en
Feedback

Don't get caught by a cheater! Telemetrio finds and tags such channels 👉 If you want to see the tag, subscribe

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

Closed channel

Ingliz tilini eng samarali va effektiv metod va usullardan foydalanib o'rganing! Creator: Baxtiyor Toshboyev Online Speaking kursga yozilish uchun: https://t.me/online_speaking_kurs

Show more
3 617
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Grammar time Nuqtalar o'rniga tog'ri javobmi qo'ying. 99% odamlar xato qiladi!!!🤦🏻‍♂️🤦🏻‍♂️ Titanic was so big ship in the world, but ... sank in 1992. 😊 A) she 😒B) it 😁 C) they 😃D) he

🔥IELTS uchun eng foydali video darslar va kitoblarni siz uchun jamladik. 📚Bu kabi oltin to'plamga hoziroq ega bo'ling.
🔥IELTS uchun eng foydali video darslar va kitoblarni siz uchun jamladik. 📚Bu kabi oltin to'plamga hoziroq ega bo'ling.

#attention #diqqat #mustread Online yangi guruhga qabul boshlandi https://t.me/joinchat/4dC6xACNUGQwNTky

#attention #diqqat #mustread INGLIZ TILINI O'RGANISH UCHUN QANCHA VAQT KERAK BO'LADI? #part3 3. TIL O'RGANISH UCHUN QANAQA MATERIALLARDAN FOYDALANAYAPSIZ. Til o'rganish jarayonida kerakli materiallardan foydalanish zarur, albatta. Bu siz uchun yangilik bo'lmasa kerak. Lekin foydalanayotgan materiallar va usullaringiz qanchalik samarali va xilma xil ekanlingining ahamiyatini unutmasligingiz kerak. Ya'ni faqat bitta material yoki usul bilan cheklanib qolmang. Deylik, Grammawaydan foydalanib har kuni ingliz tilini o'rganyapsiz, lekin natija siz kutgandek emas yoki juda sekin progres qilyapsiz. O'zingizni cheklamasligingiz kerak. Til o'rganishingiz mumkin usullar va metodlarning soni juda ko'p. Eng muhim SIZ uchun eng effektiv va foydalisini tanlashingiz kerak bo'ladi. Bir vaqtning o'zida bitta usul kim uchundir qiziqarli, kim uchundir esa zerikarli bo'lishi mumkin. Ingliz tili darajangizni rivojlantirish uchun yordam berishi mumkin bo'lgan yangi usul va yo'llarni doim qidiring. Bunda sizga qo'l keluvchi eng yaxshi platforma bu — YOUTUBE. Youtube da yuzlab til o'rganishga oid foydali videolarni topishingiz mumkin. Aksariyat professionallar va ekspertlar til o'rganish bo'yicha foydali bilimlar va ko'nikmalarni Youtubeda berib kelishadi. 10– 12 tilda erkin gaplasha oladigan poliglotlarning kanallari mavjud ( 10-12 tilda erkin va ravon gaplasha oladigan insonlarning fikriga quloq solsa arziydi, menimcha). 4. ONA TILINGIZNING INGLIZ TILIGA YAQINLIGI Bu ham asosiy faktorlardan biri. Ona tilingizning ingliz tiliga qanchalik yaqinligi ham til o'rganish jarayonida o'z ta'sirini o'tkazadi. Misol uchun, nemis, ispan, fransuz tilida gaplashuvchilarning ingliz tilini o'zlashtirishi nisbatan osonroq. Bu tillarning hammasi bitta Roman tillar oilasiga kiradi. Bizni tilimiz bu tillar oilasiga kirmaydi. Shuning uchun ham ingliz tilini o'rganish biroz ko'proq vaqt olishi mumkin. 5. BOSHQA XORIJIY TILLARNI BILASIZMI Ona tilingizdan boshqa tilni o'rgangan bo'lsangiz, ya'ni allaqachon birdan oshiq tilni bilsangiz ingliz tilini o'rganish sizga unchalik qiyinchilik tug'dirmaydi. Chunki, sizni miyangiz yangi tilning struktura va qoidalarini o'rganishga moslasha boshlagan bo'ladi. Shuning uchun ham birdan oshiq tilni bilgan insonlar ingliz tilini boshqalarga nisbatan tezroq o'rganishi mumkinligi ehtimoldan xoli emas. Va yana boshqa ko'plab til o'rganish jarayoniga ta'sir qiluvchi individulniy faktorlar mavjud. P.s. Sizni ingliz tilini o'rganishingizga ta'sir qilayotgan omillar bormi? Fikringiz bilan izohlarda o'rtoqlashing.

#ielts 🤗🤗🤗 IELTSga tayyorlanish uchun eng ideal qo'llanmalarda biri hisoblanadigan CAMBRIDGE IELTS kitoblari va audiolari
#ielts 🤗🤗🤗 IELTSga tayyorlanish uchun eng ideal qo'llanmalarda biri hisoblanadigan CAMBRIDGE IELTS kitoblari va audiolari @cambridge_robot botida. @cambridge_robot @cambridge_robot @cambridge_robot @cambridge_robot

🔥IELTS uchun eng foydali video darslar va kitoblarni siz uchun jamladik. 📚Bu kabi oltin to'plamga hoziroq ega bo'ling.
🔥IELTS uchun eng foydali video darslar va kitoblarni siz uchun jamladik. 📚Bu kabi oltin to'plamga hoziroq ega bo'ling.

#attention #diqqat #mustread #IMPORTANT ANNOUNCEMENT 🧐 Do'stlar, siz uchun foydali qisqa e'lonim bor! "SUCCESS IELTS READING TESTS" KITOBI SOTUVDA! Kitob haqida qisqacha ma'lumot: ➕ Reading bo'limida sizga kerakli maslahatlar va ko'rsatmalar haqida qisqacha ma'lumot beradi; ➕ 10 ta eng ko'p uchrovchi IELTS Reading savol turlarini har biriga alohida 1 ta warm-up acticity va 10 ta to'liq matnga ega bo'lgan mashqlar berilgan. 1. TRUE FALSE NOT GIVEN QUESTIONS 2. MATCHING HEADINGS 3. MATCHING SENTENCE ENDINGS 4. MULTIPLE CHOICE QUESTIONS 5. MATCHING NAMES 6. SUMMARY COMPLETION 7. SHORT-ANSWER QUESTIONS 8. MATCHING INFORMATION 9. TABLE COMPLETION 10. LIST SELECTION Demak, 10 ta savol turlariga 11 tadan mashqlar berilgan bo'lsa siz jami 110 ta mashq bajarish imkoniga ega bo'lasiz Endi siz kitobni elektron (PDF) shaklini 25 000 so'mga ( asl narxi 35 000 so'm) chegirma narxida faqat bugun harid qilib olishingiz va uyda shu kitob bilan o'qish ko'nikmangizni yaxshilashingiz mumkin KITOBNI OLMOQCHI BO'LSANGIZ @reallifeenglishbot ga "kitobni olmoqchiman" deb yozib qoldiring. P.s. Do'stlar, chindan ham siz uchun foydali va kerakli deb hisoblamasam umuman kitob tavsiya qilmayman! Shuni e'tiborga oling. Telegram | Instagram | TikTok

Instagram sahifamga azo bo'ling. Bugun Green Card haqida to'liq ma'lumot joyliman. 👇 https://instagram.com/ts_baxtiyor

Green Card haqida to'liq ma'lumotga egamisiz?
Anonymous voting

📖 Aksar odamlar hozir koʻp kitob oʻqiy olmaslikdan qiynaladi. Buning yechimi oson-ku. 😊 📗 Bir hafta davomida kuniga faqat
📖 Aksar odamlar hozir koʻp kitob oʻqiy olmaslikdan qiynaladi. Buning yechimi oson-ku. 😊 📗 Bir hafta davomida kuniga faqat bir betdan kitob oʻqishni boshlang. Umuman koʻpaytirmang, 2 bet ham boʻlmasin. Keyingi hafta 5 betga chiqing va yana bir hafta 5 betdan oʻqing. Har keyingi hafta besh betdan qoʻshib boring. 1-hafta – har kuni 1 bet 2-hafta – har kuni 5 bet 3-hafta – har kuni 10 bet 4-hafta – har kuni 15 bet 5-hafta – har kuni 20 bet 6-hafta – har kuni 25 bet ... ⚡ Bir yilda 52 hafta bor. Har kuni 40-50 bet kitob oʻqigan odam, bir haftada bitta kitob, yiliga 52 ta kitob o'qib tugatadi! P.s. Postni boshqa joydan ko'chirib oldim va unga o'zgarishlar kiritdim. Kitob o'qish haqida ko'p vaysayapman sezgan bo'lsangiz, chunki kitob inson hayotini yaxshi tomonga o'zgartirishiga qattiq ishonaman.

2.80 MB

#attention #diqqat #mustread INGLIZ TILINI O'RGANISH UCHUN QANCHA VAQT KERAK BO'LADI? #part2 English UK ga ko'ra bitta levelni o'zlashtirish va o'rganish uchun 120 soat, Cambridge ESOL ga ko'ra esa 200 soat kerak bo'ladi. Raqamlar kimdan so'rashingizga qarab o'zgaradi. Albatta, bu raqamlar taxminan va umumiy qilib olingan. Lekin, bir jihat borki barcha professianallarning fikri bir joyda — ingliz tilini o'rganish qancha vaqt olishiga ta'sir qiluvchi umumiy faktorlar mavjudligi. Bugun siz bilan mana shu faktorlarni ko'rib chiqamiz. 1. O'ZLASHTIRISH QOBILIYATINGIZ Oldin ham aytganman, til o'rganish uchun maxsus talant talab qilinmaydi. Har qanday inson ingliz tilini o'rganishi mumkin. Buni yodingizdan chiqarmang. Ba'zi insonlarning yangi bilimlarni o'zlashtirish qobiliyati boshqalarnikidan yuqoriroq bo'ladi. Bunday insonlar nafaqat xorijiy tillarni balki har qanday yangi ko'nikma va bilimlarni nisbatan tezroq o'zlashtirishadi. Lekin, meni o'zlashtirish qobiliyatim tabiatan pastroq, demak ingliz tilini o'rgana olmasam kerak – degan hayolga bormaslik lozim. Chunki real hayotda shunday insonlar bilaman, ular bolaligida aqliy qobiliyati jihatidan tengdoshlarida orqada bo'lishiga qaramasdan, o'zlarini ustida doimiy ishlashgan va hozirda ular tuzgan kompaniyalarda Garvard, Stenford, Kembrij, Oksford va boshqa ko'plab nufuzli oliy o'quv yurtlarini bitirgan yoshlar ishlashni istashadi. Maktabda fanlarni qanday o'zlatirganingizni unuting. Nechchi bahoga o'qiganingiz realniy hayotda umuman ahamiyati yo'q. Bir nechta tillarni, shuningdek ingliz tilini bemalol o'rgana olishingiz mumkin. Bemalol deganimda buning hamma uchun iloji borligini nazarda tutdim, lekin jarayon oson bo'lmaydi. Va shuningdek, o'zlashtirish qobiliyatingizga yoshingiz ham ma'lum darajada ta'sir qiladi. Bolalarni miyasi yangi informatsiyalarni o'zlshtirishga o'ta moslashuvchan bo'ladi. Yoshi kattalarda til o'rganish jarayoni nisbatan ko'proq vaqtni olishi mumkin. Ammo, yoshingizdan qatiy nazar istagan xorijiy tilni o'rganishingiz mumkin, sizdan faqat harakat, intizom, va ishonch talab qilinadi. 2. TIL O'RGANAYOTGAN METOD VA USULLARINGIZ QANCHALIK SAMARALI Til o'rganishda eng muhim faktor rolini qanday metod va usullardan foydalanayotganingiz, ular qay darajada samarali ekanligi o'ynaydi. Shuning uchun ham blogimda asosiy e'tiborni NIMA ni o'rganishga emas QANDAY o'rganishga, eng samarali va effektiv metodlar bilan sizni ta'minlashga harakat qilyapman. Foydalanayotgan metodingiz qanchalik ahamiyatli ekanligini misol bilan tushuntiraman. Tasavvur qiling, Samarqanddan Toshkentga bormoqchisiz ( ingliz tilini o'rganishni boshladingiz, maqsadingiz erkin va ravon gapirish). Lekin faqatgina grammar textbooklardan foydalanayapsiz. Siz hozir piyoda ketyapsiz Toshkentga qarab. Vaholanki, avtobusda, yengil moshinada, poyezd, samalyotda borishningiz mumkin. Qaysi yo'ldan borsangiz ham tanlov o'zingizdan. Xulosa ham o'zingizdan, albatta. Ortiqcha oylarni va yillarni piyoda yurib sarflashni istamasangiz, tilni eng samarali metod va usullardan foydalanib o'rganing, o'zingizning til o'rganish stilingizni yarating. Tanlagan uslubingiz sizni o'quv rejangizga, til o'rganishdan maqsadingizga, sarflaydigan vaqtingizga mos bo'lishi kerak. Qisqasi, turli xil metodlarni sinab ko'rib siz uchun eng samaralilarini tanlab oling. Davomi bor... P.s. Qachondan beri ingliz tilini o'rganyapsiz?.

#attention #diqqat #mustread INGLIZ TILINI O'RGANISH UCHUN QANCHA VAQT KERAK BO'LADI? Til o'rganish baland tog'ga chiqishga o'xshaydi. Boshida energiya va motivatsiyaga to'la bo'lasiz, yangi til o'rganayotganingizni o'zi sizga ijobiy ta'sir qila boshlaydi. Lekin, tog'ga yuqorilab chiqib borganingiz sari nafas olishingiz qiyinlashadi, charchoqdan boshqa bir qadam ham oldinga tashlangingiz kelmay qoladi. Shunday paytda o'zingizga savol berasiz. " Arziydimi shuncha vaqt va kuch sarfganimga, balki ortga qaytarman? " Ingliz tilini o'rganish jarayonida ham xuddi shunga o'xshash holat hammada kuzatiladi. Savollar, ikkilanishlar paydo bo'la boshlaydi, motivatsiya va til o'rganishga bo'lgan qiziqish yo'qolishi mumkin. Shunga o'xshash holat ayniqsa Intermediate darajadan yuqori ko'tarilish jarayonida paydo bo'ladi. Tilda bu Intermediate Plateau deb ataladi. Agar siz ham intermediate darajada bo'lsangiz va qancha qattiq harakat qilmang siz kutgan natijani hali ham ko'rmayotgan bo'lsangiz, shuni unutmangki siz yolg'iz emassiz. Bunday holat deyarli hammada kuzatiladi. Shaxsan men ham "Intermediate Plateau" bosqichidan o'tganman. Ingliz tilini birinchi ko'pchilikka o'xshab litseyda ikkinchi kurs paytim gramatikani o'rganishdan boshlaganman. Shuni o'zi yetarli bo'lgan universitetga kirishim uchun. Keyinchalik universitetda 2-kurs paytimda IELTS tayyorgarlik ko'rishni boshladim. Ochig'ini aytsam, ingliz tili gramatikasini o'zbek tilinikidan yaxshiroq bilardim (Oramizda tilchilar bo'lsa ona tili va adabiyot qanchalik qiyin ekanligini yaxshi bilishadi) . Gramatikam Advanced darajada edi. IELTS ni "yorib tashasam" kerak degan hayolda 🤦‍♂ kursga qatnab boshladim. Ikki darsdan keyin shuni tushundimki "chuchvarani xom sanagan ekanman" 😕. Listening praktika qilib ko'rganimda ba'zan chindan ham ingliz tilida eshitayapmanmi deb o'ylab qolardim. Lekin rezultatdan umuman ko'nglim to'lmayotgan edi, nima qilishni bilmay "long story short" shartta hammasini yig'ishtirdim, qo'ydim. Keyinchalik deyarli 2 yil ingliz tili bilan shug'ullanmay qo'ydim. Faqatgina 4-kursga o'tganimda ingliz tili bilan aktiv shug'ullanishga qaror qildim. Birinchi qilgan ishim Youtube dan ingliz tilini qanday qilib o'rganish bo'yicha videolar ko'rish bo'ldi. Self study qilib boshladim. Youtubeda informatsiya keragidan ortiq edi. Bir nechta blogerlarni videolarini boshida subtitrni yoqib kuzatardim. Birinchi, listening skilimni rivojlantira boshladim. Menimcha eng to'grisi ham shu bo'lgan. Chunki listeningni rivojlantirib boshlganimdan so'ng boshqa skillar ustida ham ishlay boshladim. Buni eng katta plus tarafi, boshqa skillarni hammasini Ingliz tilini o'zida o'rgana boshladim. Ya'ni Speaking, Reading, Vocabulary, Pronunciation skillarini ingliz tilida videolar ko'rish orqali rivojlantirayotgan, mahalliy spikerlar yoki ingliz tilida erkin va ravon gapira oluvchi spikerlardan o'rganayotgan edim. Ya'ni bitta tosh bilan ikkita quyonni urish deb shuni aytsa kerak, menimcha. Eng katta burilish shunda bo'diki, Ingliz tilini Passiv o'rganishdan — faqatgina textbooklardan foydalanib gramatikani o'rganishdan Aktiv o'rganishga — ingliz tilida Youtube da videolar, podkastlar, kino va seriallar ko'rishga, ingliz tilida kitoblar o'qishga o'tgan edim. Albatta, ingliz tilini o'rganish uchun qancha vaqt sarflanishi bir necha faktorlarga bog'liq. Davomi bor... P.s. Sizningcha bu faktorlar qaysilar? Fikringiz bilan izohlarda o'rtoqlashing.

Why_nations_fail_the_origins_of_power,_prosperity_and_poverty_PDFDrive.pdf6.45 MB

#attention #diqqat #mustread Why nations fail: The origins of power, prosperity, and poverty #review #book "Why nations fail" kitobi iqtisodchilar Daron Acemugli va James A. Robinson tomonidan yozilgan. Kitobda muhokama qilingan bosh masala nima uchun ba'zi davlatlar gullab yashnayapti, fuqarolari esa farovonlikda hayot kechiryapti, va aksincha, ba'zi bir davlatlar va xalqlar qashshoqlikda hayot kechiryapti degan savolga javob topishdir. Buning asosiy sababi sifatida mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy institutlarning inkluziv ekanligi — mamlaktadagi barcha insonlar uchun teng huquqli iqtisodiy va siyosiy tuzilmalarning mavjudligi deb ko'rsatilgan. Buni esa batafsil keltirilgan misollar bilan isbotlashga harakat qilishgan. Va shuningdek nima uchun aksariyat davlatlar ekskluyiziv siyosiy va iqtisodiy institutlarni afzal ko'rishi va uning oqibatlarini zamonaviy davlatlar hamda, tarixiy voqea hodisalar misolida yoritishga urinishgan. Chuqur tarixiy faktlar namuna sifatida keltirilgan. Ayniqsa G'arb va Sharq, Afrika, Janubiy Amerika davlatlarida oxirgi asrlarda mavjud bo'lgan iqtisodiy va siyosiy institutlari farqlari va o'ziga xos jihatlari keltirib o'tilgan. P.s. Blogimda tavsiya qilayotgan har bitta kitobni shaxsan o'qib chiqib keyin joylayman. Biron joydan tog'ri kelgan kitobni olib sizga tavsiya qilmayman. Shu jihatni e'tiborga oling! Kitob haqida fikringizni izohlarda qoldiring!

photo content