Kashkadarya Football Association
Open in Telegram
Qashqadaryo Futbol Assotsiatsiyasining rasmiy kanallari . • t.me/@FAQashqadaryo • YouTube.com/@FAQashqadaryo • Instagram.com/fakashkadarya email: kashkadaryafootballassociation@mail.ru
Show more2 391
Subscribers
No data24 hours
-97 days
-330 days
Posts Archive
+2
⚽️ VILOYAT IKKINCHI LIGASI
Navbatdagi uchrashuvlar natijalari:
Qarshi FK 1:3 Koson FK
Viloyat IIB 5:4 Kasbi FK
Hisor 0:4 Chiroqchi FK
G‘uzor 0:0 Yakkabog‘ FK
🔥 Viloyat Ikkinchi ligasi bahslarida jamoalar o‘rtasidagi kurash tobora qizg‘in tus olmoqda!
⚽️ KATTA FUTBOLGA ILK QADAM! 🌟
Siz futbolni sevasizmi? Professional maydonlarda to‘p surish va o‘z iqtidoringizni butun mamlakatga ko‘rsatishni orzu qilasizmi?
Unda imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! "Sho‘rtan" professional futbol klubi qoshidagi "Sho‘rtan-Lady" ayollar jamoasi o‘z safiga yangi iqtidorlarni taklif etadi!
Biz bilan sizni nimalar kutmoqda?
✅ Tajribali va malakali murabbiylardan professional saboqlar
✅ Zamonaviy sport bazasi va qulay mashg‘ulot sharoitlari
✅ Respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etish imkoniyati
✅ Professional sportchi sifatida o‘sish va milliy terma jamoa darajasiga chiqish imkoniyati
🔥 Orzularingizni keyinga qoldirmang, kelajak chempionlari safida bo‘ling!
🌟 Iqtidorli va g‘alabaga intiluvchan qizlarni jamoamizga taklif etamiz!📍 Manzil: G'uzor tumani, "Sho‘rtan" PFK sport majmuasi 📞 Batafsil ma’lumot va a’zo bo‘lish uchun: +998 (94) 333-00-98
FUTBOL KUNI!
"NASAF" - "BUNYODKOR"
📅 09.09.2026
⏰ 20:00
🏟 Qarshi “Markaziy” stadioni
Barcha muxlislarimizni jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun stadionga chorlaymiz!
+6
⚽️ “G‘AYRATLI KEKSALAR” — MINI-FUTBOL MUSOBAQASI
Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida 60 yosh va undan katta nuroniylar o‘rtasida “G‘ayratli keksalar” shiori ostida mini-futbol bo‘yicha Respublika musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Qashqadaryo viloyatining barcha tumanlaridan nuroniylar jamoalari ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdilar.
🏆 Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Qamashi tumani
🥈 2-o‘rin — Nishon tumani
🥉 3-o‘rin — G‘uzor tumani
👏 Qamashi tumani nuroniylari musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
💪 Yosh — to‘siq emas! Sport va sog‘lom turmush tarzi har qanday yoshda insonni faol va bardam bo‘lishga chorlaydi.
📢 “Nasaf” OCHL 2 2026/27 mavsumi uchun OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazishni boshladi
Xabaringiz bor, sevimli jamoamiz — “Nasaf” Osiyo Chempionlar Ligasi 2 2026/27 mavsumining “A” guruhida BAAning “Al Vahda”, Bahraynning “Al-Haldiya” va Quvaytning “Quvayt SK” jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Jamoamizning joriy mavsumdagi uy uchrashuvlariga oid rasmiy matbuot tadbirlarida ishtirok etish istagidagi OAV vakillaridan akkreditatsiya uchun arizalar 16-sentyabrga qadar qabul qilinadi.
📄 Akkreditatsiya uchun quyidagi hujjatlar elektron shaklda taqdim etilishi lozim:
▪️ OAV tashkilotidan rasmiy xat;
▪️ 3×4 hajmdagi fotosurat;
▪️ Pasport nusxasi.
📩 Barcha hujjatlar medianasaf@gmail.com elektron manziliga yuborilishi kerak.
“Nasaf” futbol klubi matbuot xizmati
KEYINGI TURDA — “BUNYODKOR”NI QABUL QILAMIZ!
Navbatdagi turda Nasaf jamoasi Qarshida “Bunyodkor”ni qabul qiladi.
📅 9-sentyabr, 20:00
📍 Qarshi “Markaziy” stadioni
Barcha muxlislarimizni jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun stadionga chorlaymiz!
🇺🇿Superliga. 20-tur
NASAF 6:2 NEFTCHI
⚽️ Umarbek Eshmurodov, 7 (1:0), Bobur Abduxoliqov, 8 (2:0), Sharof Muxitdinov, 22 (3:0), Adenis Shala, 40 (4:0), Bobur Abduxoliqov, 53 (5:0), Alisher Odilov, 59 (5:1), Alibek Davronov, 80 (6:1), Stipe Peritsa, 89 (6:2)
+2
🏆 “Do'stlik kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi!
Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi sharafiga “Sho‘rtan” futbol akademiyasida yosh futbolchilar o'rtasida qizg'in va murosasiz bahslarga boy “Do'stlik kubogi” musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqaning asosiy maqsadlari:
·Yurtimiz mustaqilligining 35 yillik bayramini munosib nishonlash hamda yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish;
·O'smir futbolchilar o'rtasida o'zaro do'stlik, jamoaviy birdamlik va sog'lom raqobat muhitini mustahkamlash;
·Iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash va ularning o'yin amaliyotini boyitish.
Maydonda haqiqiy shijoat va do'stlik ruh ustunlik qildi.
+5
⚽️ “NASAF” FUTZAL JAMOASIGA YANGI PREZIDENT TANISHTIRILDI
Viloyat Sport boshqarmasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda sport va futzal yo‘nalishidagi muhim masalalar, jumladan, “Nasaf” futzal jamoasining kelgusidagi faoliyati muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida Yo‘ldoshev Akram Azamatovich “Nasaf” futzal jamoasi prezidenti sifatida jamoaga tanishtirildi.
Yangi prezidentga jamoaning rivoji, sport natijalarini yanada yaxshilash hamda futzalni viloyatda ommalashtirish yo‘lida muvaffaqiyat tilandi.
🇺🇿 “Nasaf” futzal jamoasiga yangi bosqichda omad va zafarlar tilaymiz!
+4
🇺🇿 2-Sentyabr kuni Qashqadaryo futbol akademiyasida 2026/2027-o‘quv yilning boshlanishi hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq”tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
✅Tadbir davomida futbol akademiyasining sportchi o‘quvchilari tomonidan Vatan, istiqlol va kelajakni tarannum etuvchi chiqishlari tadbir ishtirokchilariga yuqori kayfiyat ulashdi.
✅Yangi o‘quv yili muborak! Yangi bilimlar, yangi marralar va yorqin kelajak sari birgalikda qadam tashlaymiz!
🤝 Ayollar klublari o‘rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlandi
Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston chempioni «Nasaf» C guruhidan joy oldi. Qarshiliklar guruh bosqichida Avstraliyaning «Melbourne City», Xitoyning «Beijing Jingtan» hamda Filippinning «Kaya-Iloilo» klublariga qarshi bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi uchrashuvlari 1–7-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. C guruhi bahslariga Qashqadaryo viloyati mezbonlik qiladi.
🇺🇿 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
Qashqadaryo futbol assotsiatsiyasi nomidan barchangizni xalqimizning eng ulug‘ va eng aziz bayrami — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Mustaqillik — xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, milliy qadriyatlari, tinch va farovon hayoti hamda buyuk kelajakka bo‘lgan ishonchining mustahkam ramzidir.
Ushbu qutlug‘ ayyomda yurtimiz osmoni hamisha musaffo, xalqimiz hayoti tinch va farovon, mamlakatimiz taraqqiyoti bardavom bo‘lishini tilaymiz.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, ezgu maqsadlaringiz ro‘yobi va yangi zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Yangi O‘zbekistonimiz ravnaqi yo‘lida barchamizga ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!
🇺🇿 Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Qashqadaryo futbol assotsiatsiyasi
📲Telegram 📲Instagram 📲YouTube
