Entry dasturlash & Neobot
Open in Telegram
Entry u Scratchday dasturlashni o‘rgatish uchun Dasturlash tili. Entryni shu kanaldan olish yoki qo'ydagi havolasidan yuklab olishingiz mumkin. Entry yuklab olish: https://github.com/JeongJun-Lee/entry-offline/releases
Show more337
Subscribers
No data24 hours
+57 days
+2130 days
Posts Archive
Repost from YANGI QIZILTEPA
Tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida "Iqtidorli bolalarni saralash, ularning iqtidorlarini aniqlash va informasion texnologiyalar ta’limi yo‘nalishini rivojlantirish" mavzusidagi viloyat seminari o‘tkazildi.
Seminarda viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi O‘IBDO‘ M. Roziqova, yo‘nalish uslubchisi M. Hamroyeva va barcha tumanlardagi "Barkamol avlod" bolalar maktabi direktorlari, yo‘nalish uslubchilari, to‘garak rahbarlari, Qiziltepa tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi vakillari ishtirok etishdi.
Seminarning badiiy qismida she’r va qo‘shiqlar, raqslar, kasblar namoyishi ijro etildi. "To‘qish", "Ekodizayn va interyer", "Kompyuter saboqlari", "Ingliz tili", "Yosh qandolatchi" kabi to‘garak rahbarlari tomonidan ochiq mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Tadbir so‘ngida koreyalik mehmonlar ham tashrif buyurib, iqtidorli o‘quvchilardan M. Shamsiddinov va D. Obiddinovaning "Entry"dasturida yaratgan loyihalari bilan tanishib, o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirishdi.
Koreyalik mehmonlar tadbir so‘ngida iqtidorli o‘quvchilarga o‘zlarining "Neosoko" va kitoblar jamlanmasini sovg‘a qildilar.
✅Navoiy shahar 8-informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabida “Janubiy Korea ta’lim tizimida: sun’iy intelekt, innovasion g‘oyalar va smart texnologiyalar olamidan ta’lim samaradorligi sari” mavzusida viloyat seminari tashkil etildi.
🔰Tadbirda Navoiy viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i v.v.b J. Kalandarov umumta’lim maktablarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, innovasion metodlar asosida dars berish sifatini oshirish, o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.
🔰Ta’kidlanganidek, dasturlash texnologiyalari orqali o‘z loyihalarini yaratishga yo‘naltirish, o‘quvchilar uyali aloqa telefonlari, kompyuter va planshetlardan unumli foydalanib, o‘z loyihalari asosida sun’iy intelekt va mobil ilovalar yaratishni o‘rgatish asosiy vazifalardan biridir.
🔰Seminar “Innovasion texnologiyalar olamiga sayohat...” nomli ixtiro ko‘rgazmalari namoyishi bilan boshlandi. “Yer yong‘oq doktor” asari bo‘yicha “Zakovat” intellektual o‘yini, “Entry dasturlash” loyihalari bo‘yicha amaliy hamda “Smart texnologiyalar” mavzusida ochiq darslar, “Tez ter” dasturida “Tez ter va g‘olib bo‘l!” klaviatura mashqi musobaqalari namunali tarzda tashkil etildi.
🔰Shuningdek, Koreya davlatidan tashrif buyurgan vakil Eui Ho Hong tomonidan “NyeoSoCo robotatexnika qurilmasini o‘rganish” bo‘yicha trening tashkil etildi. Jeong Jun Leye ushbu loyihaning mazmun-mohiyati bo‘yicha yig‘ilganlarga ma’ruza qildi.
🔰Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga xorijlik mutaxassislar batafsil javob berdi.
🔰Seminarda viloyatimizning 100 dan ortiq mutaxassis kadrlari ishtirok etib, tajriba almashdi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Farg'ona viloyati Uchko'prik tumani Barkamol avlod bolalar maktabining Kompyuter muxandisi to'garagi a'zolarining mashg'ulot jarayonidan lavxalar.
Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari ishtirokida robototexnika darsida Entry dasturida turli loyihalar bajarish bo'yicha qiziqarli ochiq dars tashkil qilindi
Lui Braille - ko'zi ojizlarga dunyoni ato etgan kichgina daho hisoblanadi. Atiga 15 yoshida 1824 - yilda ko'zi ojizlar va zaif ko'ruvchilar uchun Braille Alfabitini yaratdi va bu alfabitga uning nomi berildi. Xozirgi kunda bu shriftdan butun dunyo foydalaniladi.
Ma'lumot uchun : Braille xam yoshligida ko'rish qobiliyatini yoqotgan edi.
👉 BU FAKT - Siz Bilmagan Faktlar
https://youtu.be/inI91w5ms1A
🎧NEO sxemasi orqali Elektronikani o'rganamiz!🎧
http://roboticsware.uz/neo-circuit/
Samarqand viloyati.Oqdaryo tumani "Barkamol avlod bolalar maktabi" "ENTRY" dasturidagi dars jarayonidan lavxalar.To'garak raxbari Fayoziddin Raxmatov.
Xorazm viloyati Yangiariq tumani BABM,, Robotatexnikaʼʼ toʻgaragi aʼzolarining mashgʻulot jarayonidan fotolavhalari.Toʻgarak rahbari : Rahimova Nodira
Mana bu Qo'y robotining manba kodllarni NEO SoCo forum saytidan olaylik.
https://forum.roboticsware.uz/d/14-qoy-roboti
Ellikqa'la tumani Barkamol avlod bolalar maktabi kompyuter dizayin va grafikasi to'garak rahbari Ishimova Umidaning amaliy mashg'ulotida tez -ter dasturida musobaqa o'tkazildi. O'rin olganlar taqdirlandi.
TezTerda foydalanuvchi o'z yaratgan matnlardan foydalanib klaviatura terish mashqi qilish imkoniyatga ega.
1) Rasmda ko'rstilgandek TezTer o'rnatilgan joyining data nomli folder(C:\Program Files (x86)\TezTer\data) ichida mening yangi matn mashqi bo'ladigan bir JSON turli yangi faylni yaratishingiz kerak.
2) Rasmda ko'rstilgandek yangi JSON fayl ichida "Name", "Author", "Character" va "TextData" kalitlardan iborat bo'lgan joylarda ma'noly mazmunlarni to'ldirishingiz kerak.
3) Keyin TezTer dasturni ishga tushirib Gaplar mashqi yoki Matnlar mashqi menusini tanlab maza qilib mashqi qilishni boshlasangiz.
✅4) Boshqalarga ham mening yangi matnidan foydalanib o'rganishga imkoniyatni berish uchun https://forum.roboticsware.uz/t/tez-matnlar ga mening JSON faylini joylashtiramiz. Keyin barchalar endi u faylni yuklab olib faqatgina oldingi data folderga saqlab qo'ysa yangi matnlardan oson o'rganadigan imkoniyatga ega bo'ladi.
[Entryning o'zbekcha versiyasi va original versiyasi tarxi 5]
⏰ 2018-yildan beri Koreyada barcha maktablarda 5-sinfdan boshlab davlat rasmiy darslikda Entry orqali dasturlashni o'rgatilmoqda. Entry faqatgina oflayn versiyasiga ega emas. U onlayn vebsayt orqali ham platformadek keng foydalaniladi. Platforma saytning nomi Entry(https://playentry.org)dir. U yerda 2 milliondan ortiq foydalanuvchilar dasturlashni o'rganadilar. Va u saytda 10 milliondan ortiq foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan loyihalar mavjud.
