en
Feedback

Don't get caught by a cheater! Telemetrio finds and tags such channels 👉 If you want to see the tag, subscribe

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

Closed channel

Ingliz tilini eng samarali va effektiv metod va usullardan foydalanib o'rganing! Creator: Baxtiyor Toshboyev Online Speaking kursga yozilish uchun: https://t.me/online_speaking_kurs

Show more
3 617
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
3.80 KB

Ko’p so’zlarni yoddan bilaman lekin amalda qo’llay olmayman nima qilishim mumkin speakinggimni rivojlantirishim uchun

Hammadan uzr so'rayman, internetdagi uzilishlar tufayli live chatni to'xtatishga majbur bo'ldim. Savolingizni komentda qoldiring, javob beraman, faqat speakingga oid bo'lsin.

#attention #diqqat #mustread 15 - dekabr 21:00 da "Speakingni rivojlantirish" mavzusida ovozli chat uyishtiriladi. Speakingga
#attention #diqqat #mustread 15 - dekabr 21:00 da "Speakingni rivojlantirish" mavzusida ovozli chat uyishtiriladi. Speakingga oid savollaringizni berishingiz mumkin! Ushbu postni do'stlaringiz bilan ulashing: @SpeakingEnglish_uz

Sizningcha speakingni rivojlantirish uchun eng foydali mashg'ulot qaysi ?

#attention #diqqat #mustread "SHADOWING" TEXNIKASI QANCHALIK FOYDALI part2 SHADOWING TEXNIKASI AYNAN QAYSI SKILLARNI RIVOJLANTIRISHGA YORDAM BERADI? 1. SPEAKING. Shadowing texnikasi shubhasiz, speakingni rivojlantirishga, tabiylik va ravonlikni oshirishga yordam beradi. Doimiy shadowing qilish (kamida bir kunda 1 ta videoni shadowing qilsangiz 1 oy ichida natijalarni sezib boshlaysiz) speakingizni kuchaytirishga katta yordam qiladi. Bu texnikadan shaxsan o'zim deyarli har kuni foydalanaman, yuqori effektli metod bo'lmaganida sizga tavsiya qilib o'tirmasdim. Lekin muhim bir jihat bor — "Consistency is the key here". Bugun bitta video shadowing qilib, bir oydan keyin yana bitta video shadowing qiladigan bo'lsangiz 10 yilda ham natijasini his qilmaysiz🤦‍♂️. Practice makes perfect. Har kuni kamida 1 ta video shadowing qiling, effekti 💯 2. PRONUNCIATION Pronunciation bu — so'zlarni talaffuz qilish. Menimcha, til o'rganuvchilar orasida eng kam ahamiyat beriladigan, e'tiborsiz qoldiriladigan skill hisoblanadi. Sababi ham bir tomondan tushunarli, bizga ingliz tilini o'rganishimizda to'g'ridan–to'g'ri foydasi yo'qdek tuyuladi ( Pronunciation haqida hali alohida bir necha kun gapiramiz balki haftalar ketar, chunki juda muhim va katta tema). Shadowing qiish tabiiy ravishda so'zlarni to'g'ri talaffuz qilishingizga yordam beradi. Borgan sari "tilingiz kelishib" boradi. Og'iz va til mushaklari uchun shadowing texnikasi bu bir "exercise". Bundan ko'rinib turibdiki, qancha ko'p va davomiy shadowing metodi praktika qilinsa, shuncha yaxshi natijalarga erishish mumkin. 3. INTONATSIYA VA RITM Intonatsiya bu gapirganingizda so'zlarni ohangining ko'tarilishi va tushishi. Intonatsiyadan to'g'ri foydalanish gapirganda robotga o'xshab qolmasligingizni ta'minlaydi. Inson hissoyotlari ham u gapirganda so'z intonatsiyasiga ta'sir qiladi. Ritm esa gapdagi so'zlarni tempi, stressi hisoblanadi. Stress bu urg'u. Ochig'ini aytsam, ko'pincha Intonatsiya va ritmga alohida e'tibor qaratilmadi ( bu haqida ham alohida gaplashamiz). Intonatsiya, ritm va stress borligi uchun musiqa mavjud. Ularsiz robotlarga o'xshab gaplashgan bo'lardik. SHAXSIY "SHADOWING" METODIM Yuqorida keltirilgan Shadowing texnikasi dunyoda umumiy va keng tarqalgan uslub. Effekti 💯 bo'ladi. Juda ko'p lingvistlar, soha mutaxassislari, poliglotlar shadowing texnikasidan foydalanishadi va tavsiya qilishadi. Shadowing metodining effekti borasida o'tkazilgan bir necha xalqaro miqyosdagi tadqiqotlar ham buni tasdiqlaydi. Men foydalanadigan shadowing texnikasi biroz boshqacharoq. 1. Videoni subtitrni yoqib qo'yib ko'raman, shu bilan birga ovoz chiqarmasdan (ichimda) birma-bir speakerni qaytaraman. Kontekt, speaker ishlatayotgan so'zlar bilan tanishib chiqaman. 2. Ikkinchi marta sal boshqacharoq bo'ladi. Videoni 2-marta qaytadan ko'raman, bu safar "Setting" dan videoni ovozini butunlay ochirib qo'yaman, agar videoni tempi juda yuqori bo'lsa (agar speaker juda tez gapirsa) gapirish tezligini 0,75 ga (Youtube "Setting" da "Playback speed" degan joyi bor, ana o'sha yerdan o'zgartirish mumkin) qo'yaman, shunda subtitr sekinroq chiqadi. Bu safar ovozimni chiqarib subtitrga qarab gapiraman. Bunda ko'proq xuddi o'zimni nutqimni gapirayotgandek tutaman. Kinolarda ko'rgan bo'lsangiz kerak buni: teleboshlovchilar uchun kamera ortida nutq matni berib boriladi. Ular esa yodlab aytgandek gapirishadi. Men ham huddi shunday qilaman. Qisqasi, to'g'ri tushuntira oldim deb o'yliman! P.s. Shadowing texnikasi bo'yicha ma'lumotlar foydali bo'ladi degan umiddaman. Fikringizni chatda qoldiring. Telegram | Instagram | TikTok

🤝 "Boriga baraka " so'zi ingliz tiliga qanday tarjima qilinadi? ❓Bilasizmi? 🤔
🤝 "Boriga baraka " so'zi ingliz tiliga qanday tarjima qilinadi? ❓Bilasizmi? 🤔

Shadowing texnikasi chindan ham foydali, ayniqsa speakingni yolg'iz rivojlantirishga harakat qilayotganlar. Hammaga tavsiya qilaman. Har kuni kamida bitta video shadowing qilsangiz kamida 1 oyda o'zingizda o'zgarishni sezasiz.

#attention #diqqat #mustread "SHADOWING" TEXNIKASI QANCHALIK FOYDALI "Shadowing" texnikasi haqida eshitganmisiz? Nima uchun hozirgi kunda til o'rganuvchilar orasida trendga aylanib boryapti? Chindan ham samaralimi? Shadowing texnikasi SPEAKING, LISTENING va PRONUNCIATION skillarini rivojlantirishning ajoyib usuli. Lekin ko'pchilik bu texnika haqida yetarli ma'lumotga ega emas. Shadowing texnikasini qulayliklari: 1. Hech kimning yordamisiz yolg'iz bajara olishingiz 2. Ko'p vaqt talab qilmasligi ( odatda 15-20 minut) 3. O'ta samarali 4. Umuman pul talab qilmasligi SHADOWING O'ZI QANAQA METOD? Sodda qilib qilib aytganda, shadowing bu — til o'rganish texnikasi, bunda siz audio yoki videoni eshitasiz va orqasidan nimani eshitgan bo'lsangiz takrorlaysiz. Ya'ni soyaga o'xshab qaytarasiz, "shadowing" so'zi ham shundan kelib chiqqan.Video yoki Audiodagi speakerni eshitasiz va ovoz chiqarib uni so'zlarini qaytarasiz. E'tibor bering videoni ko'rib, uni to'xtatib, keyin qaytarmaysiz. Videoni ko'rayotganingizda (audioni eshitayotganingizd) uni to'xtatmasdan orqasidan qaytarasiz, bir vaqtni o'zida. SHADOWING TEXNIKASIDAN QANDAY TO'G'RI FOYDALANILADI? Shadowing qilish tartibini bosqichma–bosqich ko'rib chiqamiz. 1. Video (yoki Audio) tanlab oling. Video (yoki audio) tanlaganda sizni qiziqtiradigan sohada bo'lishiga e'tibor bering. Faqat ingliz tiliga oid video bo'lishi shart emas. Istagan sohada bo'lishi mumkin; food, dizayn, lifestyle, fashion, psixologiya, biznes, sevimli aktyor yoki aktrisangizni intervyulari bo'lishi mumkin. Ahamiyat berishingiz kerak bo'lgan jihat shundaki: speakerni aksenti siz o'rganayotgan aksentda bo'lishi, nisbatan sekinroq va tushunarliroq gapirishi kerak. 2. Videoni birinchi oxirigacha ko'ring (audioni oxirigacha eshiting). Qisqa videolar tanlashni tavsiya qilaman. Shaxsan men 10-12 minutlik videolardan foydalanib shadowing qilaman. Birinchi, videoni to'liq ko'rib chiqing, nechchi foiz tushunyapsiz, yangi so'zlar chiqyaptimi, shularga e'tibor bering. Darajangizga mos bo'lgan videolarni tanlashni tavsiya qilaman. 3. Shadowing qiling. Subtitrni istasangiz yoqib yoki ochirib qo'yib shadowing qilishingiz mumkin. Subtitr bilan shadowing qilish ancha osonroq. Shadowing qilayotganda diqqatingizni nima deyilayotganiga emas, so'zlarni talaffuziga qarating. Bitta videoni bir necha marta qaytarishingiz mumkin. Lekin 2-3 martadan ko'p qaytarmaslikni maslahat beraman. Davomi bor... 2–qismda Shadowing texnikasini aynan nimalarda foyda berishini ko'rib chiqamiz. Shuningdek, shaxsiy shadowing texnikam haqida ma'lumot beraman. Kanaldan uzoqlashmang! Telegram | Instagram | TikTok

Nechta yangi so'zga duch keldingiz ushbu tekstda?

#HumanNature ENVY Understand: Gossip is a frequent cover for envy, a convenient way to vent it by sharing malicious rumors and stories. When enviers/backbiters talk about others behind their backs, you will see their eyes light up and their voice become animated—it gives them a joy comparable to schadenfreude . They will elicit any kind of negative report about a common acquaintance. A frequent theme in their gossip is that no one’s really that great, and people aren’t what they pretend to be. If you ever get wind of a story they have spread about you, subtly or not so subtly negative, only one such instance should be enough to raise your antennae. What indicates active envy in this case is that they are your friend and they feel the need to vent their underlying hostility to a third party rather than keep it to themselves. Dealing with Envy If you have any natural gifts that elevate you above others, you must be aware of the dangers and avoid flaunting such talents. Instead you want to strategically reveal some flaws to blunt people’s envy and mask your natural superiority. If you are gifted in the sciences, make it clear to others how you wish you had more social skills. Show your intellectual clumsiness at subjects outside your expertise. You can have a similar effect by discussing the mistakes you have made in the past and showing some selective awkwardness in certain areas that do not diminish your overall reputation. If possible, get some physical distance as well— cut off contact. Do not imagine you can somehow repair the relationship. Your generosity in trying this will only intensify their feelings of inferiority. They will strike again. By all means defend yourself from any public attacks or gossip that they spread, but do not harbor revenge fantasies. The envier is miserable. The best strategy is let to them stew in their “cold poison” from a distance, without any future means of wounding you. Their chronic unhappiness is punishment enough.

The Documentary [11-12-2021] Afghanistan: Women, girls and their rights Anu Anand talks to Yogita Limaye about the rights of women and girls in Afghanistan. They reveal how a turbulent history

🔥IELTS 9 olsangiz OKAYmi?🔥 Ko'pgina MOCK TESTS ga ega IELTS kanalni sizga shaxsan men taklif qilaman. Qo'shiling va ko'proq
🔥IELTS 9 olsangiz OKAYmi?🔥 Ko'pgina MOCK TESTS ga ega IELTS kanalni sizga shaxsan men taklif qilaman. Qo'shiling va ko'proq practice qiling. 👇👇 🎧LISTENING MOCK TEST 🎧 📖READING MOCK TEST📖 📝WRITING TASK 1 AND 2📝 🗣SPEAKING TIPS AND STRATEGIES🗣 Sizga qaysi bo'lim kerak bo'lsa, tanlang va ko'proq MOCK practice qilish uchun kanalga qo'shilib qo'ying. 🔗HAR KUNI MOCK TESTS🔗 🔥@Practise_IELTS🔥

Faqat 10 ta qabul qilaman, shoshiling joylar soni chegaralangan.

#attention #diqqat #mustread Individualniy online speaking kursi ochyabman. Zoomda o'tkaziladi. Faqat intermediate darajadagilar uchun. To'liq malumot: @Baxtiyor_Toshboyev

#attention Ingliz tilini darajasini oshirmoqchi bo'lganlar uchun taklif — " General English" audio kursini to'liq xarid qilishingiz mumkin. 1. Ingliz tilini to'g'ri o'rganishni o'rganing. 2.Ingliz tilini to'g'ri o'rganish uchun o'quv plani tuzish. 3. Lug'at yodlashning eng samarali usuli. 4. Vocabulary o'quv plani (1-qism) 5. Vocabulary o'quv plani (2-qism) 6. Listeningni rivojlantirish uchun nima qilish va qanday mashg'ulotlardan foydalanish kerak. 7. Listeningni rivojlantirish uchun 5 bosqichli metod. 8. Speakingni qanday rivojlantirish mumkin. (1-qism) 9. Speakingni qanday rivojlantirish mumkin. (2-qism) 10. IELTS da eng ko'p uchraydigan tushunmovchiliklar. 11. Readingni rivojlantirishning eng effektiv va samarali usuli. 12.Ingliz tilini to'g'ri o'rganish uchun o'quv plani tuzish. 13. Pronunciationni rivojlantirishda nimaga e'tibor berish kerak (1-qism) 14. Pronunciationni rivojlantirishda nimaga e'tibor berish kerak (2-qism) 15. IELTS da eng ko'p uchraydigan tushunmovchiliklar Murojaat uchun: @Relentless_uz