Telegram Help UZ
Open in Telegram
Bu yerda Telegram va Plus Messenger bo'yicha eng ko'p uchraydigan savollarga javoblar berilgan. 📌Plus Rasmiy kanal: @plusmsgr_uz 🌟Ovoz berish: t.me/tghelp_uz?boost
Show more6 761
Subscribers
No data24 hours
-617 days
-24530 days
Posts Archive
6 761
Plus Messengerda istalgan chatni jilddan olib tashlash va qo'shish
1- rasmda: Chatni jilddan olib tashlash ko'rsatilgan, bunda istalgan chat yoki bir nechta chatlarni belgilab turib 3 nuqtani bosish kifoya.
2-rasmda: Olib tashlangan chatni qayta qo'shish, bunda aynan olib tashlangan chat jild ikonkasini bosib turib "jildni tahrirlash" tugmasini bosing.
3-rasmda: Qaytarish kerak bo'lgan chatni tanlash, bunda istisno qilingan chatlar orasidan kerakli chatni bosib turing va o'chiring.
4-rasmda: Saqlash tugmasini bosing. (Ko'pincha foydalanuvchilar aynan buyruq bajarilgach saqlash tugmasini bosishni yoddan chiqarishadi)
#jild #olibtashlash #qaytarish
@tghelp_uz
6 761
Plus Messengerda xali sinovda bo'lgan yangiliklar haqida
📢 Endilikda kanallarda ham cheksiz tinglovchilar orqali ovozli chatlarni boshlash imkoniyati. (Oldingi shartlar kabi)
👤 Kanallardagi ovozli chatlarda shaxsiy hisobingizni faqatgina biror shaxsiy kanalingiz orqali yashirish imkoniyati.
✏️ Ovozli chatlardagi chat nomini tahrirlash imkoniyati.
🔗 Ovozli chat uchun taklif havolalari yaratish imkoniyati.
🔴 Ovozli chatni yozib olish imkoniyati.
💁 Ovozli chatlarda gapirish istagida bo'lganlar adminlar ko'rishi uchun qo'l ko'tarish imkoniyati.
🔚 Asosiy chatlar roʻyxatida chapga surish uchun qaysi amal belgilanishini tanlashi mumkin: chatlarni arxivlash, qadash, sukut qilish, oʻchirish yoki oʻqilgan deb belgilash imkoniyati.
@tghelp_uz
6 761
Avtomatik o'chadigan fotosuratlar va videolar.
Faqat shaxsiy chatda avtomatik o'chadigan fotosuratlar yoki videolarni yuborish mumkin. Suhbatdoshingiz uni ko'rganida, foto/video avtomatik o'chiriladi.
Vaqtli foto/videoni galereyaga saqlash, uni skrinshot qilish, yoki keyinroq qayta ko'rish mutlaqo imkonsiz.
O'z-o'zini o'chirishi uchun 1-60 soniyagacha vaqt belgilash mumkin.
@TGHelp_Uz
6 761
#TELEGRAM YANGILANDI
Ovozli chatlarning 2.0 versiyasi: Kanallarda ovozli chatlar, millionlab tinglovchilar, ovozli chatlarni yozib olish, yangi administrator vositalari
Android uchun Telegram , iOS va macOS 7.6 versiyasiga yangilandi Telegram Desktop 2.7 versiyaga yangilandi.
Ovozli chatda Millionlab tinglovchilar
• Guruhlarda va kanallarda cheksiz a'zoga ega ovozli chatlarni boshlang.
• Bir vaqtning o'zida millionlab odamlar tinglashi mumkin bo'lgan munozaralarni o'tkazing.
Ovozli suhbatlarni yozib olish
• Keyinroq kanallarga ulashish yoki yuborish uchun ovozli chatlarni yozib oling.
• Sarlavha yonidagi qizil nuqta orqali suhbat yozilayotganini ko'ring.
Ishtirokchilar ro'yxati yaxshilandi
• Ishtirokchilar ro'yxatidan foydalanuvchi bio-larini ko'ring.
• Siz gapirmoqchi bo'lganingizni administratorlarga ko'rsatish uchun qo'lingizni ko'taring.
Ovozli chat Tashkilotchilari uchun vositalar
• Tinglovchilar yoki ma'ruzachilar uchun alohida Ovozli chat taklifnomasi havolalarini yarating.
• Odamlarga dolzarb mavzu haqida tushuncha berish uchun Ovozli Chat'ga nom qo'ying yoki nomini o'zgartiring.
• Shaxsiy hisobingizni yashirish uchun sizning kanallaringizdan biri sifatida Ovozli chatlarga qo'shiling.
Harakat sozlamalarini o'zgartiring
• Ro'yxatdagi suhbatda chapga suringanda qaysi amal bajarilishini tanlang: PIN-kod, O'qilgan sifatida belgilash, Arxivlash, Ovozni o'chirish yoki suhbatni O'chirish.
Ushbu yangilanish haqida ko'proq ma'lumot: telegram.org/blog/voice-chats-on-steroids/uz
Android: Google Play APK official veb-sayt yoki tasdiqlangan kanal .
iOS: App Store .
TDesktop: rasmiy saytidan yoki GitHub .
macOS: App Store yoki rasmiy veb-sayt .
6 761
Spam harakatlar to'g'risida moderatorlarga shikoyat qilish
Telegramning 7. 4 versiyasida kanal, chat yoki uning a'zosi ustidan shikoyat qilish bo'limiga ham qo'shimchalar kiritildi.
Jumladan, soxta hisoblar ustidan shikoyat qilish, fikringizni to'liq bayon etish uchun alohida menyu va yaxshilangan interfeys.
Shikoyat qilish uchun, sizning muallifligingizda bo'lmagan kanal yoki chatda yuqori o'ng burchakdagi 3 vertikal nuqtani bosing va shikoyat qilish bo'limini toping.
Qaysi turdagi spam harakat ekanligi haqida berilgan variantlarda ko'rsatishingiz, tanlangan shikoyat kanalning qaysi postiga taalluqli ekanligini tanlashingiz, qo'shimcha izoh kiritishingiz ham mumkin.
Shikoyat qilishingiz uchun quyidagi variantlar keltirilgan:
- SPAM
- SOXTA HISOB
- ZO'RAVONLIK
- BOLALAR PORNOGRAFIYASI
- PORNOGRAFIYA
- BOSHQA TURDAGI SPAM SHIKOYAT
Yuborilgan har qanday shikoyat uchun kanal, chat yoki uning a'zosiga cheklov qo'yilmaydi, shikoyatingiz haqida Telegram moderatorlariga habar yetkaziladi va ular tomonidan ko'rib chiqiladi, cheklovga arzirli sabab bo'lsa, ularga nisbatan tegishli cheklov belgilanadi.
@TGHelp_Uz
6 761
Translyatsiya guruhi a'zolari imkoniyatlari.
Telegramning 7. 5. 0. 0 versiyasida guruhlarni tranlyatsiya guruhlariga aylantirish imkoniyati qo'shildi va bunda guruhning oddiy a'zolari uchun quyidagi huquqlarni yoqib bo'lmaydi:
- Habarlar yuborish
- Media yuborish
- Stiker va gif yuborish
- Havolalarga razm solish
- Foydalanuvchilarni qo'shish
- Xabarlarni qadash
- Chat ma'lumotini o'zgartirish
Translyatsiya guruhlarida yuqoridagi huquqlar faqat guruh egasi va adminlarida saqlanib qoladi.
Translyatsiya guruhining afzalliklari quyidagicha:
+ Cheksiz guruh a'zolari
+ Guruh a'zolari ovozli chatda ishtirok eta oladi
Guruhingiz a'zolari soni 200,000 ga yetganida, Telegram tomonidan sizga guruhingizni translyatsiya guruhiga o'tkazish taklif qilinadi. Yuqorida ko'rsatilgan foydalanuvchi huquqlari siz uchun muhim bo'lsa, siz bunga rozilik bildirmasligingiz mumkin va guruhingiz odatdagidek qoladi.
Eslatma! Translyatsiya guruhlari avvalgidek SuperGuruh toifasiga qaytarilmaydi.
@TGHelp_Uz
6 761
MENING ILOVAM YAXSHI ISHLAMAYAPTI. NIMA QILISHIM KERAK?
Agar sizning Plus Messenjeringiz yaxshi ishlamasa, quyida ko'rsatilgan harakatlarni amalga oshiring (va keyingi qadamga o'tishdan oldin Plus ishlashi yaxshilangani yoki yaxshilanmaganini tekshiring):
1. Plus'ning Eng so'nggi versiyasini foydalanayotganingizni tekshiring.
• Plus Messenjerining eng so'nggi versiyasi qaysi ekanligini bilish uchun @plusmsgr_uz dagi eng so'nggi xabar o'qing.
• Bu yerga bosing va ilovangizning versiyasi va build raqamini bilib oling.
• Agar sizning ilovangiz eng so'nggi versiya bo'lmasa uni yangilang.
2. Sizda stable (barqaror) yoki beta versiya ekanligini aniqlang.
• Bu yerga bosing va build raqamini aniqlang (qavs ichidagi 4 yoki 5 ta raqamdan iborat raqamlarni ko'ring, misol uchun: 17430).
• Agar build raqamining oxirgi raqami 0 bo'lsa (m.u. 17430) u stable (ya'ni barqaror) versiya hisoblanadi.
• Aks holda, (m.u. 17459) siz beta versiyadan foydalanyapsiz. Agar siz beta versiyadan foydalansangiz, iltimos, shikoyat qilmang: beta versiyani o'rnatishda buggy versiyasi bilan ishlashga rozilik bildirgansiz.(odatda beta versiyada nosozliklar ko'p bo'ladi. U barqaror versiyaga ko'tarilishidan oldin sinovdan o'tkaziladi)
• Agar siz beta versiyadan foydalanishni istamasangiz, uni o'chirib tashlab, so'ng esa Play Marketdan stable (barqaror) versiyani o'rnatishingiz kerak bo'ladi.
3. Ilovani qayta ishga tushiring.
• Ekranning pastki qismidagi tugmachalardan birini bosish orqali so'nggi foydalanilgan ilovalar ro'yxatini oching va keyin u yerda Plus Messenger'ini surish orqali ro'yxatdan chiqarib tashlang.
• Agar bu siz uchun qiyin bo'lsa, shunchaki qurilmangizni o'chirib, qayta yoqing.
4. Ilova keshini va mahalliy ma'lumotlar bazasini tozalang.
• Plus Messenger'idan yuklangan barcha medialar ilovaning kesh faylida saqlanadi. Uni tozalash uchun tg://settings/storage havolasidan foydalaning.
• Plus Messenger keshni tozalash paytida qurilmangizdan yuklab olingan barcha medialarni o'chirishini unutmang. Agar ulardan ba'zilari saqlanib qolishi kerak bo'lsa, ularni keshni tozalashdan oldin qurilmangizga saqlab oling: Rasmni saqlash uchun rasm yoniga bosing // Videoni saqlash uchun video yonidagi uchta nuqta tugmachasini ishlating.
• Yoki qurilmangizning Fayllar boshqaruvi'ning Telegram katalogida yuklangan fayllarni o'chirishingiz mumkin bu o'z navbatida kesh tozalanganligiga teng bo'ladi.
5. Suhbatlar keshini tozalang.
• Bu yerga bosing (tg://debugmenu).
• "Chatlarni asliga qaytarish"ni bosing. Barcha chatlar yo'qoladi lekin havotir olmang. Tozalaganingizdan so'ng, Telegram avtomatik keshni tozalab, chatlarni qayta tiklaydi.
6. Agar hech narsa yordam bermasa, ilovani o'chirib, qayta o'rnating.
• Qurilmangizdan Plus Messenger ilovasini o'chirib tashlang.
• Uni yuklab oling va o'rnating
⚠️ Diqqat! Ilovani qayta o'rnatganingizdan so'ng barcha hisob (akkaunt) laringizga qayta telegram ochishingiz qilishingiz kerak!
Hisob(akkaunt) laringizning SIM kartasi mavjudligiga (yoki boshqa qurilmada shu raqamingizga ochilgan telegram mavjudligiga) va barcha akkauntlaringizning 2 bosqichli kodini unutmaganingizga ishonch hosil qiling! Aks holda, akkauntlaringizni tiklay olmaysiz.
❗Diqqatli bo'ling: Ushbu 6 ta usulning birortasi yakunlanganda ilova ishlashi yaxshilansa, keyingi usulga o'tish kerak emas! Agar ushbu 6 ta usulning birortasi ham naf bermasa uni @plusmsgrchatuz guruhimizga #nosozlik hashtagi ostida yuboring!
@tghelp_uz
6 761
Plus Messengerdagi hali ommaga taqdim etilmagan, sinovda bo'lgan 7.5 versiyasidagi o'zgarishlar haqida
📢 Translyatsiya guruhlari:
Faqat adminstratsiya yoza oladigan va a'zolar soni cheklanmagan guruhlardir. Bunday funksiya ishlatish uchun guruh a'zolar soni 200mingga yaqinlashganida telegram tomonidan sizga taklif bildiriladi. (Faqat guruh yaratuvchisiga)
⏱ Muddatli taklif havolalari:
Vaqtinchalik havolalar yaratish orqali undagi kirgan a'zolar sonini aniq bilish, QR kodlar orqali guruhga yaqinlarni taklif etish. (Faqat guruh adminstratorlariga)
🔥Xabarlarni avtomatik o'chirish:
24 soat yoki 7 kun o'tgach, guruhlarda yoki shaxsiy chatlardagi xabarlarni avto o'chirishni ta'minlash. (Faqat guruh adminstratorlariga)
🔔 Vidjetlar:
Telefon asosiy menyusidagi sizga kerak bo'lgan chatlarga qulay va tez kirish uchun.
Manba: @tghelp_uz
6 761
Plus tilini o‘zbek yoki rus tiliga qo‘ysangiz, ingliz tili ham aralashib ketsa, buni telefon nastroykasidan to‘g‘irlashiz mumkin!
Samsung foydalanuvchilari uchun:
> Общие настройки
> Язык и ввод
> Преобразование текста в речь
> Язык
Xiomi foydalanuvchilari uchun:
> Расширенный настройки
> Язык и ввод
> Проверка правописания
> Языки
*izoh rasmda chapda samsung, o‘ngda xiomi foydalanuvchilari uchun ko‘rsatilgan!
#til #язык #перевод #tarjima
@tghelp_uz
6 761
Plus tilini o‘zbek yoki rus tiliga qo‘ysangiz, ingliz tili ham aralashib ketsa, buni telefon nastroykasidan to‘g‘irlashiz mumkin!
Samsung foydalanuvchilari uchun:
> Общие настройки
> Язык и ввод
> Преобразование текста в речь
> Язык
Xiomi foydalanuvchilari uchun:
> Расширенный настройки
> Язык и ввод
> Проверка правописания
> Языки
*izoh rasmda chapda samsung, o‘ngda xiomi foydalanuvchilari uchun ko‘rsatilgan!
#til #язык #перевод #tarjima
@tghelp_uz
6 761
✅ Plusning 7.4.1.0 yangi versiyasidagi bazi qo'shilgan yangiliklar haqida
🧹1. Endilikda siz egalik qilayotgan guruhlar, maxfiy chatlar va qo'ng'iroq tarixini butkul bir vaqtni o'zida o'chirish imkoniyati.
🚫2. Guruh va kanallarda taniqli odamlarni yoki tashkilotlarni taqlid qiladiganlar uchun "Soxta hisob" tugmasi orqali shikoyat qilish imkoniyati.
🐥3.Yangi foydalanuvchilarni taklif qilingan stiker bilan bir marta bosish bilan tabriklang.
(Agar sizda bu bildirishnoma mavjud bo'lmasa tg://settings/notifications hodisalar bo'limidan kerakli buyruqni yoqish kerak)
🎙4. Siz admin bo'lgan (va kerakli admin huquqi yoqilgan) guruhlarga ovozli chat boshqaruvida har bir foydalanuvchilarni ovozini boshqarish imkoniyati.
@plusmsgr_uz
@tghelp_uz
6 761
🎥 Video xabarlardagi bazi savollarga qisqacha javoblar!
1- Android versiya 4.1 va plus versiya 3.10.1.0 dan baland bo'lsada video xabar belgisi chiqmaganda Maxsus menyudagi👉 tg://debugmenu "Ilova ichidagi kamerani yoqish"ni tafsiya etamiz.
(Agar yoqish so'zi o'rniga o'chirish bo'lsa tugmani bosmang va boshqa tugmalarga bilib bilmay tegmang)
2- Video xabar tugmasini chiqarish uchun ovozli xabar tugmasini bir marotaba bosish kerak.
3- Video xabarda qulaylik, kamerani almashtirish va videoni to'xtatib qo'yish uchun strelka yo'nalishida tepaga tortasiz.
4- Video xabar boshlashda asosiy kameradan foydalanish mumkin. (https://t.me/plusmods/p2.31)
6 761
❗️Amerikaning notijorat tashkiloti Telegram ustidan shikoyat qildi!
🍏Apple tashkiloti Telegram ustidan ekstremistik xabarlarni tarqatgan va zoʻravonlikka chaqirgan foydalanuvchilariga nisbatan yetarlicha cheklov choralarini koʻrmagan degan ayb bilan sudga murojaat qilgan va Telegramni Appstoredan olib tashlash kerak deb xulosa qilgan.
🌐Telegram esa allaqachon iOS mijozlari uchun yangi Web versiya ishlab chiqishni boshlab yubordi
@tghelp_uz
6 761
XAVFSIZLIK SOZLAMALARI
Telegramingizning xavfsizlik sozlamarini quyida topishingiz mumkin: Yon Menyu -> Sozlamalar -> Maxfiylik va Xavfsizlik
Ularni quyidagicha sozlashingiz mumkin:
1. Bloklangan foydalanuvchilar: - Siz bloklagan odamlar ro'yxati. Bloklangan foydalanuvchilar sizga xabar yuborish imkoniyatiga ega, ammo siz ushbu xabarlarni ko'romaysiz (va ular ikkita o'qilganlik belgisini ko'rmaydilar). Ular sizning profil rasmingizni/videongizni va so'nggi faolligingizni ko'rolmaydilar.
2. Telefon raqam: Ushbu akkauntingiz telefon raqamini kimlar ko'ra olishini va ushbu raqamni o'z kontaktlariga saqlash orqali kimlar sizni topa olishini (yoki aksincha) sozlashingiz mumkin. Shuningdek istisnolarni ham belgilashingiz mumkin. Ya'ni siz raqamingizni faqat kontaktlaringizga ko'rinadigan qilgan bo'lsangiz, istisnoga kontaktga qo'shmagan foydalanuvchini belgilasangiz, u sizni raqamingizni kontaktingizga qo'shilmasdan ko'ra oladi yoki kontaktingizda bo'lsa ham raqamingizni ko'ra olmaydi. Qo'shimcha ma'lumot -> bosing
3. So'nggi faollik va onlayn: Sizning onlaynligingizni yoki so'nggi faolligingizni kimlar ko'ra olishi yoki kimlar ko'ra olmasligini sozlaysiz. Shuningdek, istisno ham mavjud. Qo'shimcha ma'lumot -> bosing
4. Profil rasmi: Profilingizga (Glavniyga) qo'ygan rasm/video ni kimlar ko'ra olishi yoki kimlar ko'ra olmasligini sozlashingiz mumkin. Shuningdek, istisno ham mavjud. Qo'shimcha ma'lumot -> bosing
5. Uzatilgan xabar: Sizning yuborilgan xabaringizning ustidagi yozuv(....dan uzatilgan xabar)ga bosish orqali kimlar profilingizga o'taolishi yoki o'taolmasligini sozlaysiz. Shuningdek, istisno ham mavjud. Qo'shimcha ma'lumot -> bosing
6. Qo'ng'iroqlar: Kimlar sizga Telegram orqali qo'ng'iroq qila olishi yoki olmasligini sozlaysiz( har ikki; ovozli va video qo'ng'iroqlar uchun) Shuningdek, istisno ham mavjud.
7. Guruhlar: Kimlar sizni guruh yoki kanallarga qo'sha olishini yoki qo'sha olmasligini sozlaysiz. Shuningdek, istisno ham mavjud. Qo'shimcha ma'lumot -> bosing
Iltimos, e'tibor bering:
1. Hisob qaydnomangiz ma'lumotlarini kim ko'rishi yoki ko'ra olmasligini yoki sizga nisbatan biror ish qila olmasligini belgilaganingizda, u yerga (istisnoga) nafaqat alohida kontaktlarni, balki guruhlarni ham qo'shishingiz mumkin.
2. Notanishlardan shaxsiy xabarlarni olishdan qocholmaysiz ya'ni sizga begonalar yozolmaydigan qilish imkonsiz. Agar siz notanishlardan tez-tez xabar olsangiz, Telegram serverlari sizning hisobingiz uchun "Arxivlash va sukut qilish" funksiyasini yoqadi. Shunday qilib, siz buni Maxfiylik va xavfsizlik ekranida ko'rasiz va yoqib qo'yishingiz mumkin bo'ladi (faol sessiyalar ostida). Qo'shimcha ma'lumot -> bosing
@tghelp_uz
6 761
#Arxiv
Plus Messengerning suhbatni yashirin o'qish rejimi:
Asosiy fotosuratni bosib turish orqali suhbatni yashirin o'qing, afsuski plusning bu modulida yashirin yozish huquqi yoq!
Bu modulda o'qish qulayligi uchun kirib shu (p1.35) modulini yoqing👇
https://t.me/plusmods/doNotClosePreviewOnRelease
6 761
Shaxsiy Guruhning superguruhdan farqi
Ko'pgina foydalanuvchilar guruh suhbatlarining ikki turi borligini unutgan bo'lsalar kerak:
- Guruhlar.
- Super guruhlar.
Ayni paytda, guruhni super guruhga aylantirish uchun bu yerda(https://t.me/tghelp_uz/72) tasvirlangan harakatlardan birini bajarish kifoya.
Superguruh'ning afzalliklari:
- Qora ro'yxat va taqiqlanganlar ro'yxati
- Adminlarga odatiy rolni berish qobiliyati.
- Bildirishnomalar sukut bo'yicha o'chirish.
- Guruhga ochiq havola yaratish imkoniyati.
- 200,000 gacha bo'lgan ishtirokchilar soni (guruh 200 ishtirokchiga etganida avtomatik ravishda super guruhga aylanadi).
- suhbatning yangi ishtirokchilari uchun tarixning ko'rinishini o'rnatish qobiliyati.
- Guruhdagi global huquqlarni sozlash qobiliyati (masalan, stikerlarni taqiqlash).
- Ijodkor va ma'murlar guruhning barcha a'zolari uchun barcha xabarlarni o'chirib tashlashlari mumkin, boshqa foydalanuvchilar faqat o'zlarining xabarlarini o'chirib tashlashlari mumkin(shuningdek, barcha foydalanuvchilar uchun).
Shaxsiy guruhning afzalliklari:
- Guruhlar 500 ta kanal va super guruhlar limitiga kiritilmagan. Ya'ni cheklanmagan miqdorda shaxsiy guruhlarga qo'shilish mumkin
- Barcha foydalanuvchilar guruh tavsifi, nomi va avatarini tahrirlashlari mumkin.
- Istalgan foydalanuvchi boshqalarning xabarlarini o'chirib tashlashi mumkin (faqat o'zi uchun).
@tghelp_uz
6 761
Maxfiy chat
Sizning profilingizga sizning xohishingiz bilan biror shaxs ulanib olganda ham, undan yashirin tarzda chat amalga oshirishni istaysizmi?
Telegram maxfiy chatlarni qo'llab quvvatlaydi va maxfiy chatlarda:
• Ikki yoqlama shifrlash - bu siz va suhbatdoshingizdan boshqalar chatni kuzata olmasligini ta'minlaydi. Seansda necha kishi ulanganidan qat'i nazar, maxfiy chatlar faqat asosiy seanslarda ko'rinadi.
• Iz qoldirmasdan suhbatlashish - siz chatni o'chirishni unutganingizda ham, qayta ilovaga kirganda shubhali material qoldirmaslikni ta'minlaydi.
• Taymer bo'yicha o'chirish - sizga ajoyib immoniyatni taqdim etadi, bunda siz kerakli vaqtni belgilab qo'yasiz (masalan 5 soniya) va suhbatdoshingiz habaringizni ko'rganidan 5 soniya o'tib, habar avtomatik o'chiriladi.
• Habar uzatishni taqiqlash - bunda siz yoki suhbatdoshingiz habarlarini xech qanday usulda boshqalarga uzatishni imkoni bo'lmaydi. Media va xabarlar 100% xavfsiz saqlanadi.
6 761
Hurmatli Plus Messenger foydalanuvchilari rasmiy guruh jamoasi sizlarni qanday qo'llab-quvvatlayabdi! Iltimos ovoz bering bu biz uchun muhim
6 761
🎙Video yoki Ovozli chat Plus 7.3.1.0 versiyasida:
Siz administratori boʻlgan istalgan guruh profili orqali bir necha minglab ishtirokchilar bilan birgalikdagi video suhbat.
Buning uchun sizda adminlik huquqlarida kerakli funksiya (video chat boshqaruvi) yoniq bo'lishi kerak, yoqilgach guruhdagi tepadagi 3 nuqta orqali video chatdan foydalana olasiz!
@tghelp_uz
6 761
Rasmdagi ko'pchilik qiziqqan malumot
DC - Data Center - ma'lumotlar markazi, foydalanuvchi ma'lumotlarini saqlaydigan server identifikatori
DC 1 - AQSh, Kanada va ehtimol boshqa ba'zi qo'shni davlatlar
DC 2 - Shimoliy Yevropa, G'arbiy va Markaziy Osiyo
DC 3 - zaxira ma'lumotlar markazi
DC 4 - Janubiy Yevropa, Turkiya, Eron va Arab mamlakatlari
DC 5 - Hindiston, Janubiy Osiyo mamlakatlari, Avstraliya
Mamlakatlar avtomatik ravishda telefon raqamining mamlakat kodi asosida tanlanadi
