cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

IDEAL O'quv Markazi | BESHARIQ |

⚡️IDEAL o'quv markazining telegram sahifasiga xush kelibsiz. Bizda quyidagi fanlar; ✅Ona tili va adabiyot ✅Tarix ✅Kimyo ✅Biologiya ✅Fizika ✅Matematika ✅Ingliz tili ✅Rus tili ✅Mental arifmetika fanlari ☎️Adminstrator bilan bog'lanish: +998912046502

Show more
Advertising posts
1 255
Subscribers
-124 hours
+287 days
+3130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

❓Hujjat topshirayotganda nega yo‘nalish tanlayapmiz? Testdan keyin boshqa yo‘nalishni tanlay olmaymizmi? #abituriyent Shu kabi savollar ko‘p berilmoqda. Darhaqiqat, UzBMB saytidan ro‘yxatdan o‘tayotganda "fanlar majmuasini tanlash" degan joyni bossangiz, sizga yo‘nalishlar ro‘yxatini chiqarib beradi. Shu sababli ko‘pchilik "biz yo‘nalish tanlayapmiz" deb o‘ylab, adashyapti. Aslida joriy yildan boshlab, birinchi bosqichda yo‘nalish emas, shunchaki fanlar majmuasi tanlanadi. Ya’ni siz qaysi fandan imtihon topshirishingizni belgilaysiz xolos. Testlar to‘liq yakunlangach esa, o‘sha fanlarga mos keladigan BESHTA yo‘nalishni tanlaysiz. Bunda yo‘nalish tanlashda hech qanaqa cheklov yo‘q, asosiysi fanlar majmuasiga to‘g‘ri kelsa bo‘ldi. ❓Unda nega ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish chiqyapti? Menimcha, fanlar majmuasini tanlashda abituriyentlarga osonroq bo‘lsin, mo‘ljal olishga qiynalishmasin, degan maqsadda shunaqa qilingan bo‘lsa kerak. Aslida texnik jihatdan chalg‘itmaydigan boshqacha yo‘l qilish kerak edi. Ya’ni abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda dastlab birinchi fanni, keyin ikkinchi fanni tanlashi kerak, ro‘yxatda ham faqat mavjud fanlar nomi chiqishi kerak edi. Fanlarni tanlab bo‘lgach, pastda shu fanlarga mos keladigan yo‘nalishlarning to‘liq ro‘yxati chiqishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shunda abituriyentda to‘liq tasavvur paydo bo‘lardi. Hozirgi usul esa, rostdan chalg‘ityapti. Bundan tashqari ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida qaysi fanlar majmuasi qaysi yo‘nalishga to‘g‘ri kelishini oson tekshirib oladigan imkoniyat ham bo‘lishi kerak. Buning uchun albatta Telegram kanallarga o‘tib, qaysidir faylni ko‘chirib olib qarashi shart emas. Balki bu yil shoshilinch o‘zgarishlar bo‘lganiga, ulgurishmagandir, ammo kelasi yildan algoritmni o‘zgartirish kerak. ‼️XULOSA: ro‘yxatdan o‘tishda tanlayotgan yo‘nalishingizning hech qanday ahamiyati yo‘q. Hozir asosiysi fanlar majmuasiga qarashingiz kerak. Test yakunlangach, istalgan yo‘nalishni tanlashingiz mumkin bo‘ladi. Hattoki ro‘yxatdan o‘tishda belgilagan yo‘nalishingizni umuman tanlamaslikka ham haqqingiz bor. Masalan, yuqoridagi rasmda men "Buxgalteriya hisobi" degan yo‘nalishni tanladim va matematika-chet tili fanlari chiqib keldi. Test tugagach, men matematika-chet tiliga mos keladigan beshta yo‘nalishni tanlayman, bunda aynan buxgalteriyani tanlashim shart emas. ℹ️ ESLATMA: Qaysi fanlar majmuasiga qaysi yo‘nalishlar mos kelishini mana bu yerdagi jadvaldan ko‘rib olishingiz mumkin: https://t.me/xushnudbek/24148 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
👍 4🥰 2😇 2
🎓 Beshariq Ideal O'quv Markazi 🎓 Biologiya fanidan kechki masala ishlash darsida , barcha turdagi masalalar asosida tuzilgan 40 talik sinov testi olinmoqda... va doskada barcha masalalarni tahlili bo'lib o'tdi 🍀 Izoh : bizda har hafta seshanba kuni soat 19 : 30 dan 22 : 00 gacha masalalar ishlash kuni.. 18.06.2024 Ustoz : Jasurbek Soyipov @Biologman
Show all...
10.12 MB
👍 3👏 1
Abituriyentlar hozir fanlar majmuasini tanlaganda kelgusida qaysi yo’nalishlarga kirishi mumkin? #abituriyent UzBMB abituriyentlarga osonroq tushunsa bo’ladigan jadvalni taqdim etdi. Bunda fanlar majmuasining ostida qaysi yo’nalishlarni tanlash mumkinligi ko’rsatilgan. 👉 @Biologman👈
Show all...
20242025_o‘quv_yili_bakalavriat_ta’lim_yo‘nalishlari_uchun_qayta.pdf2.59 KB
👍 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ro'yxatdan o'tgan abituriyentlar 300 mingga ham yetmadi, qabul 1 haftadan so'ng tugaydi ◾️ 18-iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, 288 ming 407 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan, 135 ming 724 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 152 ming 683 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir. Eslatib o'tamiz, qabulning birinchi bosqichi 25-iyunda tugaydi. @BESHARIQ_IDEAL_ATM
Show all...
👍 8👏 3 1🔥 1🥰 1🎉 1😍 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ Kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 talabaga Prezident granti beriladi ◼️Kunduzgi ta’lim shakli imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 talaba Prezident grantini oladi. Imtihonlarda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball. Agar talaba kontraktga qabul qilingan bo'lsa ham, Prezident grantiga loyiq ko'rilsa, grant asosida o'qiydi. Prezident granti stipendiyasi talabaga 1-kursdan oyma-oy to‘lanadi. Lekin agar talaba birorta fanini "a’lo" bahoga yopolmasa ham, keyingi semestrda prezident granti stipendiyasini emas, oddiy stipendiya oladi. Keyingi semestrni "a’lo" bahoga yopsa, talaba yana grant stipendiyasini olishda davom etadi. Bu stipendiya miqdori Prezident stipendiyasi bilan bir xil. O‘qishni tugatguncha grant stipendiyasini uzluksiz olgan talabalar o‘z sohasi bo‘yicha magistraturaga grant asosida imtihonsiz qabul qilinadi. @BESHARIQ_IDEAL_ATM
Show all...
🥰 4👍 2🔥 2😇 2 1
Photo unavailableShow in Telegram
☀️ Ko’p sonli abituriyentlarning talab va istaklariga binonan “IDEAL” o’quv markazida DTM test sinovlari endilikda har Yakshanba oʻtkaziladi. Xabaringiz bo'lsa kerak, 14-28-iyul kunlarida Oliy ta'lim imtihonlari bo'lib o'tadi. Bu degani imtihonlar ancha oldinroq boshlanadi. Biz bu vaziyatni hisobga olgan holda va talabchan abituriyentlarimizning istaklarini inobatga olib, DTM test imtihonlarini ko'proq o'tkazishni reja qildik. Keling va imtixon oldidan oʻz bilimingizni sinab koʻring va fanlardan kamchiliklaringizni bilib toʻgʻrilab oling. ⏰ DTM VAQTI: 10:00 Narxi: 10.ming soʻm ‼️Oʻquv markaz tomonidan ruchka, suv, mendeleyev davriy jadvali, matematika va fizikadan formulalar beriladi. ⚠️ Eslatma: DTM test imtihoni faqat bir smenada bo'lib o'tadi. Shuning uchun ulgurib qoling. 📱Biz bilan bog’lanish: 👇 +998912046502 ⚡ “IDEAL” bilan ideallikka erishing! 📌 Mo’ljal: Ona bola haykali yonida @BESHARIQ_IDEAL_ATM
Show all...
👍 1 1🥰 1👏 1🎉 1😍 1😇 1
Photo unavailableShow in Telegram
🛍 Inson hayotining uchdan bir qismini ishda o‘tkazadi! Ma’lumotlarga ko‘ra, insonning ishi uchun sarflaydigan vaqti o‘rtacha 90 ming soatni, uning hayotining uchdan bir qismini tashkil qiladi. 🔥 Shuning uchun o‘qishga topshirayotganda e’tiborli bo‘ling. Siz o‘qimoqchi va kelajakda ishlamoqchi bo‘lgan sohangizda hayotingizning asosiy qismini sarflashga tayyormisiz? @BESHARIQ_IDEAL_ATM
Show all...
🥰 2👍 1 1🔥 1😇 1
❓ Kirish imtihoni uchun ballarni oldindan to'plab qo'ysa bo'ladimi? ✅ Ha, buning iloji bor. Masalan, navoiylik o‘quvchi Munavvara Cho‘liyeva kimyo va biologiya fanidan maksimal ball beradigan darajadagi, ona tili va tarixdan esa majburiy fandan maksimal ball beradigan darajadagi jami 4 ta milliy sertifikatni qo‘lga kiritgandi. 🍀 Uning hamma sertifikatlarining balli qo‘shib hisoblansa, jami 178 ball chiqarkan. Endi kirish imtihonida faqat matematika majburiy blokdan savollarni ishlasa yetarli. ✏️ Sizda-chi? Hozir necha ballingiz bor? Kommentlarda yozib qoldiring. @BESHARIQ_IDEAL_ATM
Show all...
👍 5 1🥰 1😍 1😇 1
Bugun, chorshanba, 19-iyun Farg'ona, Beshariq tumani 🔹 Hozirgi ob-havo ma'lumoti ⛅️ Ozroq bulutli Temperatura: 27 C° Tuyuladi: 27 C° ——— Bulutlar: 20% Namlik: 37% Shamol: 3.54 m/s Bosim: 756 mm sim. ust. Quyosh chiqishi: 04:47 Quyosh botishi: 19:50 Foydali deb bilgan bo'lsangiz yaqinlaringizga ham ulashing @BESHARIQ_IDEAL_ATM
Show all...
😇 3👍 1🔥 1🥰 1👏 1😍 1
❓Maktabni oltin va kumush medal bilan tugatgan o‘quvchilarga o‘qishga kirishda biror imtiyoz bormi? #abituriyent ✅ JAVOB: Yo‘q, ularga imtihonlarda hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi. Shuningdek, akademik litseylarning qizil diplomini olgan o‘quvchilarga ham OTMlarga kirish uchun hech qanday imtiyoz berilmaydi. @BESHARIQ_IDEAL_ATM
Show all...
😁 15🥰 2👍 1 1🎉 1😍 1😇 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.