en
Feedback
Shamsuddin Sadruddin

Shamsuddin Sadruddin

Open in Telegram

Sendan ko‘p narsa so‘ramayman. Shunchaki, o‘zing xayol qilib yuradigan jannat qasrining bir chekkasida meni ham bordek tasavvur qilib qo‘ysang bo‘lgani... @Muhammadoshiq_bot Instagram: Instagram.com/Shamsuddin_Sadruddin

Show more
1 358
Subscribers
No data24 hours
-67 days
-1830 days
Posts Archive
Repost from Bayanul lisan
#Taqdim #Tanituv Bismillah... Ko‘pchilik o‘quvchilar nahv fanidan «harfi jarlar»ning ma’nolari va ularga oid qoidalar haqida takror-takror savol berishar edi. Shu savollarning bariga umumiy javob bo‘lsin deya qo‘llanma tuza boshlagan edim. Allohning fazli bilan bugun o‘sha qo‘llanma risola shaklida o‘z nihoyasiga yetdi! Ma’lumotlar qusur bilan ifoda etilmasligi uchun risolani ona tilimizda emas, balki arab tilida yozdim. Ushbu kichik kitobcha nahv ummonidagi Jurjoniy «Avomil»i, Ibn Hishom «Mug‘niy»si yoxud Mustafoning «Jome’»si bilan fazl talashmaydi, albatta. Biroq ular umid qilgan narsadan men ham umidvorman! _________________________________ 📗 Risola nomi: «Harfi jarlar haqida risola» (رسالة في حروف الجر) ✍️ Muallif: Shamsuddin Sadruddin 📄 Risola hajmi: 16 sahifa 📝 Mavzusi: nahv O‘quvchidan iltimos - risolada uchratganingiz har qanday xato-kamchilik haqida bizga xabar qiling: @Bayanul_lisan_bot @Bayanul_lisan

#Nahv #Mutammima #Ajurrumiyya 18-dars: Majrur ismlar - harfi jarlar va izofa 📋 Mavzular: 00:00 - Takror; 05:52 - Majrur ismlar; 07:00 - Harfi jarlar: hukmlari va ma’nolari; 57:04 - Izofa: hukmlari va hukmlari. 📹 Batafsil: 👉 bu yerda 👈 📖 Kitob: 👉 bu yerda 👈 | Youtube | Telegram |

Erondagi teleko‘rsatuvlardan biriga Ruqayya Rustam Jabriy va uning onasi taklif qilindi. Ruqayya ko‘zlari ojiz holda dunyoga kelgan. Onasining sa’y-harakatlari bilan bakalavrni tamomlab, hozirda magistraturada «ruhshunoslik» (psixalogiya) yo‘nalishida tahsil olmoqda. Qur’onni to‘liq yod olgan. Onasi unga barmoqlari yordamida hisob-kitob qilib taxminiy rasm chizishni o‘rgatgan. Ruqayya umrida ranglarni ko‘rmagan. Shunga qaramay ona qiziga ranglarni tushuntirgan: «Men qo‘limdan kelgancha qizimga ranglarni tushuntirganman. Osmon ko‘k, dengiz ko‘k. Ko‘k rang bizga xotirjamlik hissini beradi, der edim». Bakalavrda o‘qish asnosida to‘rt yil ona qizini o‘zi o‘qishga olib borgan. Hozirda ham magistraturaga birga borishadi. O‘qishda bo‘ladigan imtihonlarni avval o‘zi o‘qib so‘ngra qiziga tushuntirar, zarur bo‘lsa u uchun narsalar yasar, qo‘l bilan ushlab anglash mumkin qadar bo‘rtma shaklda darsliklardagi rasmlarni qayta chizib berar edi. Ruqayya kundalik tutib u yerga qalbidagi duolarini va kechinmalarini yozib borgan ekan. Onasi shu kundalik so‘nggidagi qizining gaplarini o‘qib beradi: «Bir kuni onamdan so‘radim: «Ona, barcha payg‘ambar va imomlarning maqbaralari gumbazi oltindan bo‘ladimi?». Onam xotirjam javob berdilar: «Yo‘q! Hazrati Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidlarining gumbazi yashil rangda». Ey Muhammad (sollallohu alayhi vasallam), qalbim sizning yashil gumbazingizga oshiq bo‘ldi!» Ko‘rsatuvga taklif qilingan mehmonlar fikr bildiradilar: «Aslida qahramon Ruqayya emas, uning onasi». «U o‘zining ko‘zlarini ham, umrini ham qizi Ruqayyaga beribdi». «Bunday ishni onadan boshqa yana kim qiladi?!» Ko‘rsatuv so‘nggida boshlovchi onaga savol bilan murojaat qiladi: «Siz qizingizdan biror nima umid qilasizmi?» Onaning javobi bunday bo‘ldi: «Alloh uni salomat qilsin! Faqat qalbidagi barcha orzulariga yetishini istayman». Ona - qilgan mehnati uchun evaz talab qilmaydigan yagona inson. Ko‘rsatuvni ko‘rish uchun: https://youtu.be/xK_ZHM70oiE?si=9cg0v7fRzDJqOCu3 @Shamsuddin_Sadruddin

Repost from Bayanul lisan
#Tanituv Bismillah... Arab tili ixlosmandlari uchun tuhfa. 📚 Talabalardan kelgan nahviy savollarga javob beruvchi «Tafhimut tolibiyn» kitobining 1-qismi qarshingizda! «Bu tilni Payg‘ambardan boshqasi to‘liq o‘zlashtira olmaydi», deganda Imom Shofe’iy naqadar rost so‘zlaganlar! Kitobdan foyda olsangiz uni Allohdan, xato ko‘rsangiz yozgan bandasidan deb biling. ________________________________ 📗 Kitob nomi: «Tafhimut tolibiyn», 1-qism. ✍️ Muallif: Shamsuddin Sadruddin 📄 Kitob hajmi: 40 sahifa 📝 Mavzusi: Nahv (savol-javob) @Bayanul_lisan

Alhamdulillah, Alloh o‘g‘il farzand bilan siyladi! G'oyibona duo qilib qo'yarsizlar, Alloh solihlardan qilsin!

Repost from Bayanul lisan
#Qiziq Bir kuni shayx Nasruddin afandi Oqshahardagi masjidlardan birining minbariga oʻtirdi va dedi: “Ey moʻminlar, sizlarga
#Qiziq Bir kuni shayx Nasruddin afandi Oqshahardagi masjidlardan birining minbariga oʻtirdi va dedi: “Ey moʻminlar, sizlarga nimani aytib bermoqchiligimni bilasizlarmi?”. Tinglovchilar javob qildilar: “Yoʻq, bilmaymiz”. Afandi: “Bilmaydigan boʻlsangiz, gapirishdan nima foyda”, dedi-da, minbardan tushdi. Boshqa bir kuni keldi-da, oʻtirganlarga yana shu savolni berdi. Bu safar ular: “Ha, bilamiz!”, deb javob berdilar. Afandi: “Modomiki nima aytmoqchiligimni bilar ekansiz, gapirishimdan nima foyda?”, dedi. Kelganlar nima qilishni bilmay qolishdi va kelasi safar afandi kelganda bir qism “ha”, bir qism “yoʻq”, deb javob berishga kelishib olishdi. Afandi uchinchi marta kelganda oʻsha birinchi savolini berdi. Shu payt “ha” va “yoʻq” degan turli xil ovozlar yangradi. Afandi dedi: “Juda yaxshi. Unaqada bilganlar bilmaganlarga oʻrgatib qoʻysin”. @Bayanul_lisan

Repost from Bayanul lisan
#Diqqat #Offline_kurs ⚡️ #Fonetika Ko‘pchilikning talabiga binoan ayol-qizlar uchun butunlay «0» dan (harflardan boshlab) offline arab tili kursi tashkil qilinmoqda! 📃 Reja: 1️⃣-bosqichda 2 oy arab tilida o‘qish va yozish o‘rgatiladi (Fonetika); 2️⃣-bosqichda 2 oy so‘zlashuv, ayrim grammatik qoidalar tushuntiriladi; 3️⃣-bosqichda sarf, nahv, balog‘at ilmlari chuqurlashtirilgan tarzda o‘rgatiladi. 📋 Darslar haftada 2 marta: seshanba va juma kunlari, soat (⏰) 17:00 dan 18:20 gacha bo‘lib o‘tadi Oʻqituvchi (👨🏻‍💻): Shamsuddin Sadruddin - oliy ma’lumotli, CEFR C1 sertifikatiga ega. Roʻyxatdan oʻtish uchun: 👉 @Bayanul_lisan_admin 👈 akkauntiga murojaat qilishingiz soʻraladi. @Bayanul_lisan

Assalomu alaykum! Pdf shaklidagi kitobchalarni haqiqiy kitob ko‘rinishida chiqaradiganlar bormi? Bilgichlar aytib yuboringlar.

Allohga hamd, Rasuliga salovatdan so‘ng: Ulamolar aytadilarki, aqlning ikki qanoti bor: his-tuyg‘ular va fikr. Aqlning his-tu
Allohga hamd, Rasuliga salovatdan so‘ng: Ulamolar aytadilarki, aqlning ikki qanoti bor: his-tuyg‘ular va fikr. Aqlning his-tuyg‘ular qanoti qalbdan, fikr qanoti esa miyadan joy olgan. Qalbdagi aql qancha ko‘p bo‘lsa qalb shuncha yumshaydi. Miyadagi aql qancha ko‘p bo‘lsa zehn shuncha o‘tkirlashadi. Bularning ikkovi birdek haddan oshib ketsa inson halok bo‘ladi. Chunki, Allohning fazli bo‘lmasa, yumshoq qalb va dohiy aql bilan uzoq umr ko‘rish juda qiyin... Bir kuni faylasuf Kindiy shoir Abu Tammomning zakovatini ko‘rib aytadi: «Bu odam uzoq yashamaydi!» Haqiqatda bir necha oydan so‘ng shoir 43 yoshida vafot etadi. Kindiydan buning sababi so‘ralganda: «Aqli uni yeb bitarayotgan edi», deb javob beradi. Aytishlaricha, buyuk imom Sibavayh ham bir munozarada imom Kisoiyga yutqazganiga dosh berolmay 35 yoshida vafot etgan. Aslida esa u munozarada yutgan edi. Umri uzun bo‘lgur birodarlarga Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! @Shamsuddin_Sadruddin

O‘zbekistondagi kutubxonalar soni yillar kesimida taqqoslangan ekan!

O'zRda kutubxonalar soni: 2000y- 6027 2001y- 5936 2002y- 5943 2003y- 6158 2004y- 5953 2005y- 5892 2006y- 1200 2007y- 1521 2008y- 1650 2009y- 2722 2010y- 2809 2011y- 2809 2012y- 2831 2013y- 2834 2014y- 2877 2015- 2914 2016- 2908 2017- 2898 2018- 2902 2019- 398 2020- 400 2021- 402 Manba Library @centerasia_library Kanalga ulanish @centerasiastudy

#Savol «Fe’l» «ish-harakat» demak. Fe’llarda esa to‘rtta narsa albatta bo‘lishi kerak: 1. Foil; chunki bajaruvchisiz fe’l bo‘lmaydi. 2. Makon; chunki makonsiz fe’l yo‘q. 3. Zamon; chunki zamonsiz fe’l yo‘q. 4. ... ? Sizningcha to‘rtinchi narsa nima? (Izohlarda yozib qoldiring👇)

Ikkala suratdagi ayol bitta odam - Meri Ann Vebster. 1874-yil Britaniyada tavallud topgan. Ko‘p yillar shifoxonalardan birida hamshira bo‘lib ishlagan. To‘rt farzand onasi. Taqdiriga bitilgan kasallik (akromegaliya) tufayli tana tuzilishi sezilarli o‘zgarib ketadi. Eri to‘satdan vafot etadi. Bemorlarni qo‘rqitib yuboryapti, degan bahona bilan shifoxanadan haydaladi. Umr bo‘yi ko‘z nurining pastligi hamda tanadagi qattiq og‘riqlardan aziyat chekadi. Odamlarning haqoratlari-yu yosh bolalarning kalaka qilishlari uni ko‘chaga chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ammo farzandlar baridan ustun ekan. Pul topish maqsadida «Dunyodagi eng badbashara odam» musobaqasida qatnashishga qaror qiladi va... «g‘olib» bo‘ladi. Boryo‘g‘i 50 dollar mukofot puli yutib oladi. Keyin bir necha yil sirkda ishlaydi. Britaniyaning deyarli barcha shaharlariga borib g‘ayrioddiy qiyofasi bilan sirk tomoshabinlarini ko‘paytiradi. Bolalarini o‘qitish uchun «qo‘rqinchli maxluq» deyishlariga ham rozi bo‘lgan Merri 1933-yil sirk sahnasida namoyish chog‘i bexush holda yerga yiqiladi. Odamlar uni rol ijro etyapti deb o‘ylab qarsak chaladilar. Aslida uning joni uzilgan edi... Merini kasallik emas, odamlar o‘ldirgandi. Asl xunuk narsa odamlarning qalblari edi. Uning bir kuni bolalariga yig‘lab aytgan gapini hali ham eslashadi: «Men yaxshi onamanmi yoki yaxshi ona go‘zal bo‘lishi kerakmi?!» @Shamsuddin_Sadruddin

photo content

Bugun janozada bir otaxon oftobda turib qoldilar. Issiq rosa xunob qildi. Keyin bir yigit kelib mo‘ysafidni daraxt ostidagi kursiga o‘tkazdi. Chehralari shunday yorishdiki, dunyoda ulardan baxtli odam yo‘q edi go‘yo. Buni ko‘rib o‘zimcha o‘yladim: Qiziq, qarisang tashvishing ko‘chada soya joy, uyda achchiq choy bo‘lib qolarmikan?! Shahvat o‘lgan, o‘lmagan bo‘lsa-da kuch qolmagan... Yurishing, turishing, yotishing, yeb-ichishing o‘zgargan... Tana sust bo‘lsa, aql undan-da sust… Hamma har xil qariydi, deyishadi. Lekin baribir qariydi-ku?! Biz ortidan chopadigan kelajak shumi?! Ali Tantoviy rohimahulloh aytgandilar: «Talabalik paytim men uchun kelajak diplom olish edi. Diplom olgach ish topish bo‘ldi. Ishli ham bo‘ldim. Endi oila qurish, uy solish, zurriyot qoldirish men uchun kelajakka aylandi. Bularga ham erishgach kelajagimni yuqori maqomlarda, shon-shuhratda ko‘ra boshladim. Allohning fazli bilan bularning bariga erishdi. Shunda mening oxirat uchun amal qilishdan boshqa o‘ylaydigan birorta kelajagim qolmadi. Oldin men g‘aflatda ekanman!» Otaxon haligi yigitni duo qildilar. Men yana o‘yga cho‘mdim: «Qiziq vaqt o‘tib haligi otaxonni kursiga o‘tkazgan yigitni ham kimdir ehtirom bilan shunday kursiga o‘tkazib qo‘yarmikan!?» @Shamsuddin_Sadruddin

Janozada bir otaxon oftobda turib qoldilar. Issiq rosa xunob qildi. Keyin bir yigit kelib mo‘ysafidni daraxt ostidagi kursiga o‘tkazdi. Chehralari shunday yorishdiki, dunyoda ulardan baxtli odam yo‘q edi go‘yo. Buni ko‘rib o‘zimcha o‘yladim: Qiziq, qarisang tashvishing ko‘chada soya joy, uyda achchiq choy bo‘lib qolarmikan?! Shahvat o‘lgan, o‘lmagan bo‘lsa-da kuch qolmagan... Yurishing, turishing, yotishing, yeb-ichishing o‘zgargan. Tana sust bo‘lsa, aql undan-da sust… Hamma har xil qariydi, deyishadi. Lekin baribir qariydi-ku?! Biz ortidan chopadigan kelajak shumi?! Ali Tantoviy rohimahulloh aytgandilar: «Talabalik paytim men uchun kelajak diplom olish edi. Diplom olgach ish topish bo‘ldi. Ishli ham bo‘ldim. Endi oila qurish, uy solish, zurriyot qoldirish men uchun kelajakka aylandi. Bularga ham erishgach kelajagimni yuqori maqomlarda, shon-shuhratda ko‘ra boshladim. Allohning fazli bilan bularning bariga erishdi. Shunda mening oxirat uchun amal qilishdan boshqa o‘ylaydigan birorta kelajagim qolmadi. Oldin men g‘aflatda ekanman!» Otaxon haligi yigitni duo qildilar. Men yana o‘yga cho‘mdim: «Qiziq vaqt o‘tib haligi otaxonni kursiga o‘tkazgan yigitni ham kimdir ehtirom bilan shunday kursiga o‘tkazib qo‘yarmikan!?» @Shamsuddin_Sadruddin

To‘g‘ri yo‘lni topish qiyin. Topgach undan yurish yanada qiyin. Eng qiyini - yurayotib boshqa yo‘llarga burilib ketmaslik. Do‘st bir tomonga, dushman boshqa tomonga tortqilaydi. Shayton uchinchi yo‘lni ham topib beradi. Shahvat o‘zining ko‘chasiga, g‘azab o‘zining ko‘chasiga boshlaydi. Atrof to‘la nafsqitiqlar yo‘llar. Uning ustiga aql ojiz. Umr qisqa. Ish to‘xtamas. Qazo tayin. Sinov esa xatarli. Keng dunyo girdob misoli sizni qa’riga tortib ketay deydi... Mana shularning bari «Nega musulmon har namozida hidoyat so‘raydi?» degan savolni ochiqlaydi. Hidoyat - nafaqat to‘g‘ri yo‘lni topish, balki, to‘g‘ri yo‘lda to‘gri yurish hamdir! @Shamsuddin_Sadruddin

Allohga hamd, Rasuliga salovatdan so‘ng: To‘g‘ri yo‘lni topish qiyin. Topgach undan yurish yanada qiyin. Eng qiyini - yurayotib boshqa yo‘llarga burilib ketmaslik. Do‘st bir tomonga, dushman boshqa tomonga tortqilaydi. Shayton uchinchi yo‘lni topib beradi. Shahvat o‘zining ko‘chasiga, g‘azab o‘zining ko‘chasiga boshlaydi. Uning ustiga aql ojiz. Umr qisqa. Ish to‘xtamas. Qazo tayin. Sinov xatarli. @Shamsuddin_Sadruddin

Xato-kamchiliklar atrofida bildirilgan har qanday fikr va takliflar uchun mamnun bo‘laman! Dakkiga esa rozi bo‘la olaman xolos...)