cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Muhammadkarim blog

Allah bize yeter, O ne güzel vekildir.

Show more
Advertising posts
224
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
-530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
#lifehack Baxtlik yashash sabablari) 💎 mk blog
Show all...
😁 7🤣 5👍 1🤪 1
07:46
Video unavailableShow in Telegram
#Motivatsiya ❗️Vaqt va sabr topib ushbu videorolikni bir ko‘ring... Farzandlar ko‘rsinlar. O‘zimiz ham bir qur ko‘rib qo‘ysak, balki qaysidir savollarga javob topilar, maqsad qo‘ymoq uchun turtki bo‘lar...
Show all...
IMG_4771.MP440.30 MB
💯 4👍 2🥰 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Suratda o‘zbek sanʼati darg‘alari deb omma ongiga singdirilgan asli dashnoq armanilar. Tamaraxonim(Petrosyan Tamara Artemovna), Viktoriya Rumi Artemovna, Gavhar Rahimova (Goar Artemovna) va Lizaxonim (Petrosyan Yelizaveta Artemovna) 1976-yil.. Jamiyatning ochiq fahsh targ‘ibotini sanʼat deya qabul qila boshlanishi va insonlar tafakkurini ruh emas, hayvoniy hirs egallab olishiga xissa qo‘shganlar.. Baxtiyor Kalonov 💎 mk blog
Show all...
😢 7👍 4 2😱 2🤬 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Bir kishiga do‘stlari echki emar sovg‘a qilishdi. U bu noyob mavjudotni parvarish qila boshladi. Kunlarning birida kutilmaganda echkiemar uning barmog‘idan tishlab oldi. Jon achchig‘ida bu maxluqni yo‘qotmoqchi bo‘ldi yu jonivorning ko‘zlariga ko‘zi tushgach, bo‘shashib, g‘azabi bosildi. Echkiemar go‘yoki unga sadoqat to‘la nigohlari bilan mahzun boqib: “kechir xo‘jayin” deyayotganday tuyildi. Jonivor kun bo‘yi uning ortidan ergashib bir qadam ham nari ketmadi. Xo‘jayin shunday sodiq do‘stni yo‘qotmoqchi bo‘lganligini o‘ylab biroz xijolat ham bo‘ldi. Ertalab uyg‘onib qarasa “do‘sti” tun bo‘yi yonidan jilmay, undan ko‘z uzmay, g‘amgin nigohlari bilan unga qarab turganini ko‘rdi. Va ichidan qanday ajoyib, g‘amxo‘r hayvoni borligini o‘ylab suyundi. Uning bu mamnunligini kechagi jarohatlangan barmog‘ining shishib, chidab bo‘lmas og‘riq berishi buzar edi. Echkiemarini yoniga olib shifokor ko‘rigiga bordi. U yerda maʼlum bo‘lishicha echkiemarning bu turi zaharli hisoblanib, zahar kuchsiz bo‘lganligi sababli o‘lja birdaniga o‘lmagan, shuning uchun bu aqlsiz maxluqlar o‘ljani avval tishlab, keyin uning o‘lishini poylab, ortidan ergashishar ekan... Sadoqat bilan ko‘zlaringizga boqib, ortingizdan ergashadigan, o‘tirsangiz atrofingizda tikka turadiganlarga ko‘pam ishonavermang, ular shunchaki paytini poylab, jismingizni parchalashni kutayotgan bo‘lishlari ham mumkin... 💎 mk blog
Show all...
🤔 6😢 4😱 3👍 1 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
QARIMASLIK UCHUN YAPON MASLAHAT... Shu desangiz, har doimgidek ofisda ishlab o‘tiribmiz. Soat 17:00 larda to‘satdan ofisga “Kaicho” (Kompaniya asoschisi) ayoli bilan kirib keldi. Kaichoni yoshi 87 da, ayoli esa 85 yoshda. “Ha, sevishganlar kech bo‘lganda romantika qilgani ketayabsizlarmi?” deb hazillashsam, “Yo‘q, suzishga ketayabmiz” deydi) Shu kaichoni ayoli shifokorlikdan nafaqaga chiqqan. “Sizlardek sog‘lom bo‘lish uchun va uzoq umr ko‘rishim uchun nima qilishim kerak?” deb so‘radim. “Birinchi navbatda odam qarilikni erta kundan bo‘yniga olmasligi kerak, qaridim, kasalman deb bo‘yniga olsa, miya tanaga buyruq berib, rostdan ham kasalliklar va qarilik tez keladi” dedi. Toza havo, ovqatlanish, sport va yana ko‘p omillar ham uzoq umr ko‘rishga sabab bo‘larkuya, ammo, shu “Miya” ga qarilikni singdirib qo‘ymaslik ham muhim ekanda deb o‘ylab qoldim. Har safar 80-90 yoshli Yaponlar ishda yoshlardek ishlayotganlarini, velosipedlarda yonimdan mendan tez o‘tib ketganini ko‘rsam, o‘zimni buvim, bobomlar ko‘z o‘ngimda gavdalanadi. Rostdan ham bizda qarilikni tez bo‘yinga ovolishar ekan. Shaxsan o‘zimni buvim, umrlari uzoq bo‘lsin. Aqlimni taniganimdan beri “Men endi qarib qoldim”, “Shovqin qilmanglar davleniyam oshib ketadi”, “Men qariman. Menga falon mumkinmas” deydigan buvi. “Men endi qariyaman. Qancha yil umrim qoldi?” deb buvim gapirsalar,“Ko‘nglingizni to‘q qiling. Siz men aqlimni taniganimdan beri shunday deysiz. 40 ga qarab ketayabman haliyam sog‘lomsiz. Hech qariyamassiz. Yaponlar 80 yoshdan keyin yana bitta hayotini boshlab, o‘ynab-kulib yashab yurishibdi. Siz ham ko‘p umr ko‘rasiz Xudo xohlasa” deb hazillashaman. Siz ham atrofingizni kuzatib ko‘ringda. Ayolingiz, onangiz, akangiz, ukangiz, bobo-buvilaringiz 40 yoshlardan o‘tib qolishsa, “Men endi qarib qoldim”, “Biz ko‘radiganimizni ko‘rib bo‘ldik”,“Qancha umrim qoldi” deb o‘tirib turganda ham “Ohhhhh” deb xo‘rsinib ovoz chiqarib o‘tirib-turadigan bo‘lib olishadi. Shunday paytda ularga: “Bulli, qilingeee, siz hali yoshsiz” deb qo‘ying) 💎 mk blog
Show all...
🔥 6👍 3💯 3 1👌 1😭 1
Photo unavailableShow in Telegram
Rasmdagi matoh nomini bilasiz, bu bint. Judayam arzon. Paxtadan bo‘lgan sterilangan va ishonchli. Unda mikrob degani bo‘lmaydi. Beg‘ubor! Rangi ham oppoq. Qimmat narsalar oldida uni qadri yo‘q hisob. To‘g‘risi uni o‘rni ham bilinmaydi. AMMO to‘satdan jarohat olsangiz, tanangizdan qon oqsa darrov bintni qidira boshlaysiz. Topgan zahoti undan zudlik bilan foydalanasiz. U o‘ziga qonni qabul qilib olib jarohat ogan joyda birinchi yordamni ko‘rsatadi. Uning yordami to jarohat bitib ketguncha bo‘ladi. O‘zining beg‘ubor va beozor yordamini og‘ir kuningizda beradi. Xuddi mana shu bint kabi hayotda ham ayniqsa biznesingiz doirasida shunday xodimlar bo‘ladiki ularni unchalik borligini ham sezmaysiz. O‘ta kamtar va kamgap bo‘lgani shu bilan birga maddoh bo‘lmagani uchun ham ko‘zga tashlanmaydi. Mobodo biznesingiz bankrot yoqasiga kelib qolsa ko‘plab ishchilar yangi ish izlab qoladi. O‘sha paytda o‘sha xokisor xodimlar yoningizda bint kabi o‘z yordamini ayamaydi. Ular sizni har doim inqirozdan qutqaruvchi sadoqatli do‘stlaringizdir! Facebookdan 💎 mk blog
Show all...
❤‍🔥 11👍 7 5🔥 5👌 1💯 1
01:10
Video unavailableShow in Telegram
Show all...
IMG_4642.MP425.27 MB
🔥 6👍 4 4💯 1
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
Quvasoyliklar uchun yangilik! Endilikda Quvasoy shahri bo'yicha "Safo Water"ning 18,9l suvlarini yetkazib berishni yo'lga qo'ydik. 😊 Narxlar o'sha-o'sha, ta'm o'sha-o'sha, mehr o'sha-o'sha. 📞 90-845-55-55 Telegram | Instagram | Facebook
Show all...
👍 10 3 2❤‍🔥 1🎉 1🤩 1👌 1
Photo unavailableShow in Telegram
Photo unavailableShow in Telegram
🇯🇵 Bu surat 1946 yilda olingan. Bu yigit Ken Shimizu. U 35 yoshda. Uning 2 nafar farzandi bor. Shimizu hech qachon yugurmaydi. Biror sport bilan ham shug'illanmaydi. Kech uxlaydi. O'zi xohlagan narsani yeydi. Hatto suv o'rniga pivo ichadi. Har kuni kechasi turli xil taomlar yeydi... Shimizu bunday tanaga ega bo'lish uchun nima qildi? Uning hech qanday siri yo'q…. Shimizu - bu suratning pastki chap burchagida o'tirgan odam... O'rtada turgan odamga kelsak.. U haqida mendan ma'lumot yo'q Facebookdan 💎 mk blog
Show all...
😁 16🤣 13🤩 3 2🔥 1🥴 1