiy faoliyat yo‘nalishlari hamda ta’lim jarayonidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.
💵 Uchrashuv davomida texnologik mashinalar va zamonaviy jihozlarning turli ishlab chiqarish jarayonlaridagi ahamiyati, ularning ishlash prinsiplari hamda sohada tutgan o‘rni haqida talabalarga tushunchalar berildi.
⏱ Shuningdek, kafedrada olib borilayotgan amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlari, laboratoriya mashg‘ulotlari, zamonaviy o‘quv bazasi hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.
🪙 Tanishtiruv darsi davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
💳 Mazkur tadbir 1-kurs talabalarining kafedra faoliyati bilan yaqindan tanishishi, tanlagan kasbiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishi hamda institutdagi yangi ta’lim muhitiga moslashishida muhim ahamiyat kasb etdi.
👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
+5
🔔 Kimyoviy injiniring fakultetida tanishtiruv darsi tashkil etildi
ℹ️ Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy injiniring fakultetida Noorganik kimyoviy moddalar texnologiyasi hamda Yuqori molekular birikmalar va plastmassalar kafedralari tomonidan 1-kurs talabalari uchun tanishtiruv darsi tashkil etildi.
✨ Tadbir davomida talabalarga kafedralarning faoliyat yo‘nalishlari, ta’lim jarayoni hamda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
🔜 Shuningdek, kafedralarda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, ularning ilmiy-pedagogik faoliyati va sohadagi tajribalari bilan talabalar yaqindan tanishtirildi.
🖥 Uchrashuv davomida talabalarga kafedralarning zamonaviy laboratoriyalari, o‘quv xonalari hamda amaliy mashg‘ulotlarning tashkil etilish jarayoni namoyish etilib, ta’lim olish uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida tushunchalar berildi.
📈 Shuningdek, talabalarning kelgusidagi kasbiy faoliyati, ilmiy izlanishlari va mutaxassislik bo‘yicha mavjud imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
❗️ Mazkur tanishtiruv darsi talabalarni kafedralar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ularning tanlagan kasbiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda kelgusidagi ta’lim jarayoniga samarali moslashishida muhim ahamiyat kasb etdi.
👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
+7
⌛ “Mening hayot falsafam” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbat o‘tkazildi
➡️ Toshkent kimyo-texnologiya institutining Neft va gaz texnologiyalari fakultetida kimyo fanlari doktori, professor, Qozog‘iston Fanlar akademiyasi akademigi, Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, “Sellyuloza va yog‘ochsozlik texnologiyasi” kafedrasi professori Rahmonberdiyev G‘affor Rahmonberdiyevich ishtirokida “Mening hayot falsafam” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi.
✔️ Uchrashuv davomida professor G‘affor Rahmonberdiyev o‘zining boy hayotiy tajribasi, ilmiy faoliyati va ustozlik faoliyati haqida so‘zlab, yoshlarga qimmatli tavsiya va fikr-mulohazalarini bildirdi.
💬 Suhbat jarayonida inson hayotida aniq maqsad, mehnatsevarlik, halollik va fidoyilikning muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi. Shuningdek, talabalarga ilmiy izlanishlarda qat’iyatli bo‘lish, doimo yangilikka intilish, bilim va salohiyatni muntazam oshirib borish hamda Vatan ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shish zarurligi haqida fikrlar bildirildi.
☄️ Tadbir davomida talabalar professorning ko‘p yillik ilmiy va hayotiy tajribasidan bahramand bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
📊 Bunday mazmunli uchrashuvlar yosh avlodni ilmga, ezgulikka, mehnatsevarlikka va hayotda to‘g‘ri maqsad sari intilishga undashda muhim ahamiyat kasb etadi.
👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
+9
👍 Neft va gaz texnologiyalari fakultetida “Mustaqillik darslari” hamda “1-kurs maktabi” tadbirlari o‘tkazildi
🪙 Yangi 2026/2027-o‘quv yilini munosib boshlash hamda 1-kurs talabalarini oliy ta’lim muhitiga moslashtirish maqsadida Neft va gaz texnologiyalari fakultetida “Mustaqillik darslari” hamda “1-kurs maktabi” tadbirlari tashkil etildi.
📈 “Mustaqillik darslari” davomida “Yashil transformatsiya va ekologik texnologiyalar” kafedrasi dotsenti Sh.Shamuratova, kafedra katta o‘qituvchisi A.Maksudova, “Sellyuloza va yog‘ochsozlik texnologiyasi” kafedrasi dotsenti V.Umarova hamda fakultet tyutorlari tomonidan yurtimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyati, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda Vatanga daxldorlik tuyg‘usi haqida ma’lumotlar berildi.
🪙Tadbir davomida fakultet dekan o‘rinbosari N.Zulyarova talabalarni Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Odob-axloq kodeksi” bilan tanishtirib, talabalik odobi, ichki tartib-qoidalar va o‘zaro hurmat masalalariga alohida to‘xtaldi.
🔘Shuningdek, Registrator ofisi direktori U.Kadirov tomonidan kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish, ta’lim xizmatlarini raqamlashtirish hamda talabalarga yaratilgan elektron imkoniyatlar haqida tushunchalar berildi.
👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
#Tanishing
#Tarqatamiz
#TTJ
👩🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutining Talabalar turar joyi
Quyidagi transportlar ushbu bino yonidan o'tadi:
Avtobuslar:
1, 14, 17, 24, 60, 83, 96, 101, 110, 119, 129, 199, 523
Marshrutkalar:
18i, 43m, 76m
Metro:
Pushkin
Buyuk ipak yo'li
📍 Manzil geolokatsiyasi 👉 https://maps.app.goo.gl/W1t84h2MXwHVXYPV6
👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
#Tanishing
#Tarqatamiz
#KIF
👩🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutining Kimyoviy injiniring fakulteti Mirzo Ulug'bek shoh ko'chasida joylashgan
Ushbu binoda Kimyoviy injiniring fakulteti dekanati joylashgan.
❗️Dars jadvallarida ushbu bino 👍 deb ko'rsatilgan. Shuningdek dars jadvalida quyidagi joylar keltirilgan:
👍 — Mirzo Ulug'bek shoh ko'chasi;
👍 — Faollar zali;
(m) — Ma'ruza darsi;
(a) — Amaliyot darsi;
(l) — Laboratoriya darsi.
🗓️ Dars jadvallari 👉 https://tkti-2023.edupage.org/timetable/
📍 Manzil geolokatsiyasi 👉 https://goo.gl/maps/tDM2ZSD1ZMxzXEVo8
Keyingi postlarda qolgan fakultet binolari haqida ham ma'lumotlar berib boramiz.
Quyidagi transportlar ushbu bino yonidan o'tadi:
Avtobuslar:
1, 14, 17, 24, 60, 83, 96, 101, 110, 119, 129, 199, 523
Marshrutkalar:
18i, 43m, 76m
Metro:
Pushkin
Buyuk ipak yo'li
👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
#Tanishing
#Tarqatamiz
#SMMF
👩🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutining Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti Samarqand Darvoza ko'chasida joylashgan
Ushbu binoda Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti dekanati joylashgan.
❗️Dars jadvallarida ushbu bino 👍 deb ko'rsatilgan. Shuningdek dars jadvalida quyidagi joylar keltirilgan:
👍 — Samarqand Darvozasi ko'chasi;
👍 — Faollar zali;
(m) — Ma'ruza darsi;
(a) — Amaliyot darsi;
(l) — Laboratoriya darsi.
🗓️ Dars jadvallari 👉 https://tkti-2023.edupage.org/timetable/
📍 Manzil geolokatsiyasi 👉 https://goo.gl/maps/Yk7jqUBoqGGLvFSK7
Keyingi postlarda qolgan fakultet binolari haqida ham ma'lumotlar berib boramiz.
Quyidagi transportlar ushbu bino yonidan o'tadi:
Avtobuslar:
43, 141
Marshrutkalar:
92, 93m, 130m
👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
#Tanishing
#Tarqatamiz
#NGTF
👩🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutining Neft va gaz texnologiyalari fakulteti Alisher Navoiy 36-binoda joylashgan.
Ushbu binoda Neft va gaz texnologiyalari fakulteti dekanati joylashgan.
❗️Dars jadvallarida ushbu bino 👍 deb ko'rsatilgan. Shuningdek dars jadvalida quyidagi joylar keltirilgan:
👍 — Alisher Navoiy 36 bino;
👍 — Faollar zali(uchinchi qavatda joylashgan);
(m) — Ma'ruza darsi;
(a) — Amaliyot darsi;
(l) — Laboratoriya darsi.
🗓️ Dars jadvallari 👉 https://tkti-2023.edupage.org/timetable/
📍 Manzil geolokatsiyasi 👉 https://goo.gl/maps/pKhrhDLNs8vzTthr8
Keyingi postlarda qolgan fakultet binolari haqida ham ma'lumotlar berib boramiz.
Quyidagi transportlar ushbu bino yonidan o'tadi:
Avtobuslar:
17, 28, 29, 35, 43, 44, 46, 53, 64, 65, 68, 89, 91, 100, 115, 123, 146, 147, 152, 196
Marshrutkalar:
4i, 27m, 52, 68m, 76m, 88m, 92, 104m, 130m, 182m, 191m
Metro:
G'ofur G'ulom
Paxtakor
Alisher Navoiy
👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
#Tanishing
#Tarqatamiz
#OOVTF
👩🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutining asosiy bosh binosi. Ushbu binoda 👍 Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti joylashgan.
Bino 3 qismga bo'lingan, birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarga. Ushbu binoda Rektorat, bo'lim va markazlar, Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti dekanati va boshqa bo'limlar joylashgan.
❗️Dars jadvallarida ushbu bino 👍 deb ko'rsatilgan. Shuningdek dars jadvalida quyidagi joylar keltirilgan:
👍 — Alisher Navoiy 32 bino;
👍 — Faollar zali(ikkinchi qavatda joylashgan);
👍 — Bog' zal(Asosiy binoning bog' hududi yonida joylashgan);
(m) — Ma'ruza darsi;
(a) — Amaliyot darsi;
(l) — Laboratoriya darsi.
🗓️ Dars jadvallari 👉 https://tkti-2023.edupage.org/timetable/
📍 Manzil geolokatsiyasi 👉 https://goo.gl/maps/3zZidPsxzrtMdiUP8
Keyingi postlarda qolgan fakultet binolari haqida ham ma'lumotlar berib boramiz.
Quyidagi transportlar ushbu bino yonidan o'tadi:
Avtobuslar:
18, 17, 28, 29, 35, 43, 44, 46, 53, 64, 65, 68, 89, 91, 100, 115, 123, 152, 196
Marshrutkalar:
27m, 52, 68m, 76m, 88m, 92, 130m, 191m
👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
Toshkent kimyo-texnologiya instituti — TOP-15 talikda!
📊 Oliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy talabalarni jalb etish darajasi bo‘yicha reytingi e’lon qilindi.
Ushbu reyting natijalariga ko‘ra, Toshkent kimyo-texnologiya instituti 15-o‘rinni egalladi! 🎉
Xorijiy talabalar qabuli Study in Uzbekistan platformasi orqali davom etmoqda.
📌Ma’lumot uchun: Bugungi kunda TKTIda 20 dan ortiq xorijiy talaba tahsil olmoqda.
👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
⭕️⭕️⭕️ ⭕️⭕️⭕️
👩🎓 Oliygoh — o’rta maktab emas! Talabalarga 10ta muhim qoida!
Toshkent kimyo-texnologiya instituti barcha 1-kurs talabalarini o'qishga kirganliklari bilan tabriklaydi! Oliy ta’lim muassasasida hamma narsa maktabdagidek emasligini unutmang!
Hurmatli 1-kursga qabul qilingan talabalar!
Bugun sizlar bilan bizning Toshkent kimyo-texnologiya institutida muvaffaqiyatli tahsil olishingizga ko‘maklashadigan 10 muhim qoida haqida fikr yuritamiz.
Batafsil videoda👆👆👆
👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
📌To'lov-kontrakt shartnomasini ikki tomonlama tanlash kerakmi yoki uch tomonlama?
🟠Talabalar to'lov-kontrakt olish maqsadida kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza berayotganda "Shartnoma turini tanlash" degan band bor. Bunda yoki ikki tomonlama yoki uch tomonlama shartnomani tanlash so‘ralmoqda. Shu haqida qisqacha tushuntirib o'tamiz:
🟠Ikki tomonlama shartnoma — bu OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Boshqacha aytganda agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi yonidan to‘lamoqchi bo‘lsa, shu bandni tanlash kerak.
✍️ Bundan tashqari bankdan taʼlim krediti olmoqchi bo‘lsa yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lsa ham ikki tomonlama shartnoma olish kifoya qiladi, uch tomonlama olib o'tirmang.
🟠Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa (balki keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlab berish sharti bo‘lishi ham mumkin), unda uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak.
📱Uch tomonlama tanlanganda o‘sha homiy korxonaning (o'qiyotgan universitetning emas) STIR raqamlarini ham kiritish kerak bo‘ladi.
👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
+9
👍 Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha amaliy mashg‘ulot tashkil etildi
🗓 Joriy yilning 7-sentabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutining Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida Shayxontohur tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda yong‘in xavfsizligi yo‘nalishida amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
ℹ️ Amaliy mashg‘ulot jarayonida shartli yong‘in vaziyati yaratilib, yong‘in yuzaga kelganda uni tezkor bartaraf etish, talabalarni belgilangan xavfsiz hududga olib chiqish va favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi.
📈 Tadbir davomida fakultet binosidagi yong‘inga qarshi vositalar va jihozlarning holati, yong‘in-qutqaruv texnikalarining binoga erkin kirib kelishi uchun yaratilgan sharoitlar hamda umumiy yong‘in xavfsizligi talablari ham ko‘rib chiqildi.
✅ Mashg‘ulot so‘ngida fakultet xodimlari va talabalarga yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish, favqulodda vaziyatlarda sarosimaga tushmasdan, belgilangan tartibda harakat qilish yuzasidan tushuntirish va qo‘shimcha yo‘riqnoma berildi.
👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
Repost from TKTI | Ilmiy Tadqiqotlar
#ilmiy_faoliyat
#scopus
🆕 Kafedradan 10 - maqola !!!
👩🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi dotsenti v.b. Mashayev Eldor Ergashvoy o'g'li hamda hamkor tashkilot olimlari bilan hammualliflikdagi
📝 "Biogenic S Scheme ZnO/CuO Heterojunction Nanocomposites for Enhanced Photocatalytic CO₂ Reduction and Sustainable Fuel Production" nomli maqolasi
🗂 University of Kashan nashriyotiga tegishli, Scopus bazasida indekslanuvchi Journal of Nanostructures Q3 kvartalli jurnalida nashr etildi.
🔗 Maqolani o'qish:
https://doi.org/10.22052/JNS.2026.03.090
👏 Mualliflarni ushbu yuksak ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz!
P/S: Hurmatli professor-o'qituvchilar va talabalar! Siz ham maqolalaringizni @TKTIilmiy ga yuborishingiz mumkin.
🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
💬 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook
#Video
🇺🇿 Toshkent kimyo-texnologiya institutida 1-kursga qabul qilingan talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv — “Ota-onalar kongressi” bo‘lib o‘tdi.
🎤 Tadbirda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, professor Rahimov Farhod Xushboqovich ishtirok etib, ota-onalarga institutda talabalarning sifatli ta’lim olishi hamda ilmiy-innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
🖥 Uchrashuv davomida professor F.X.Rahimov oliygohda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi, xalqaro hamkorlik dasturlari hamda zamonaviy laboratoriyalardan samarali foydalanish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, talabalarning o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha yetuk kadr bo‘lib yetishishlarida ta’lim muassasasi va oila hamkorligining o‘rni nechoqlik muhim ekani ta’kidlandi.
➡️ Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan kongress yakunida ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan batafsil javob oldilar va institutda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
#Mustaqillik_darslari
#Video
👩🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutining Neft va gaz texnologiyalari fakultetida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida “Mustaqillik darslari” ma’rifiy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
🖥 Ushbu mashg‘ulotlar talabalarda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratildi.
🎤 Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich so‘z yuritib, mustaqillik yillarida mamlakatimiz erishgan yutuqlar, yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar hamda ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
ℹ️ Shuningdek, neft va gaz sanoati uchun yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning strategik ahamiyati ta’kidlanib, talabalarga o‘z sohalarining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishlari hamda Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlari bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
💬 Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan dars yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar hamda yangi o‘quv yiliga katta shijoat va maqsadlar bilan qadam qo‘ydilar.
👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
