Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal
Open in Telegram
Kanalimizga ta'limga oid foto hamda video lavhalaringizni joylashtiring va ommolashtiring Murojaat uchun: @Kamol07 Reklama va e'lonlarni kanal rivoji uchun pullik qilingan. Kanal admini bilan kelishilgan holda. Bizni to'g'ri tushunasiz degan umiddamiz
Show more2 566
Subscribers
+124 hours
-277 days
-7830 days
Posts Archive
Repost from Cyber University
✔️ Cyber University: jamiyatda kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan tashabbus doirasida yil yakuniga qadar 840 ming nafardan ortiq aholini qamrab olish rejalashtirilgan
☄️Raqamli transformatsiya sharoitida kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt bo‘yicha bilimlar har bir fuqaro uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda Cyber University davlat universiteti tomonidan respublika hududlarida aholining kiberxavfsizlik madaniyatini yuksaltirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalaridan to‘g‘ri va mas’uliyatli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda.
⚡️Qishki ta’til davomida ushbu tashabbus doirasida 134 ming nafar aholi qamrab olindi. Yil yakuniga qadar esa 840 ming nafardan ortiq aholini qamrab olish rejalashtirilgan.
Tadbirlarda internet firibgarligi va fishing hujumlaridan himoyalanish, shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish, kuchli parollar va ikki bosqichli himoyadan foydalanish, shuningdek, ChatGPT hamda boshqa sun’iy intellekt vositalaridan xavfsiz va samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda.
⌛Tashabbusning o‘ziga xos jihati shundaki, ushbu tadbirlar Cyber University talabalari tomonidan mahallalar, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida amalga oshirilmoqda. Bu orqali universitet zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni keng jamoatchilikka yetkazish orqali mamlakatda kiberxavfsizlik madaniyatini yuksaltirishga hissa qo‘shmoqda.
🌐Website 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube 🎰Linkedin
🇺🇿🇦🇿 Boku shahrida xalqaro malaka oshirish dasturining yakuniy kuni
🎓 NICHE tomonidan Oʻzbekistonlik pedagoglar uchun tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish dasturining yakuniy kuni mazmunli seminarlar va sertifikat topshirish marosimi bilan yakunlandi.
Sertifikatlar topshirilishidan avval ishtirokchilar “Ekran ortidagi o‘quvchi: diqqatning tez chalg‘iydigan davrida auditoriyani boshqarish (psixologik yondashuv)” hamda “Maktabda loyiha boshqaruvi: loyihani boshlashdan amalga oshirishgacha bo‘lgan asosiy bosqichlar” mavzularida mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar.
Shundan so‘ng dastur muvaffaqiyatli yakunlanib, ishtirokchilarga xalqaro malaka oshirish dasturini tamomlaganlik sertifikatlari tantanali ravishda topshirildi. Ushbu dastur pedagoglarga yangi bilim va xalqaro tajriba orttirish, shuningdek, kelgusidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim imkoniyat yaratdi.
🇺🇿🇦🇿 Final Day of the International Professional Development Program in Baku
🎓 The final day of the international professional development program organized by NICHE for educators from Uzbekistan concluded with insightful training sessions followed by the certificate awarding ceremony.
Before receiving their certificates, participants attended sessions on “The Student Behind the Screen: How to Manage the Audience in an Age of Attention Deficit (A Psychological Perspective)” and “Project Management at School: Core Stages from Initiation to Execution.”
Following the successful completion of the program, participants were awarded their international professional development certificates in recognition of their active participation. The program provided valuable knowledge, practical experience, and strengthened international educational cooperation.
Dastur jarayonini biz bilan kuzatib boring 👉
📱Instagram 📱YouTube 📱Telegram
+6
Hazorasp tumanida ta’lim sifati va yangi oʻquv yilidagi strategik maqsadlar muhokama qilindi
Hazorasp tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limida tizim faoliyati samaradorligini yangi bosqichga olib chiqishga bagʻishlangan kengaytirilgan yig'ilish bo‘lib o‘tdi. Yig'ilishda Hazorasp tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi xodimlari va umumiy o'rta ta'lim maktabi direktorlari qatnashdilar.
Yig'ilish kun tartibidagi asosiy masalalar:
📊 Pedagoglar salohiyati tahlili: 2025-yilgi kuzgi va 2026-yilgi bahorgi attestatsiya jarayonlarining qiyosiy natijalari koʻrib chiqildi. Oʻqituvchilarning toifa koʻrsatkichlari dinamikasi oʻrganilib, monitoring natijalari tahlil qilindi.
📈 Sifat va malaka: Ta’lim sifatini oshirish, pedagog kadrlar salohiyatini mustahkamlash, ilgʻor metodikalarni dars jarayoniga tatbiq etish boʻyicha amalga oshirilgan amaliy ishlar sarhisob qilindi.
Yig'ilish yakunida ma'sullarga tegishli topshiriqlar berildi hamda belgilangan rejalarni amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar qo‘yildi.
📣 DIQQAT, RO‘YXATDAN O‘TISH BOSHLANDI!
📍Zomin bag‘rida matematika va ingiliz tilidan bo‘lib o‘tadigan eng kutilgan intellektual bellashuv — Zomin olimpiadasi uchun arizalar qabul qilinmoqda! ✨
💡O‘z bilimi va iqtidoriga ishongan, ilm-fan cho‘qqilarini ko‘zlagan barcha 1-8-sinf oʻquvchilarini ushbu nufuzli olimpiadada ishtirok etishga chorlaymiz.
✔️"Al-Xorazmiy izdoshlari olimpiadasi" o'z jamoasini yig'moqda. Siz ham bizga qoshiling. (Xorazm terma jamoasiga qoʻshiling)
❗️Bizni nimalar kutmoqda?
✔️Kuchli raqobat va shaffof sinovlar;
✔️Zominning tabiati bag‘rida ajoyib dam olish;
🎁Esdalik sovg‘alari va qimmatbaho mukofotlar!
😀 Shoshiling, vaqt oz qoldi! Ro‘yxatdan o‘tish 19-iyulga qadar davom etadi.
⬅️ Ro‘yxatdan o‘tish: @madaminov_003
🔝@Xorazmiy_olimp
+6
⚡️ 📈 Yozning har bir kuni — yangi zafar! “Dolzarb 90 kun” Hazoraspda davom etadi! 📈 ⚡️
📆 Bugun, 2026-yil 10-iyul. Hazorasp tumanidagi 1-son maktabda yoshlarning sevimli loyihasiga aylangan “Dolzarb 90 kun” dasturi oʻzining eng yuqori nuqtasiga chiqdi! 🚀 🔥
🏟 🧩 Maktabimiz oʻquvchilari uchun ta’til shunchaki dam olish emas, balki oʻsish, doʻstlashish va ulkan gʻalabalar davridir! Har kuni maktab hovlisi quvnoq kulgilar, intellektual oʻyinlar va shiddatli sport bellashuvlari bilan gavjum! 🏆 🤾♂️ 🧠
✨ Bizning asosiy vazifamiz:
💎 Har bir yoshning yashirin qobiliyatini kashf etish!
🕒 Boʻsh vaqtning har bir soniyasini maksimal foydali qilish!
💪 Yosh avlodni jismoniy va ma’naviy barkamollikka yetaklash!
🌈 🤝 Bilim, sport va ijod chorrahasida bizga qoʻshiling! Yozni birgalikda yanada yorqinroq, qiziqarliroq va unumliroq oʻtkazamiz! 🎒 🥇 🇺🇿
+9
🏢 41-son maktab 🏢
📚✨ “Dolzarb 90 kun” – yoshlar uchun imkoniyatlar va yutuqlar maydoni!
Hazorasp tumani 41-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026-yil
9-iyul kuni Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida o‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etish bo‘yicha turli ma’naviy-ma’rifiy, sport, ijodiy hamda intellektual tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Dastur yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan.
Maktabimiz o‘quvchilari sport musobaqalari, kitobxonlik, akt savodxonlik tadbirlari, ijodiy uchrashuvlar va turli to‘garaklarda faol ishtirok etib, o‘z bilim va mahoratlarini namoyon etmoqdalar.
🌟 “Dolzarb 90 kun” – bilim, ijod, sport va yangi yutuqlar sari dadil qadam!
Bugungi tadbirga "Juvorxos" mahallasi yoshlar yetakchisi Soburjon Jumaniyazov tashrif buyurdi va o'quvchilar bilan suhbatlashdi.
+9
⚡️ 📈 Yozning har bir kuni — yangi zafar! “Dolzarb 90 kun” Hazoraspda davom etadi! 📈 ⚡️
📆 Bugun, 2026-yil 9-iyul. Hazorasp tumanidagi 1-son maktabda yoshlarning sevimli loyihasiga aylangan “Dolzarb 90 kun” dasturi oʻzining eng yuqori nuqtasiga chiqdi! 🚀 🔥
🏟 🧩 Maktabimiz oʻquvchilari uchun ta’til shunchaki dam olish emas, balki oʻsish, doʻstlashish va ulkan gʻalabalar davridir! Har kuni maktab hovlisi quvnoq kulgilar, intellektual oʻyinlar va shiddatli sport bellashuvlari bilan gavjum! 🏆 🤾♂️ 🧠
✨ Bizning asosiy vazifamiz:
💎 Har bir yoshning yashirin qobiliyatini kashf etish!
🕒 Boʻsh vaqtning har bir soniyasini maksimal foydali qilish!
💪 Yosh avlodni jismoniy va ma’naviy barkamollikka yetaklash!
🌈 🤝 Bilim, sport va ijod chorrahasida bizga qoʻshiling! Yozni birgalikda yanada yorqinroq, qiziqarliroq va unumliroq oʻtkazamiz! 🎒 🥇 🇺🇿
+9
📚✨ “Dolzarb 90 kun” – yoshlar uchun imkoniyatlar va yutuqlar maydoni!
Hazorasp tumani 48-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026-yil 3-iyul kuni Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida o‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida sportga oid turli tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Dastur o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni chaqqonlik, epchillik kabi sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan.
🌟 Sportning stol tennisi toʻgaragidan foto lavhalar
+8
🏢 27-son maktab 🏢
📚✨ “Dolzarb 90 kun” – yoshlar uchun imkoniyatlar va yutuqlar maydoni!
Hazorasp tumani 27-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026-yil
1-iyul kuni Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida o‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etish bo‘yicha turli ma’naviy-ma’rifiy, sport, ijodiy hamda intellektual tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Dastur yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan.
Maktabimiz o‘quvchilari sport musobaqalari, kitobxonlik tadbirlari, ijodiy uchrashuvlar va turli to‘garaklarda faol ishtirok etib, o‘z bilim va mahoratlarini namoyon etmoqdalar.
🌟 “Dolzarb 90 kun” – bilim, ijod, sport va yangi yutuqlar sari dadil qadam!
+4
Hazorasp tumanidagi 17-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Xayr, aziz bog'cham! Salom, qutlug' maktab" tadbiri ko'tarinki ruhda tashkil qilindi. Tadbirda jajji o'g'il-qizlar tomonidan tayyorlangan kuy va qo'shiqlar namoyish qilinib, Aziz bog'cha bilan xayrlashib, bilimlar maskani-maktab sari ilk qadam qo'yayotgan bolajonlarimizning quvonchi o'zgacha. Maktab sari qadam tashlashga tayyor o'g'il qizlarimizga kelgusida o'qishlarida omadlar tilab qolamiz.
🇺🇿 Boku shahrida xalqaro malaka oshirish dasturi
NICHE tomonidan Oʻzbekistonlik pedagoglar uchun tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish dasturining navbatdagi kuni samarali uchrashuvlar va tajriba almashinuvi bilan davom etdi.
Kunning birinchi yarmida ishtirokchilar mahalliy maktabga tashrif buyurib, ta’lim jarayoni, boshqaruv tizimi va o‘quv muhiti bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida ikki davlat maktablari o‘rtasida tajriba almashish, ta’lim tizimlarini o‘zaro solishtirish hamda kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan networking uchrashuvlari tashkil etildi.
Kunning ikkinchi yarmida esa UNEC universitetida o’tkazilgan “Amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim ustaxonalari” doirasida “Ma’lumotlarga asoslangan fikrlash” hamda “O‘qituvchilar uchun ilmiy tadqiqotning asosiy usullari” mavzularida seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur dastur pedagoglarga xalqaro tajribalarni o‘rganish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini amaliyotga tatbiq etish hamda xalqaro professional aloqalarni mustahkamlash uchun muhim imkoniyat yaratdi.
🇺🇸 International Professional Development Program in Baku
Another productive day of the international professional development program organized by NICHE for educators from Uzbekistan was filled with knowledge exchange and international collaboration.
During the first half of the day, participants visited a local school, where they explored its educational environment, teaching practices, and management system. The visit provided an opportunity to exchange experiences, compare educational approaches, and strengthen institutional cooperation through networking meetings between schools.
In the afternoon, participants attended Practice-Oriented Education Workshops at UNEC, featuring seminar sessions on “Data-Driven Thinking” and “Basic Research Methods for Teachers.”
The program offered valuable insights into modern educational practices, encouraged international collaboration, and contributed to the professional development of participating educators.
Dastur jarayonini biz bilan kuzatib boring 👉
📱Instagram 📱YouTube 📱Telegram
+9
#Boku – 1-kun
Xalqaro malaka oshirish dasturining ilk kuni Ozarbayjonning go‘zal Boku shahrida samimiy kutib olish bilan boshlandi.
Ishtirokchilar dastur bilan yaqindan tanishib, kelgusi o‘quv mashg‘ulotlari va tajriba almashish jarayonlari bo‘yicha ma’lumot oldilar. Kun yakunida esa Ozarbayjonning milliy madaniyati va mehmondo‘stligi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Mazmunli uchrashuvlar, yangi tanishuvlar va unutilmas taassurotlar bilan xalqaro malaka oshirish dasturining ilk kuniga muvaffaqiyatli start berildi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
✅Telegram
📹Youtube
✅Facebook
🌐 Instagram
+9
Hazorasp tumani 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
2026-yil 6-iyul kuni 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga Hazorasp tumani prokurori U.O.Abdullayev tashrif buyurdi. Tashrif davomida maktabda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, fan, sport va madaniy-ma’rifiy to‘garaklar faoliyati hamda ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, maktabning 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari, sinf xonalarining sanitariya holati, jihozlanishi, ta’mirlash ishlari, o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish uchun yaratilayotgan sharoitlarko‘zdan kechirildi.
Tashrif davomida ta’lim muassasasida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan kuzatuv (PTZ) kameralarining ishlash holati, ularning qamrov darajasi ham o‘rganilib, xavfsizlik tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishlitavsiyalar berildi.
+4
⚡️ 📈 Yozning har bir kuni — yangi zafar! “Dolzarb 90 kun” Hazoraspda davom etadi! 📈 ⚡️
📆 Bugun, 2026-yil 3-iyul. Hazorasp tumanidagi 1-son maktabda yoshlarning sevimli loyihasiga aylangan “Dolzarb 90 kun” dasturi oʻzining eng yuqori nuqtasiga chiqdi! 🚀 🔥
🏟 🧩 Maktabimiz oʻquvchilari uchun ta’til shunchaki dam olish emas, balki oʻsish, doʻstlashish va ulkan gʻalabalar davridir! Har kuni maktab hovlisi quvnoq kulgilar, intellektual oʻyinlar va shiddatli sport bellashuvlari bilan gavjum! 🏆 🤾♂️ 🧠
✨ Bizning asosiy vazifamiz:
💎 Har bir yoshning yashirin qobiliyatini kashf etish!
🕒 Boʻsh vaqtning har bir soniyasini maksimal foydali qilish!
💪 Yosh avlodni jismoniy va ma’naviy barkamollikka yetaklash!
🌈 🤝 Bilim, sport va ijod chorrahasida bizga qoʻshiling! Yozni birgalikda yanada yorqinroq, qiziqarliroq va unumliroq oʻtkazamiz! 🎒 🥇 🇺🇿
🏆 Zomin Respublika olimpiadasi – saralash bosqichi!
Aziz o‘quvchilar, o‘z bilimingizni respublika darajasida sinab ko‘rish vaqti keldi! Zomin shahrida bo‘lib o‘tadigan Respublika olimpiadasi uchun saralash bosqichi e’lon qilinadi.
🔹 Saralash sanasi: 5-iyul
🔹 Ishtirokchilar: 1–6-sinf o‘quvchilari
🔹 Fanlar:
➗ Matematika
🇬🇧 Ingliz tili
🔹 Shart: Eng kuchlilar safidan joy olish va yuqori natija ko‘rsatish
👉 Ishtirok etish uchun hoziroq bot orqali ro‘yxatdan o‘ting:
@Xorazmiy_olimpiad_bot
🌟 Bilimingizni sinang, o‘zingizni kashf eting va yuksak marralarni birgalikda zabt etamiz! 🏔✨
Repost from EDU.DIGITAL.UZ
🟦🟦🟦
Axborot texnologiyalari yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mentorlar diqqatiga!
🗣Joriy yilning 6–10-iyul kunlari Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Apple kompaniyasi tomonidan “Fergana Digital Hub” majmuasida Oʻzbekistonda ilk bor iOS dasturlash yoʻnalishi boʻyicha mentorlar malakasini oshirish treningi tashkil etiladi.
✅Mazkur trening iOS dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha malakali mentorlarni tayyorlash, ularni Apple ekotizimi, Swift dasturlash tili hamda zamonaviy o‘qitish metodikalari bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan.
⬇️Treningda ishtirok etish uchun talabgorlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
➡️Python, Java, JavaScript, C#, Kotlin yoki boshqa dasturlash tillaridan birida 1–3 yillik professional tajribaga ega bo‘lish; ➡️OOP yoki funksional dasturlash, API, ma’lumotlar bazalari hamda Git bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish; ➡️Flutter, Android yoki Kotlin bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lish (qo‘shimcha ustunlik sifatida baholanadi); ➡️Google, Meta, Microsoft, AWS, Oracle, Coursera yoki boshqa tan olingan xalqaro sertifikatlardan kamida bittasiga ega bo‘lish; ➡️axborot texnologiyalari va xorijiy tillar bo‘yicha zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lish; ➡️tegishli yo‘nalishda professional va pedagogik tajribaga ega bo‘lish; ➡️murakkab texnik mavzularni yangi boshlovchilarga sodda, tushunarli va qiziqarli tarzda yetkaza olish; ➡️o‘quvchilarning bilim darajasi va ehtiyojidan kelib chiqib, dars jarayonini moslashtira olish; ➡️ingliz tilini kamida B2 darajasida bilish; ➡️ijodkorlik, jamoada ishlash va samarali muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lish.➡️Talabgorlar quyidagi havola orqali ariza topshirishlari mumkin. 📞Murojaat uchun telefon: +998909849741. 🗺Manzil: havola. ⚡️️Maʼlumot uchun, treningni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga Apple kompaniyasining sertifikatlari topshiriladi. Shuningdek, “iOS development center”larda mentor sifatida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
+9
HAZORASP TUMANIDAGI 25-SON UMUMIY O‘RTA TA'LIM MAKTABIDA “DOLZARB 90 KUN” DOIRASIDA KENG QAMROVLI TADBIR TASHKIL ETILDI
Hazorasp tumanidagi 25-son umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida o‘quvchi-yoshlarning yozgi ta'tilini mazmunli tashkil etish hamda bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishga qaratilgan keng qamrovli ma'naviy-ma'rifiy va sport tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Hazorasp tuman hokimligi, Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi, Muxomon mahallasi faollari, Yoshlar ishlari bo‘limi, Sport maktabi, Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi, Madaniyat bo‘limi, Mudofaa ishlari bo‘limi hamda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi vakillari hamkorligida tashkil etildi.
Tadbir davomida tikuvchilik, sport, ijodiy va boshqa yo‘nalishlardagi to‘garaklar faoliyati namoyish etilib, o‘quvchi-yoshlar mazkur mashg‘ulotlarga faol jalb qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan o‘quvchilar o‘rtasida rasm chizish va sport musobaqalari o‘tkazildi. Tanlovlarda faol ishtirok etgan o‘quvchilar munosib taqdirlandi.
✅ Mazkur tadbirlar yoshlarning ma'naviy-axloqiy kamolotini yuksaltirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda yozgi ta'til davrida ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilmoqda.
+9
⚡️ 📈 Yozning har bir kuni — yangi zafar! “Dolzarb 90 kun” Hazoraspda davom etadi! 📈 ⚡️
📆 Bugun, 2026-yil 29-iyun. Hazorasp tumanidagi 1-son maktabda yoshlarning sevimli loyihasiga aylangan “Dolzarb 90 kun” dasturi oʻzining eng yuqori nuqtasiga chiqdi! 🚀 🔥
🏟 🧩 Maktabimiz oʻquvchilari uchun ta’til shunchaki dam olish emas, balki oʻsish, doʻstlashish va ulkan gʻalabalar davridir! Har kuni maktab hovlisi quvnoq kulgilar, intellektual oʻyinlar va shiddatli sport bellashuvlari bilan gavjum! 🏆 🤾♂️ 🧠
✨ Bizning asosiy vazifamiz:
💎 Har bir yoshning yashirin qobiliyatini kashf etish!
🕒 Boʻsh vaqtning har bir soniyasini maksimal foydali qilish!
💪 Yosh avlodni jismoniy va ma’naviy barkamollikka yetaklash!
🌈 🤝 Bilim, sport va ijod chorrahasida bizga qoʻshiling! Yozni birgalikda yanada yorqinroq, qiziqarliroq va unumliroq oʻtkazamiz! 🎒 🥇 🇺🇿
+5
Hazorasp tumandagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyundagi PF-94-son Farmoni hamda 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-449-son Qarori, shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 15-iyundagi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasini tashkil etildi. . MUusobaqa natijalariga ko'ra O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1- o‘rin 7- son DMTT tarbiyalanuvchisi Odilbekov Otabek
2- o‘rin 1- son DMTT tarbiyalanuvchisi Rahimberganov Mustafo
3 - o‘rin 8-son DMTT tarbiyalanuvchisi Ravshanbekov Shavkatjon
Qiz bolalar o‘rtasida:
1- o‘rin 2-son DMTT tarbiyalanuvchisi Qalandarova Dinara
2- o‘rin 3- son DMTT tarbiyalanuvchisi Latipova Faxriyahon
3-o‘rin 8-son DMTT tarbiyalanuvchisi Kutlimuratova Imonalar loyiq topildi.
+5
Joriy yilning 26 iyun kuni Gimnastikaga ilk qadam musobaqasining viloyat bodqichida tumanimizdagi 7-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining tarbiyalanuvchisi Odilbekov Otabek Toxir o'g'li faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi. 7-son DMTT direktori Masharipova Maqsuda Durdiyevnani hamda jamoasini yutuq bilan tabriklaymiz.
