cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

🇺🇿Andijon shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi️️📚

Andijon shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi rasmiy kanali Hurmatli kanal obunachilari, mazkur kanalda yoritib borilayotgan xabar va yangiliklar sizga manzur bo'lmoqdami? Kanalga oid takliflaringiz bo'lsa adminga murojaat qiling. Admin: @And_xtb

Show more
Advertising posts
747
Subscribers
-124 hours
+47 days
-3530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

03:01
Video unavailableShow in Telegram
ANDIJON AXBOROTI | ANDIJON FUTBOLCHILARINING YOSHLAR BILAN UCHRASHUVI 15.05.2024 YIL Telegram | Youtube | Instagram
Show all...
#сектор Республика Маънавият ва маърифат маркази Андижон шаҳар бўлинмаси ташкилотчилигида шаҳримиздаги 43- умумий ўрта таълим мактабида янги фаолият бошлаётган 5-сектор "Маънавият сектори", унинг мақсад ва вазифалари нимадан иборат, барча ишларни ҳамкор ташкилотлар билан амалга ошириш тўғрисида ўқув-семинар ўтказилди. Бўлиб ўтган ўқув-семинарда маҳалла фаоллари, ҳамкор ташкилотлар вакиллари, ўқитувчи-мураббийлар, ёшлар иштирок этди. Андижон шаҳар ҳокимлиги матбуот хизмати Telegram I Instagram I Facebook
Show all...
02:19
Video unavailableShow in Telegram
ANDIJON AXBOROTI | OMBUDSMAN SOATI 08.05.2024 YIL Telegram | Youtube | Instagram
Show all...
ANDIJON SHAHAR 25-UMUMTA'LIM MAKTABIDA “MAKTABDA FUTBOL” DASTURI BO’YICHA BAYRAM TADBIRI O’TKAZILDI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizda “Maktabda futbol” dasturi yo'lga qo'yilgan. Ushbu dastur bo'yicha Andijon viloyatida faol ishtirok etib kelayotgan Andijon shahar 25-umumta'lim maktabiga Andijon viloyat futbol assotsiyasi birinchi vitse-prezidenti Bekzodbek Karimov va mutaxassislari hamda Andijon futbol klubi bilan hamkorlikda tashrif buyurdi. Tashrif davomida maktab o'quvchilariga Andijon futbol klubi o'yinchilari tomonidan master klass ko'rsatilib hamda Andijon viloyat futbol assotsiatsiyasi mutaxassislari futbol to’plari va esdalik sovg'alarini topshirishdi.
Show all...
ANDIJON VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BOSHQARMASI HAMDA ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTLARI HAMKORLIGIDA "KARYERA KUNI" O'TKAZILDI
Show all...
ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA 2023-2024 O‘QUV YILI BITIRUVCHILARI UCHUN MEHNAT YARMARKASI VA ISHGA JOYLASHISH BO‘YICHA “KARERA KUNI” TADBIRI TASHKIL ETILDI. Bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida asosiy buyurtmachi tashkilotlari– viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, ya’ni Andijon viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga qarashli maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktablar rahbarlari qatnashdilar. Dastlab, ish beruvchi tashkilot rahbarlari institutda bayramona yuqori kayfiyatda kutib olindi. Ularga institutda yaratilgan shart-sharoitlar, dars jarayonlari, ilmiy va o‘quv laboratoriyalari, innovatsion-tadqiqot markazlari tanishtirildi. Shundan so‘ng, ish beruvchilar hamda talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muloqotda Andijon davlat pedagogika instituti rektori B.Rasulov, Maktabgacha va maktab ta’limi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i R.Karimov, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mas'ul xodimi E.Isayev, maktabgacha ta’lim muassasalari mudirlari, maktab direktorlari, dekanlar, kafedra mudirlari va bitiruvchi talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Andijon davlat pedagogika instituti rektori B.Rasulov bitiruvchi kurs talabalarini institutni bitirayotganlari bilan tabriklab, kelajakdagi o‘qituvchilik ishlariga muvafaqqiyatlar tiladi. Andijon viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R.Karimov, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mas'ul xodimi E.Isayevlar tumanlardagi vakant ish o‘rinlariga bitiruvchilarni ishga taklif qildi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda aynan ta’lim sohasini, inson kapitalini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Zero, mamlakat kelajagi, barcha sohalar va loyihalar muvaffaqiyati bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, o‘z sohasining ustalari bo‘lgan kadrlarga bog‘liq. “Karera kuni” axborot-tanishitiruv tadbiri davomida ish beruvchi tashkilotlar tomonidan 500 ga yaqin ish o‘rinlari taklif etildi. O‘z navbatida ish beruvchi muassasa va tashkilotlarga institut tomonidan talabalar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi. Jumladan, joriy o‘quv yilida institutni tamomlayotgan 665 nafar (bakalavriat bosqichida 654 nafar va magistratura bosqichida 11 nafar) bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar ish beruvchilar e’tiboriga havola qilindi. Tadbir davomida “Ta’lim ko‘rgazmasi” tashkil etildi. Fakultetlar tomonidan o‘tkazilgan ko‘rgazmada professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarning erishgan yutuqlari, ilmiy tadqiqotlar natijalari, o‘quv qo‘llanmalar namoyish etildi. Shuningdek, tajribali o‘qituvchilar tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi. “Karera kuni” axborot-tanishitiruv tadbiri yakunlari bo‘yicha ish beruvchilar tomonidan 500 dan ortiq talaba bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning 218 nafariga ishga joylashish bo‘yicha yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, tadbir davomida innovatsion hamkorlik doirasida muammoli mavzular bo‘yicha tadqiqotlar olib borish, o‘quv rejalariga amaliyotchi mutaxassislar takliflarini e’tiborga olgan holda o‘zgartirishlar kiritish, talabalarning malakaviy amaliyoti va tajriba oshirishini tizimli ravishda tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Jumladan, amaliyotchi mutaxassislarni dars mashg‘ulotlariga jalb qilish, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini korxona va tashkilotlar taklifini hisobga olgan holda tayyorlash jarayonlari muhokama qilindi. Tadbir yakunida Musiqa ta'limi yo'nalishi bitiruvchilarining konsert dasturi namoyish etildi. Bir piyola choy ustida tashkil etilgan mazkur konsertda bitiruvchi yoshlar tomonidan milliy va zamonaviy qo'shiqlar ijro etildi. Ijro etilgan sho'x taronalar barchani birdek raqsga tortdi.