en
Feedback
НАВОИЙ ВИЛОЯТ ФУТБОЛ АКАДЕМИЯСИ

НАВОИЙ ВИЛОЯТ ФУТБОЛ АКАДЕМИЯСИ

Open in Telegram

НАВОИЙ ВИЛОЯТ ФУТБОЛ АКАДЕМИЯСИ

Show more
1 189
Subscribers
-624 hours
-307 days
-13530 days
Posts Archive
Navoiy futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari 2026 yilning 25-26-27-avgust sanalarida navbatdagi tibbiy ko'rikdan o'tkazildil
+9
Navoiy futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari 2026 yilning 25-26-27-avgust sanalarida navbatdagi tibbiy ko'rikdan o'tkazildilar. Tibbiy ko'rik Navoiy shahar ko'p tarmoqli poliklenikasida mutaxassis shifokorlar tomonidan amalga oshirildi. Tekshiruvda nevropatolog, stomatolog, dermatolog, okulist, otoloringolog, jarrox, endokrinolog, EKG, antropometrik ko'rsatgichlar tekshirildi.

1️⃣ Birinchi liga. 13-tur bahslari yakunlandi 📲 https://t.me/BirinchiLigaUZB
+1
1️⃣ Birinchi liga. 13-tur bahslari yakunlandi 📲 https://t.me/BirinchiLigaUZB

💬 “Bir daqiqa” #bir_daqiqa 🎙️Oʻzbek sharhlovchilik maktabining asoschisi — Axbor Imomxoʻjayev faoliyatini eslab oʻtamiz. 💳 Uzcard | 🔴 Coca-Cola | ❤️ Uzum Bank | 👍 APEX | ⚡️ Uzbekistan FA

Navoiy viloyat futbol akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag'ishlangan "Yagona Vatan, yagon
+9
Navoiy viloyat futbol akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag'ishlangan "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajak yaratamiz!" deb nomlangan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirni D.Ismatillayeva hamda U-15 guruhi tarbiyalanuvchisi S. Abdunazarov olib bordi. Tadbir O'zbekiston Respublikasi davlat Madhiyasi bilan boshlandi. Eng aziz va eng ulug‘ bayram bo‘lgan Mustaqillik bayrami mazmun- mohiyati haqida ma'lumot berildi. Tadbirda o‘quvchilar tomonidan ona vatanimiz, serquyosh zamin- O‘zbekistonni madh etib, she‘r va qo‘shiqlar kuylandi, sahna ko'rinishi nomoyish etildi.

Individual mashg’ulotlar, pozitsiya bo’yicha 6 guruh 17 trener bir vaqtda mashg’ulot utyapti

Bugun Navoiy viloyat futbol akademiyasida yangi 2026/2027-o‘quv yili boshlanishiga bag'ishlangan tadbir bo‘lib o'tdi. Tadbird
+9
Bugun Navoiy viloyat futbol akademiyasida yangi 2026/2027-o‘quv yili boshlanishiga bag'ishlangan tadbir bo‘lib o'tdi. Tadbirda futbol akademiyasi direktori so'zga chiqib, barchani yangi o'quv yili boshlanishi va mustaqilligimizning 35-yilligi bilan tabrikladilar. O‘quvchilar tomonidan mustsqillikni madh etuvchi she'rlar va qo‘shiqlar ijro etildi. 2025/2026-o‘quv yili davomida namunali xalqi va sport tadbirlaridagi faol ishtiroki uchun akademiya o'quvchilari MAQTOV YORLIQlar bilan, shuningdek futbol akademiyasida ko‘p yillardan buyon faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar rahbariyat tomonidan TASHAKKURNOMAlar bilan taqdirlandilar.

🌟🌟🌟🌟🌟🌟 📚#БИЛИМЛАР_КУНИ 🔔 Ассалому алайкум, азиз ўқувчилар ва талабалар, муҳтарам устоз ва мураббийлар, қадрли ота-она
🌟🌟🌟🌟🌟🌟 📚#БИЛИМЛАР_КУНИ 🔔 Ассалому алайкум, азиз ўқувчилар ва талабалар, муҳтарам устоз ва мураббийлар, қадрли ота-оналар! Барчангизни янги ўқув йилининг бошланиши — Билимлар куни билан чин қалбимдан муборакбод этаман! Бугун мактаблар, олий таълим муассасалари, таълим даргоҳларида яна бир бор қўнғироқлар жаранглайди. Синфхоналарга болаларнинг қувноқ овозлари, илмга интилаётган ёшларнинг орзу ва мақсадлари кириб келади. Бу оддий бир ўқув йилининг бошланиши эмас. Бу — янги мақсадлар, янги орзулар, янги имкониятлар сари қадам. Буюк мутафаккир Абу Али ибн Сино: «Илм — инсон учун энг улуғ фазилатлардан биридир», деган эди. Ҳақиқатдан ҳам, инсонга берилган энг катта бойлик — унинг билими, тафаккури ва эзгу мақсадларидир. Чунки билимли инсон ўз ҳаётини, билимли авлод эса миллат ва мамлакат тақдирини ўзгартира олади. Азиз ўқувчилар! Сизларнинг ҳар бирингизга қараб, юртимизнинг эртанги кунини кўрамиз. Бугун қўлингизда китоб тутган бола эртага муҳандис, шифокор, олим, тадбиркор, ўқитувчи, раҳбар — Ватан тараққиётига ўз ҳиссасини қўшадиган буюк инсон бўлиб етишади. Шунинг учун сизларга тилагим оддий: кўпроқ ўқинг, кўпроқ изланинг, савол беришдан, хатодан ва янгиликка интилишдан қўрқманг. Билим олишни фақат баҳо учун эмас, ҳаётда ўз ўрнингизни топиш, элга наф келтириш учун мақсад қилинг.
Донишмандлардан бири: «Инсонни инсон қиладиган нарса — унинг билими ва ахлоқидир», деган. Билим қалбда эзгулик, ҳаракатда масъулият ва мақсадда қатъият билан уйғун бўлса, унинг қудрати чексиз.
Муҳтарам устозлар! Сизларнинг машаққатли ва шарафли меҳнатингиз олдида таъзим қиламиз. Сиз болага нафақат ҳарф танитасиз, балки дунёни англашни, орзу қилишни, Ватанни севишни, инсон бўлиб яшашни ўргатасиз. Ҳар бир шогирдингиз эришаётган ютуқ — сизларнинг меҳнатингиз самараси. Шу боис, янги ўқув йилида сизларга мустаҳкам соғлик, куч-ғайрат, илҳом ва шогирдларингизнинг юксак натижаларидан баҳраманд бўлиш бахтини тилайман. Қадрли ота-оналар! Фарзанд таълими — фақат мактаб ёки устознинг эмас, барчамизнинг умумий масъулиятимиз. Фарзандларимизнинг қўлидан китоб тушмасин, қалбида орзу, кўзида ишонч, йўлида эзгу мақсад бўлсин. Зеро, бугун фарзандимизга берган эътиборимиз — эртага жамиятимизга қайтиб келадиган энг катта сармоядир. Янги ўқув йилида барча таълим даргоҳларида тинчлик, файз ва барака ҳукм суришини, ҳар бир ўқувчи ва талабанинг ўз орзулари сари дадил қадам ташлашини тилайман. Янги ўқув йили барчамизга муборак бўлсин! Ҳар бир хонадонда фарзандлар камоли, ҳар бир мактабда қувончли овозлар, ҳар бир қалбда илмга чанқоқлик ва Ватан келажагига ишонч зиёда бўлсин! Илмингиз зиё, йўлингиз нур, орзуларингиз қанотли бўлсин! 🖋️Энг эзгу тилаклар билан, Нормат ТУРСУНОВ, Навоий вилояти ҳокими

Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrik — Поздравление школьникам, учителям и наставникам нашей с
Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrikПоздравление школьникам, учителям и наставникам нашей страны Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇺🇿 Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi 1-sentyabrdan Milliy futbol markazida oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishdi. Osiyo oʻyin
🇺🇿 Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi 1-sentyabrdan Milliy futbol markazida oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishdi. Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan yoshlarimiz yigʻin oldidan 10-sentyabr kuni safarda Xitoy U-23 terma jamoasiga qarshi nazorat oʻyinida maydonga tushadi. 📋 Ravshan Haydarov tomonidan yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning kengaytirilgan tarkibi bilan tanishing. 🏆 Osiyo oʻyinlari-2026 📆 15-sentyabr 🇺🇿 Oʻzbekiston — Filippin 🇵🇭 📆 18-sentyabr 🇰🇼 Kuvayt — Oʻzbekiston 🇺🇿 📆 22-sentyabr 🇺🇿 Oʻzbekiston — Vyetnam 🇻🇳 💳 Uzcard | 🔴 Coca-Cola | ❤️ Uzum Bank | 👍 APEX | ⚡️ Uzbekistan FA

🇺🇿 Bugun buyuk va shonli sana – Oʻzbekiston mustaqilligining oʻttiz uch yillik bayrami yurtimizda katta shod-u xurramlik bi
🇺🇿 Bugun buyuk va shonli sana – Oʻzbekiston mustaqilligining oʻttiz uch yillik bayrami yurtimizda katta shod-u xurramlik bilan nishonlanmoqda. Navoiy Viloyat futbol akademiyasi barchani mustaqillik ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi! Siz va oila aʼzolaringizga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat tilaymiz. Goʻzal Vatanimizning rivoji yoʻlidagi barcha saʼy-harakatlaringizda omad va muvaffaqiyatlar yor boʻlsin!

Navoiy viloyat futbol akademiyasi yangi o‘quv yiliga tayyorligi haqidagi video rolik.

Navoiy viloyat futbol akademiyasi yangi 2026-2027 o‘quv yilida ish faoliyatini davom ettirish uchun tayyor.
+7
Navoiy viloyat futbol akademiyasi yangi 2026-2027 o‘quv yilida ish faoliyatini davom ettirish uchun tayyor.

🚨 O‘zbekistonda yosh iqtidorlar juda ham ko‘p... ❔ Futbol akademiyalari faoliyati qanday tashkil etilgan? ❔ Seleksiya jarayoni qanday kechadi? ❔ Akademiyalar tizimi qanday ishlaydi? 👥 “Soyadagi qahramonlar” loyihasining navbatdagi sonida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Nufuzli yoshlar futbolini rivojlantirish bo‘limida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar bilan eksklyuziv suhbatni tomosha qiling. 🖤 To'liq video: https://youtu.be/JDBkBZlCou0 💳 Uzcard | 🔴 Coca-Cola | ❤️ Uzum Bank | 👍 APEX | ⚡️ Uzbekistan FA

Voha_2013_1-Davra.jpg2.46 MB

+1
Voha_2011_1-Davra.jpg1.97 MB

📋 Prezident Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev o‘rtasidagi muzokaralarda futbol bo‘yicha
📋 Prezident Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev o‘rtasidagi muzokaralarda futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasida “Ikki mamlakat – bir chempionat” nomli keng ko‘lamli davlatlararo dasturni amalga oshirish bo‘yicha muhim kelishuvga erishildi. Mazkur tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi futbol sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, yoshlar futbolini qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etishga xizmat qiladi. 💳 Uzcard | 🔴 Coca-Cola | ❤️ Uzum Bank | 👍 APEX | ⚡️ Uzbekistan FA

🏆 O‘ZBEKISTON KUBOGI – 2026 | 2013 yillar 24-avgust kuni akademiyalar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogining yarim final yo‘llan
🏆 O‘ZBEKISTON KUBOGI – 2026 | 2013 yillar 24-avgust kuni akademiyalar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogining yarim final yo‘llanmalari uchun bahslar bo‘lib o‘tadi! 🔥 1/4 final juftliklari 📍 Toshkent viloyati, Milliy futbol markazi Uchrashuvlar 08:00 dan boshlanadi 🏆 Kim yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi?