fslofficial
Open in Telegram
749
Subscribers
No data24 hours
-157 days
-3930 days
Posts Archive
749
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish” bo'yicha 5 ta muhim tashabbusning to'rtinchi tashabbusi “Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish” ijrosini ta'minlash maqsadida, axborot-resurs markazi xodimlari va Davlat tilida ish yuritish fani o'qituvchisi D.Meliboyeva tomonidan o'quvchilar o'rtasida “Badiiy adabiyotlar yuristlar nigohida” mavzusida “Zakovat” o'yini o'tkazildi.
749
🏛 Yoshlar o‘rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish hamda qiziqishini oshirish, shuningdek bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida joriy yilning 11-dekabr kuni texnikum oʻquvchilari oʻrtasida “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida “Quvnoq startlar” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
🔸Bunday musobaqalarni o'tkazilishi texnikum yoshlari o'rtasida sog'lom turmush tarziga amal qilish va do'stona muhitni yanada mustahkamlashga hissa qo'shadi - deya takidlab o'tdi texnikumning sport murabbiysi Sh.Madaminov.
749
🏛 Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi “Mutaxassislik fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi Z.Oxunova tomonidan “Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 36-23 (sirtqi) guruhi oʻquvchilariga “Fuqarolik protsessual huquqi” fanidan ochiq dars seminar- mashgʻulot sifatida oʻtkazildi.
🔹 Seminar mashgʻulot sud protsessi sifatida oʻtkazilib, oʻquvchilar nazariy bilimlarini amalda qoʻllashni namoyish qilishdi.
🔸 Oʻquvchilar oʻtkazilgan seminar mashgʻulotda na faqat moddiy huquq normalarini qoʻllashni, balki protsessual tartibga rioya etishni, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni huquqlarini amalga oshirish koʻnikmalarni ham koʻrsatishti.
749
📢 Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. BATAFSIL...
⚖️ Davlat ramzlari har bir mamlakatning suverinetiteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollaridir.
🔸 Oʻzbekistonning Davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini oʻzida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g'urur, faxr va iftixor bag'ishlaydi.
🔹 Joriy yil 10-dekabrda – “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to’g’risida”gi Qonun qabul qilinganiga 32 yil to’ladi.
🔸Ushbu sana munosabati bilan Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida yuridik klinika rahbari D.Qayumova boshchiligida "Davlat- huquqiy faoliyati"yonalishi 41-guruh tomonidan davlatimiz madhiyasi qadr qimmatini targ’ib qilish maqsadida “Madhiyani madh etib” shiori ostida bayram tadbiri o'tkazildi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Web sayt | • Facebook | • Instagram | • Youtube | • Teletype
749
Repost from FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI
#DIQQAT_TANLOV
❗️Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi quyidagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlov eʼlon qiladi.
✔️Oltiariq tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti;
💬Ishga qabul qilish boʻyicha tanlov shartlari va batafsil maʼlumotlar bilan ushbu manzil orqali tanishishingiz va shu manzil boʻyicha elektron tarzda hujjat topshirishingiz mumkin: 👇
https://vakansiya.adliya.uz/vacancy/1453#
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish:
🚀 Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook
749
📢 Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. BATAFSIL...
⚖️ Mamlakatimizda “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh g‘oya asosida bosh qomusimizningning 32 yilligi munosabati bilan “Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 33-23 guruh o’quvchisi Urazbayev Shaxzod Jaxongirovich “Konstitutsiya faxrimiz – milliy g‘ururimiz” mavzusidagi maqolasi Farg‘ona viloyati prokuraturasining "ADOLAT VA HUQUQ" gazetasi 2024-yil 5-dekabr №15-16 (46) sonida chop etildi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Web sayt | • Facebook | • Instagram | • Youtube | • Teletype
749
📢 Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. BATAFSIL...
⚖️ Mamlakatimizda “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh g‘oya asosida bosh qomusimizningning 32 yilligi munosabati bilan "Sud-huquqiy faoliyat" 33-23 guruh o'quvchisi Todjimamatova Ruhshona Azizbek qizi “Konstitutsiyadagi ijtimoiy kafolatlar” mavzusidagi maqolasi "NEW RENAISSANCE" xalqaro ilmiy jurnalida chop etildi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Web sayt | • Facebook | • Instagram | • Youtube | • Teletype
749
📢 Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. BATAFSIL...
"HUQUQIY ZAKOVAT " INTELEKTUAL O‘YINLARI BO‘LIB O‘TDI
📆 Joriy yilning 6-dekabr kuni Farg'ona viloyati yuridik texnikumda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Konstitutsiyaning mazmun -mohiyatini qamrab olgan "Huquqiy Zakovat" o'yinlari tashkil etildi. Jami 2 tur va 24 ta savoldan iborat mazkur o‘yinni klub kordinatori F.Mirjavharova olib bordi.
📝 Yakuniy natijalarga ko'ra
🥇1-o'rin "Ko'hinur" jamoasiga
🥈2-o'rin "Jastice"va "Adliya" jamosiga
🥉3-o'rin "Zenith" jamoasiga nasib etdi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Web sayt | • Facebook | • Instagram | • Youtube | • Teletype
749
📢 Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. BATAFSIL...
♻️ Har bir davlat oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻlini tanlar ekan, xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini oʻzining Konstitutsiyasi-Asosiy qonunida mastahkamlab oladi.
🏛 “8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” munosabati bilan Farg’ona viloyati yuridik texnikumi “Davlat-huquqiy faoliyati yo‘nalishi” 40-24 guruhi o‘quvchilari tomonidan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
🔹 Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, undagi bo’lim, bob va moddalar, xususan, ta’lim sohasidagi kiritilgan o’zgarishlar haqida ma’lumotlar berildi hamda tomoshabinlar uchun tayyorlangan maxsus badiiy dastur havola qilinib, sherlar, kuy-qo’shiqlar va mavzuga oid sahna ko’rinishlari, videoroliklar namoyish etildi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Web sayt | • Facebook | • Instagram | • Youtube | • Teletype
749
📢 Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. BATAFSIL...
⚖️ O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan Farg'ona viloyati mudofa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarini harbiy-texnika mutaxasisliklari bo'yicha tayyorlash markazida o'quvchi yoshlar o'rtasida huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida "Siz Konstitutsiyani qanday bilasiz" shiori ostida bilimdonlik berlashuvi o'tkazildi.
🔸 Tanlovda Farg'ona viloyati Yuridik texnikumining "Adliya izdoshlari" jamoasi ham ishtirok etdilar.
🔹 Tanlovda Farg'ona viloyat Adliya boshqarmasi bosh maslaxatchisi Yaxyo Zulfiqorov, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Farg'ona viloyati kengashi raisi vvb mayor Shoxruh Jumanov, MB jamoatchilik kengashi Farg'ona viloyati yetakchi mutaxassisi Jamoliddin Nasriddinov va boshqa jamoat tashkilotari ishtirok etdi
🔸 Tanlov natijasiga ko'ra Farg'ona viloyati yuridik texnikumining "Adliya izdoshlar" jamoasi faxrli 1-o'rini egalladilar.
749
749
749
📢 Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. BATAFSIL...
🏛 Texnikumning “Sud-huquqiy faoliyati” yo’nalishi 33-23 hamda 37-23 guruhlari o'quvchilari tomonidan erta tongda texnikumda o‘z mehnat faoliyatlarini olib borayotgan ishchi-xodimlar hamda o‘qituvchilarniga ozgina bo‘lsa-da qishning sovuq kunlarida ko‘tarinki kayfiyat va mehr ulashdilar.
🔹 Bunday tadbirlarni tashkil etish, ona vatanga bo‘lgan sadoqatini yanada shakllantirish, insonlarga va atrof muhitga mehr-muruvvat bilan qarashga undashdan iboratdir.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Web sayt | • Facebook | • Instagram | • Youtube | • Teletype
749
📢 Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. BATAFSIL...
🏛 Farg'ona viloyati yuridik texnikumida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Umumta’lim fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi D.Meliboyeva tomonidan “Yangilangan Konstitutsiya – yoshlar nigohida” mavzusida texnikum oʻquvchi-yoshlari oʻrtasida diktant oʻtkazildi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Web sayt | • Facebook | • Instagram | • Youtube | • Teletype
749
📢 Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. BATAFSIL...
🏛 Joriy yilning 4-dekabr kuni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Farg’ona viloyati yuridik texnikumining "Adliya qanotlari" koordinatori O.Usmonova boshchiligida "Adliya qanotlari" volontyori ishtirokida Farg‘ona shahar 47-umumta’lim maktabida “Konstitutsiyam – qomusim, faxrim!” mavzusida targ’ibot tadbiri bo’lib o’tdi.
🔹 Tadbir davomida volontyorlar maktab o‘quvchilariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, undagi bo’lim, bob va moddalar haqida, xususan, ta’lim sohasidagi kiritilgan o’zgarishlar haqida litsey o’quvchilariga ma’lumot berdilar.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Web sayt | • Facebook | • Instagram | • Youtube | • Teletype
749
🏛 Farg'ona viloyati yuridik texnikumida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya-baxtimiz qomusi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🔸 Davra suhbatida Farg'ona viloyati sud raisining o'rinbosari, Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hayati raisi Xasanov Oybek Alimovich, texnikum pedagog-xodimlari hamda o'quvchilar ishtirok etdilar.
🔹 Suhbatda Konstitutsiyaning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotida tutgan o'rni, qonun ustuvorligi, yurtimiz istiqboli va xalqimiz farovonligini ta'minlashdagi roli, shuningdek, so'nggi yillarda Konstitutsiyaga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarning islohotlar samarasini oshirishdagi ahamiyatiga doir masalalar muhokama qilindi.
🔸 Davra suhbatida faol ishtirok etgan o'quvchilar O. Xasanov tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi
749
⚖️ Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi “Yuridik klinika”si rahbari D.Qayumova va Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudi hamkorligida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati davra suhbati tashkil etildi.
🔹 Shunga ko‘ra Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida joriy yilning 4-dekabr kuni Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudining sudyalari va sudya yordamchilari taklif qilindi.
🔹 Uchrashuv davomida Fargʻona tumanlararo mamuriy sudi sudyalari N.Tojiyeva,A.Imatov, sudya yordamchilari F.Abduboisova, U.Jabborov, R.Qoʻchqarovlar so‘zga chiqib, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini mazmun-mohiyatini, xalqchil ekanligini mazkur qonunimiz barcha normativ huquqiy hujjatlarga manba bo‘lib xizmat qilishi haqida fikrlarini bayon qildilar.
🔹 Tadbir so‘ngida texnikum o‘quvchilarining bergan savollari doirasida savol-jovoblar bo‘lib o‘tdi.
749
🏛 Joriy yilning 4-dekabr kuni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Farg’ona viloyati yuridik texnikumining "Adliya qanotlari" koordinatori O.Usmonova boshchiligida "Adliya qanotlari" volontyori ishtirokida aholi gavjum joylarda “Konstitutsiyam – qomusim, faxrim!” mavzusida targ’ibot tadbiri bo’lib o’tdi.
🔹 Tadbir davomida volontyorlar yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, undagi bo’lim, bob va moddalar haqida, xususan, ta’lim sohasidagi kiritilgan o’zgarishlar haqida litsey o’quvchilariga ma’lumot berdilar. Tadbir so’ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga volontyorlar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
749
“3-dekabr -Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan texnikumning “Mutaxassislik fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi O.Usmonova boshchiligida texnikum o‘quvchilari Fargʻona shahar A.Navoiy MFY da yashovchi nogironligi bo‘lgan fuqarolar xonadoniga tashrif buyurishib, ularning holidan xabar oldilar.
749
♻️ Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq har yili 3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni sifatida dunyo boʻylab nishonlanadi.
🔸 Ushbu kun munosabati bilan texnikumning “Adliyaga yoshlarga ko‘makdosh” kulubi volontiyorlari Imkoniyati cheklangan yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularga e'tibor ko'rsatish, rag'batlantirish maqsadida Marg'ilon shahar 22- sonli maxsus maktab internatiga tashrif buyurdilar.
🔹 Volontiyorlar tomonidan maktab o'quvchlari uchun ko‘ngil ochar ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etilib, tadbir so‘ngida imkoniyatlari cheklangan o‘quvchilarga sovgʻalar ulashildi.
