en
Feedback
𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Open in Telegram

Ko‘ngildan ko‘ngilga yo‘l... Murojaat : @Arjumandbegimga_bot

Show more
258
Subscribers
No data24 hours
+17 days
-630 days
Posts Archive
Bugun hamma ishimni bir chetga surib Abdullohni muzeyga olib bordim. 🥰
Bugun hamma ishimni bir chetga surib Abdullohni muzeyga olib bordim. 🥰

Kecha Banklarda buxgalteriya hisobi fanining 1-darsida 5 oldim va “shu qizga semestrning oxirigacha 5, eslatasiz, starosta” d
Kecha Banklarda buxgalteriya hisobi fanining 1-darsida 5 oldim va “shu qizga semestrning oxirigacha 5, eslatasiz, starosta” dedi domla😌 Aqlliligimni sezishganini sezdirishsa xursand boʻlaman))

Abdulloh chizgan birinchi rasm. 🩷 “Kim bu?” desam, “Abdulloh” dedi))
Abdulloh chizgan birinchi rasm. 🩷 “Kim bu?” desam, “Abdulloh” dedi))

✨ Yangi loyiha… Tarjimonlarni saralayapmiz. Tahrirchi sifatida fikrlarim muhim ekan.
✨ Yangi loyiha… Tarjimonlarni saralayapmiz. Tahrirchi sifatida fikrlarim muhim ekan.

Biz ham kecha “nonga” chiqqandik. Ozgina shamollash boshlangandi. Sovuqni sovuq kesadi deb muzqaymoq yedik. Kesolmagani yetma
+1
Biz ham kecha “nonga” chiqqandik. Ozgina shamollash boshlangandi. Sovuqni sovuq kesadi deb muzqaymoq yedik. Kesolmagani yetmagandek battar boʻlib oʻtiribmiz. 😁

Faqat bizda shunaqami deb oʻylardim))

Lekin ularga hech oʻxshamas u… 🩷

Meyli, ertalab sariq roʻyxat ispiskasini qilaman. Yaxshi dam olinglar! 🩷

Telegramda kimlar reaksiya bosgani koʻrinadigan boʻlibdi, sezdinglarmi? Reaksiya bosmaganlarni sariq roʻyxatimga qoʻshib qoʻyaman aytippoʻyay🤣

Bir kun bittasi janjalsiz hayotingizning siri nimada deydi. Koʻpchilik t.oʻ yaxshi deb oʻylaydi. Hecham unaqamas. Men yaxshim
Bir kun bittasi janjalsiz hayotingizning siri nimada deydi. Koʻpchilik t.oʻ yaxshi deb oʻylaydi. Hecham unaqamas. Men yaxshiman, men)) Menday “pazitivniy” qiz bilan janjal qilib boʻladimi)) P. S.: T.oʻ — eri)))

Magnitofon kassetasining yoʻlidan chiqib ketgan lentasini barmogʻingizni tiqib oʻraganmisiz? Oʻramagan boʻlsangiz becharashka
Magnitofon kassetasining yoʻlidan chiqib ketgan lentasini barmogʻingizni tiqib oʻraganmisiz? Oʻramagan boʻlsangiz becharashka ekansiz😁

Yo, yo, yo. Stop! Faylasufona soʻzlashlardan voz kechgandim-ku axir((
Yo, yo, yo. Stop! Faylasufona soʻzlashlardan voz kechgandim-ku axir((

Ishoning, birovning haqqini yemasdan ham boy boʻlish mumkin. Agar boylik xohlasangiz. Lekin boy boʻlishdan koʻra koʻngil xotirjamligi muhimroq. Xudodan avvalo shuni soʻrang!

Masalan, pul bilan ishga olishlar, dars taqsimotida ham tanish-bilishchilik. Oʻziga mumkin boʻlmasa boshqaga yozdirib olish, yoʻq xodimning nomiga oylik chiqarish, mukofot puli yozib qanchadir qismini rahbarlar olishi… sanasam gap koʻp. Insof bergan boʻlsin)

Aslida koʻp gap yozmoqchi edim, juda charchagandim, ham tong oqara boshlagandi. Maktabda qisqagina faoliyatimda ham shunaqa pashsha qoʻruvchilarning juuuda koʻpini koʻrganman.

“Biz t…mizmi?” (Adabiy tahlil) Bugun kechda Fozil Farhodning “Amalkursisini oʻqidim-u, uyqularim qochib ketdi. Qaniydi har bir idorada shunday qizil kursi boʻlsa deb yubordim… Shu birgina hikoya bilan ijodkorning chinakam muxlisiga aylandim. Xayolimda “Nega avval oʻqimagan ekanman?”, “Boshqa hikoyalari ham shu qadar saviyalimikan?” kabi savollar aylana boshladi. Mutolaa uchun vaqt kelganda albatta Fozil Farhodning hikoyalaridan boshlashni niyat qildim. Hikoyaga qaytsak, asarda tahririyat xodimlarining muammolari achchiq kulgi bilan tanqid qilingan. Amalkursiga oʻtirib ishdan ketganlarning har biri bir illatning timsoli. Masalan, poraxoʻr Sulton Davletovich, tahririyat mablagʻini oʻzlashtirib kelgan Amir Boytoʻrayevich, ijodiy faoliyatga “umuman” aloqasi yoʻq, kun oʻtsin uchun ishlaydigan Narzi aka, ijodiy xodimlarning qalam haqidan “urib” qoladigan, shogirdining nomiga qalam haqi yozib yarmini oʻzi oladigan mas’ul kotib va maqolalarning “yuragi”ni kesib olib charchamaydigan “qassob” muharrir. Yozuvchi bu roʻyxatni qisqagina qilib umumlashtiradi: ijodiy muhitdan umuman bexabar, tahririyatning texnik xodimlari — pashsha qoʻruvchilar(!) Hikoyada, ayniqsa, mas’ul kotibning ishdan ketganidan ko‘pchilik xursand boʻladi. “… ijodiy xodimlarning ko‘kragiga shamol tegdi. Ha-da, o‘lib-tirilib bir hafta deganda bitta-yarimta maqola yozasan-u, o‘zi shundog‘am kam qalam haqini yana mas’ul kotib bir chetidan yulib qolsa, kimga alam qilmaydi?!” — deb buni alam bilan izohlaydi yozuvchi. Achinarlisi, bunday yulgʻichlar faqat tahririyatda emasligida… Yana bir e’tiborga molik jihati, asarda barcha illatlarga davo kitob oʻqish ekanligiga bir emas ikki bora ishora qilinadi. Amir Boytoʻrayevichning xonasidan chiqqan nashr qilinganiga 15 yil boʻlgan-u, lekin ochib ham koʻrilmagan kitob hamda ishdan boʻshatilgan “texnik” xodimlarning oʻrniga kelganlar haqidagi “Yangilarning bari kitob o‘qir, shuning uchun xalq haqiga xiyonat qilinmasmidi!” fikrlari bunga yaqqol misol boʻladi. Asardagi har bir kichik (“texnik”)obraz jamiyatimizning katta muammosi! Meni qiziqtirgani: Vazira Petrovnaning nima sababdan ishdan ketgani boʻlsa, chuqur oʻylantirgani adabiy kotibning ishdan ketayotganda aytgan gaplari boʻldi: “Hammang toʻnkasan!” Jamiyatimizda shunday nohaqliklarni koʻrib turib ham indamay ishlaydigan har bir xodimga — insonga aytilgandek goʻyo! Asarni ikki marta oʻqidim, har oʻqiganimda “koʻzlarim ochilaverdi”. Shunday millatning koʻzini ochuvchi, unga koʻzgu tutuvchi asarlar, Fozil Farhod kabi koʻzyosh bilan kuldiradigan ijodkorlar koʻpaysin. Hikoyaning tili sodda, xalqona ekanligi bois bir nafasda oʻqiladi. Siz uchun eng yaxshi tavsiyam: oʻqing! Arjumandbegim
“Avvaliga hammasini tushunmay qizil kursidan nafratlangan bo‘lsam, endi bari oydinlashgach, uning «peshona»sidan o‘pib qo‘ygim kelardi. Dunyoning ishlari qizig‘-a! Ba’zan adolatni insonlar o‘rnatishga qiynalgan damlarda jonsiz kursilar yordamga kelarkan-da!.. Olamning hamma narsasi hisob-kitobli ekaniga o‘sha voqeadan keyin yana bir bor amin bo‘ldim.” “Amalkursi” Fozil Farhod
Oʻqish uchun: https://telegra.ph/