en
Feedback
Telegram Help UZ

Telegram Help UZ

Open in Telegram

Bu yerda Telegram va Plus Messenger bo'yicha eng ko'p uchraydigan savollarga javoblar berilgan. 📌Plus Rasmiy kanal: @plusmsgr_uz 🌟Ovoz berish: t.me/tghelp_uz?boost

Show more
6 761
Subscribers
No data24 hours
-617 days
-24530 days
Posts Archive

🎉 Telegram Premium afzalliklari malum bo'ldi Cheklovlar qiymati oshishi. -1000 tagacha kanallarga a'zo bo'lish, -20 tagacha
🎉 Telegram Premium afzalliklari malum bo'ldi Cheklovlar qiymati oshishi. -1000 tagacha kanallarga a'zo bo'lish, -20 tagacha jildlar qo'shish, -10 tagacha chatlar qadash, -20 tagacha havola yaratish. Xotira oshishi. -2GB hajmdan 4GB gacha hujjat yuklash, -Umumiy xotira cheksiz. Yuklash tezligi oshishi. -Yuklash tezligi oshirilgan, -Media va hujjatlarni yuklab olish tezligida endi cheklov yo'q. Ovozli xabarni matnga aylantirish. -Har qanday kiruvchi ovozli xabarning transkriptini o'qish. Reklamasiz Telegram. -Telegram ba'zida reklama ko'rsatadigan ommaviy kanallarda endi reklama yo'qligi. Noyob Reaksiyalar. -Faqat Premium foydalanuvchilari uchun xabarlarga qo'shimcha animatsion reaksiyalar qo'shilishi. Premium stikerlar. -Eksklyuziv kattalashtirilgan stikerlar va ular har oyda yangilanadi. Kengaytirilgan chat boshqaruvi. -Standart jild o'rnatish, -Avtomatik arxivlash, -Yangi chatlarni yashirish. Profil nishoni. -Telegram’ni qo‘llab-quvvatlashga yordam berayotganingizni ko'rsatadigan nishon. @tghelp_uz

📲 Plus Messenger'da 50 mln + yuklanmalar Plusni Play Marketdagi versiyasida 50 milliondan oshiq yuklanishlarga erishdi. Bu b
📲 Plus Messenger'da 50 mln + yuklanmalar Plusni Play Marketdagi versiyasida 50 milliondan oshiq yuklanishlarga erishdi. Bu borada Plus haligacha TelegramX bilan raqobatdosh ekanligini bildirmoqda. Telegramning android yuklanmalarini eng kuchli ilovalari ko'rsatgichi: 1. Telegram ★4.2 - 1mlrd+ 2. Plus Messenger ★4.1 - 50 mln+ 3. TelegramX ★3.9 - 50 mln+ 4. Vidogram ★4.3 - 10 mln+ 5. Graph Messenger ★4.4 - 5 mln+ @tghelp_uz

💥 Kontaktlar ro'yxatida o'zaro kontaktlar belgisi Plus Messenger kontaktlar ro'yxatida o'zaro kontaktlarni bildiruvchi 👤 be
💥 Kontaktlar ro'yxatida o'zaro kontaktlar belgisi Plus Messenger kontaktlar ro'yxatida o'zaro kontaktlarni bildiruvchi 👤 belgi qo'shilishi aniq bo'ldi. Demak endi kontaktlarimizdan kimlar bizni o'z kontaktiga saqlaganini bilib olishimiz mumkin bo'ladi. Plus yangilanganida bizning rasmiy kanalimizda kuzatishingiz mumkin bo'ladi va boshqa yangilanishlar haqida ham malumotga ega bo'lasiz degan umiddamiz. O'z taklifingizni qoldirishdan toxtamang :) @tghelp_uz

🔥 Profil rasmlari yuklash sanasi Plus Messenjerda faqat Profillardagi rasmlarni qachon joylanganlik sanasi va vaqti qoyilishi aniq bo'ldi. Keyingi yangilanishlarni kuting. Barcha foydalanuvchilarni o'z takliflari biz uchun muhim, agar Plus xususiyatlariga sizda ham biror taklif bo'lsa Rasmiy guruhga #taklif heshtegi ostida o'z taklifingizni bildirishingiz mumkin. @tghelp_uz

Telegram Premium / Pullik obuna Telegramda messenjerning kelgusi yangilanishlarida eksklyuziv funksiyalarga ega pullik konten
Telegram Premium / Pullik obuna Telegramda messenjerning kelgusi yangilanishlarida eksklyuziv funksiyalarga ega pullik kontentlarni chiqishi kutulmoqda. Avvalroq Pavel Durov kelajakda kengaytirilgan funksionallikka ega stikerlar paydo bo‘lishi haqida gapirgan edi. Balki bunday stikerlar Telegram’dagi birinchi pullik kontent bo‘lar. Hozirgacha malum bo'lishicha pullik Telegramga obuna bo'lganlar rasmdagi maxsus belgiga, to'liq ekranli stiker, qo'shimcha reaksiyalar va bir qancha telegram cheklovlari qiymatini 2 barovar oshishiga ega bo'lishadi. Pullik obuna qiymati esa hali aniq emas. @tghelp_uz

"Telegram ocholmayapman?!" ➖ Juda ko'pchilik Telegram yoki boshqa norasmiy messenjerlarda akkaunt ochish bilan bog'liq muammolar yuzaga kelayotganidan shikoyat qilishmoqda. ➖ Aniqroq qilib aytganda, muammo – foydalanuvchi Telegram ochmoqchi bo'lganida, raqamiga "akkauntiga kirishni tasdiqlovchi 5 xonali kod" yetib kelmayotganida. Buning sabablari esa quyidagicha: ➖ Hozirda Telegram akkauntlarga kirish uchun sms-kodlarni yubormay qo'yganligi sababli, endi sms kelishini kutish befoyda. Buning o'rniga Telegram sizga qo'ng'iroq qilishi va qo'ng'iroqqa javob berganingizdan so'ng kodni qo'ng'iroqning o'zida aytishi kerak. ➖ Lekin ba'zida Plus Messenjeridan foydalanganingizda, Telegram sizga kodni aytish uchun qo'ng'iroq qilolmasligi mumkin. Yechim: ➖ Bunday holatda, akkauntga kirishni Telegram-ning rasmiy ilovasida amalga oshirish talab qilinadi. 1. Rasmiy ilovani o'rnating. 2. Raqamingiz bilan ro'yxatdan o'ting. 3. Rasmiy ilovaga ochilgan akkauntni Plus'ga o'tkazing. ⚠️ Izoh! Agar Rasmiy ilovadan foydalanganingizda ham Kod yetib kelmasa, Demak bu Plus Messenjerining emas Telegramning xatosi. Bu vaziyatda siz, Telegram qo'llab-quvvatlash markazi bilan bog'lanishingiz kerak: tg://settings/tgsupport 🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻 © @tghelp_uz

💥Javob berish oqimidan birma-bir qaytish Plusda javoblar/sahifa oqimidan pastga tugmasi bosilganda xabarlar toʻplamiga birma-bir qaytish qoʻshildi. Yani barcha javob suhbatlaridan o'tilgach pastga tugmasi bosilganida har bir suhbatga qaytish imkonini beradi. Oldin faqat oxirgi bosilgan javob suhbatiga va 2-marotaba chat oxiriga tushib qolar edi. Opsiyani yoqish uchun: Plus sozlamalari>Xabarlar>Chatda xabarlar to'plamiga qaytishni yoqish (hozircha faqat beta versiyada) @tghelp_uz

Yarim shaffof interfeys Telegram va Plus Messenger 8.6 versiyalarida yarim shaffof interfeys opsiyasi paydo bo'ldi. Plusda shaffoflikni yoqish yoki o'chirish imkoniyati mavjud.(p2.61) Unutmang ushbu shaffoflik faqat tungi rejimda paydo bo'ladi. #shaffof #interfeys @tghelp_uz

Bir necha kun oldin Plusning 8.6.0.0 versiyasida ko'plab xatoliklar kuzatildi. Bugun Plus ishlab chiqaruvchisi yangi xatolarsiz versiyani chiqardi. Biz hozirchalik buni App Center orqali yuklab olishimiz mumkin. Tahminlarimizga ko'ra, Plusning Play market 8.6.0 versiyasidagi xatoliklar App Center versiyasida deyarli kuzatilmagan. App Center versiyasi Play marketga nisbatan yaxshiroq. Yangilanishlar sekin chiqishi, xatoliklar, media saqlashdagi muammolar, mualliflik huquqi kabi taqiqlarning yoqligi bilan AppCenter versiyasi ancha qulay. @tghelp_uz

Biz oldin Telegramning reklamalarini faqat kanallarda kuzatamiz deb o'ylagan edik. Lekin afsuski hozirda superguruhlarda ham
Biz oldin Telegramning reklamalarini faqat kanallarda kuzatamiz deb o'ylagan edik. Lekin afsuski hozirda superguruhlarda ham reklama platformalari testdan o'tmoqda. Bu esa foydalanuvchilarga suhbatda noqulaylik keltirib chiqarishi aniq. Qiziq Pavel Durov o'z kanalida "Telegram chatlarida reklamalar bo'lmaydi"-deb aytib o'tgan edi. Bu gaplar ham reklama edi shekinli. Telegram Dasturchilaridan biri: "Telegramda reklama yo'q" balqib chiquvchi reklama bormi? Superguruh aslida texnik kanal bo'lib, ommaviy guruh esa shaxsiy tarkibga kirmaydi. Shunday qilib, ular uni ushbu superguruhlarga qo'shishlari mumkin, lekin hali ham ilovada hech qanday aralashuvchi reklamalar yo'q"- deya bahonalar bilan izohlada. @tghelp_uz

❗️Plus Messengerdagi muammolar Nega Plus yangilanganida xatoliklar sodir bo'ladi? Shuni aytib o'tamizki, Plus yangilangandagi muammolarni Plus yangilanishiga mutlaqo daxli yoq. Telegram serverida malumotlar hajmi ortganligi sababli yaqinda 32bitdan 64bit IDlarga o'tgan edi va bu ilova yangilanganida biroz vaqt optimallashinuviga sababchi bo'ladi. Shu sababli Plusda ham yangilangan vaqtda muammolar sodir bo'ladi. Ilovangizda qancha malumotlar(chatlar,guruhlar,kanallar) ko'p bo'lsa shunchalik optimallashtirish vaqti ortadi. Nega Plus juda ko'p yangilanadi? Agar siz Plus beta-sinov versiyasidan foydalanayotgan bo'lsangiz yangilanishlar soni ko'p bo'lishi tabiiy holat. Barqaror versiyaga o'tish uchun Play market orqali beta-sinov a'zoligidan chiqing yoki AppCenter orqali barqaror versiya yuklang. Plusda barqaror versiyalar ham Telegramga nisbatan ko'proq yangilanishi mumkin va buning sababi Plusda yagona dasturchi mavjud va xatoliklarni aniqlab olishda unga yordam beruvchilar soni esa juda kam. Nega Plus juda sekin ishlaydi? Plus norasmiy ilova bo'lganligi uchun Telegramga nisbatan sekin ishlashi mumkin. Nafaqat Plus barcha norasmiy ilovalar rasmiy ilovalarga nisbatan sekin ishlaydi hatto bazida qotib qolishi mumkin. Norasmiy ilovalar rasmiy Telegramga nisbatan funksionalligi va dizaynni jihatidan farq qiladi, shuning uchun ham ishlashi biroz sekin bo'ladi. Plusni qanday ishlashini yaxshilash mumkin? Birinchi navbatda qurilmadagi internet tezligini tekshiring. Imkon qadar ko'proq kesh xotira va mahalliy malumotlar bazalarini tozalang. Qurilmada qanchalik bo'sh joy borligiga emas, Plus qancha hajmni band qilganligiga e'tibor qarating. Keraksiz guruhlar, chatlardan chiqing va qurilmani qayta o'chirib yoqing. Agar bular ham ish bermasa Telegramning aloqa sifati yaxshiligiga etibor bering. @tghelp_uz

Telegram aloqasida muammolar Agar sizda shunday muammo bo'lsa rasm, video va bazida xabarlar ham ochilmasligi mumkin. Shuning
Telegram aloqasida muammolar Agar sizda shunday muammo bo'lsa rasm, video va bazida xabarlar ham ochilmasligi mumkin. Shuning uchun proksi serverlardan foydalanishni tavsiya etamiz. Tahrirlandi: Hozirda aloqa sifati yaxshilangan. @tghelp_uz

📥 Plusning keyingi yangilanishida "Faol Yuklamalar" Endilikda biror media faqat yuklanayotgan vaqtda yon menyu ekranida Yuklamalar uchun ham menyu paydo bo'ladi, yani yuklanayotgan medialar qatorini ko'rishingiz mumkin bo'ladi. Bundan tashqari, media yuklab olishlarni rejalashtirish imkoniyatini ham beradi, istalgan media faqat o'zingiz istagan vaqtda xotiraga avtomatik yuklanadi. Faol bo'lmagan lekin kutilayotgan yuklamalarni Faol Yuklamalar menyusida ko'rishingiz mumkin bo'ladi. #FaolYuklama @tghelp_uz

Animatsion stikerlarni endi videolar orqali yarating Telegram va Plus 8.5 versiyalarida videolardan stikerlar yaratish imkoni
Animatsion stikerlarni endi videolar orqali yarating Telegram va Plus 8.5 versiyalarida videolardan stikerlar yaratish imkoni paydo bo'ldi. Videoning asosiy shartlari: - VP9 kodek bilan kodlangan. - Webm formatda bo'lishi zarur. - 3 soniyagacha bo'lgan muddatda. - 256 kb hajmdan oshmasligi kerak. Buning uchun maxsus Adobe Premiere, Davinci Resolve va Apple Final Cut Pro kompyuter dasturlaridan foydalanish mumkin. Mobil qurilma orqali esa videoni kerakli formatda yaratuvchi maxsus bot sizga yordam bera oladi. Animatsion Stiker yaratish esa @Stickers botida /newvideo buyrug'i orqali davom etadi. #animatsion #stiker @tghelp_uz

+1
Plus'ning keyin yangilanishida bizni nimalar kutmoqda🤩 Plus Messenger'ining keyingi 8.4.4.0 yangilanishida biz bir qator qulayliklar va yangi funksiyalarga ega bo'lamiz🔥 1⃣ - Xabarlarga reaksiya bildirish animatsiyasi. 🆕 Kichik animatsiyani ko'rish uchun Reaksiya ustiga bir marta bosing. To'liq animatsiyani ko'rish uchun esa reaksiya ustiga 3-4 soniya bosib turing. Yanada batafsil 1-videoda. 2⃣ - Xabarni chapga surish amalini o'zgartirish. Avvallari javob berish (reply) uchun xabarlarni chap tomonga surish amalidan foydalanar edik. Ana endi ushbu chapga surish uchun ham tezkor harakatlarni (tarjima qilish, ulashish, nusxalash va hkz) qo'yishingiz mumkin. Bu imkoniyatdan foydalanish uchun — https://t.me/plusmods/swipeLeftAction — havolasi ustiga bosing. Yanada batafsil 2-videoda. 3⃣ — Shuningdek, Mediafayllarni saqlaganingizda ularni Alohida Telegram/Plus nomli yangi jildga saqlashingiz mumkin. Havola — https://t.me/plusmods/addAppFolderToSaveToOption — © @tghelp_uz

+1
Plus'ning keyin yangilanishida bizni nimalar kutmoqda🤩 Plus Messenger'ining keyingi 8.4.4.0 yangilanishida biz bir qator qulayliklar va yangi funksiyalarga ega bo'lamiz🔥 1⃣ - Xabarlarga reaksiya bildirish animatsiyasi. 🆕 Kichik animatsiyani ko'rish uchun Reaksiya ustiga bir marta bosing. To'liq animatsiyani ko'rish uchun esa reaksiya ustiga 3-4 soniya bosib turing. Yanada batafsil 1-videoda. 2⃣ - Xabarni chapga surish amalini o'zgartirish. Avvallari javob berish (reply) uchun xabarlarni chap tomonga surish amalidan foydalanar edik. Ana endi ushbu chapga surish uchun ham tezkor harakatlarni (tarjima qilish, ulashish, nusxalash va hkz) qo'yishingiz mumkin. Bu imkoniyatdan foydalanish uchun — https://t.me/plusmods/swipeLeftAction — havolasi ustiga bosing. Yanada batafsil 2-videoda. 3⃣ — Shuningdek, Mediafayllarni saqlaganingizda ularni Alohida Telegram/Plus nomli yangi jildga saqlashingiz mumkin. Havola — https://t.me/plusmods/addAppFolderToSaveToOption — © @tghelp_uz

Xabarlardagi tezkor harakatlar Plus Messengerda bir necha kun oldingi yangilanishda biz xabarni ikki marta bosish orqali tezkor reaksiyani kuzatgan edik. Endilikda biz tez orada xabarlarni ikki marta tez bosishdagi harakat elementini o'zgartirishimiz mumkin. Yani xabarni ikki marta tez bosganda xabarni tarjima qilish, uzatish, nusxa olish va boshqa elementlardan foydalanamiz. Bundan tashqari, ushbu videodagi ko'rsatilgan sozlamada(videoda mod hali tarjima qilinmagani uchun ingliz tilida) modni bir marta bosishda 2-tomon xabarlari (o'z xabaringizdan tashqari xabarlar) uchun, bosib turish orqali o'z xabaringizdagi harakatni tanlay olasiz. Harakatni tanlash uchun: Plus sozlamalariga kiring>Xabarlar>Xabarni ikki marta bosishdagi harakatni tanlashni bosing. #tezkorharakat @tghelp_uz