Vodiydan xabarlar | Bizni kuzating
Водийдa бўлаётган янгиликларни БИЗ билан кузатиб боринг!!! Журналист - халқ виждонидир! ©
Show more- Subscribers
- Post coverage
- ER - engagement ratio
Data loading in progress...
Data loading in progress...
"Qo‘rqma" filmi "Mutolaa" loyihasining kitob-kino yo‘nalishida suratga olingan bo‘lib, 2021-yil O‘zbekistonning bestseller kitobi Javlon Jovliyevning "Qo‘rqma" romani asoslanadi. Rejissyor Erkin Bozorov, operator Samijon Sunnatullayev, rollarni Erkin Bozorov, Yusuf Fayziyev, Abbos Yo‘ldoshov, Dilshoda Jo‘rayeva ijro qilgan. "Mutolaa" loyihasi o‘zbek adabiyoti targ‘iboti uchun "Kito-kino" yo‘nalishida filmlar suratga olishda davom etadi.
27-29 aprel kunlari “Sos sayg‘oq – sayg‘oqlarni muhofaza qilish kunlari”➖ Maʼlumotlarga qaraganda Sayg‘oqlar butunlay qirilib ketish xavfi ostida bo‘lib, yer sharining atigi beshta hududida yashaydi. Shulardan biri Ustyurt kengliklari hisoblanadi. «Qizil kitob»ga kiritilgan Sayg‘oqlar hudud ekotizimini saqlashda muhim ahamiyat kasb etib, cho‘llarning asl tabiiy muvozanatini barqarorlashtirish uchun xizmat qiladi.Sayg‘oq (lot. Saiga tatarisa) – quvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqli hayvon bo‘lib, bugungi kunga kelib ushbu tur 100 boshni tashkil qiladi. ☑️ Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan “Sayg‘oqni asraylik” shiori ostida maktablarda, oliy taʼlim muassasalarida targ‘ibot ishlari o‘tkazilmoqda. 🔴 Jumladan, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi maktablarda o‘quvchilar bilan davra suhbatida, yovvoyi xolda yashovchi hayvonlar va qushlarning yo‘qolib borayotgan noyob turlariga alohida eʼtibor va himoya bilan munosabatda bo‘lish kerakligi, asrab-avaylash har bir davlat va ayniqsa, xalq uchun asosiy vazifaga ekanligi taʼkidlab o‘tildi. ✔️ Shu bilan bir qatorda, o‘quvchilarga Sayg‘oqlar haqida maʼlumot berilib, ular juda kam uchrashi, ularni o‘z vaqtida ko‘payishini taʼminlash va turli ofatlardan asrab qolish haqida tushuntirishlar berildi. Tadbirlar davom etmoqda. Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga a`zo bo`ling 🌐📥 @econam_bot // ✔️ Telegram
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Namangan viloyati boshqarmasining rasmiy kanali Murojaatlar uchun: @econam_bot
📶 Қўнғироқлар орқали бахтсиз ҳодисага учрагани, зудлик билан пул зарурлиги ёхуд яқин инсонингиздан қарз сўраб мурожаатлар, фарзандларингизнинг бирор эҳтиёж учун пул кўчириш тўғрисидаги овозли хабарлар юборилиши ҳолатларига дуч келдингизми?❓ Фирибгарлар овозларни сохталаштириш учун қандай усул қўллашади? ❓Фирибгарларнинг тузоғига тушмаслик учун нима қилиш керак? ❓Уяли алоқа қурилмалари, умуман ижтимоий тармоқларда ҳимоя воситаларини биласизми? 〰️〰️〰️〰️〰️ 💻 Видеороликни диққат билан томоша қилинг. Фирибгарларнинг янги найрангидан огоҳ бўлинг! Каналга уланиш: @aokanamangan