en
Feedback

Don't get caught by a cheater! Telemetrio finds and tags such channels 👉 If you want to see the tag, subscribe

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

Closed channel

Ingliz tilini eng samarali va effektiv metod va usullardan foydalanib o'rganing! Creator: Baxtiyor Toshboyev Online Speaking kursga yozilish uchun: https://t.me/online_speaking_kurs

Show more
3 617
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
#attention #diqqat #mustread INGLIZ TILI O'RGANUVCHILAR ENG KO'P DUCH KELADIGAN MUOMMOLAR ☑ Bugun yodlagan so'zim ertasi kuni esimdan chiqib ketadi ☑ Yoqtirgan kinolarimni subtitrsiz ko'rishga qiynalaman, tushunaman lekin to'liq emas ☑ Ingliz tilida kitob o'qishni xohliman ammo yangi so'zlarga ko'p duch kelishim sababli, kitobni asl ma'nosiga tushunmay qolaman ☑ Aksentlarni bir biridan ajrata olmayman natijada ingliz tilida biron nima ko'rganimda yoki eshitganimda eshitib tushunishga qiynalaman ☑ Native speaker lar juda tez gapiradi nima deyayotganini anglash qiyin ☑ Aksariyat so'zlarni ma'nosini bilaman lekin ishlata olmayman ☑ Juda ko'p vaqt til o'rganishga sarflayotganimga qaramasdan o'zim istagan natijaga erisha olmayapman va shunga o'xshash yana boshqa muommolar til o'rganuvchilar orasida doim uchrab turadi P.s. SIZ nimada qiynalyapsiz ingliz tilini o'rganish jarayonida pastda yozib qoldiring.

#LifeStrategy INDIRECTION You must ask yourself this question: what is the point of being direct and frontal if it only increases people's resistance, and makes them more certain of their own ideas? Directness and honesty may give you a feeling of relief, but they also stir up antagonism. As tactics they are ineffective. In war itself--blood war, not the interpersonal wars of everyday life--frontal battles have become rare. Military officers have come to realize that direct attack increases resistance, while indirection lowers it. The people who win true power in the difficult modern world are those who have learned indirection. They know the value of approaching at an angle, disguising their intentions, lowering the enemy's resistance, hitting the soft, exposed flank instead of butting horns. Rather than try to push or pull people, they coax them to turn in the direction they desire. This takes effort but pays dividends down the road in reduced conflict and greater results. The key to any flanking maneuver is to proceed in steps. Your initial move cannot reveal your intentions or true line of attack. First hit them directly, to hold their attention to the front. Let them come at you mano a mano. An attack from the side now will be unexpected and hard to combat. Maneuvers like this one should be the model for your attempts at persuasion. Never reveal your intentions or goals; instead use charm, pleasant conversation, humor, flattery--whatever works--to hold people's attention to the front. Their focus elsewhere, their flank is exposed, and now when you drop hints or suggest subtle changes in direction, the gates are open and the walls are down. They are disarmed and maneuverable. Think of people's ego and vanity as a kind of front. When they are attacking you and you don't know why, it is often because you have inadvertently threatened their ego, their sense of importance in the world. Whenever possible, you must work to make people feel secure about themselves. Again, use whatever works: subtle flattery, a gift, an unexpected promotion, an offer of alliance, a presentation of you and they as equals, a mirroring of their ideas and values. All these things will make them feel anchored in their frontal position relative to the world, lowering their defenses and making them like you. Secure and comfortable, they are now set up for a flanking maneuver. This is particularly devastating with a target whose ego is delicate. P.s. Alohida ajratilgan so'zlar yangi so'zlar men uchun. Postni o'qib chiqing, sizda nechta yangi so'z chiqyapti izohlarda yozib qoldiring. Bir nimani yodingizdan chiqarmang— darajangiz qanday bo'lishidan qa'tiy nazar yangi so'zlarni uchratish tabiiy xol, chunki ingliz tilida so'zlar juda ko'p, ularning hammasini o'rganish shunchaki imkonsiz.

#attention #diqqat #mustread KO'PCHILIK TIL O'RGANIVCHILARDA SPEAKINGNI RIVOJLANTIRISH UCHUN YETISHMAYDIGAN ASOSIY JIHAT 👇 https://www.instagram.com/p/CV8DyGaqWRs/?utm_medium=share_sheet

#attention #diqqat #mustread SPEAKINGNI RIOVOJLANTIRISH UCHUN NIMA QILISH KERAK #part3 3. OVOZ YOZIB OLADIGAN DASTURDAN FOYDALANING. Ovoz yozib oladigan dasturlardan foydalanish orqali shaxsiy progresingizni tekshirishingiz mumkin. Shuningdek, qayerda va nimada xatolarga yo'l qo'yayapsiz, aniqlik kiritishingiz, ularni ustida ishlashingiz va qaytarmaslikka harakat qilish imkoningiz ham bo'ladi. Agar ingliz tilini yolg'iz o'rganayotgan bo'lsangiz, tabiiyki sizni xatolaringizni tekshiradigan, to'gri yo'l ko'rsatadigan hech kim bo'lmasligi mumkin. Shunday vaziyatda bu mashq yordamga keladi. Nima haqida gapirishiningizni ahamiyati yo'q. O'zingizni yirik auditoriya oldida spich berayotgandek tutishingiz, qo'shiq kuylayotganingizni yozib olishingiz, kundalik o'y-hayollaringizni, miyangizdan o'tayotgan fikrlarni yozib olib eshitishingiz mumkin. Ba'zi insonlar o'zini ovozini eshitishni unchalik yoqtirishmaydi. Boshida noqulay, noodatiy bo'lib tuyulishi mumkin. Shunga qaramasdan, ovozingizni yozib olib nimada xato qilayotganingizga, kuchsiz tomonlaringiz nimada ekanligiga aniqlik kiriting. Xatolarni ustida ishlamas ekansiz, ular o'z o'zidan yo'q bo'lib qolmaydi. Qayerda va nimada xato qilayotganimizni odatda o'zimiz payqamaymiz. Deylik, Ingliz tilida speaking praktika qilyapsiz, gapirish jarayonida aksariyat so'zlarni noto'g'ri talaffuz qilayotganligingizni payqamasligingiz mumkin. Buni esa eshitib ko'rib neytral va xolis baho berish mumkin. Shaxsan men ham birinchi marta ingliz tilida gapirganimni yozib olib eshitganimda, ba'zi so'zlarni umuman noto'g'ri talaffuz qilib yurganligimni sezganman. Ungacha ana o'sha so'zlarni to'g'ri aytayapman deb o'ylaganman. Bu metoddan doimiy foydalanishni maslahat beraman. Kuniga ko'p emas 5 daqiqa vaqtingizni ajrating. Chatda yozishni o'rniga, ingliz tilida ovozli habar qoldirish orqali muloqot qilishingiz mumkin. Bu ham imkoniyatdan unumli foydalanishga kiradi. P.s. Do'stlar kanalimda berib borayotgan har bitta metodni sinab ko'ring. Men qancha ko'p informatsiya bermay, speakingni rivojlantirish bo'yicha metodlarni o'rgatmay, agar siz shunchaki o'qib o'tib ketaversangiz, hech nima o'zgarmaydi. Doimiy praktika— muvaffaqqiyatni garovidir. Bir kechada natijaga erishib bo'lmaydi. Istagan natijangizga erishmaguncha o'z ustingizda ishlashdan to'xtamang. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling: Telegram | Instagram | TikTok

#attention #diqqat #mustread SPEAKINGNI RIVOJLANTIRISHGA TO'SQINLIK QILUVCHI SABABLAR XATO QILISHDAN QO'RQISH. (part2)👇 https://instagram.com/ts_baxtiyor

#attention #mustread #diqqat "FROM INTERMEDIATE TO ADVANCED" ONLINE KURSIDA NIMALAR O'RGANASIZ: ➕ SPEAKING ni chiqarish uchun
#attention #mustread #diqqat "FROM INTERMEDIATE TO ADVANCED" ONLINE KURSIDA NIMALAR O'RGANASIZ: ➕ SPEAKING ni chiqarish uchun kerakli ko'nikma va bilimlar ➕ LISTENING va READING ni rivojlantirishning samarali va effektiv metodlari va usullari ➕ VOCABULARY har kunlik ("context" dan o'rganish) ➕ PRONUNCIATION qoidalari ( linking, contractions, fast speech) ➕ PHRASES and PHRASAL VERBS ( most common ones ) ⭕️ Kurs 3 oy davom etadi. ⭕️ Kurs narxi: 120 ming ⭕️ Darslar Telegramda audio-podkast shaklida o'tkaziladi. ⭕️ 1 oy ichida agar kursdan ko'nglingiz to'lmasa to'lovingiz 100% qaytariladi. ⚠️ Ingliz tilida "ADVANCED" darajaga chiqish imkoniyatingizni qo'ldan boy bermang Murojaat uchun: @Baxtiyor_Toshboyev.

#attention #diqqat #mustread INGLIZ TILINI "TO'G'RI O'RGANISHNI" O'RGANING. #part2 Ingliz tilini "to'g'ri o'rganish" deganda aynan nimani nazarda tutyapsiz deyishingiz mumkin. Til o'rganishni yagona, hamma uchun 100% samara beradigan usuli bo'lmaydi. Har bir insonni o'ziga xos bo'lgan o'rganish stili bo'ladi. Masalan, kimdir vizual o'rganuvchi — bundaylar kino va videolar ko'rish orqali listeningni rivojlantirishni afzal ko'rishi mumkin. Ba'zilar esa auditori o'rganuvchi bo'lishadi. Bundaylar esa podkast va radiolar eshitib listeningni rivojlantirishni ma'qul ko'rishadi. Shaxsan men ham vizual o'rganuvchiman. Listeningimni kino va videolar ko'rish orqali ADVANCED darajaga olib chiqqanman. Keyingi muhim faktor bu — qiziqish doirasi. Ba'zilar ingliz tilida xalqaro jurnallar o'qib Readingni rivojlantirishni afzal ko'rishsa, men esa ingliz tilida badiiy romanlar, ilmiy kitoblar o'qib rivojlantirganman. Ya'ni kitoblarni faqatgina Readingni rivojlantirish uchun emas, bilimimni, dunyoqarishimni va fikrlash qobiliyatimni oshirish uchun o'qirdim. Ba'zan kitob o'qiyotganimda chiqib qolgan yangi so'zlarni (har bir uchragan yangi so'zni nazarda tutmayapman) o'rganardim. So'z boyligimni ham shu tarzda oshirganman. Bir o'q bilan 2 ta emas, 3 ta quyonni urish mumkin shu usulda. Siz ham o'zingiz uchun eng samarali bo'lgan metod va usullardan foydalanishingiz kerak. Qiziqishingiz doirasida bo'lgan materiallardan foydalaning. Misol uchun, o'qituvchingiz Readingni rivojlantirish uchun qisqa roman berdi. Birinchi betini o'qib ko'rdingiz, kitob sizni qiziqtira olmadi, uni tugatishingiz shart emas. Chunki, sizda tanlov juda keng. Internetda millionlab pdf formatdagi kitoblarni topishingiz mumkin. Poliglotlar ya'ni o'nlab tillarda erkin gaplasha oladigan insonlarni konferensiyasini Youtubeda bir necha yil oldin ko'rgandim. Ana o'shanda poliglotlarni bog'lab turuvchi eng muhim jihatlardan biri — ularning til o'rganishni qiziqarli jarayonga aylantira olishganligi aytib o'tishgandi. P.s. Sizningcha til o'rganishda asosiy e'tiborni nimaga qaratish kerak?

O'zbek tilida ham qisqa videolar joylaymi?

#attention #diqqat #mustread SPEAKINGNI RIVOJLANTIRISHGA TO'SQINLIK QILUVCHI SABABLAR XATO QILISHDAN QO'RQISH. 👇 https://www.instagram.com/p/CWNLYD0KYOV/?utm_medium=share_sheet

#attention #diqqat #mustread ONLINE ENGLISH COURSE Do'stlar yangi online kurs ochyapman. Kurs kimlar uchun? ▪️Ingliz tilini eng samarali va effektiv uslub va metodlardan foydalanib o'rganmoqchi bo'lganlar uchun maxsus online kurs ▪️Self-study qilayotganlar uchun. Kursda nimani o'rganamiz? ▪️Kurs davomida Speaking, Listening, Reading, Vocabulary, Pronunciation, Writing skillarini eng samarali metodlardan foydalanib rivojlantirasiz. Kursni o'tkazilish tartibi qanday? ▪️Kurs telegramda yopiq guruhda audio-podkast shaklida o'tkaziladi. Kunni istagan vaqtida darsda qatnashishingiz mumkin. Kurs narxi: 120 ming ( birinchi qabulga yozilgan 20 kishiga). P.s.Qulayligi kunni istagan vaqtida qatnashishingiz mumkin Murojaat uchun: @Baxtiyor_Toshboyev

#attention #diqqat #mustread INGLIZ TILINI "TO'G'RI O'RGANISHNI" O'RGANING. E'tibor bergan bo'lsangiz, ko'pincha til o'rganuvchilar ingliz tilini o'rganish jarayonida yo'l qo'yadigan xatolar haqida gapiraman. Chunki, birinchidan bu o'ta muhim, ikkinchidan bu haqida aksariyat ingliz tili o'qituvchilar, repetitorlar, IELTS instruktorlar yetarlicha ma'lumot berishmaydi. Sababi, aksariyat ingliz tilini o'rganayotganlarda asosiy muommo til o'rganish uchun materiallarni yetishmasligi emas, balki nimadan boshlashni, qanday o'rganishni, qaysi metoddan foydalanishni bilmasligida. "To'g'ri o'rganishni" o'rganing. O'qituvchingiz berayotgan materiallar va til o'rganish uslublari qanchalik foydali bo'lmasin, agar siz kerakli progresga erishmayotgan bo'lsangiz, demak boshqa metod va strategiyalardan foydalanishingiz kerak. Til o'rganuvchilarning eng katta xatosi — bu ularning noto'g'ri metodlardan va uslublardan foydalanib oylarni balki yillarni behuda sarflashidir. Noto'g'ri deganimda aynan siz uchun mos bo'lmagan qiziqishingiz doirasidan tashqarida bo'lgan metodlardan foydlanishni nazarda tutyapman. Misol uchun olaylik, IELTS o'qituvchingiz 8 bal olgan, sizga Listening rivojlantirish uchun BBC podkastlarini har kuni eshitishni, Readingni rivojlantirish uchun ingliz tilida jurnallar o'qishni aytdi. Siz esa o'qituvchim 8 bal olgan, demak Listening va Readingni rivojlantirishni eng to'g'ri, samarali, effektiv usullari shular bo'lsa kerak deb o'ylashingiz mumkin. Chunki, o'qituvchingiz sizga aynan shu usullardan foydalanib IELTS 8 bal oldim, sen ham yuqori bal olmoqchi bo'lsang BBC podkastlar eshitishing, jurnallar o'qishing mumkin. Aslida esa har bir insonning o'ziga xos til o'rganish stili bo'ladi. Shaxsan men, 6 minutlik qisqa, zerikarli podkastlar umuman eshitmayman, chunki Listeningni rivojlantirishni boshqa usullari ham bor, ular men uchun ancha samaraliroq. Reading rivojlantirish uchun ham jurnallar o'qimayman. Lekin, ingliz tilida har kuni kamida 2 soat ilmiy-badiiy kitoblar o'qiyman. Sababi, men uchun eng effektiv usul shu. Boshqa kimdir jurnallar o'qib IELTS Reading dan 9 bal olmaydimi, menga buni umuman qizig'i yo'q. Chunki, ingliz tilida jurnal o'qish "men uchun emas". Sizda ham xuddi shunday, faqatgina o'qituvchingiz aytgani uchun bitta uslubga, metodga yopishib olmang. Aynan shu sababli, yillardan beri til o'rganayapsiz, lekin hali ham o'zingiz istagan natijaga erisha olmayapsiz. Davomi bor... P.s. Fikrimga qay darajada qo'shilasiz?

Qaysi viloyatdansiz?
Anonymous voting

Takrorlash uchun eng muhim mavzular.

#tabassum #bookmeme – Kitob o'qish nima uchun kerak? – Kitob oʻqish dunyoqarashni kengaytiradi... – Dunyoqarashni kengaytirish nima uchun kerak? – Shu kabi savollar bermaslik uchun kerak. 😊

#attention #diqqat #mustread Ertaga soat 19:00 da Zoom orqali online kursimning demo darsi o'tkaziladi. Qatnashmoqchi bo'lganlar @Baxtiyor_Toshboyev ga murojaat qiling. Demo darsda qatnashish bepul! Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling: Telegram | Instagram | TikTok

#attention #diqqat #mustread SPEAKINGNI RIVOJLANTIRISH UCHUN NIMA QILISH KERAK? #part1 Demak, do'stlar siz bilan SPEAKING ni rivojlantirishga to'sqinlik qiluvchi asosiy sabablarni ko'rib chiqdik. Shu bilan muommo hal bo'lmaydi, albatta. Eng qiyin qismi hali oldinda — GAPIRISH qobiliyatingiz oshirish uchun zarur bo'lgan aktivitilarni ko'rib chiqamiz. 1. SPEAK, SPEAK, SPEAK! Ingliz tilida erkin va ravon gapira olish uchun sizdan davomiy praktika qilish talab qilinadi. Bu borada muvaffaqqiyatga erishishning qisqa yo'li yo'q. Ingliz tilida qiyinchiliklarsiz, miyada har bitta gapni tarjima qilmasdan, o'ziga ishonch bilan va tabiiy ravishda gapirishni o'rganishni birdan bir va eng asosiy yo'li bu — SPEAK AS OFTEN AS POSSIBLE AS MANY PEOPLE AS YOU CAN! Shubhasiz, sherik bilan birga speaking praktika qilish eng samarali metod. Sizni bilan birga tayyorlanayotgan do'stingiz yoki dugonangiz bilan ingliz tili muhiti yaratib kuniga 30 daqiqa ingliz tilida suhbatlashing. Shuni o'zi boshqa har qanday metod va strategiyalardan foydaliroqdir. Chunki, haqiqiy suhbatni o'rnini boshqa hech nima bosa olmaydi. " Sherigim yo'q yolg'iz tayyorgarlik ko'ryapman yoki introvertman odamlar bilan muloqot qilishda o'zimni noqulay his qilaman" deyishingiz mumkin. Buni to'g'ri tushunaman, chunki meni o'zim ham introvertman. Lekin, ochig'ini aytaman ingliz tilida realniy suhbat qilganingizda natija olishingiz ancha tezroq bo'ladi. O'zingizni noqulay his qilsangiz ham, ishonchingiz kamlik qilsa ham, xato qilishdan qo'rqsangiz ham partnyor bilan speaking praktika qilishga harakat qiling. Sizda yana savol tug'ilishi mumkin. Sherikni qayerdan topaman? Deylik, siz bilan birga har kuni praktika qiladigan hech kim yo'q. Bunda holatda davrimizni eng katta yutug'i — internet va texnologiya yordamga keladi. Buyog'iga bahonalar o'tmaydi. Internet va telefoningiz bo'lmaganda hozir bu postni o'qiyotgan bo'lmasdingiz. Qayerdan sherik qidirishga keladigan bo'lsak, siz bilan menga o'xshash ingliz tilini yolg'iz o'rganayotganlar minglab topiladi. Telegramda, ingliz tili guruhlarda o'zingizga sherik topishingiz mumkin. Bu eng qulayi va osoni. Shuningdek, Instagram va Facebook ham ingliz tilida sherik topish uchun eng qulay platformalardan biri. Ayniqsa, boshqa davlatlardan ingliz tili o'rganuvchilarni topishingiz mumkin. Facebookda ingliz tili guruhlarni, Instagramda esa til o'rgatuvchi blogerlarni kuzating. Komentariyada o'zingiz haqingiz qisqacha ma'lumot qoldiring. ▪️Ismingiz ▪️Qayerdanligingiz ▪️Darajangiz ▪️Haftada nechchi kun vaqt ajrata olishingiz ▪️va yana boshqa qo'shimcha kriteriyalar kiritishingiz mumkin. Misol uchun: Hey! my name is Baxtiyor. And I'm from Uzbekistan. My level of English is C1. I'd love practice 2 or 3 days a week. Qisqa va lo'nda. Boshqa davlatlardan sherik topib ingliz tilini praktika qilishni ustun tomoni shundaki, faqat ingliz tilidan foydalanishga majbur bo'lasiz. Misol uchun, braziliyalik bir qiz bilan internetda tanishib, haftada 3 kun 15-20 daqiqadan ingliz tilida gaplashishga kelishib oldingiz. Siz portugal tilini bilmaysiz, u esa o'zbek tilini. Sizni faqatgina ingliz tilida gaplashishdan boshqa ilojingiz yo'q. Davomi bor... Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling: Telegram | Instagram | TikTok

Speakingni rivojlantirish uchun nima qilyapsiz?