cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

Bolalar salomatligi bo‘yicha eng ishonchli ma’lumotlar beriladigan O‘zbekistondagi yagona kanal! Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin! Manba ko'rsatilmasa rozi emasmiz! Bolalar parvarishi uchun @bolajon_parvarishi Reklama👉 @tibbiy_reklama1

Show more
Advertising posts
20 513
Subscribers
-3224 hours
-1277 days
-75330 days
Posting time distributions

Data loading in progress...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Publication analysis
PostsViews
Shares
Views dynamics
01
Bolalarda onixofagiya(tirnoq tishlash) sabablari ▪️hayot tarzining o‘zgarishi. Bu bog‘cha yoki maktabning, yashash joyining o‘zgarishlari bilan bog‘liq. ▪️ovqatda vitaminlar yetishmasligi va doim bir hildagi ovqat. ▪️ba’zan gijjalar borligida ham bolalar tirnoqlarini tishlashadi. ▪️2-3 yoshdagi bolaga baland tovush, yuqori tonda gaplashishlar, 4 yoshli bolaga esa itning vovullashi kabi tovushlar ruhiy jarohat sifatida ta’sir qiladi. ▪️odatda shirinliklarni cheklash yoki parhez bilan bog‘liq holatlarda yuzaga keladi. ▪️oilada yoki do‘stlar orasida kimdir tirnoqlarini tishlasa, bola o‘shandan o‘rnak oladi. ▪️bugungi kunda ota-onalar bolalarni rivojlanishi uchun turli fanlar, sport yo‘nalishlari bo‘yicha to‘garaklarga bermoqda. ▪️uyqu rejimining buzilishi. ▪️o‘z-o‘ziga past baho berish. Odatda 8-9 yoshdan boshlanib, ota-ona tomonidan ko‘p talab qo‘yilishi oqibatida yuzaga keladi. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3 01150Loading...
02
😴 Kech uxlash bola xotirasini susaytiradi 👨‍💼 Londonlik olimlar bergan ma’lumotlariga ko‘ra, onalar farzandlarini kech uxlatishi natijasida ularning fikrlashi hamda xotirasi tengqurlariga nisbatan yomonroq bo‘lishiga olib kelar ekan. 🧠 Ularning fikricha, miyaning  ma’lumot qalbul qiluvchi qismi egiluvchan bo‘ladi. Uyqu maromining buzilishi natijasida shu egiluvchanlik yo‘qoladi va bola kerakli ma’lumotni qabul qila olmaydi. ✋ Bundan tashqari, uyquga kech yotuvchi bolalar ertak eshitish o‘rniga televizor ko‘rish yoki telefon bilan mashg‘ul bo‘lishadi. ✅ «Shifo-info» gazetasidan. Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
4 11186Loading...
03
❓Ota-onalar farzandlarining aqliy rivojlanishiga yordam berish uchun nima qilishlari mumkin? 5-mahorat darsimizda  bola rivojlanishida o‘yinlar roli haqida so‘z yuritiladi. Manba: unicef.uz Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook
3 93834Loading...
04
Ko'krak yoshidagi bolalarda ovqat allergiyasiga sabab bo'ladigan top 5 oziq-ovqat mahsulotlari ▪️Sigir suti - 25 dan ortiq antigenlar saqlaydi, termik ishlov berilganda antigenlik xususiyati pasayadi. 75-80% holatda allergiya chaqirishi mumkin. ▪️Tovuq tuxumi - uning tarkibida bir qancha antigen oqsillar mavjud. Termik ishlov berilganda antigenlik xususiyatini saqlaydi. 60-90% holatda allergiya chaqirishi mumkin. ▪️Baliq - allergenlari termostabil bo'lib, allergenlik xususiyatini saqlaydi. 55-50% holatda allergiya chaqirishi mumkin. ▪️Bug'doy mahsulotlari - 12,5-40% holatda gliadin, glyuten va boshqa oqsillar hisobiga allergiya chaqirishi mumkin. ▪️Sitrus mevalar - ayniqsa apelsin, limon, mandarin 25-30% holatda allergiya chaqirishi mumkin. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
5 34070Loading...
05
Сизда ва яқинларингизда:                                                                   ✅Витилиго ва оқ доғлар. ✅ Соч, соқол тўкилиши (алопеция).     ✅ Оёқ ҳидланиши. (грибок) ✅ Ҳусунбузар (угри), Демодекоз. ✅ Сўгал, папиллома, юқумли моллюск. ✅ Тери замбуруғ касалликлари. ✅ Псориаз, Нейродермит, Атопик дерматит. ✅ Аллергодерматит, Болалар диатези, Экзема, Себореяли дерматит, Учуқ ва Герпес ва бошка тери темиратки касалликлари кузатилса: 👨‍⚕Шифокор: Дерматовенеролог-Дерматокоcметолог-Трихолог: Назаркулов Бекзот Рустамовичнинг қабулига ёзилишингиз мумкин. 📍Манзил: Тошкент шахри, Учтепа тумани, 11-мавзе, Заргарлик кўчаси, 62а уй. 📍Мўлжал: Шухрат чорраҳаси, Ал-Хоразмий айланаси 🏥POYTAXT MED DIAGNOSTIKA ⏰ Иш вақти: соат: 07:30 - 12:00.                                     17:30 - 19:00   Дам олиш: якшанба куни. ☎️+998 (90) 951- 79- 03 Web Sayt 🌐 https://mssg.me/bekzot_rustamovich
3 53312Loading...
06
6-9 oylikkacha bo‘lgan bolalarga qo‘shimcha ovqat berish Birinchi marta qo‘shimcha ovqatni kunning birinchi yarmida, bola injiqlik qilmagan va kasal bo‘lmagan paytda berish kerak. Qo‘shimcha ovqat berish tartibi 📌Davriyligi: 6-9 oylikda kuniga 2 marta qo‘shimcha ovqat beriladi. 📌Miqdori: har safar 2-3 osh qoshiq ovqat beriladi, 7-10 kunda 2 barobar ko‘paytiriladi. 📌Quyuqligi: ovqat quyuq bo‘lsa, bolaga yedirish uchun qulay bo‘ladi. Bola 8 oyga kelib, qo‘li bilan yeyish mumkin ovqatlarni berish mumkin. 📌Xilma-xilligi: bo‘tqa(guruch yoki grechka), sabzavot pyuresi (kartoshka, sabzi, kobachki), mevalar(olma, banan). Kerakli tavsiyalar ▪️Sabrli bo‘ling! Bola o‘rganishi uchun vaqt kerak. ▪️Rag‘batlantirish va “o‘yin” sifatida ovqatlantiring. ▪️Bolani ovqat yeyishga zo‘rlamang. ▪️Alohida idishdan foydalaning. Qancha ovqat yeganini bilishingiz uchun. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
5 15788Loading...
07
Bolalarning nutqi qanday shakllanadi? Kattalarning hali tili chiqib ulgurmagan, so‘zlar ma’nosini farqlolmaydigan jajjigina bolajonlarga gapirishi chetdan qaraganda biroz erish tuyulishi mumkin. Lekin aslida bu to‘g‘ri va juda muhim jarayon. Chunki bolaning nutqi aynan kattalarning muloqotini tinglash orqali shakllanadi. Dastlab dona-dona qilib aytgan so‘zlarimiz mag‘zini chaqa olmasa-da, yuz ifodamiz, gapirish ohangimiz va xatti-harakatlarimiz orqali o‘g‘il-qizlarimiz lug‘ati shakllanadi. Ammo bu jarayonda e’tibor qaratishimiz lozim bo‘lgan yana ko‘plab jihatlar bor. Manba: unicef.uz Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook
5 06149Loading...
08
🍌🍐 Banan va nok pyuresi #6oylikdan #qoʻshimcha Mahsulotlar: • nok - 1 dona. • banan - 1/2 dona. • suv - 30 ml. Tayyorlanishi: 1. Nokni 15 daqiqa davomida bug'da pishiring. 2. Kesilgan banan bo'laklarini qo'shing va pyure holiga keltiring. Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
8 027117Loading...
09
Bolalar bir kunda qancha miqdorda shakar iste’mol qilishi kerak? (Pediatr tavsiyasi) 📌5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kuniga 10 grammdan kam shakar 📌5 yoshdan 10 yoshgacha bolalar uchun 20—25 gramm shakar 📌10 yoshdan 15 yoshgacha bolalar uchun 25—30 gramm shakar 📌15 yoshdan katta bolalar kuniga 30 gramm shakarni iste’mol qilishlari mumkin. ❗️Eslatma. Sutkalik shakar miqdori hisoblanganda, shirinliklar tarkibidagi shakar ham inobatga olinishi kerak. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook
6 13828Loading...
10
Uchinchi mahorat darsi ❓Bolaning xotirasi qachondan shakllana boshlaydi va bu jarayon qanday kechadi? ❓Emizikli chaqaloqlar nega buncha ko‘p uxlashi sababini bilasizmi? ❓Kichkintoylar bilan muloqotda nimalarga e’tibor qaratish kerak? ❓Bolani til o‘rganishga qachondan va qanday qilib jalb qilsa bo‘ladi? Manba: unicef.uz Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook
5 79665Loading...
11
❓Bolalarda qabziyatda glitserin shamchasini necha yoshdan qo‘llash mumkin? Najas massasini yumshatadi va yo‘g‘on ichak bo‘ylab harakatini yengillashtiradi. Ichak shilliq qavatiga qo‘zg‘atuvchi ta’sir qilib, ichak motorikasini reflektor stimullaydi. Har xil sababli qabziyatlarni simptomatik davolash uchun qo‘llaniladi. 📌Qo‘llanilishi ✅Shamchani bola hayotining birinchi kunidan qo‘llash mumkin. ✅3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1/2 shamcha sutkasiga 1 mahal; ✅3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 shamcha sutkasiga 1 mahal ✅7 yoshdan katta bolalarga kattalarni dozasi(2,11 g) qo‘llaniladi. Shamcha, ovqatdan 15-20 minutdan keyin rektal qo‘yiladi. ❗️Eslatma. Glitserin shamchasini davomiy qo‘llash fiziologik defekatsiya jarayoni kuchsizlantiradi. Preparatni Pediatr tavsiyasi bilan qo‘llash mumkin. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook
6 37432Loading...
12
❓Bola qanday rivojlanadi? ⏳1-oylik - tur xil ovozlar chiqaradi, oyoq-qo‘llarda tartibsiz harakatlar ⏳2-oylik - harakatdagi narsalarni kuzatadi, jilmayadi. ⏳3-oylik - kuladi, gu-gulaydi, vertikal holatda boshini ushlaydi. ⏳4-oylik - tovush kelgan tomonga boshini buradi, yaqinlar ovozini faqlaydi. O‘yinchoqni ushlaydi, og‘ziga olib boradi. ⏳5-6-oylik - qo‘lidan ushlasa yoki ba'zan mustaqil o‘tiradi, chalqancha holatdan yonboshga yoki qorniga o‘griladi, o‘yinchoqlarni kuzatadi va ko‘taradi. ⏳7-8-oylik - mustaqil o‘tira oladi, oyoqqa turishga harakat qiladi, onasiga va tanishlar qo‘l cho‘zadi va chapak chaladi, ma-ma, da-da deya oladi. ⏳9-10-oylik - emaklaydi, tizzasiga tura oladi, kattalar yordamida oyoqqa turadi va ushlab yuradi, qoshiqdan ovqat yeydi. Dada, mama so‘zlarini ayta oladi ⏳11-12-oylik - qo‘lidan ushlasa o‘zi yuradi, lekin ko‘p yiqiladi, mustaqil ovqat yeyishga harakat qiladi, ba'zi so‘zlarni ayta oladi. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook
6 244146Loading...
13
❓Qanday holatlarda bolalarga muzqaymoq berish mumkin emas? 1⃣Bir necha hafta davomidagi kasallanishdan so‘ng. Kasallik o‘tkazgandan so‘ng mahalliy immunitet pasayadi. Yuqori nafas yo‘llarini muzlashi yangi infeksiyani yuqtirish xavfini paydo qiladi. 2⃣Tez-tez O‘RVI va tonzillit(angina) bilan kasallansa. Sovuq kasallikni takror rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. 3⃣Bolada yara kasalligi, surunkali gastroduodenit, o‘t pufagi va oshqozon osti bezi bilan muammolar bo‘lsa. 4⃣Tarkibida allergiya chaqiruvchi komponentlar bo‘lsa. Ayniqsa hayvon oqsillari. 5⃣Laktaza yetishmovchiligi. Muzqaymoq tarkibida laktoza bor va bunday bolalar laktozani ko‘tara olmaydi. 6⃣Qandli diabet. Muzqaymoq tarkibida saxaroza bor va u diabetiklarga mumkin emas. 7⃣Bolalar semizligi. Muzqaymoqni kaloriyasi yuqori bo‘ladi. Qo‘shimcha vazn yig‘ilishiga sabab bo‘lishi mumkin. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook
6 32732Loading...
14
BOLALARNI ONA SUTI BILAN PARVARISHLASHDA NIMALARGA E’TIBOR QILISH ZARAR? Ona suti — chaqaloq uchun mukammal ozuqa. Tarkibida yuzdan ziyod shifobaxsh mikroelementlar mavjud. Qolaversa, immunoglobulinga boy. Chaqaloqni turli infeksiyalardan himoyalaydi, immunitetni mustahkamlaydi. Qisqacha aytganda, emizishning foydasi bisyor. Lekin bolani qay paytda, qanday holatda, necha mahal, necha yoshgacha ko‘krak suti bilan parvarishlagan ma’qul? Bu jarayonda qanday qoida va talablarga rioya qilish qilish zarur? Manba: unicef.uz Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook
6 26579Loading...
15
❓Normada yangi tug'ilgan chaqaloqlar qancha uxlaydi? Bir uxlashda kamida 35-40 daqiqa, ko'pi bilan 3-4 soat uxlashi mumkin. Kunu - tun mobaynida o'rtacha 15-18 soat uxlaydilar.  ❓Chaqaloqda tun va kun almashib qolishi mumkinmi? Ha, mumkin. Shuning uchun chaqaloq kunduzi uxlaganida onasi ham uxlab olishi kerak. Aks holda tunda bolaga e'tiborli bo'lishga kuchi yetmaydi. Charchagan onaning bolasi injiq bo'ladi.  ❓Chaqaloq juda ko'p uxlashi zarar emasmi? 📌Agar bola jismonan va ruxan yaxshi rivojlanayotgan bo'lsa, 📌Unda biron noodatiy holatlar namoyon bo'lmayotgan bo'lsa, 📌Chaqaloq vaqtida va kerakligicha emayotgan bo'lsa,  📌Uning tagliklari muntazam ravishda xo'l bo'lib, ichi muntazam ravishda kelayotgan bo'lsa. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
7 26285Loading...
16
🥕 Sabzi va gulkaram pyuresi #6oylikdan #qoʻshimcha Mahsulotlar: • sabzi - 1 dona. • gulkaram - 150 g. • o'simlik moyi - 1 choy qoshiq Tayyorlanishi: 1. Sabzavotlarni yuving va tozalang. Suvni olovga qo'ying. 2. Avval tozalangan sabzi deyarli tayyor bo'lgunga qadar qaynatib oling, so'ngra gulkaramni qo'shing va yana 4-7 daqiqa qaynating. 3. Tayyorlangan sabzavotlarni stakanga oling va ozgina sabzavotli bulyon qo'shib, blender bilan pyure holatiga o'tkazing. 4. Tayyor pyurega o'simlik moyini qo'shing va yaxshilab aralashtiring. Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
5 75541Loading...
17
🌡Bolalar isitma qilgan paytda parasetamol(Sefekon D) shamchalari va tabletkasini qanday dozalarda qo‘llash kerak? ✅Shamchani bir martalik qo‘llash dozalari: -1 oylikdan 3 oylikgacha - 50 mg -3 oylikdan 3 yoshgacha - 100 mg -3 yoshdan kattalarga - 250 mg ❗️Bir kunda 3 tagacha shamcha qo‘llash mumkin! ✅Tabletkani bir martalik qo‘llash dozalari (Parasetamol 200 mg tabletkasi uchun): -1 oylikdan 3 oylikgacha - 50 mg (1/4 tab yoki chorak tab) -3 oylikdan 3 yoshgacha - 100 mg ( 1/2 tab yoki yarimta tab) -3 yoshdan kattalarga - 200 mg (1 tab ) ❗️Tabletkani ham yuqoridagi dozada kuniga 3 mahal berish mumkin! ‼️Eslatma! Tabletka va shamchalarni bola tana harorati 38 °C dan oshgandan keyin qo‘llash mumkin! © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
6 58893Loading...
18
Sutli kokteyl - 1 yoshdan oshgan bolalar uchun #taomnoma #desert Mahsulotlar: • sut - 200 g • o‘rmon mevalari - 1 choy qoshiq • banan - 1 dona • shakar - 1 choy qoshiq(shakarsiz tayyorlasa ham bo‘ladi) Tayyorlanishi: 1. Blenderda sut, shakar, banan bo‘laklari va o‘rmon mevalari aralashtiriladi. 2. Agar bolangiz katta yoshli bo‘lsa, 1 osh qoshiq muzqaymoq qo‘shish mumkin. Kokteylda olinadigan rang unga qo‘shiladigan mahsulotlarga bog‘liq. Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
5 77148Loading...
19
❓Bolaga qulupnayni qachondan va qancha miqdorda berish mumkin? Bola 2 yoshga to‘lgandan so‘ng unga qulupnay berishni boshlash mumkin. Avval 1 dona mevani nonushtadan so‘ng berib ko‘ring. ❗️ Yodda tuting bir dona qulupnay bilan boshlaysiz. Agar kechga borib, hech qanday allergiya kuzatilmasa, ertasiga 2 dona berishingiz mumkin. Mana shunday qilib, bola organizmini yangi rezavor mevaga o‘rgatasiz. ©Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook
6 78981Loading...
20
Bolaning miyasini rivojlantirish Bola miyasini rivojlantirish bo'yicha UNICEF tomonidan tayyorlangan mahorat darsi Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook
8 267152Loading...
21
Bolalarda temperament tiplari Xolerik U juda jahldor, o‘ziga ishongan va shijoatli, bir zumda qaror qabul qiladi, shuning uchun g‘oyalari juda qiziq. U har doim nima istayotganini biladi. Xolerik bola juda harakatchan, uzoq kutishga toqat qilmaydi, kayfiyati keskin o‘zgaradi. Sangvinik Bolakay quvnoq, kuchli va muvozanatli, bundan tashqari u “quyosh” kabi ko‘pincha yaxshi kayfiyatda, izlanuvchan, faol. Sangvinik bolani juda tez kuldirish yoki biron bir arzimas narsadan qattiq xafa qilib qo‘yish mumkin. Flegmatik Flegmatik bola – juda og‘ir. Uni kuldirish yoki xafa qilish qiyin. Kichkina flegmatik hamma narsada tartibni yaxshi ko‘radi. U faqat o‘z idishidan ovqatlanadi, tengdoshlar orasida faqat o‘z o‘yinchog‘i bilan o‘ynaydi. Melanxolik Melanxolik bola nafaqat jim, balki mehribon, yumshoq, ishonchli va ochiq fe’l-atvor egasidir. U juda ta’sirchan, salga xafa bo‘ladigan, hamma narsada ehtiyotkor. Melanxolik o‘ziga ishonchsiz, uning o‘zi qaror qabul qilishi juda qiyin. Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
11 202121Loading...
22
Ba’zan onalar savol berishadi. Bolam falon oylik nechta tishi bo‘lishi kerak? Bu savolga quyidagi formula orqali javob topamiz. X=(n-12)+8 Bu yerda: 8- 1 yoshgacha chiqishi kerak bo'lgan tishlar soni X - 1 yoshdan katta bolalardagi tishlar soni n - bolaning necha oyligi Masalan, bola 18 oylik  (18-12)+8=14 Demak, 14 ta tishi bo'lishi kerak ekan. Bu albatta absolyut raqam emas, ba'zi bir sabablarga ko'ra tishlar oldinroq yoki keyinroq chiqishi mumkin. Yuqoridagi suratda siz sut tishlarining chiqish va tushish vaqtlarini ko'rib turibsiz. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
8 853145Loading...
23
«Rinotin kids» biologik faol qo‘shimchasiga berilgan ruxsatnoma bekor qilindi Bunday qaror aholi orasida ovqatdan zaharlanish holatlari kelib chiqishining oldini olish maqsadida qabul qilingani ta’kidlanmoqda. Sanepidqo‘mita tomonidan «Rinotin kids» biologik faol qo‘shimchasini O‘zbekiston hududida sotish uchun berilgan ruxsatnoma bekor qilindi.  Qayd qilinishicha, bunday qaror aholi orasida ovqatdan zaharlanish holatlari kelib chiqishining oldini olish maqsadida qabul qilingan. Ammo, Sanepidqo‘mita qanday asosga ko‘ra ruxsatnomani bekor qilganiga oydinlik kiritilmagan.  Manba: kun.uz Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
10 19482Loading...
24
Bolalarda statikaning rivojlanishi Statika - tananing ma’lum qismlarini zaruriy holatda ushlab turish va fiksatsiya qilishdir. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda rivojlanmagan. 1⃣Statikaning birinchi belgisi – bola boshini ushlashi hayotining 2-3 oyligidan boshlanadi, 3 oyligida vertikal holatda bola boshini yaxshi ushlashi kerak. 2⃣Ikkinchi belgi – bola o‘tirishi – 6–7 oyligidan boshlanadi, 7 oylikdan emaklay boshlaydi. 3⃣Uchinchi belgi – bola tik turishi – 9–10 oyligidan boshlanadi. 4⃣To‘rtinchi belgi – bola yurishi – 1-yoshning oxiridan boshlanadi. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
11 74184Loading...
25
Қисқа муддатда ➖26 кг ортиқча вазн ташлаган аёл Йиллар давомида кетмаган доғлар кетган, жигарда ижобий ўзгаришлар Ҳозироқ батафсил эшитинг👆 ИншоАллаҳ сизга ҳам шифо бўлсин, ҳозироқ мурожаат қилинг👇 Тезда силкага кириб билиб олинг👇 3-кундаёқ узгаришни хис килинг😍 Натижалар 10.000 дан ортиқ (Кўк ёзувни босинг👆) 🔗 ҲАВОЛА 10 СОАТ ИЧИДА ЎЧИБ КЕТАДИ
3 1093Loading...
26
Bolalar nima uchun tirnoqlarini tishlashadi? Refleks. Bola ona ko’kragini imitatsiya qilib, so’rg’ich va barmoq so’radi. Har qanday noqulay holatda (agar u nima qilishni bilmasa) yoqimli psixologik holatga tushish uchun so’rish refleksini amalga oshirish istagi uyg’onadi. Tishlarning almashinishi. Boshqa bir nazariya shuni ko'rsatadiki, maktab yoshidagi bolalarda tishlarning almashinishi va faol o'sishi davrida biron bir narsani chaynash istagi paydo bo'ladi va boshqa variantlar yo'qligi sababli bola tirnoq plastinkasini tishlay boshlaydi. Taqlid qilish. Bolalarda onixofagiyaning yana bir sababi boshqa bolalar yoki kattalarga  to’g’ridan to’g’ri taqlid qilishdir. Bola boshqa odamning xatti-harakatlarini uning noto'g'ri ekanligini tushunmasdan qabul qiladi. Stress. Onixofagiya 6 yoshdan 9 yoshgacha bo'lgan bolalarda eng ko'p uchraydi. Ushbu davrda bolaning maktabdagi o'quv sharoitlariga murakkab moslashuvi mavjud, katta o'quv jarayoni va psixologik yuk bor. ©Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
8 48148Loading...
27
Ko'krak yoshidagi bolalarni talabiga qarab emizish lozim Bolani emishga ehtiyoji bo'lganidagina emizish lozim. Agar bola biron jadval, vaqt-soatga qarab emizilsa, uning organizmi bu tartibga o'rgana olmaydi. Natijada u ko'krakdan bosh torta boshlaydi. Masalan, ba'zi chaqaloqlar kunduz kuni emishni yaxshi ko'rsalar, boshqalari esa tuni bilan onasini emib chiqishni xohlaydilar. Shu yo'l bilan ular o'zining sutga bo'lgan sutkalik ehtiyojini qoplaydilar. Bola onaning tartibiga emas, ona bolaning tartibiga moslashishi lozim.  ❗️Onalar chaqaloqlarni o'zi istagan vaqtda emas, aynan bola xohlagan paytda emizishi kerak. Bola har emganida qancha emishi muhim emas, uning jismoniy ko'rsatkichlarining(tana uzunligi, vazn) normada ortib borishi sut yetarli ekanligidan dalolat beradi.  Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
9 80372Loading...
28
Go'daklarda tish chiqish alomatlari ▪️Bolaning milklari bo'rtishni boshlaydi. ▪️Bolaning milklari och pushti yoki oqish rangga kiradi. ▪️Tish chiqishidan taxminan bir oldin ko'p so'lak oqishni boshlaydi ▪️Bola hamma narsani og'ziga olib chaynashni xohlaydi(milklardagi qichishish hisobiga). ▪️Tana harorati ko'tariladi ( ko'pi bilan 37-38 °C gacha) va ko'p vaqt o'tmay o'zi tushadi. ▪️Bola injiqroq bo'lib qoladi, ba'zan emishni ham xohlamasligi mumkin. ▪️ Bolaning uyqusi buziladi yoki uyqu rejimi o'zgaradi. ▪️Bola emayotganda ona ko'kragini yoki qo'lini tishlashni xohlaydi. ▪️ Bolaning ishtahasi pasayadi ▪️Bolaning najasi suyuqlashadi, ichi ketadi(najas rangi va hidi o'zgarmagan holda) © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
13 935199Loading...
29
O'zbekiston Respublikasida profilaktik emlashlar kalendari Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
12 848203Loading...
30
Bolalar najasida qon bo‘lishining asosiy sabablari qaysi kasalliklar? https://telegra.ph/Bolalarning-najasida-nima-sababdan-qon-boladi-04-04 Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
10 14820Loading...
31
Yurtimizda yashayotgan har bir mo‘min- musulmonni bugungi qutlug‘ ayyom Ramazon Hayiti bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik, baxt va omad tilayman! Ushbu qutlug‘ kunda qilgan barcha yaxshi niyatlaringiz ijobat bo‘lsin! Ramazon oyida qilgan barcha xayrli ishlaringiz dargohida qabul bo‘lsin! Yurtimiz tinchligiga, xalqimiz totuvligiga ilohim ko‘z tegmasin! Ollohim sizu bizni o‘z panohida asrasin! Yana bir marta ayyom muborak bo‘lsin! Hurmat bilan Doctor Muxtorov! Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
20 324155Loading...
32
💊BIFOLAK-NEO haqida nimalarni bilasiz? ❓U qachon qo‘llaniladi? ✅Bolalarda ichak disbakteriozida ichak mikroflorasini tiklash, ich ketganda va qabziyatda ich kelishini normallashtirish uchun qo‘llaniladi. ❓Qo‘llash usuli qanaqa? ✅Chaqaloqlarga ovqatlanish vaqtida ona sutiga yoki sun’iy aralashmalarga qo‘shib beriladi. 2 yoshdan katta bolalarga qaynatib sovutilgan(40 °C dan yuqori bo‘lmagan) 40-50 ml suvga 1 paketcha eritib beriladi. ❓Qo‘llash dozalari qanaqa? ✅ 6 oygacha bo‘lgan bolalarga 1pak.dan 1 mahal ✅ 6 oydan 3 yoshgacha 1pak.dan 2 mahal ✅3 yoshdan 7 yoshgacha 1 pak.dan 3 mahal Qabul qilish muddati 1-3 hafta. ❗️Preparatni Pediatr tavsiyasiga ko‘ra qo‘llang! © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
9 740119Loading...
33
Media files
7 8270Loading...
34
Media files
7 8660Loading...
35
Kanalimiz faoliyati yaxshilab borish uchun so'rovnomalar o'tqazib turishga qaror qildik. Kanalimiz rivoji uchun o'tqazilayotgan so'rovnomalarda faol qatnashasiz degan umiddamiz!
8 2730Loading...
36
Bolalar timusi(ayrisimon bez) Suyak ko’migidan bezga o’tgan T-limfotsitlarning o’tmishdoshidan hujayra immunitetini ta’minlaydigan va gumoral immunitetni boshqarishda ishtirok etadigan T-limfotsitlar yetishadi. Yangi tug’ilgan chaqaloqning timusi 7,7-34,0 g bo’ladi. Bola 3 yoshga yetguncha u kattalashadi. 3-20 yosh orasida bezning o’lchami bir me’yorda bo’lib, keyin kichiklashadi. Bolaning o’sishi jarayonida timusning po’stloq va mag’iz qismlarining nisbati o’zgaradi: chaqaloqda po’stloq qismi mag’iz qismidan kattaroq bo’ladi. 1-3 yashar bolalarda bu qismlar tenglashadi, 4-9 yashar bolalarda po’sloq qismi sezilarli darajada kamayadi va bu jarayon keyin ham davom etadi. Timus po’stloq qismining kamayishi limfotsitlar yetilishini sekinlashtiradi. Timusning mag’iz qismidagi hujayralar yoshga bog’liq holda o’z faoliyatini sustlashtirmaydi. Bu qavatda uchraydigan Gassal tanachalari fiziologik faol peptidlar ajralishida ishtirok etadi. Timus – “immunologik xotira” a’zosi. Boshqa a’zolarda yetilgan limfotsitlar undan o’tish jarayonida ma’lum axborotga ega bo’ladi va immunokompetent (immunitetni ta’minlaydigan) holatga o’tadi. Undan tashqari, timotsitlar yemirilganida erkinlashadigan gumoral omillar limfatik tugunlardagi limfotsitlarga immunokompetenntlik baxsh etadi. Timusda sintezlanadigan gumoral omillar limfoid tizim rivojlanishini rag’batlantiradi va limfotsitlar immun faolligini oshiradi. Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
7 77413Loading...
37
Bolalar sog‘ligi uchun bananning foydalari 🍌Suyaklarni mustahkamlaydi. Banan o‘zida Ca(kalsiy) saqlaydi va u ichaklardan yaxshi so‘riladi. Suyaklarda yig‘iladi, raxitni oldini oladi va ularni tezroq o‘sishini ta’minlaydi. 🍌Qabziyat. Banan klechatkaga boy bo‘lganligi sababli ich kelishini yaxshilaydi. 🍌Oshqozon himoyasi. Oshqozon devorini o‘rab oladi va uni har xil mexanik(qattiq ovqat) va kimyoviy(xlorid kislota) ta’sirlardan himoya qiladi. 🍌Hazm faoliyatini yaxshilaydi. Banan tarkibidagi fermentlar iste’mol qilingan ovqatni tezroq hazm bo‘lishiga yordam beradi. 🍌Stressga qarshi ta’siri. Banan ko‘p miqdorda magniy(Mg) saqlaydi va u nerv tizimi faoliyatini normallashtiradi. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
8 205123Loading...
38
Bolalarda nutqning rivojlanishi Bolaning nutqi rivojlanishi juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘rsatkich, chunki bu jarayon bolaning es-hushini shakllanishi va bolaga bo‘lgan ijtimoiy munosabat bilan bog‘liqdir. Nutq rivojlanishi 3 ta bosqichga bo'linadi: 1⃣Tayyorgarlik bosqichi. 1-4 oyliklarda gu-gulash bilan boshlanadi, 4 oylikdan tovush chiqarib, kuladi. Gʻurillash 3-5 oylikdan kuzatiladi, bola unli va undosh tovushlarni har xil tonda aytadi. 2⃣Sensor nutq bosqichi. 6-7 oylikda boshlanadi. Bola so‘zlarning ma’nosini tushunib, ma’lum buyum bilan bog‘laydi, biron o‘yinchoqning nomini aytilsa, xuddi shu o‘yinchoqni topadi, mumkin emas, tegma so‘zlarni tushunadi. 3⃣Motor nutq bosqichi. 8-9 oylikdan yuzaga kelib, bola ayrim bo‘g‘inlarni ayta boshlaydi, keyinroq qisqa so‘zlarni aytadi, ma’nosiga tushunib so‘zlarni gapirish 11-12 oyligiga to‘g‘ri keladi. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
10 53274Loading...
39
Chaqaloqlarda tug‘ruq travmalaridan keyin yuzaga keladigan - kefalogematoma https://telegra.ph/Chaqaloqlarda-kefalogematoma-06-03 © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
7 30018Loading...
40
Ko‘p marta berilgan savolga javob! ❓Probiotik va prebiotiklarning farqi nimada? ✅https://telegra.ph/Probiotik-va-prebiotiklar--farqi-nimada-12-24 Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
6 71529Loading...
Photo unavailableShow in Telegram
Bolalarda onixofagiya(tirnoq tishlash) sabablari ▪️hayot tarzining o‘zgarishi. Bu bog‘cha yoki maktabning, yashash joyining o‘zgarishlari bilan bog‘liq. ▪️ovqatda vitaminlar yetishmasligi va doim bir hildagi ovqat. ▪️ba’zan gijjalar borligida ham bolalar tirnoqlarini tishlashadi. ▪️2-3 yoshdagi bolaga baland tovush, yuqori tonda gaplashishlar, 4 yoshli bolaga esa itning vovullashi kabi tovushlar ruhiy jarohat sifatida ta’sir qiladi. ▪️odatda shirinliklarni cheklash yoki parhez bilan bog‘liq holatlarda yuzaga keladi. ▪️oilada yoki do‘stlar orasida kimdir tirnoqlarini tishlasa, bola o‘shandan o‘rnak oladi. ▪️bugungi kunda ota-onalar bolalarni rivojlanishi uchun turli fanlar, sport yo‘nalishlari bo‘yicha to‘garaklarga bermoqda. ▪️uyqu rejimining buzilishi. ▪️o‘z-o‘ziga past baho berish. Odatda 8-9 yoshdan boshlanib, ota-ona tomonidan ko‘p talab qo‘yilishi oqibatida yuzaga keladi. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Show all...
👍 6😱 2
Photo unavailableShow in Telegram
😴 Kech uxlash bola xotirasini susaytiradi 👨‍💼 Londonlik olimlar bergan ma’lumotlariga ko‘ra, onalar farzandlarini kech uxlatishi natijasida ularning fikrlashi hamda xotirasi tengqurlariga nisbatan yomonroq bo‘lishiga olib kelar ekan. 🧠 Ularning fikricha, miyaning  ma’lumot qalbul qiluvchi qismi egiluvchan bo‘ladi. Uyqu maromining buzilishi natijasida shu egiluvchanlik yo‘qoladi va bola kerakli ma’lumotni qabul qila olmaydi. ✋ Bundan tashqari, uyquga kech yotuvchi bolalar ertak eshitish o‘rniga televizor ko‘rish yoki telefon bilan mashg‘ul bo‘lishadi. ✅ «Shifo-info» gazetasidan. Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Show all...
👍 16 4
05:58
Video unavailableShow in Telegram
❓Ota-onalar farzandlarining aqliy rivojlanishiga yordam berish uchun nima qilishlari mumkin? 5-mahorat darsimizda  bola rivojlanishida o‘yinlar roli haqida so‘z yuritiladi. Manba: unicef.uz Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook
Show all...
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
Ko'krak yoshidagi bolalarda ovqat allergiyasiga sabab bo'ladigan top 5 oziq-ovqat mahsulotlari ▪️Sigir suti - 25 dan ortiq antigenlar saqlaydi, termik ishlov berilganda antigenlik xususiyati pasayadi. 75-80% holatda allergiya chaqirishi mumkin. ▪️Tovuq tuxumi - uning tarkibida bir qancha antigen oqsillar mavjud. Termik ishlov berilganda antigenlik xususiyatini saqlaydi. 60-90% holatda allergiya chaqirishi mumkin. ▪️Baliq - allergenlari termostabil bo'lib, allergenlik xususiyatini saqlaydi. 55-50% holatda allergiya chaqirishi mumkin. ▪️Bug'doy mahsulotlari - 12,5-40% holatda gliadin, glyuten va boshqa oqsillar hisobiga allergiya chaqirishi mumkin. ▪️Sitrus mevalar - ayniqsa apelsin, limon, mandarin 25-30% holatda allergiya chaqirishi mumkin. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Show all...
👍 22
Photo unavailableShow in Telegram
Сизда ва яқинларингизда:                                                                   ✅Витилиго ва оқ доғлар. ✅ Соч, соқол тўкилиши (алопеция).     ✅ Оёқ ҳидланиши. (грибок) ✅ Ҳусунбузар (угри), Демодекоз. ✅ Сўгал, папиллома, юқумли моллюск. ✅ Тери замбуруғ касалликлари. ✅ Псориаз, Нейродермит, Атопик дерматит. ✅ Аллергодерматит, Болалар диатези, Экзема, Себореяли дерматит, Учуқ ва Герпес ва бошка тери темиратки касалликлари кузатилса: 👨‍⚕Шифокор: Дерматовенеролог-Дерматокоcметолог-Трихолог: Назаркулов Бекзот Рустамовичнинг қабулига ёзилишингиз мумкин. 📍Манзил: Тошкент шахри, Учтепа тумани, 11-мавзе, Заргарлик кўчаси, 62а уй. 📍Мўлжал: Шухрат чорраҳаси, Ал-Хоразмий айланаси 🏥POYTAXT MED DIAGNOSTIKAИш вақти: соат: 07:30 - 12:00.                                     17:30 - 19:00   Дам олиш: якшанба куни. ☎️+998 (90) 951- 79- 03 Web Sayt 🌐 https://mssg.me/bekzot_rustamovich
Show all...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
6-9 oylikkacha bo‘lgan bolalarga qo‘shimcha ovqat berish Birinchi marta qo‘shimcha ovqatni kunning birinchi yarmida, bola injiqlik qilmagan va kasal bo‘lmagan paytda berish kerak. Qo‘shimcha ovqat berish tartibi 📌Davriyligi: 6-9 oylikda kuniga 2 marta qo‘shimcha ovqat beriladi. 📌Miqdori: har safar 2-3 osh qoshiq ovqat beriladi, 7-10 kunda 2 barobar ko‘paytiriladi. 📌Quyuqligi: ovqat quyuq bo‘lsa, bolaga yedirish uchun qulay bo‘ladi. Bola 8 oyga kelib, qo‘li bilan yeyish mumkin ovqatlarni berish mumkin. 📌Xilma-xilligi: bo‘tqa(guruch yoki grechka), sabzavot pyuresi (kartoshka, sabzi, kobachki), mevalar(olma, banan). Kerakli tavsiyalar ▪️Sabrli bo‘ling! Bola o‘rganishi uchun vaqt kerak. ▪️Rag‘batlantirish va “o‘yin” sifatida ovqatlantiring. ▪️Bolani ovqat yeyishga zo‘rlamang. ▪️Alohida idishdan foydalaning. Qancha ovqat yeganini bilishingiz uchun. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Show all...
👍 27👏 1
03:45
Video unavailableShow in Telegram
Bolalarning nutqi qanday shakllanadi? Kattalarning hali tili chiqib ulgurmagan, so‘zlar ma’nosini farqlolmaydigan jajjigina bolajonlarga gapirishi chetdan qaraganda biroz erish tuyulishi mumkin. Lekin aslida bu to‘g‘ri va juda muhim jarayon. Chunki bolaning nutqi aynan kattalarning muloqotini tinglash orqali shakllanadi. Dastlab dona-dona qilib aytgan so‘zlarimiz mag‘zini chaqa olmasa-da, yuz ifodamiz, gapirish ohangimiz va xatti-harakatlarimiz orqali o‘g‘il-qizlarimiz lug‘ati shakllanadi. Ammo bu jarayonda e’tibor qaratishimiz lozim bo‘lgan yana ko‘plab jihatlar bor. Manba: unicef.uz Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook
Show all...
👍 6
Photo unavailableShow in Telegram
🍌🍐 Banan va nok pyuresi #6oylikdan #qoʻshimcha Mahsulotlar: • nok - 1 dona. • banan - 1/2 dona. • suv - 30 ml. Tayyorlanishi: 1. Nokni 15 daqiqa davomida bug'da pishiring. 2. Kesilgan banan bo'laklarini qo'shing va pyure holiga keltiring. Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Show all...
👍 24
Photo unavailableShow in Telegram
Bolalar bir kunda qancha miqdorda shakar iste’mol qilishi kerak? (Pediatr tavsiyasi) 📌5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kuniga 10 grammdan kam shakar 📌5 yoshdan 10 yoshgacha bolalar uchun 20—25 gramm shakar 📌10 yoshdan 15 yoshgacha bolalar uchun 25—30 gramm shakar 📌15 yoshdan katta bolalar kuniga 30 gramm shakarni iste’mol qilishlari mumkin. ❗️Eslatma. Sutkalik shakar miqdori hisoblanganda, shirinliklar tarkibidagi shakar ham inobatga olinishi kerak. © Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook
Show all...
👍 7 1
07:15

👍 16