en
Feedback
𝐒𝐢𝐦𝐩𝐥𝐲 ✍️

𝐒𝐢𝐦𝐩𝐥𝐲 ✍️

Open in Telegram

✍️ Everything is in simplicity ✨ ~ Here is our mini world to share with you ~ BTW we don't promise smth for benefit... ~ Here, there would be some posts, photos that some of them shared from our life.... 🤖 Channel Bot: @FirstSampleRobot

Show more
Uzbekistan32 380The category is not specified
1 342
Subscribers
No data24 hours
-267 days
-15830 days
Posts Archive
Uch ezgu amalni qilish uchun og‘ir mehnat ham, pul ham kerak bo‘lmaydi: 1. Odamlarga tabassum qilish; 2. Salomni keng yoyish;
Uch ezgu amalni qilish uchun og‘ir mehnat ham, pul ham kerak bo‘lmaydi: 1. Odamlarga tabassum qilish; 2. Salomni keng yoyish; 3. Shirinso‘zlik. Assalomu alaykum varohmatullohi vabarokatuhu ! @Eng_Yaxshi_Ummat

#hikoya 📌 Siz hali turmush qurmagan bo'lsangiz buni o'qishingiz shart. 🍃 Kunlardan birida yosh er va ayoli hayvonot bog'iga borishibdi. Hayvonot bog'ini aylanishar ekan jufti bilan ishtiyoq bilan o'ynayotgan maymunchalarga ko'zlari tushibdi. Shunda ayol "Qanday romantik munosabat" deb aytibdi. Er indamabdi. Yana aylanish davomida qafasning ikki burchagida dam olayotgan arslonlar juftiga ko'zlari tushibdi. Ayol yana bir bor "Qanday g'amgin munosabatlar" deb aytibdi. Shunda er ayoliga yerdan bir toshni ol va arslonning urg'ochi juftiga uloqtir debdi. Ayol erini aytganini qilib kichik bir toshni olib urg'ochi arslonga uloqtiribdi. Shunda qafas chetida yotgan erkak arslon qafasni buzgudek nara tortib juftini himoya qilishga tushibdi. Er yana endi ortimdan yur debdi va ayolini maymunchalar qafasiga olib boribdi. Va aynan arslonga uloqtirgandek uning juftiga ham tosh uloqtirishni aytibdi. Ayol maymunchani juftiga tosh uloqtirishi bilan erkak maymuncha o'z jonini saqlash uchun boshini yopgancha qochib ketibdi. Qissadan hissa shuki qizlarjon bugun oldingizda labidan bol tomayotgan romantik maymunchalarga ishonmang! Hali sizni sokin chetdan kuzatgan arslon keladi. Yigitlar, erkak kishi romantik maymuncha emas balki haybatidan fil hurkidigan arslon bo'lish kerak. Xo'ja Ismoil 🌴 @miltonbooks

Машҳур олимга иккита савол беришибди: — Инсониятнинг қайси ҳаракати сизни ҳайратга солган? Олим бирма-бир санай бошлади: — Болаликдан зерикадилар ва тезроқ улғайишга шошиладилар. Вақти келиб, болаликни соғинадилар; — Пул топаман деб соғликни йўқотадилар, аммо соғликни қайтариш учун яна пул сарфлайдилар; — Эртанги кунни ўйлаб ҳавотир оладилар-у бугунни унутадилар. Шунинг учун ҳам на бугунни, на эртани деб яшайдилар. Дунёдан яшамагандек ўтиб кетадилар. Гал иккинчи саволга келди — Сиз уларга нимани тавсия қиласиз? Олим жавоб берди: — Ҳеч кимни ўзингизни яхши кўришга мажбурламанг; — Муҳими, ҳаётда кўп нарсага эга бўлиш эмас, кам нарсага эҳтиёж сезишдир; — Сизни яхши кўрадиган инсонлар кўпчилик. Аммо улар туйғуларини қандай ифода этишни билмаётган бўлишлари мумкин; — Баъзан бошқалар томонидан кечирилибгина қолмай, ўзингизни кечира олишингиз ҳам керак.

#SEVGI "Sevgi - bir odamning o‘zini ikki marta sevishdir. Birinchisi, uni tasavvur qilib. Ikkinchisi, asl haqiqatini bilib".
#SEVGI "Sevgi - bir odamning o‘zini ikki marta sevishdir. Birinchisi, uni tasavvur qilib. Ikkinchisi, asl haqiqatini bilib". - Mubashshir Ahmad

Erlar er bo'lganida edi... Maktabda ishlayman. Asosan ayollar jamoasi. Eri ichkilikka berilib ketib ajrashgan ayollar ham bor
Erlar er bo'lganida edi... Maktabda ishlayman. Asosan ayollar jamoasi. Eri ichkilikka berilib ketib ajrashgan ayollar ham bor. Yarmidan ko‘pining eri tayinli ishlamaydi — xotining qo‘liga qarab qolgan. Va birorta ayol o'qituvchi yo‘qki, hech bo'lmaganda o‘z oyligini o‘zi hohlagan narsasiga sarflay olsa. Yosh kelinlarimizning puli kartada — erida, asosan, qaynona yoki qaynotalarida. Yoshi katta o'qituvchilar esa kredit to'lash bilan ovora. O‘tgan yili bir ustozim nomimda kredit yo'qligini bilib, rosa iltimos qildi: "Nomingga olaylik, qizimga kir mashina olib bermoqchi edim, yosh bola bilan ham ishlab, ham uy ishi qiyin-da", deb. Men hayronman: eri o‘ylamasmikan? Mahallamda ham ahvol havas qilarli emas. Bir ikki xonadonni aytmasa, qolganlarida ayollarni o‘rni yo‘q hisob. Qishloqda yashaganim uchun ko‘p ko‘raman: ayollar bahorda dalada chopiq qiladi; yozda sabzavot, kuzda paxta teradi. Tanigan erkaklarimning aksari ichadi. Endi ayting-chi, kimga oson, kimga qiyin? Eri maishatdan bo‘shamaydigan, eplab ustiga kiyim ololmaydigan, ishda bolalaridan ko‘zi qiyib, tushlikka ham tayinli pul sarflay olmaydigan ayollargami? Ota-onasi "Uyingga mehmonga boraman" desa, qaynona-qaynotasi qanday kutib olishini o‘ylab, mo‘ltiraydigan kelinlargami? Ishonasizmi, eriga mashina olib berib, o‘zi eski poyabzalda keladigan o'qituvchilarimiz ham bor. Yangi kelin bo'lib tushganimda bu qishloqning halqi juda qo‘pol, har narsani o‘ziga qattiq oladi, deb. Keyin ular bilan yashab, asl haqiqatni tushunib yetdim. Agar erlar er bo'lganida edi, balki biz tomonlarda ham juda chiroyli, tarbiyali ayollar bo‘lardi. Ehtimol, bordir-u, men bilmasman... "Qalbga taskin bitiklar" 🩵 @Toyyibatulittoyyibiyn💔

#Mutolaa_time #Kitobdan Kunlarning birida qishlog‘imizning jome masjidida kommunistlarning majlisi tashkil qilindi. Barcha qishloq ahli yig‘ilishga qatnashishi kerakligi, ishtirok etmaganlarga jazo berilishi e’lon qilindi. Odamlar majburan to‘planishdi. Masjid limmo-lim to‘lgandan keyin majlis boshlandi. Majlis raisining birinchi e’loni: "Ruhoniylar majlisdan chiqib ketsin", degan so‘zi bo‘ldi. Turkistonda dinga e’tiqodli kishilarni "ruhoniy" deb atashar edi. Bu e’londan so‘ng ko‘pchilik turib, chiqib ketdi. Masjidda faqat zaif musulmonlar, ba’zi fosiq-fojirlar va yosh bolalar qoldi. Chiqib ketganlarning nomlari yozib olindi. Masjid bir muddat sukunatga cho‘mdi. So‘ngra baland tovushda qo‘ng‘iroq chala boshladilar. Ha, ha. Masjidning ichida shunday qildilar. Tahqirlash va kamsitish shu darajaga yetgan edi. Qo‘ng‘iroq chalingandan keyin majlis yanada jonlandi. Bir kishi minbarga yaqinlashdi, uni "islom faylasufi" deb tanishtirdilar. U shaxs Islomning ziddiga tinmay og‘zidan ko‘pik sochib, noo‘rin, bo‘lmag‘ur so‘zlarni aytdi. Uning bunday qabih, haqoratomuz so‘zlarini yozishga kimning ham toqati yetardi?! Qisqacha shunday edi: "Islomning maqsadi avomning diliga Xudoning tasavvurini kiritib, ularni o‘zlariga bo‘ysundirish. Bu tasavvurni kiritish sarmoyadorlar va mullolarning O‘z manfaatlari uchun ko‘zlab chiqarilgan ixtirolaridir. Alloh, Rasul, jannat, do‘zax, Qiyomat, Hashr, farishta va boshqa barcha e’tiqodlar uydirmayu xurofotlardir (Alloh saqlasin! - muallif) Kommunistlar partiyasi bu tasavvurotlarni yakson qilib, avomu mehnatkashlarni "ruhoniy"larning makr-hiyla tuzoqlaridan xalos qilishga qat’iy qaror qildi". Ammo Allohga hamdu sanolar bo‘lsinki, kommunistlarning sodda, ilmsiz musulmonlar uchun qo‘llagan qabih rejalari uzoqqa yetmay, oddiy bir supurgi o‘rgimchak uyasini vayron etganidek vayron bo‘lib, ularning haqiqiy basharalari ochildi. Ular o‘zlarini mehnatkashlarga homiydek ko‘rsatar, vahshiyona maqsadlarini esa "xaloskorlik yordami" deya niqoblardilar. "Notiq" o‘z bayonotidan masrurlanib: "Savolingiz bormi?" deb qichqirdi. Bu kimsaning bo‘htonlarini eshitib, qonim qaynab ketdi. Hayajon bilan o‘rnimdan turdim va ularga tik qarab baralla ovozda: "Bo‘htonlaringga javob beradiganlarni chiqarib yuborib, endi ularning ruhlariga xitob, qilyapsanmi?!" dedim. Hayajonlanganimdan *yana* nimalarni so‘zladim, bilmayman, lekin shuni sezdimki, masjidga vahimali sukunat cho‘mgan edi. Sukunat ichra faqatgina mening ovozim baralla yangrardi. A'zam Hoshimiyning. "Alvido, Vatan!" kitobidan