en
Feedback
PAXTAKOR.UZ

PAXTAKOR.UZ

Open in Telegram

Tuman hokimligi rasmiy sayti: 👉https://gov.uz/oz/paxtakor “Ishonch telefoni”:72-353-10-57 Telegramm kanali @paxtakortuman Hamkorlik @PAXTAKOR24 Murojaat qoldirish 👉 @Paxtakortuman_bot @Ramzdur

Show more
3 704
Subscribers
-524 hours
-47 days
-2130 days
Posts Archive
Davlat rahbarlari qo‘shma biznes forumida ishtirok etdilar. — Главы государств приняли участие в совместном бизнес-форуме. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

"KO'Z O'NGIMIZDA" Paxtakor tumani hududlarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari

Belgrad koʻchalaridan biriga “Toshkent” nomi berildi. — Одной из улиц Белграда присвоено название «Ташкент». Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Paxtakor tumanida chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi 📍 Paxtakor tumanida respublika, viloyat va tuman
+9
Paxtakor tumanida chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
📍 Paxtakor tumanida respublika, viloyat va tuman mutasaddilari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish hamda hududda naslli chorva mollarini ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. 🐄 O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarda va xonadonlarda yashovchi, chorvachilikka qiziqishi bo‘lgan 150 nafardan ortiq fuqaroga tegishli farmon va qarorlar asosida auksion orqali ajratilgan 12 sotixlik yer maydonlarida boshlangan qurilish ishlari bilan tanishildi. Mazkur loyihalar orqali fuqarolarning chorvachilik bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, naslli chorva mollarini ko‘paytirish hamda aholi bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.
📣🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👉🌐  Web-sayt 🕊Telegram|📱facebook | 📺YouTube |instagram

Prezident Shavkat Mirziyoyev Serbiyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi. — Президент Шавкат Мирзиёев награжден высшей государственной наградой Сербии. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

📍 Paxtakor tumani hokimligi binosida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
+9
📍 Paxtakor tumani hokimligi binosida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari S. Nosirov, tuman hokimi X. Abduvoxidov, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Z. Azimov, Markaziy bank Jizzax viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i M. Ibragimov hamda viloyat Xalq banki boshlig‘i K. Bustanov ishtirok etdi. 🤝 Muloqot davomida tadbirkorlarning murojaatlari, mavjud muammolari va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish hamda biznes vakillariga amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 📣🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👉🌐  Web-sayt 🕊Telegram|📱facebook | 📺YouTube |instagram

Oʻzbekiston va Serbiya Prezidentlari Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida deklaratsiyani imzoladilar. — Президенты Узбекистана и Сербии подписали Декларацию об установлении отношений стратегического партнерства. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari ishtirokida fuqarolar qabuli o‘tkazildi Xalq qabulxonasi binosida Jizzax viloyati hokimini
+2
Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari ishtirokida fuqarolar qabuli o‘tkazildi Xalq qabulxonasi binosida Jizzax viloyati hokimining dasht va cho‘l hududlarda sanoatni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Egamov Bekzodning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi. Sayyor qabul davomida fuqarolarning kommunal xizmatlar hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning ayrimlari joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi. 📲https://gov.uz/oz/jizzax  sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|

Jizzax viloyati hokimi hamda uning o‘rinbosarlari tomonidan fuqarolar qabuli jadvali Fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalala
Jizzax viloyati hokimi hamda uning o‘rinbosarlari tomonidan fuqarolar qabuli jadvali Fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar, taklif va murojaatlari bilan belgilangan qabul kunlarida ishtirok etishlari mumkin. Jizzax viloyati hokimi va o‘rinbosarlarining qabul jadvali quyida ilova qilinadi. 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|

Zafarobodda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash choralari muhokama qilindi Zafarobod tumanida sug‘oriladigan yerlarning
Zafarobodda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash choralari muhokama qilindi
Zafarobod tumanida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, mavjud muammolarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi. Tumandagi Hamid Olimjon nomidagi fermer xo‘jaliklari hududiy uyushmasida Sirdaryo–Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspeditsiya tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda yer unumdorligi, sizot suvlari sathi, tuproq sho‘rlanishi, kollektor-drenaj tarmoqlarining texnik holati hamda mashina-mexanizmlardan samarali foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Darhaqiqat, yerga munosabat faqat bugungi hosil taqdirini emas, balki qishloq xo‘jaligining barqaror rivoji va kelgusi avlodlar rizqini ham belgilaydi. Ayniqsa, suv tanqisligi va iqlim o‘zgarishi ta’siri kuchayib borayotgan sharoitda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini muntazam nazorat qilish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va zarur choralarni ko‘rish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mutaxassislar ta’kidlaganidek, qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil hududlarda tuproq sho‘rlanishi hamda sizot suvlari sathining ko‘tarilishi yer unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kollektor-drenaj tizimlarining samarali ishlashi esa ortiqcha namlik va tuzlarni ildiz qatlamidan chiqarish, tuproq unumdorligini saqlashning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Seminar ishtirokchilari “Tukursoy kollektorlar tizimini ta’mirlash-tiklash” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Jumladan, kollektor-drenaj tarmoqlarini ta’mirlash va tiklash jarayoni ko‘zdan kechirilib, ularning sug‘oriladigan yerlar meliorativ holatini barqaror saqlashdagi ahamiyati xususida fikr almashildi. Tadbir davomida sizot suvlari sathini muntazam kuzatib borish, mavjud o‘zgarishlarni tahlil qilish va muammolarni dastlabki bosqichda bartaraf etish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada kuzatuv quduqlari va muntazam monitoring tizimi yerlarning meliorativ holatini nazorat qilishda muhim vosita ekani qayd etildi. Shuningdek, mashina-mexanizmlardan samarali foydalanish, ularni mavsumiy ishlarga puxta tayyorlash, texnik holatini muntazam nazorat qilish, yoqilg‘i-moylash materiallaridan tejamkor foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Bu nafaqat meliorativ tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, balki mavjud resurslardan oqilona foydalanish imkonini ham beradi. Umuman, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bir martalik tadbir emas, balki doimiy e’tibor va tizimli yondashuvni talab qiladi. Kollektor-drenaj tarmoqlarini soz holatda saqlash, sizot suvlari sathini muntazam kuzatish, sho‘rlanish jarayonlarini barvaqt aniqlash va zarur choralarni o‘z vaqtida ko‘rish yer unumdorligini saqlashning muhim shartlaridir. Eng muhimi, melioratsiya — yerni shunchaki asrash emas, uning ertangi hosildorligini ta’minlashdir. Bugun meliorativ holatni yaxshilashga qaratilgan har bir amaliy chora ertaga unumdor tuproq, tejalgan suv va barakali hosil sifatida o‘z samarasini beradi.
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|

Baxmallik yosh dehqon yerdan bir yilda ikki marta hosil olmoqda Baxmal tumani "Gulbuloq” mahallasida istiqomat qiluvchi yosh dehqon Sherboyev Sunnatilla Prezidentning 153-sonli qarori asosida ajratilgan qishloq xo‘jaligi yeridan samarali foydalanib, bir yilda ikki marta kartoshka hosili yetishtirmoqda. Mehnatsevar yosh yerga mehr, zamonaviy agrotexnologiyalar va oqilona yondashuv uyg‘unligida yuqori hosil olishga erishmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, uning daromadini oshirish, oila farovonligini ta’minlash bilan birga, qishloq xo‘jaligida yerdan unumli foydalanishning samarali namunasini namoyon etmoqda. 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|

Oliy darajada O‘zbekiston – Serbiya muzokaralari bo‘lib o‘tdi. — Состоялись узбекско-сербские переговоры на высшем уровне. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Paxtakor tumanida Mustaqillik shukuhi! 🇺🇿 Yurtimiz istiqlolining 35 yilligi munosabati bilan tumanning ijtimoiy sohasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yaratilayotgan qulay sharoitlar hamda yangilanishlar aholiga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlamoqda. ✨ Mustaqillik — yangilanish, bunyodkorlik va farovonlik timsoli! 📲 @paxtakortuman https://t.me/joinchat/Tqy3XfXiPiQHyNOH

photo content
+3

📣📣📣 KELAJAK KADRLARINI KORXONANGIZGA JALB ETISH UCHUN A’LO IMKONIYAT! Hurmatli tadbirkorlar va ish beruvchilar! 🏢 Sizlarn
📣📣📣 KELAJAK KADRLARINI KORXONANGIZGA JALB ETISH UCHUN A’LO IMKONIYAT! Hurmatli tadbirkorlar va ish beruvchilar! 🏢 Sizlarni «Kelajak tadbirkori – 2026» kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari ko‘rgazma-yarmarkasi doirasida tashkil etiladigan ochiq muloqot va mehnat yarmarkasida ishtirok etishga taklif etamiz. 🎯 Tadbirning asosiy maqsadi - korxona va tashkilotlar ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan malakali, bilimli va salohiyatli yosh kadrlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot va suhbat asosida tanlab olish, ularni ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirish. 💡 Ish beruvchilar uchun imkoniyatlar: ✅ Korxonangiz uchun zarur bo‘lgan mutaxassislarni joyida saralash; ✅ Bo‘lajak kadrlar bilan bevosita muloqot o‘rnatish; ✅ Yoshlarning kasbiy salohiyati va qiziqishlari bilan tanishish; ✅ Korxonangizda mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etish; ✅ Korxona brendini yoshlar va jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilish. Bugungi salohiyatli kadr — ertangi biznes muvaffaqiyati! O‘z korxonangiz kelajagini bilimli, tashabbuskor va iqtidorli yoshlar bilan birgalikda quring! 📋 Ko‘rgazmada ishtirok etishga taklif etilgan: TOP-100 korxonalar ro‘yxati 🗓 Sana: 2026-yil 10-sentabr ⏰ Vaqti: 08:00 📍 Manzil: Jizzax shahri, «Yoshlar innovatsion markazi» 🤝 Sizlarni tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz! 📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 📱A.Qobilov: +998938667700, ✈️ @qobilov7700 📱A.Normatov: +998997030677 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|

Jizzax viloyatidan 270 ortiq Ko'chmas mulklarni E-auksion.uz platformasida sotilb oling!l ➖Jizzax shahar 95 ta 👉🏼 (ko'rish)
Jizzax viloyatidan 270 ortiq Ko'chmas mulklarni E-auksion.uz platformasida sotilb oling!l
➖Jizzax shahar 95 ta 👉🏼 (ko'rish) ➖Arnasoy tuman 16 ta 👉🏼 (ko'rish) ➖Baxmal tuman 18 ta 👉🏼 (ko'rish) ➖G'allarol tuman 10 ta 👉🏼 (ko'rish) ➖Sh.Rashidov tuman 42 ta👉🏼 (ko'rish) ➖Do'stlik tuman 9 ta 👉🏼(ko'rish) ➖Zomin tuman 26 ta 👉🏼(ko'rish) ➖Zarbdor uman 29 ta 👉🏼 (ko'rish) ➖Mirzacho'l tuman 22 ta 👉🏼 (ko'rish) ➖Zafarobod tuman 14 ta 👉🏼(ko'rish) ➖Paxtakor tuman 10 ta 👉🏼(ko'rish) ➖Forish tuman 25 ta 👉🏼 (ko'rish) ➖Yangiobod tuman 12 ta 👉🏼 (ko'rish) ➡️Ma'lumot uchun 📱+998992073608 📱+998992072608
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|

“Sog‘diyona”dan yirik g‘alaba Superliga 20-turi doirasida viloyatimiz bosh jamoasi “Sog‘diyona” Zomin o‘yingohida Muborak tum
“Sog‘diyona”dan yirik g‘alaba
Superliga 20-turi doirasida viloyatimiz bosh jamoasi “Sog‘diyona” Zomin o‘yingohida Muborak tumanining “Mash’al” klubiga qarshi bahs olib bordi. Turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida borayotgan jamoaga qarshi uchrashuvda jizzaxliklarning ortiqcha qiyinchilik sezmasligi oldindan taxmin qilingan edi va bu fikrlar o‘yin davomida o‘zini oqladi. Ulug‘bek Bakoyev shogirdlari bahsning ilk daqiqalaridanoq hujumkorlikka urg‘u berib, 4-daqiqada Zabihillo O‘rinboyevning goli evaziga hisobni ochdi. Tezkor gol mezbonlarga nafaqat ustunlik, balki o‘yin sur’atini o‘z qo‘liga olish imkonini ham berdi. 33-daqiqada Filip Ivanovich, oradan yetti daqiqa o‘tib esa yana Z. O‘rinboyev raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Shu tariqa “bo‘rilar” birinchi bo‘lim yakuniga yaqin o‘yin taqdirini deyarli hal qilib bo‘lishgandi. Qashqadaryoliklar safida esa Mahmud Jo‘raboyevning 41-daqiqada hisobni qisqartirishi mehmonlarga biroz bo‘lsa-da umid bag‘ishladi. Ammo ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan “Sog‘diyona” yana tashabbusni mustahkamladi. 51-daqiqada Lyupcho Doriev, 66-daqiqada esa Jamshid Boltaboyev darvozani ishg‘ol qilib, hisobni 5:1 ko‘rinishiga yetkazishdi. Bu bilan “Mash’al” futbolchilari batamom tushkunlikka tushib qoldilar. 71-daqiqada Humoyun Murtazoyev mehmon jamoa muxlislarini yupatuvchi golni urdi. Shundan so‘ng uchrashuvda hisob boshqa o‘zgarmadi. Ushbu g‘alaba orqali “Sog‘diyona” ochkolari sonini 27 taga yetkazib, turnir jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jizzaxliklar Superliga 21-turi doirasidagi navbatdagi uchrashuvini 10-sentabr kuni “Xorazm” klubiga qarshi o‘tkazadi.
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|

Belgradda Prezident Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. — В Белграде состоялась церемония официальной встречи Президента Шавката Мирзиёева. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Hurmatli Jizzax viloyati aholisi! 📅11-sentabr kuni Jizzax shahri hamda barcha tuman aholisi uchun Jizzax shahridagi "Yoshlar
Hurmatli Jizzax viloyati aholisi!
📅11-sentabr kuni Jizzax shahri hamda barcha tuman aholisi uchun Jizzax shahridagi "Yoshlar markazi" binosida 🌟 Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig'i Nodir Sidikov hamda tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul tashkil etiladi.
🗣 Sayyor qabul davomida fuqarolarning kadastr sohasi, ko‘chmas mulk, yer munosabatlari va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari tinglanadi hamda ularni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.
➡️ Murojaatingiz e’tiborsiz qolmaydi!
🕊 Manzil: Jizzax shahri, “YOSHLAR MARKAZI” binosi. ♾ Boshlanish vaqti soat 11:00 da. ✈️ Murojaat uchun: +998 93 300 36 91 #Jizzax_kadastr #Sayyor_qabul 📲https://gov.uz/oz/jizzax  sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|

Zarbdorda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi Zarbdor tumani hokimligida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning
Zarbdorda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Zarbdor tumani hokimligida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatida uchrayotgan muammolarni bartaraf etish va yangi loyihalarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi, tumanga biriktirilgan banklar rahbarlari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi. Muloqot davomida tadbirkorlarning bank va kredit sohasidagi murojaatlari, faoliyatni kengaytirish, yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilindi. Tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan muammo va takliflarini bildirdilar. Har bir murojaatni o‘rganib chiqish, amaliy yordam ko‘rsatish va mavjud masalalarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni amalga oshirish va ish o‘rinlari yaratish hudud iqtisodiy taraqqiyotining muhim omillaridan biri ekani ta’kidlandi.
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|