en
Feedback
PFC SURKHON FANS

PFC SURKHON FANS

Open in Telegram

🐴"SURXON FANS - UCHAR TULPORLAR" muxlislar klubi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz! 💛💙

Show more
4 684
Subscribers
-5124 hours
-2207 days
-1 84030 days
Posts Archive
🚨 JARQO‘RG‘ONLIKLAR! BU KANALNI BILMASANGIZ, KO‘P YANGILIKLARDAN BE XABAR QOLISHINGIZ MUMKIN! 📢 Aziz Jarqo‘rg‘onliklar va J
🚨 JARQO‘RG‘ONLIKLAR! BU KANALNI BILMASANGIZ, KO‘P YANGILIKLARDAN BE XABAR QOLISHINGIZ MUMKIN! 📢 Aziz Jarqo‘rg‘onliklar va Jarqo‘rg‘on hayotidagi o‘zgarishlarga befarq bo‘lmagan yurtdoshlar! 🔥 Jarqo‘rg‘onda nima bo‘lyapti? ⚡️ Qanday yangiliklar bor? 📌 Qaysi o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda? 🚨 Eng tezkor xabarlar qayerda chiqadi? Bularning barchasini kuzatib borish uchun yangi “Jarqo‘rg‘on Yangiliklari” Telegram kanali faoliyatini boshladi! 🇺🇿 Yurtimiz va Surxondaryodagi muhim yangiliklar, ayniqsa Jarqo‘rg‘on tumanidagi tezkor xabarlar, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa muhim voqealar birinchilardan bo‘lib ushbu kanalda yoritib boriladi. 🤝 Shaxsan menga yoqqani uchun sizlarga ham tavsiya qilyapman. ❗️Ishonmaysizmi? Unda kanalga kiring, bir muddat kuzatib ko‘ring. Yoqmasa, istagan vaqtingiz tark etishingiz mumkin. 📲 JARQO‘RG‘ON YANGILIKLARI 👉 @JARQURGANNEWS 🔔 Jarqo‘rg‘onda nima bo‘layotganini birinchilardan bilishni istasangiz — hoziroq qo‘shiling! 📣 Kanalni Jarqo‘rg‘onlik tanishlaringizga ham yuboring! Bizni kuzatishda davom eting👇 @JARQURGANNEWS

Repost from SURKHON PFK
Hatto eng tajribali va yulduz futbolchilar ham ba’zan xato qiladi. Burchak to‘plari va standart vaziyatlarga keladigan bo‘lsak, raqib har bir vaziyatni yaxshi bartaraf etdi. Biz vaziyat yaratib, to‘pni jarima maydoniga yetkazib, zarba yoki uzatma berishga harakat qilganimizda, ular xavfni oldindan bartaraf etishdi. Biz imkoniyat yaratishga harakat qildik, ular esa o‘z darvozasini daxlsiz saqlashga harakat qildi. Bu futbol. Ikkinchi bo‘limda yosh futbolchilar ham maydonga tushdi. Oldinda hali muhim o‘yinlarimiz bor. Yosh futbolchilarimiz esa o‘zlariga ortiqcha baho berib yubormasliklari, o‘zlarini “yulduz” deb his qilib qolmasliklari kerak. Bunday holatlardan ehtiyot bo‘lishlari lozim. Keyingi uchrashuv “Neftchi”ga qarshi. Raqibning so‘nggi natijasini eshitdingizmi? — Ha, uchrashuv natijasidan xabarim bor. Bu o‘yin haqida nima deya olasiz? — Agar “Neftchi”ning so‘nggi natijasini hisobga oladigan bo‘lsak, ular bor alamini bizdan olishga harakat qilishi tabiiy. Bu — futbol. Lekin bizning ham o‘z yo‘nalishimiz, o‘z maqsadimiz va niyatimiz bor. Biz barcha jamoalarni hurmat qilamiz, ammo raqib tanlab o‘tirmaymiz. Har bir uchrashuvga maksimal darajada tayyorgarlik ko‘rib, maksimal natija uchun kurashamiz. O‘zimiz yo‘l qo‘ygan xatolarni tahlil qilib, ularni to‘g‘rilashga harakat qilamiz. Oldinda muhim o‘yinlar turibdi. Bizning vazifamiz — har bir uchrashuvda bor kuchimizni berib, jamoamiz uchun maksimal natijaga erishish.

Repost from SURKHON PFK
O‘yin haqida fikrlaringiz — Assalomu alaykum. Qiziqarli va murosasiz o‘yin bo‘ldi. Har ikki jamoaga ham ochko juda zarur edi. Shunga qaramay, yaxshi futbol namoyish etildi. Men uchun “Bunyodkor” jamoasi begona emas. Ularning futbol falsafasi va o‘yin uslubini yaxshi bilaman. Qaysi tarkib bilan maydonga tushishidan qat’i nazar, ular doimo yaxshi futbol ko‘rsatishga harakat qiladi. Bizning futbolchilar ham bugun yaxshi o‘yin namoyish etishdi, juda katta mehnat qilishdi. Ular bu uchrashuvda bizga ochko qanchalik muhimligini yaxshi anglashgan edi. Termizdan kelib, jamoamizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga alohida minnatdorchilik bildiraman. Ularning yordami biz uchun juda muhim. “Surxon” so‘nggi o‘yinlarda gol ura olmayapti. Jamoaga hujumchi qanchalik yetishmayapti? — Buni faqat men emas, statistika ham ko‘rsatib turibdi. Bu muammo nafaqat bizda, balki ko‘plab jamoalarda ham mavjud. Albatta, kerakli vaziyatlarda maydonning holati ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Olmaliqdagi stadion maydonida biroz notekislik va namlik bor edi. Lekin bu bizning vaziyatlardan foydalana olmayotganimizga asosiy sabab bo‘lmasligi kerak. Biz juda ko‘p vaziyatlar yaratyapmiz. Mirjalol Qosimov ham ta’kidlaganlaridek, jamoamiz yetarlicha imkoniyatlar yaratyapti, ammo yakuniy nuqtada muammo bor. Bugun ham yaxshi vaziyatlar yaratdik, lekin ularni golga aylantirishda qiynaldik. Yosh futbolchilarimiz bor, ammo ularga vaqt kerak. Agar ular mavjud imkoniyatlardan samarali foydalana olishsa, balki bugun boshqa darajada — legioner sifatida faoliyat yuritayotgan bo‘lishardi. Biz ishlashda davom etamiz. Balki jamoamiz uchun yana yangi futbolchi kashf etarmiz. “Guliston”ga qarshi o‘yinda kutilmagan natija qayd etildi va jamoa kubokni tark etdi. Bunga nima sabab bo‘ldi? — Bu natija kimlargadir kutilmagan tuyulishi mumkin. Ammo “Guliston” juda yaxshi shakllangan jamoa. Guruh bosqichida “Buxoro” ham ushbu jamoaga mag‘lub bo‘lgan edi. “Buxoro” har bir uchrashuvga astoydil tayyorgarlik ko‘radigan, juda ahil jamoalardan biri. Har bir futbolchisi o‘yin oxirigacha bor kuchini berishga harakat qiladi. Ularni shartli ravishda “Bavariya”ga o‘xshatish mumkin — mashinadek bir maromda harakat qiladigan jamoa. Ammo ular ham “Guliston”ga mag‘lub bo‘lishdi. Bizning o‘sha uchrashuvimizda ham vaziyatlar bo‘lgan, biroq ulardan foydalana olmadik. Futbolda bunday holatlar bo‘lib turadi. Qaysi jamoa doimo yutadi? Hatto “Real Madrid” ham quyi liga vakiliga mag‘lub bo‘lgan holatlar bor. Menimcha, futbolning qiziq tomoni ham shunda. “Surxon” “Guliston”ga qarshi o‘yinga raqibni mensimasdan tushgan degan fikrga qo‘shilasizmi? — Yo‘q, bunga qo‘shilmayman. Bizning tarkibimizda yosh futbolchilar ham maydonga tushdi. Ularga qachondir imkoniyat berishimiz kerak. Biz deyarli bir tarkib bilan o‘yinlar o‘tkazib kelyapmiz. Futbolchilarga dam berishimiz, yoshlarimizga ham ishonch bildirishimiz zarur. Xudo ko‘rsatmasin, asosiy tarkibdagi biror futbolchi jarohat olsa yoki kartochkalar sababli maydonga tusha olmasa, uning o‘rniga kimni tushiramiz? Yosh futbolchiga imkon bermasak, u o‘z-o‘zidan tajriba orttirmaydi. Yosh futbolchi “Menga o‘n ta o‘yindan beri imkon berishmayapti, ammo birdaniga mendan katta natija talab qilishyapti”, deb o‘ylashi mumkin. Bu esa to‘g‘ri emas. Biz ularga imkoniyat berishimiz, ishonishimiz kerak. Besh qo‘l barobar emas, albatta. Lekin har bir futbolchiga imkoniyat berib, uning imkoniyatlarini ko‘rishimiz zarur. “Guliston”ga qarshi uchrashuvda ham vaziyatlar bo‘lgan. Birinchi bo‘limda standart vaziyatlar ko‘p bo‘ldi, ammo ulardan foydalana olmadi jamoa. Ikkinchi bo‘lim esa qiziqarliroq kechdi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘yinga qanchalik ta’sir ko‘rsatdi? — Biz har bir futbolchimizga ishonishimiz kerak. Ularga asta-sekin imkoniyat berib borishimiz zarur. Agar imkoniyat bermasak, ular tajribani qanday orttiradi? PlayStation o‘ynab o‘rganishmaydi-ku. Ular maydonga tushishi, xato qilishi va shu xatolar ustida ishlashi kerak. Keyin biz ularni tahlil qilib, xatolarini ko‘rsatib, tushuntirishimiz lozim.

Repost from SURKHON PFK
Anvar Gafurov ishtirokidagi matbuot anjumani🎤 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring🔂 📱telegram 📱instagram 📱YouTube
Anvar Gafurov ishtirokidagi matbuot anjumani🎤 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring🔂 📱telegram 📱instagram 📱YouTube

Yhjhhhhrr

Surxon jamomiz gʻalabasi bilan tabriklayman

Repost from UzPFL
🟢 🔵BUNYODKOR 0:1 SURXON 🟡 ⚽️ Tornike Dzebniauri, 77 (0:1)

Gooooollllllllllll

Jamomizga omad🤲

Repost from UzPFL
📋 Ilk XI 18:00 🔵 BUNYODKOR — SURXON 🟡 🟢 https://youtu.be/WQveNFrR_Ig ♻️Artel | 💙Uzcard | ⚫️Apex | 🔴Coca-Cola | 🔵BMB |
📋 Ilk XI      18:00 🔵 BUNYODKOR   — SURXON 🟡 🟢  https://youtu.be/WQveNFrR_Ig ♻️Artel | 💙Uzcard | ⚫️Apex | 🔴Coca-Cola | 🔵BMB |  🟠  Allplay

Geolocation

📋 Sport maktablari ligasi doirasida 2009–2013-yillarda tug‘ilgan futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi bahsl
+9
📋 Sport maktablari ligasi doirasida 2009–2013-yillarda tug‘ilgan futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi bahslari yakuniga yetdi. 🏆 U-17 yosh toifasi (2009) 🥇 1-o‘rin — Surxondaryo 🥈 2-o‘rin — Buxoro 🥉 3-o‘rin — Toshkent shahri 🏆 U-16 yosh toifasi (2010) 🥇 1-o‘rin — Surxondaryo 🥈 2-o‘rin — Farg‘ona 🥉 3-o‘rin — Namangan 🏆 U-15 yosh toifasi (2011) 🥇 1-o‘rin — Surxondaryo 🥈 2-o‘rin — Namangan 🥉 3-o‘rin — Andijon 🏆 U-14 yosh toifasi (2012) 🥇 1-o‘rin — Farg‘ona 🥈 2-o‘rin — Samarqand 🥉 3-o‘rin — Namangan 🏆 U-13 yosh toifasi (2013) 🥇 1-o‘rin — Andijon 🥈 2-o‘rin — Xorazm 🥉 3-o‘rin — Namangan Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga kubok, medal hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. 💳 Uzcard | 🔴 Coca-Cola | ❤️ Uzum Bank | 👍 APEX | ⚡️ Uzbekistan FA

Repost from SURKHON PFK
Jamoamizning navbatdagi raqibi "Bunyodkor"🔵 Superliganing navbatdagi 20-turi doirasida jamoamiz Toshkentning "Bunyodkor" jam
Jamoamizning navbatdagi raqibi "Bunyodkor"🔵 Superliganing navbatdagi 20-turi doirasida jamoamiz Toshkentning "Bunyodkor" jamoasiga qarshi baxs olib boradi. Uchrashuv 4-sentyabr kuni Toshkent shahrida joylashgan "JAR" o'yingohida soat 18:00 da start oladi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring🔂 📱telegram 📱instagram 📱YouTube

Assalomu alaykum! Sizni hayotimizdagi eng quvonchli kun — 15-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan to‘y marosimimizga lutfan taklif etaman. 💍 Ushbu unutilmas kunimizda Sizni ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz. Tashrifingizni intiqlik bilan kutib qolamiz! 🤍

Repost from SURKHON PFK
🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN! 🟡Surxon professional futbol klubi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston
🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN! 🟡Surxon professional futbol klubi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi! Ushbu ulug‘ va qutlug‘ bayram barchamizga tinchlik-xotirjamlik, oilalarimizga fayzu baraka, qalblarimizga cheksiz quvonch olib kelsin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin! Jannatmakon ona diyorimizning tinchligi va osoyishtaligiga ko‘z tegmasin. Mustaqil O‘zbekistonimizning ravnaqi, taraqqiyoti va kelajagi yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar bardavom bo‘lsin. Vatanimiz bayrog‘i hamisha baland, xalqimizning birdamligi va hamjihatligi mustahkam bo‘lsin! Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar! 🇺🇿 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring🔂 📱telegram 📱instagram 📱YouTube

Repost from UzPFL
⚽️ U21 Chempionati to‘purarlari ♻️ Artel | 💙 Uzcard | ⚫️ Apex | 🔴 Coca-Cola | 🔵 BMB | 🟠 Allplay
⚽️ U21 Chempionati to‘purarlari ♻️ Artel | 💙 Uzcard | ⚫️ Apex | 🔴 Coca-Cola | 🔵 BMB | 🟠 Allplay

Farajon Tabriklaymiz Umriyiz uzoq bo'lip, Oilayiz baxtiga omon bo'ling.

🌟 BUGUN — YAXSHI INSONNING SHUKRONA KUNI! 🌟 ❤️ Kanalimizning samimiy, ochiqko‘ngil, el dardini o‘z dardidek his qiladigan,
🌟 BUGUN — YAXSHI INSONNING SHUKRONA KUNI! 🌟 ❤️ Kanalimizning samimiy, ochiqko‘ngil, el dardini o‘z dardidek his qiladigan, adolat yo‘lida dadil qadam tashlab kelayotgan blogger akamiz — Farxodbek Umirzoqovni shukrona kunlari bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! 🤲 Akajon, hayotingizning har bir kuni yaxshilik, ezgulik va zafarlar bilan bezansin! Adolat yo‘lidagi ezgu ishlaringizda doimo omad va ulkan muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lsin. 💐 Sizga avvalo uzoq umr, mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka va qalb hotirjamligi tilaymiz. 👨‍👩‍👧‍👦 Oila a’zolaringiz va yaqinlaringiz baxtiga doimo sog‘-omon bo‘lib, farzandlaringizning kamolini, yutuqlarini ko‘rib, ularning baxtidan faxrlanib yurish nasib etsin! 🇺🇿 Xalq dardini gapirish oson, uni yurakdan his qilib, adolat talab qilish esa jasoratdir. Sizga ana shu jasorat va qat’iyatingizda hech qachon charchamaslikni tilaymiz! 🎉 SHUKRONA KUNINGIZ MUBORAK BO‘LSIN, FARXODBEK AKA! 🌿 Umringiz uzoq, qadamingiz qutlug‘, yo‘lingiz doimo ochiq bo‘lsin! 🤲 Yaxshi kunlarda, el duosida, oila davrasida uzoq yillar sog‘-omon yuring! Сурхондарёдаги тезкор янгиликлар каналига обуна бўлинг ❗️❗️❗️ https://t.me/+QOwQnkWfh-04MDg6

Thank you legend.Rest in Peace 🕊️.

Repost from UzPFL
Navbahor, Surxon, OKMK va Buxoro jamoalaridagi o‘yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan ukrainalik hujumchi Oleksand
Navbahor, Surxon, OKMK va Buxoro jamoalaridagi o‘yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan ukrainalik hujumchi Oleksandr Kasyanning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz