en
Feedback
BULUNG'UR YOSHLARI

BULUNG'UR YOSHLARI

Open in Telegram

YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI BULUNG'UR TUMAN BO'LIMI

Show more
295
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-1530 days
Posts Archive
Assalamu alaykum! Sizni Navro‘z bayrami bilan tabriklayman! Bahorning iliq nafasidek hayotingiz ham har doim quvonch va yaxsh
Assalamu alaykum! Sizni Navro‘z bayrami bilan tabriklayman! Bahorning iliq nafasidek hayotingiz ham har doim quvonch va yaxshiliklarga to‘lsin. Ezgu niyatlaringiz ijobat bo‘lib, xonadoningizda fayz, baraka va baxt aslo tark etmasin! Hurmat bilan, Zafar Boxodirov.

💐Hush kelding Navro‘z! Ayni paytda Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bog‘da o‘tkazilayotgan Navro‘z bayram
+9
💐Hush kelding Navro‘z! Ayni paytda Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bog‘da o‘tkazilayotgan Navro‘z bayrami tadbirlarida Viloyat, tuman va shahar yoshlar ishlari boshqarmasi jamoasi, viloyatimiz yoshlari faol ishtirok etishmoqda... #NavrUz You tube | Instagram | Telegram | Facebook

Hududiy mutaxassislar uchun o‘quv-seminar ⚡️Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida Yoshlar ishlari agent
+3
Hududiy mutaxassislar uchun o‘quv-seminar ⚡️Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida Yoshlar ishlari agentligining hududiy va mahalliy bo‘limlarida faoliyat yurituvchi xodimlar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi. Oromgohda yoshlarga oid davlat siyosatini samarali boshqarish, yoshlar yetakchilarining faoliyatini metodologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda xodimlarning liderlik qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Batafsil: gov.uz/yoshlar Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Repost from N/a
⚡️Izlagan imkon, qidirgan bahona topadi! Bugun ta'lim olaman degan kishi uchun keng imkoniyatlar eshigi ochilgan. Xususan, yoshlar uchun ham bir qator BEPUL platformalar yaratilgan bo'lib, ular orqali nafaqat xorijiy tillarni o'rganishingiz, balki zamonaviy kasblarni ham egallashingiz mumkin. Qolaversa, bilimingizni oshirish evaziga ballar to'plab, keyinchalik ularni sovg'alarga almashtirishingiz, kurslar yakunida kafolatlangan sertifikatlarni qo'lga kiritishingiz mumkin! 🔹Ibrat Academy - https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.ibrat.farzandlari 🔸UzChess - Shaxmat akademiyasi - https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.uzchess.akademiya 🔹Ustoz AI - https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.uztozedu.ustozai 🔸Mutolaa - https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.mutolaa.commercial.mutolaa 🔹Qizlar Akademiyasi - https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.globalmove.girls_academy Ulaning va ulashing:https://@bulungur_yoshlar

Bulung'ur tumanida "Yosh musavvir" tanlovining tuman tashkil etildi. 🎨🖌 Bugun Guliston mahallasida joylashgan "Barkamol avl
+9
Bulung'ur tumanida "Yosh musavvir" tanlovining tuman tashkil etildi. 🎨🖌 Bugun Guliston mahallasida joylashgan "Barkamol avlod bolalar tashkilotida" “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 2 ta yosh toifasida “Yosh musavvir” tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi. Tuman bosqichida "Atrof-muhitni asrash va "Yashil iqtisodiyot" yili" mavzusida ijodiy ish yaratish sharti bo'yicha o'zaro bellashishdi. Natijalar quyidagicha: 12-17 yosh toifasida 1-o'rin Amir Temur MFY Yusupova Muxlisa Isomiddin qizi; 2-o'rin Nurli yo'l MFY Shuxratov Javohir Aslam o'g'li; 3-o'rin Samarqand MFY Meliyeva Fotima Farxod qizi; 18-30 yosh toifasida 1-o'rin Navbahor MFY Melisova Marjona Sodiqjon qizi; 2-o'rin Ulug'bek mahallasi Karimova Maftuna Furqat qizi; 3-o'rin Olmazor MFY Sulxonova Laylo Abdumo'min qiziga nasib etdi. Tanlov g'oliblari diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi hamda 1-o'rinni egallagan 2 nafar yoshlar viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. G'oliblarga viloyat bosqichiga omad tilab qolamiz!!!

😊 “Mutolaa” loyihasi samarqandlik yoshlar nigohida
Ushbu ilovada o'zingiz uchun qiziq bo'lgan kitoblarni audio va matn shaklida mutolaa qilishingiz mumkin...
Hali ham ushbu ilovani o'rnatmadingizmi? Unda hoziroq obuna bo'ling:https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.mutolaa.commercial.mutolaa&hl=ru You tube | Instagram | Telegram | Facebook

Bulung'urlik yoshlarning taklif va tashabbuslari qo'llab-quvvatlanadi Bulung'ur tumani hokimi Astonov Samandar Mustafaqulovic
+7
Bulung'urlik yoshlarning taklif va tashabbuslari qo'llab-quvvatlanadi Bulung'ur tumani hokimi Astonov Samandar Mustafaqulovich yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib ularning muammolarini tingladi. Uchrashuv davomida yoshlar, o'zlarining  ilg'or g'oyalari bilan qatnashdi hamda o'z takliflarini o'rtaga tashladi. Tumanimiz rahbari har bir murojaat bo‘yicha tegishli mutasaddilarga yo'naltirish bo'yicha topshiriq berib o'tdi.
Yaqinda prezidentimizning yoshlar bilan bo'lgan ochiq muloqotidagi tashabbuslardan keyin, yoshlar uchun imkoniyatlar yanada keng tus olgani ta'kidlandi.

IELTS 9 olgan o'qituvchiga BYD sovg'a qilindi Ha to‘g‘ri, haqiqatdan ham Jasurga BYD avtomashinasini sovg‘a qilishdi. Samarqand shahridagi "Polyglod" o‘quv markazi IELTS 9 daraja olgan yoshlarga mashina sovg‘a qilishini va‘da qilgan edi. Yoshlarga bilim berib kelayotgan Jasur Sultonov o‘z ustida ishlashni ham to‘xtatmadi. U yaqinda IELTS 9 darajani qo‘lga kiritdi. U izlanuvchan yoshlarimiz uchun barcha imkoniyat eshiklari ochiqligini yana bir bor isbotladi. Barakalla Jasurbek You tube | Instagram | Telegram | Facebook

Endilikda "Viloyat hokimi sovrini" tashkil etiladi Hokim va yoshlar uchrashuvi qizg‘in ruhda davom etmoqda. "Yosh kitobxon" t
+6
Endilikda "Viloyat hokimi sovrini" tashkil etiladi Hokim va yoshlar uchrashuvi qizg‘in ruhda davom etmoqda. "Yosh kitobxon" tanlovi g‘olibi Nargiza kitobxon yoshlarning sonini yanada oshirish, kitobxonlikni kuchaytirish maqsadida "Viloyat hokimi sovrini" joriy etish taklifi bilan chiqdi. Hokim bu taklifni qo‘llab-quvvatladi. Taklif va tashabbuslar davom etmoqda... You tube | Instagram | Telegram | Facebook

Ayni paytda Viloyat hokimi Adiz Boboyev samarqandlik yoshlar uchun ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Uchrashuvda yoshlarning taklif
+6
Ayni paytda Viloyat hokimi Adiz Boboyev samarqandlik yoshlar uchun ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Uchrashuvda yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanyapti... You tube | Instagram | Telegram | Facebook

#live Yoshlarning biznes sayohati Bulung‘ur tumanida davom etmoqda... You tube | Instagram | Telegram | Facebook‌‌‌‌
+4
#live Yoshlarning biznes sayohati Bulung‘ur tumanida davom etmoqda... You tube | Instagram | Telegram | Facebook‌‌‌‌

#LIVE Bulung‘urlik yosh tadbirkorlar qanday ishlarni boshlagan. Faoliyati samaradorligi nimadan? Ayni savollar bilan yoshlarn
+6
#LIVE Bulung‘urlik yosh tadbirkorlar qanday ishlarni boshlagan. Faoliyati samaradorligi nimadan? Ayni savollar bilan yoshlarning biznes sayohati davom etmoqda... You tube | Instagram | Telegram | Facebook‌‌‌‌

☘️ "Yashil makon"ni birgalikda quramiz!!! 🌱 ''Yashil makon'' umummilliy loyihasi doirasida barcha tashkilot va korxonalar to
+7
☘️ "Yashil makon"ni birgalikda quramiz!!! 🌱 ''Yashil makon'' umummilliy loyihasi doirasida barcha tashkilot va korxonalar tomonidan ko‘chatlar ekilib, bog‘lar barpo qilinmoqda. 🍀 Bugun ushbu loyiha doirasida Bulung‘ur tumani Yoshlar ishlari bo'limi jamoasi Sayiltepasi mahallasida Nok daraxti ko‘chatlarini ekishdi. 🌿 Yoshlar yetakchilari jam bo‘lgan ushbu loyihada 25 sotix yer maydoniga 200 dan ko‘chatlari ekildi. 🌳 Barchani ushbu umummilliy loyihada faol bo‘lishga chorlab qolamiz!!!

Siz harakat qiling biz yordam beramiz! O'z maqsadlari sari intilayotgan har bir yoshga havas qilsak arziydi. Samarqand viloyatining olis qishloqlaridagi yoshlar ham prezidentimiz e'tiborida You tube | Instagram | Telegram | Facebook

Repost from Sportlashamiz
“Besh tashabbus olimpiadasi” 2️⃣🅾️2️⃣5️⃣ yilgi mavsumi ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Tadbirda respublikamizning 1️⃣4️⃣ ta hududiy va 2️⃣🅾️8️⃣ ta tuman/shahar studiyalaridan yoshlarimiz ishtirok etishdi. Ochilish marosimi qanday o’tganligini esa mazkur videorolikda batafsil ko’rishingiz mumkin. 🇺🇿 Sportlashamiz - “Tezroq, balandroq-birgalikda

"Besh tashabbus olimpiadasi"ning – 2025-yilgi mavsumiga start berildi! Bugun yoshlar uchun uzoq kutilgan "Besh tashabbus olim
+9
"Besh tashabbus olimpiadasi"ning – 2025-yilgi mavsumiga start berildi! Bugun yoshlar uchun uzoq kutilgan "Besh tashabbus olimpiadasi" ning 2025-yilgi mavsumi Samarqand shahridagi Yoshlar markazida tantanali tarzda ochib berildi! Ushbu sport va madaniyat bayrami mamlakatimiz yoshlari uchun yangi marralar sari muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. Ochilish marosimiga O‘zbekistonning barcha 14 ta hududi va 208 ta tuman (shahar)lari ham bir vaqtning o‘zida onlayn tarzda bog‘lanib, ushbu muhim tadbirning jonli guvohiga aylanishdi.
Marosimda Samarqand viloyati yoshlari ham faol ishtirok etib, o‘z jamoaviy ruhlari va sportga bo‘lgan muhabbatlarini namoyon qilishdi. Ushbu tantanali lahzalarda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Husan Tuxtayev, Viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sarvar Boboyev va Viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Ro'ziyev hamda Payariq va Nurobod hokimlari  ishtirok etib, Samarqand yoshlariga ushbu mavsumdagi tanlov hamda musobaqalarda omad va zafarlar yor bo'lishini tilashdi.

“Yosh kitobxon” tanlovining Samarqand viloyati bosqichi yakunlandi! Tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yosh kitobxonlar hududiy bosqichda o‘z bilim va tafakkurini yana bir bor sinovdan o‘tkazishdi. Qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘lgan bellashuv natijalariga ko‘ra, har bir yosh toifasida 1-o‘rinni egallagan kitobxonlar Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Tanlov natijalari bilan tanishing:
10-14 yosh toifasida: 1-o’rin — Norpo‘latova Nargiza, Nurobod tumani; 2-o’rin — Nasimova Guloyim, Jomboy tumani; 3-o’rin — Komiljonova Nozima, Kattaqo‘rg‘on tumani.
 
15-19 yosh toifasida: 1-o’rin — Muxtorova Mohinur, Nurobod tumani; 2-o’rin — Murodova Nozima, Oqdaryo tumani; 3-o’rin — Bo‘riboyeva Diyora, Paxtachi tumani
 
20-30 yosh toifasida: 1-o’rin — Ochilova Muxlisa Kattaqo‘rg‘on shahri; 2-o’rin — Davirova Xurshida, Ishtixon tumani; 3-o’rin — Qayumova Gulsanam, Oqdaryo tumani.
#Yoshkitobxon #Samarqand You tube | Instagram | Telegram | Facebook

Inson uchun ona tili bilan birga xorijiy tillarni bilish dunyoga chiqishda juda muhim. Ayniqsa, tijoratda buning o‘rni beqiyo
Inson uchun ona tili bilan birga xorijiy tillarni bilish dunyoga chiqishda juda muhim. Ayniqsa, tijoratda buning o‘rni beqiyos. Endi, xorijiy tillardan “C1” darajasiga ega bo‘lgan yoshlar tashabbus ko‘rsatib, olis va chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochsa, ularga 120 million so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi. Shuningdek, mehnat bozoriga til biladigan yoshlar kirib kelishini rag‘batlantirish uchun xususiy o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlarga xarajatlari “2+6” shaklida qoplab beriladi. Bunda o‘quv xarajatlarining dastlabki 2 oyi o‘quvchilarning o‘z mablag‘idan, qolgan 6 oyi davlat hisobidan to‘lab beriladi. Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Yurtimizda kreativ iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda. Sohada faoliyat ko‘rsatayotganlarning 98 foizi yoshlar. O‘tgan yili kreat
Yurtimizda kreativ iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda. Sohada faoliyat ko‘rsatayotganlarning 98 foizi yoshlar. O‘tgan yili kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha alohida qonun qabul qilinib, huquqiy asoslari belgilandi. Toshkent shahridagi "Yoshlar ijod saroyi"da namunaviy “Kreativ park” tashkil qilindi. Endi, kreativ industriya parklari hududlarda ham barpo etiladi. Ular zarur resurs va infratuzilma bilan ta’minlanadi. Kreativ industriya parki rezidentlariga 2030-yil yakunigacha imtiyozli soliq rejimi joriy etiladi. Bunda ijtimoiy va daromad soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi, rezidentlar tovarlarni realizatsiya qilish hajmidan qat’i nazar aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar bo‘ladi. Parklar negizida kreativ soha vakillarini o‘qitadigan biznes maktablari tashkil qilinadi. Ushbu maktablarda yoshlar yangi va zamonaviy biznes yuritish hamda elektron tijorat kabi xizmat ko‘rsatishning innovatsion usullarini o‘rganadi. Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Servis sohasida ham yoshlar uchun imkoniyatlar kengaytiriladi. Tadbirkorlar yosh xodimlarni ishga olib, kamida 3 million so‘m
Servis sohasida ham yoshlar uchun imkoniyatlar kengaytiriladi. Tadbirkorlar yosh xodimlarni ishga olib, kamida 3 million so‘m oylik to‘lasa, ijtimoiy soliq 1 foiz bo‘ladi. Bu imtiyoz 3-yil amal qiladi. Bu orqali tadbirkor ham manfaat ko‘radi, yoshlar rasmiy ishlab, daromadi oshadi. Umuman, "Yoshlar daftari" tizimini ham yangilash, transformatsiya qilish vaqti kelgani ta’kidlandi. Mutasaddilarga yoshlarga ko‘rsatilayotgan barcha turdagi ijtimoiy paketlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularni maqbullashtirish va natijadorligini oshirish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi. Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt