cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Mutolaa olami

Xush kelibsiz! Kundalikda asarlarga doir tavsiyalar, taqrizlar, kitoblar haqida fikr-mulohazalar ulashib boriladi. <> © Farengeyt boʻyicha 451 daraja

Show more
Advertising posts
1 431
Subscribers
-524 hours
-197 days
+6330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Telefonim yıllardan beri "sükut"da)) Sizda qaysi biri bor?)
Show all...
👍 11 3
Photo unavailableShow in Telegram
#Yaqinda oʻtkazilgan Kitobxonlar uchrashuvida qizim bilan borganim va uning tinimsiz injiqliklari tufayli birorta shartda gʻolib boʻla olmadim(bunaqa holat birinchi marta). Keyin Book.uz doʻkonidan anchadan beri olmoqchi boʻlgan kitobimni xarid qildim: 1. Den Braun. Farishtalar va iblislar 2. Remark. Qarzga olingan umr. Braunning kitobini chiqargan nashriyotdan "Uzuklar hukmdori" va "Hobbit" ni oʻqigan edim va kitob matnida gʻalizliklar tez-tez uchrab turgan edi. Bu gal nashriyotga qarashni unutibman. Rasmdagi jumla shu kitobdan. Sizga ham taftalogiya sezildimi? @mutolaa_olami
Show all...
👍 9
#AnnaDostoyevskaya #xulosa Asarni ikki kun oldin tugatdim. Ammo oʻshandan beri oʻzimga qadrdon boʻlib qolgan narsamni yoʻqotgandek his qilyapman. Avval boshda oʻqishni bas qilmoqchi boʻldim, chunki tabiatan odamlarning ochiqdan ochiq tahqiriga mutlaqo chidamsizman. Muallifga, uning turmush oʻrtogʻi - sevimli yozuvchimga nisbatan bu kabi davomiy tahqirlar asabimni anchagina egovladi. Shubhasiz, Dostoyevskiy Annaga qadar ham yaxshi asarlar yozgan boʻlishi mumkin, ammo bundan buyogʻidagi nihoyatda tang vaziyatda u bu qadar goʻzal asarlar yozolmas edi. Asarda bir insonni butun kamchiliklari bilan qabul qilgan, uning tinchlanishi uchun moddiy zarar keltirishi tayin boʻlgan ishlarga daʼvat qilishdan ham chekinmaydigan kuchli ayol va uning buyuk yozuvchiga qanchalik dastak boʻlgani haqida hikoya qilinadi. Muallif boshida oʻzining asar yozishda noʻnoq ekanligini aytib, oldindan uzr soʻragan boʻlsa-da, men bu kitobni Dostoyevskiyning oʻz asarlaridan kam hayajon bilan oʻqimadim. Doimiy gap: har qanday buyuk erkak ortida büyük ayol turadi. Bu siyqa gap tuyilishi mumkin, ammo haqiqat. Umumlashtiradigan boʻlsak, har qanday buyuk inson ortida buyuk qoʻllab-quvvatlovchilar turadi. Jinsi farqsiz. Hech kim oʻz-oʻzidan yuksalib qolmaydi, oʻz-oʻzidan mashaqqatlarni yengib oʻta olmaydi. Unga hech boʻlmasa, oddiy daldasi bilan kuch berib turadigan kimdir kerak. Shoira Zulfiya aytgani kabi: Suyanch boʻlmasaydi, odamzod albat, Oʻzi kashf etardi kashf etganday baxt. @mutolaa_olami
Show all...
👍 14🔥 1
Telegram`da foydali va qiziqarli kanallar tobora ko'payib bormoqda. Bugun biz sizning e'tiboringizga adabiyot va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi eng sara kanallarni havola etamiz. Barcha kanallarga a'zo bo‘lish uchun havolani BOSING!
Show all...
Şimdiye kadar en çok dinlediğim, kendim de söylediğim güzel bir şarkı. Aslında bir maceralı aşk tarihim olmasa bile, nedendir kendi ruhuma çok yakın hissediyorum. Türkçeyle yükselin!
Show all...
👍 4🕊 4🔥 3 1
Photo unavailableShow in Telegram
Kuch-qudratni sevuvchi kishi hokimiyatdan, pul ishqibozi puldan, qul qaramlikdan, rohat izlovchi zavqdan halok bo'ladi. Shunday qilib, Choʻl boʻrisi esa o'z mustaqilligidan halok bo'ldi. © H. Hesse. Choʻl boʻrisi. Qanchalik haqiqat, bilmadim-u, inson umri davomida koʻp mashgʻul boʻlgan sevimli ishidan vafot topar ekan. Kitob oʻqish bilan koʻproq shugʻullanishning yana bir yaxshi tarafi ham shunda: yakun ham chiroyliroq boʻlish ehtimoli yuqori:) Sizni qanday yakun kutyapti, deb oʻylaysiz?) Omonmisiz, azizlar? @mutolaa_olami
Show all...
🔥 12👍 2 2🤯 1
Xohlagan narsang uchun kurashmasang Yo'qotgan narsang uchun yig'lashga haqqing yo'q. © P.s.: shu uchun ham yigʻlashni yomon koʻraman.
Show all...
👍 23🔥 14 3
#mutolaa Insonlar insonlarning eng avvalo moddiy yordamlariga, pullariga emas, muhabbatiga, iliq munosabatiga muhtojdirlar © Sabahattin Ali. Kürk mantolu Madonna Koʻpincha oʻylab qolaman: biror maqsad yoʻlida oʻzimizni oʻtga-choʻgʻga uramiz, lekin oʻsha maqsadga erishgan taqdirda ham u bilan qancha yashay olamiz?.. Kimlardir moddiy buyumlarini koʻpaytirishga harakat qilishi ham va hatto baʼzan oʻzimning 8 yildirki oliy taʼlimda surinib oʻqib yurganim ham absurddek tuyulib ketadi. Axir shuncha asab va sogʻlikni sarflaymiz-u, u moʻljallarimiz bilan qancha vaqt birga qolamiz? Insonmiz, deymiz-u, qanchalar ojizligimizni his qilmaymiz: 1 yil, 1 oy, 1 kun, boringki, 1 daqiqadan keyin nima boʻlishini bilmaymiz, eng yaqin insonimizning ayni paytda nimalar qilayotgani, nimalar oʻylayotganiga ham amin emasmiz, hatto oʻzimizning fikrlarimiz ertaga qanchalik oʻzgarishini ham bilmaymiz.. mavhumlik lar qanchalar dahshat. Bu asarni boyagina tugatib yana shu fikrlar xayolimda jonlandi: inson oʻz ruhining aksini topgan taqdirda ham, mavhumlik uni yanglish shubhalarga yoʻnaltira oladi, ustma-ust xatolarga roʻpara qiladi. Asardagi Rauf Afandi ham shunday: butun umr oʻzini aldangan, unutilgan deb hisoblab, oqibatda aslida oʻzining unutganini payqab, qanchalar nadomat chekadi. Lekin pushaymonlikning oʻzi emas, uning foydasizligi insonni yeb bitiradi. Inson uzlatda yashay olmaydi, unga inson kerak. U xoh ota-ona, qondosh, doʻst, turmush oʻrtoq; xoh farzand boʻlsin, ahamiyatsiz. Qanchalar odamovi boʻlsak ham, bu haqiqat hammaga oid. Oʻz ruhdoshini topgan kishi oʻz ruhiga mutlaqo begona boʻlgan odam bilan yashashga mahkumlik azobini hech qachon his qila olmaydi. Shu jihatdan ham men Maria'ni Rauf'dan koʻra baxtliroq umr kechirgan deb hisoblayman. Chunki muhimi, umrning qancha davom etishi emas, qanday oʻtkazilishi. Mariada Raufning — oʻz aksining parchasi bor edi, Raufda esa undan hech qanday esdalik yoʻq edi, u hayotining mazmunidan mutlaqo ayrilgandi, uzoqlashgandi, shunga qaramay oʻziga butunlay yot boʻlgan muhitda yashashga mahkum edi. Fikrimcha, eng katta baxtsizlik shu.. Zotan.. Bir insonda bir inson har holda yetarli. Asar nihoyatda taʼsirli, oʻqishni qizgʻin tavsiya qilaman. Hech boʻlmaganda, moddiy olamdan biroz chalgʻib, hayotimizning asl maʼnolari boʻlgan yaqinlarimiz bilan koʻproq vaqt oʻtkazishga undaydi. Yaxshi kitoblar mutolaasidan charchamang, doʻstlar 💚 @mutolaa_olami
Show all...

👍 7 7🔥 2
#shunchaki - men shunchalar introvertmanki, vaqtidan qatʼi nazar eshik taqillaganda darchadan begona kishi ekanligini koʻrsam, umuman ochmasligim mumkin, erkak/ayol farqsiz. Kommentlarda davom ettirishingiz mumkin:)
Show all...
8👍 1💔 1
Photo unavailableShow in Telegram
#xarid Boshidan birozgina oʻqib koʻrgandayoq yoqimli asar ekanligini anglash mumkin. Oʻqiganlar bormi?) @mutolaa_olami
Show all...
14👍 4🔥 3