en
Feedback
XORAZM VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

XORAZM VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

Open in Telegram

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi yangiliklari - Facebook: https://www.facebook.com/xorazmadliya.xorazmadliya - Youtube: https://www.youtube.com/@xorazmadliya

Show more
3 539
Subscribers
-324 hours
+9447 days
+67030 days
Posts Archive
#Qonunchilikdagi_yangiliklar 📌Geografik ko‘rsatkich va tovar kelib chiqqan joy nomi: ogohlantiruvchi tamg‘alarning yangi sha
#Qonunchilikdagi_yangiliklar 📌Geografik ko‘rsatkich va tovar kelib chiqqan joy nomi: ogohlantiruvchi tamg‘alarning yangi shakllari tasdiqlandi ➡️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-sentyabrdagi 469-son qarori bilan geografik ko‘rsatkich va tovar kelib chiqqan joy nomi ogohlantiruvchi tamg‘alarining shakllari hamda tavsiflari tasdiqlandi.
❗️Ma’lumot uchun: Ogohlantiruvchi tamg‘a — tovar yoki uning o‘rovida qo‘llaniladigan, mazkur belgi O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan geografik ko‘rsatkich yoki tovar kelib chiqqan joy nomi ekanini bildiruvchi maxsus belgidir.
Ushbu tamg‘a iste’molchilarga mahsulotning muayyan geografik hudud bilan bog‘liqligi va tegishli intellektual mulk obyekti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganini anglash imkonini beradi. Shuningdek, u mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlari, sifati yoki obro‘sini muayyan hudud bilan bog‘lashga xizmat qiladi. 📌Mazkur tamg‘alarning joriy etilishi bilan: ⏩mahalliy mahsulotlarning tanilishiga, hududiy brendlarning rivojlanishiga va mahalliy iqtisodiy faollikning oshishiga ko‘maklashadi. ⏩mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlari, sifati va obro‘sini muayyan hudud bilan bog‘lash orqali uning bozordagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. ⏩geografik ko‘rsatkich va tovar kelib chiqqan joy nomlaridan qonuniy foydalanishni rag‘batlantiradi hamda ulardan noqonuniy foydalanishning oldini olishga xizmat qiladi. ✔️Shu tariqa, ogohlantiruvchi tamg‘alar nafaqat iste’molchilarni xabardor qilish, balki mahalliy mahsulotlarning qiymatini oshirish, ularni huquqiy muhofaza qilish va hududiy brendlarni rivojlantirishning muhim vositasiga aylanadi. 🌐Telegram 🌐Websayt 📱Instagram 📱Facebook 📱 Youtube

#Adliya_xabari 📣 Xiva shahar davlat xizmatlari markazida haydovchilik guvohnomasini berish davlat xizmati bo'yicha maxsus te
#Adliya_xabari 📣 Xiva shahar davlat xizmatlari markazida haydovchilik guvohnomasini berish davlat xizmati bo'yicha maxsus texnik qurilmalarda yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilayotganligi sababli haydovchilik guvohnomasini berish davlat xizmati bo'yicha ariza qabul qilish vaqtincha to'xtatildi. 📍 Haydovchilik guvohnomasini berish davlat xizmatidan foydalanish uchun mazkur xizmat mavjud yaqin hudud - Urganch tuman va Urganch shahar davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish mumkinligi ma'lum qilinadi. Nosozlik bartaraf etilganligi bo'yicha qo‘shimcha maʼlumot beriladi. 🌐Telegram 🌐Websayt 📱Instagram 📱Facebook 📱 Youtube

#huquqiy_eslatma
❗️Ayrim talabalarga kontrakt summasining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi
Batafsil 👉 videoda 🌐Telegram 🌐Websayt 📱Instagram 📱Facebook 📱 Youtube

#Adliyadan_qulaylik NAVBATLAR TARIXDA QOLDI — ENDI HUJJAT DEB YUGURMAYSIZ
Farzand tug‘ilsa, ilgari 6 ta idoraga borishga to‘g‘ri kelardi. Bunga 3–4 kun vaqt ketardi. Bugun esa ism tanlashdan tortib, ro‘yxatga qo‘yish va nafaqa rasmiylashtirishgacha — barchasi elektron tarzda. Ota-onaga esa eng yoqimli tashvish qoldi — farzandiga ism tanlash. Kecha ovoragarchilik edi, bugun esa bir necha bosish kifoya.
Avval va hozir — farqini rolikda ko‘ring! 🌐Telegram 🌐Websayt 📱Instagram 📱Facebook 📱 Youtube

#Huquqiy_tarğibot #Adliya_kuni 📣 Xorazm viloyatidagi 13 tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan “Adliya kuni” loyihasi doirasida huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.
🔰 Tadbirlar doirasida, mahallalarda, ta'lim muassasalarida, mehnat jamoalarida bo'lib o'tgan uchrashuv va davra suhbatlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, norasmiy bandlik, qonuniy ish bilan band bo‘lishning afzalliklari bo‘yicha uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etilib, tadbirlarda, odam savdosi, majburiy mehnat, firibgarlik jinoyati, kiberjinoyatchilik, “Moliyaviy piramida” va bu kabi jinoyatlardan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar hamda javobgarlik masalalari hamda giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. ✅ Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ularni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar hamda “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartiblari va xizmatlar haqida ma’lumotlar berilib, ularning huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan 500 dan ortiq buklet va flayerlar tarqatildi. 🔰 Shuningdek, tadbirlarda tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik asoslari to‘g‘risida hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun hamda OIV infeksiyasiga qarshi kurashish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati haqida, shu jumladan, nikohlanuvchi shaxslarni OIV infeksiyasi boʻyicha majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi. Tadbirlarda migratsiya, moddiy yordam olish, yer munosabatlari, uy-joy bilan taʼminlash, kommunal xizmatlar, mavjud imtiyozlar, aliment undirish, ishga joylashish, taʼlim olish va boshqa ijtimoiy-huquqiy masalalar yuzasidan aholiga batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.
📍 Hududlarda jami 12 ta sayyor qabullar tashkil etildi, 400 nafardan ortiq fuqaroga bepul birlamchi huquqiy yordam ko‘rsatildi, 207 ta sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi, 24 nafar fuqaroga protsessual hujjatlar rasmiylashtirib berildi. 🌐Telegram 🌐Websayt 📱Instagram 📱Facebook 📱 Youtube

#Adliya_xabari ❗️Shaxsiy ma’lumotlaringiz nazorati endi o‘z qo‘lingizda! 📱 Ko‘pchilikni bir savol o‘ylantiradi: "Ma’lumotlar
#Adliya_xabari ❗️Shaxsiy ma’lumotlaringiz nazorati endi o‘z qo‘lingizda! 📱 Ko‘pchilikni bir savol o‘ylantiradi: "Ma’lumotlarim xavfsiz joydami? Ulardan ruxsatsiz foydalanishmaydimi?" 🔐 OneID mobile ilovasi bilan bunday xavotirlarga o‘rin yo‘q! Ilovada ma’lumotlaringizni boshqarish tizimi xuddi "raqamli qulf" kabi ishlaydi: ⏺️ Kerakli tashkilotga ma’lumot kerakmi? Ilovaga kiring va ruxsat bering. ⏺️ Ishingiz bitdimi? "Qulf"ni darhol yoping! 💻 Face-ID (MyID) orqali tasdiqlash tizimi esa profilingizga faqat siz kira olishingizni kafolatlaydi. ✅ Xavfsizlikni tanlang, OneID Mobile ilovasi (GooglePlay yoki AppStore) ni yuklab oling! ▶️https://youtu.be/Zhs7K925das

#Bilasizmi
“Bu bizning vakolatga kirmaydi”
Siz qilgan murojaatlar qanday koʻrib chiqiladi? Bu haqida batafsil ushbu video orqali bilib oling! 🌐Telegram 🌐Websayt 📱Instagram 📱Facebook 📱 Youtube

#Adliya_xabari ⚖️ Intellektual mulk sohasiga munosib hissa qo‘shganlar rag‘batlantiriladi ✅Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-
#Adliya_xabari ⚖️ Intellektual mulk sohasiga munosib hissa qo‘shganlar rag‘batlantiriladi ✅Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-sentabrdagi 471-son qarori bilan “Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. 📣 Ko‘krak nishoni mamlakatimizda intellektual mulk sohasini rivojlantirish, intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasini ta’minlash hamda jamiyatda intellektual faoliyat natijalariga hurmat hissini shakllantirishga munosib hissa qo‘shgan davlat va nodavlat tashkilotlari xodimlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda tadbirkorlik subyektlariga beriladi. 📌Nomzodlarni baholashda quyidagilar inobatga olinadi: ✔️ intellektual mulk sohasini rivojlantirishga oid davlat dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishdagi ishtiroki; ✔️ intellektual mulk obyektlari yaratilishini qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati; ✔️ intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasini ta’minlashdagi faol ishtiroki; ✔️ jamiyatda intellektual faoliyat natijalariga hurmat hissini shakllantirishga qo‘shgan hissasi; ✔️ intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xalqaro hamjamiyatni xabardor qilishdagi ishtiroki. 😅 Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflar har yili 1-yanvardan 1-martga qadar Adliya vazirligiga taqdim etiladi. Nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa 1-aprelga qadar qabul qilinadi, taqdirlash to‘g‘risidagi buyruq esa 20-aprelga qadar rasmiylashtiriladi.
🖥 Ko‘krak nishoni har yili 26-aprel – Xalqaro intellektual mulk kuni arafasida tantanali ravishda topshiriladi.
🔘 Taqdirlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida bir yo‘la pul mukofoti beriladi. Shuningdek, taqdirlanganlar ro‘yxati Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. ✅ Bir shaxs mazkur ko‘krak nishoni bilan faqat bir marta taqdirlanadi. Intellektual mulkni rivojlantirishga qo‘shilgan munosib hissa e’tiborsiz qolmaydi. 🌐Telegram 🌐Websayt 📱Instagram 📱Facebook 📱 Youtube

#XorazmMTRK 📽 Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari yuzasidan Ochiq muloqot Kanalga ulanish 👇👇👇 https://t.me/xorazmadliya

#TEST 12 yoshga to‘lmagan 2 va undan ortiq bolaning ota-onasidan biriga har yili davomiyligi qancha muddat bo‘lgan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til berilishi lozim?
Anonymous voting

#TEST Qoramol, qo‘y va echkilar tug‘ilganidan qancha muddat o‘tgach identifikatsiya qilinishi kerak?
Anonymous voting

#Yashirin_iqtisodiyotga_qarshi_kurashish 🇺🇿Soliq to‘lash – har birimizning konstitutsiyaviy burchimizdir! Fuqarolar tomonid
#Yashirin_iqtisodiyotga_qarshi_kurashish 🇺🇿Soliq to‘lash – har birimizning konstitutsiyaviy burchimizdir!
Fuqarolar tomonidan to‘langan soliqlar yurtimiz farovonligiga xizmat qiladi. Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!
🌐Telegram 🌐Websayt 📱Instagram 📱Facebook 📱 Youtube

🟡 Yotoqxonaga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish — bir xizmatda! 🏘 Xabaringiz bor, bugungi kunda talabalar turar joyiga joylashish va yotoqxona manzili bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida idoralarga borish yoki qo‘shimcha hujjatlar yig‘ish shart emas. ☑️ my.gov.uz portalida “Talabalar turar joyiga joylashish va yotoqxona manzili bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish” kompozit xizmati to‘liq yo‘lga qo‘yilgan. ⏺ Mazkur kompozit xizmat bo‘yicha qisqa fursatlarda 79 408 ta shartnoma shakllantirilgan, 27 591 nafar (qayta ishlanayotgan so‘rovlarning 90 foizi) talaba yotoqxona manzilida vaqtincha ro‘yxatga olingan, qolgan so‘rovlar bo‘yicha jarayonlar davom etmoqda. 💬 1-kurs talabalari uchun ariza qabuli boshlangan. 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar my.gov.uz orqali talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza topshirishlari mumkin.
❗️Muhim eslatmalar: 1️⃣ Navbat va imtiyozlar. Reglamentga muvofiq, dastlab imtiyoz va ustuvorlikka ega talabgorlar yotoqxonaga qabul qilinadi. 2️⃣ Kvotalar. Umumiy ajratilgan o‘rinlarning 55–65 foizigacha bo‘lgan qismi aynan 1-kurs talabalari uchun ajratilishi ko‘zda tutilgan. 3️⃣ Joylashtirish. Qolgan talabalar uchun bo‘sh o‘rinlardan kelib chiqqan holda navbat asosida joy ajratiladi.
Vaqtingizni tejang va arizangizni hoziroq my.gov.uz orqali yuboring! 🌐Telegram 🌐Websayt 📱Instagram 📱Facebook 📱 Youtube

#Adliya_xabari Ⓜ️ "Kontrafaktsiz savdo obyekti" loyihasida ishtirok eting Kanalga ulanish 👇👇👇 https://t.me/xorazmadliya
#Adliya_xabari Ⓜ️ "Kontrafaktsiz savdo obyekti" loyihasida ishtirok eting Kanalga ulanish 👇👇👇 https://t.me/xorazmadliya

#TEST Qaysi toifadagi xodimlarga ularning xohishiga ko‘ra ish haqi saqlanmaydigan ta’til majburiy tartibda beriladi?
Anonymous voting

#TEST Quyidagi toifadagi shaxslarning qaysi biri ishga qabul qilinayotganda dastlabki sinov belgilanishi mumkin?
Anonymous voting

#huquqiy_eslatma
❗️Maktabda telefon ishlatsa bo'ladimi?
Batafsil 👉 videoda 🌐Telegram 🌐Websayt 📱Instagram 📱Facebook 📱 Youtube

#Bilasizmi 🏪 Qonunchilikka ko‘ra, milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko
#Bilasizmi 🏪 Qonunchilikka ko‘ra, milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko‘rish uchun har yilning 2 — 8 sentyabr kunlari o‘tkaziladigan "Muzeylar haftaligi" doirasida hamda har oyning birinchi yakshanbasi "ochiq eshiklar kuni" doirasida aholi davlat muzeylariga bepul kiritiladi. 🌐Telegram 🌐Websayt 📱Instagram 📱Facebook 📱 Youtube