Iysoxon Yahyo (eski)
Open in Telegram
Oddiy bir insonning qayd daftarchasi. ✅ Ish joyimiz: @sayyid_academy 📌 Instagram: www.instagram.com/iysoxon_yahyo ☎️ Murojaat uchun: @Maktubuchun_bot
Show more1 667
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
1 667
Men arab tilini o’rganishda ancha qiynalganman. 1,5 yilda tuzukroq natija bo’lishni boshlagan. Lekin hozir o’quvchilar men 2 yilda bosib o’tgan yo’lni 6 oyda yurib qo’yishsa, “vapsheee maza qivoraman”. 🥲😅
1 667
Vaalaykum assalom!
Bu to’g’ri emas. Ota-onalarga esa buni men tushuntira olmayman.
Bu holatda qizlar o’z istaklarini tushuntirishga harakat qilsin. O’zi aytolmasa, ota-onaga gapi o’tadigan boshqa kattaroq odam bilan gaplashib, fikrini yetkazish kerak, menimcha.
1 667
Ilm talab qilishda avvalo niyatni to’g’ri qilish kerak. Undan tashqari kunni tartiblash, chalg’itadigan narsalardan vaqtincha kechish, aniq maqsad qo’yib harakat qilish shart.
Yana ilm olish haqida kitoblar o’qishni tavsiya qilaman.)
1 667
Matematika zo’r soha. O’zim aniq fanlarga unchalik yaxshi emasman, lekin aniq fan egalarini hurmat qilaman.
Maslahatga kelsak, ko’proq shogird chiqarishga harakat qilish kerak deyman. Va eng asosiysi, ta’lim bilan birga tarbiya ham berish kerak.
Tarbiya deganda matematika darsini bo’lib va’z-nasihat qilishni nazarda tutmayapman. O’quvchi har doim o’zi yaxshi ko’rgan ustozga taqlid qiladi: xulqingiz go’zal bo’lsin, o’quvchilaringiz yurish-turishingizdan o’rnak olsin va sizga o’xshashga intilsin…
1 667
Vaalaykum assalom va rohmatulloh!
Menimcha, hayotimda burilish nuqtasi sifatida eng asosiy ikkita narsa bo’lgan:
birinchisi, madrasaga kirganim. 16 yoshimda, uydan uzoqda nisbatan mustaqil yurish, madrasadagi ajoyib muhit va ustozlar kuchli ta’sir qilgan;
ikkinchisi, institutga kirish imtihonidan yiqilganim. O’sha yili dunyoqarashim o’zgarib ketgan. Aslida imtihondan yiqilish qayg’uli holat, lekin ortidan ko’p yaxshiliklar kelgan.
1 667
1. Men motivatsiyadan ko’ra mas’uliyat va majburiyat kuchliroq deb bilaman. Ammo ishimda natija ko’rsam maza qilaman.
2. Oilada erkak boshliq. Boshliqning zimmasida har doim mas’uliyat ko’proq bo’ladi. Ammo ayolda ham mas’uliyat kam emas.
Qisqacha aytganda, ikki taraf ham o’ziga yarashaharakat qilishi kerak.)
1 667
1. Ko’proq kitob o’qish, lug’at yodlash va mashq qilish. Kitoblardan yaxshi iboralarni olsa bo’ladi.
2. Grammatika uchun kamroq, 6 oyda yaxshi natija qilsa bo’ladi. Yaxshi o’qisa, balki 3 oyda tugatsa ham bo’lar. Ammo qanchalik yaxshi tushunish mumkin, bilmadim.)
1 667
1. 6-8 soat atrofida. Lekin uyquni yaxshi ko’raman, dam olish kuni to’ygunimcha uxlayman. 🥲
2. Eng zo’ri bo’lishga harakat qiling. Ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy blogni rivojlantiring va bu orqali imkon qadar ko’proq insonga dars bering.
1 667
1. Yig’layman, faqat yolg’iz, hech kimga ko’rsatmasdan.)
2. Xiyonat.
3. Holatingizga qarash kerak: qanday muammolaringiz bor, maqsadingiz nima va hokazo.
Mana bu postni o’qisangiz, aniqroq yozganman: https://t.me/Iysoxon/878
1 667
Kanalda shu kungacha anonim savol-javob o’tkazmagan ekanman. Bir suhbatlashaylik-chi:
👉 Savol yo’llang
1 667
Muzqaymoq olmoqchi edim, lekin ishtahani buzdi mana bu 🤦🏻♂️
100 yil ota-bobongni qamagan, surgun qilgan va otib o’ldirgan bir tuzum orqali mahsulotni reklama qilishni men umuman qabul qilolmayman to’g’risi.
📌 @Iysoxon
1 667
Temurbek aka, o’zi o’qigan shaharga zamonaviy ta’lim dargohi bilan qaytib borish ajoyib bo’lsa kerak-a? Hissiyotlar bilan bo’lisharsiz biror kun. :)
🎉 Xorazm ahliga yangi AyTi markaz muborak bo’lsin!
📌 @Iysoxon
1 667
1 667
Har safar muvaffaqiyatsizlikka uchrab, depressiyaga tushib qolganda o'rningizdan turishga kuch topyapsizmi, demak, hali hammasi yaxshi bo'ladi. Faqat bir ish qiling:
Hissiyotlardan xoli bo'lib, sovuqqon holatda o'ylang: qoqilishingizga nima sabab bo'ldi? Xato va kamchiliklar kim yoki nimada edi? Qaysi ishlarni o'nglash kerak?
Barchasini to'g'rilang va davom eting. To'g'ri, yana xato qilasiz, ammo ular takroriy bo'lmasin. Chunki siz uchun yangi va notanish yo'lda adashish muammo emas, ammo bir chuqurga qayta-qayta tushaverish kechirilmaydi...
📌 @Iysoxon
