Shamsuddin Sadruddin
Open in Telegram
Sendan ko‘p narsa so‘ramayman. Shunchaki, o‘zing xayol qilib yuradigan jannat qasrining bir chekkasida meni ham bordek tasavvur qilib qo‘ysang bo‘lgani... @Muhammadoshiq_bot Instagram: Instagram.com/Shamsuddin_Sadruddin
Show more1 358
Subscribers
No data24 hours
-67 days
-1830 days
Posts Archive
1 358
Allohga hamd, Rasuliga salovatdan so‘ng:
Tobut ortidan bir ayol baqirib: «Voy, otaginam-a, voy otam! Shu kungacha bunday og‘ir kunni ko‘rmaganman» deb yig‘lar edi. Shu payt Hasan Basriy rohimahulloh unga qarab: «Aksincha, sen emas, otang shu kunga qadar bunday dahshatli kunni ko‘rmagan», dedilar...
Bir kuni Aliy ibn Abu Tolib roziyallohu anhu qabristonga qarab: «Ey qabr egalari! Ey yolg‘izlik va zulmat egalari! Ey tor va kimsasiz yer egalari! Uylaringizda boshqalar yashayapti. Mol-mulklaringiz boshqalarga taqsimlab berildi. Ayollaringiz nikohlandi. Mana shu bizdagi xabarlar. Sizlarda nima gaplar?» deb xitob qildilar. Keyin do‘stlariga burilib: «Bilasizlarmi, agar ularga javob qaytarishga izn berilganida nima der edilar?!» dedilarda, so‘ngra o‘zlari javob berdilar: «Eng yaxshi safar anjomi taqvodir, - degan bo‘lar edilar»...
O‘lim - tilsiz nasihatgo‘y. O‘lim - boshlang‘ichning oxiri, oxirning esa boshlang‘ichidir. Kimgadir bayram, kimgadir motam! Ham visol, ham firoq. Ham maxfiy, ham jaliy. Kelishi tez, o‘tishi sekin! Eng ko‘p ko‘radiganimiz ham va eng ko‘p unutadiganimiz ham u!
Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
@Shamsuddin_Sadruddin
1 358
Repost from Bayanul lisan
#Online_kurs
⚡️ «Arab tili bilan 30 kun» ⚡️
مع الضاد ثلاثين يوما
☝️ Arab tili imtihonlariga tayyorlanayotganlar uchun maxsus kurs ochish niyatidaman.
1 oyga mo‘ljallangan bu kurs mutlaqo o‘zgacha ko‘rinishda bo‘ladi.
Kursning qisqa mazmuni (📃):
- videolar asosida haftada 4 (x4) kun faqat vazifa beriladi;
- 1 (x4) kun vazifalar tekshirilib, muhokama qilinadi;
- 1 (x4) kun tarjima mahorati ustida ishlanadi;
- 1 (x4) kun dam olinadi; (😉)
- oyning so‘nggi ikki kuni imtihon, sarhisob va taqdirlash bilan o‘tkaziladi.
Kursda sizning quyidagi yo‘nalishlarda mahoratingiz oshishi kutilmoqda:
- 🦻 eshitib tushunish;
- 📜 o‘qib tushunish;
- ✍️ insho yozish;
- 🔄 to‘g‘ri va badiiy tarjima qilish (arab tilidan o‘zbek tiliga).
👤 O‘qituvchi: Shamsuddin Sadruddin; oliy ma’lumotli; C1 sertifikatiga ega.
📲 Kursda qatnashish, aniq vaqti, narxlari va boshqa ma’lumotlarni olish uchun 👉 @Bayanullisan_admin 👈 ga murojaat qiling!
1 358
Repost from Bayanul lisan
#Offline_kurs
#Online_kurs
Hurmatli arab tili ixlosmandlari!
⚡️ Kelasi haftadan boshlab erkaklar va ayol-qizlar uchun ham OFFLINE, ham ONLINE tarzda «Yuqori nahv va arab adabiyoti» kursi yo‘lga qo‘yiladi.
📆 Kuni: seshanba-payshanba-shanba.
⏰ Vaqti: 16:30 dan 18:00 gacha.
📚 Kursda qo‘llaniladigan asosiy manbalar:
1. «Ad-durusun nahviyya, 4-kitob»;
2. Banat Suad qasidasi;
3. «Balog‘at talxisi».
👤 O‘qituvchi: Shamsuddin Sadruddin; oliy ma’lumotli; C1 sertifikatiga ega.
📲 Manzil va narxlar haqida quyidagi insonga murojaat qiling: 👉 @Arabtili_admin 👈
@Bayanul_lisan
1 358
Assalomu alaykum! O‘qish va ishlar bilan bo‘lib @Shamsuddin_Sadruddin sahifasiga tuzukroq postlar joylay olmayapman. Shunga sizlarga mana bu sahifani tavsiya qilmoqchiman: 👉 https://t.me/silence_loversss 👈. Har kuni nimadir o‘qib turasiz!)
Nasib bo‘lsa, o‘zimning sahifamda yana ilmiy maqolalar yozib ulasha boshlayman.
1 358
Repost from Qalb sokinlik istar
#mutolaadan
"O'zi, katta gunoh nima-yu, kichik gunoh nima? Bu haqida hazrati Ali (r.a.)ning fikr(lar)iga quloq tutamiz:
– Sen osonlikcha sodir eta boshlagan gunoh katta gunohingdir"
1 358
Repost from Zaman akademiya
😶😶😶😶😶😶Arab tili ixlosmandlari uchun ajoyib yangilik!
14-aprel yakshanba kuni soat 20:00 da Shamsuddun Sadruddin ustoz boshchiliklarida:
🎙Durusun Nahviyya kitobi 4-qism: ”Banat Suad” qasidasi sharhi va grammatik tahlili mavzusi bo’yicha video chat bo’lib o’tadi.
☺️Video chatda ishtirok eting va qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ling!
🚀Telegram | 📷Instagram
1 358
Repost from Bayanul lisan
#Taqdim
#Tanituv
Bismillah...
Arab tili ixlosmandlari uchun tuhfa.
Sahifamizda berib borilyotgan hikmatlar va ziyolilar fikr-mulohazalarini jamlab bir toʻplam holiga keltirdik. Yangi soʻzlar va chuqur ma’nolar bir kitobda!
Jurjoniy hazratlari hikmatga «haqiqatga muvofiq kelgan har qanday kalom», degan ta’rifni keltirgandilar. Bu toʻplamni oʻqib ham haqiqatlarni bilib olasiz, degan umiddamiz.
Kitobdan foyda olsangiz uni Allohdan, xato koʻrsangiz yozgan bandasidan deb biling.
________________________________
📗 Kitob nomi: «Hikmatlar chashmasi»
✍️ Muallif: Abror Hasan
📄 Kitob hajmi: 36 sahifa
📝 Mavzusi: Hikmatlar
@Bayanul_lisan
1 358
«Bu yilgi Ramazon oldingi Ramazonlardan buntkul farq qiladi. «Sening besh oy oldin ro‘za tutib hali ham og‘zini ochmagan birodaring bor», degan eslatma bilan Ramazon yaqinlashmoqda».
(Adham Sharqoviy)
Ochlik G‘azza chaqaloqlariga surat anglatganidek ta’sir qilyapti! Ey Badr Robbisi, 14 asr oldingi zafarni yana takrorla!
@Shamsuddin_Sadruddin
1 358
Repost from Bayanul lisan
#Ibrat
INSOF
Faxriddin Roziy «Mafatiyhul g‘oyb» (yoki التفسير الكبير) nomli katta tafsirida e’tizol aqidasi tushunchalarining botil ekaniga yuzlab, balki minglab hujjat keltirganlar. Eng qizig‘i, G‘ofir surasining 7-oyati tafsirida: «Zamaxshariy bunda juda ham yaxshi gap aytgan!» deb mu’taziliy buyuk imom Abul Qosim Zamaxshariyning «Kashshof»idan iqtibos keltiradilar. Iqtibos so‘nggida bunday deydilar: «Alloh «Kashshof» muallifini rahmatiga olsin! Agar u kishi kitobida mana shu nuktadan boshqa hech narsani keltirmaganida ham bu uning sharafi va iftirxori uchun yetarli bo‘lar edi».
Mana shu olimlar o‘rtasidagi insofdir. Sizning nazdingizda «adashgan» kishining adashmagan tomonlari ham bo‘ladi. Agar o‘sha tomonlarini ko‘rib unga tasanno ayta olsangiz, demak, siz ilmda xolissiz.
@Bayanul_lisan
1 358
Tolibi ilmlarga
Fikr yuritishimiz uchun 4 mulohaza:
1. Biz kitobxon toliblardagi muammolardan biri mutolaa qilayotgan kitobimizga qattiq bog‘lanib qolishimiz, yo muallifni, yo o‘zimizni ma’sum maqomiga chiqarib qo‘yishimizdir. Bashar kitobini hech bir xato yo‘q degan e’tiqod bilan o‘qish, aybsizlik Allohning Kalomidan boshqa kalomlardan ko‘tarilganini unutish - talabalardagi taassubni, kamida manmanlikni oshiradi. Olimlar boshimiz ustiga. Ular bizdan yuz emas, yuz ming chandon aqlli bo‘lganlari kundek ravshan. Lekin qalam xatosi ularni ham chetlab o‘tmagani kundanda ravshan. Shunday ekan, biz qachonlardir o‘qigan kitobdagi ma’lumot nega xato bo‘lishi mumkin emas?!
2. Shayxi kitob bo‘lgan adashadi, deydilar. Sababi uning rost bilan yolg‘onni, zaif bilan qaviyni ajratib beradigan ustozi bo‘lmaydi. Kitobda kelgan fosid xabarni sahih, zaifini kuchli, yolg‘onini rost deb qabul qiladi. Agar bu talaba kitobini ma’sum sanab olgan bo‘lsa, urdi Xudo!
3. Haq yuzaga chiqishi uchun qarshi fikrga nisbatan qalbni keng qilish kerak. Sizdagi ma’lumotga teskari ma’lumot aytishim meni xato ustida ekanimni anglatmaydi. Axir siz ham, men ham barcha ma’lumotni biladigan va ularni elakdan o‘tkazib beradigan aqlga ega emasmiz-ku. Agar haq ekaningizga ishonchingiz komil bo‘lgan taqdirda ham, bilingki, munozara odobiga ko‘ra: «mening fikrim aniq to‘g‘ri» deyilmaydi. Odatda bu gap dalil topolmagan muxosim tomonidan aytiladi. Alloh taolo mushriklar bilan munozarada Muhammad sollallohu alayhi vasallamga «Faqat biz hidoyatdamiz» deyishni emas, aksincha: «Albatta, biz yoki siz hidoyatda yoxud ochiq-oydin zalolatdadirmiz» (Saba surasi, 24-oyat) deb aytishni buyurgan.
4. Ta’lim olishda darajalar bor. Ushbu darajalarda ayni mavzudagi ma’lumotlar o‘zaro zid kelishi mumkin. Boshlang‘ich ta’lim yengillikka, yuqori ta’lim daqiqlikka asoslanadi.
Alloh barchamizga manfaatli va daqiq ilm bersin!
@Shamsuddin_Sadruddin
1 358
Repost from Qalb sokinlik istar
#mutolaadan
"Ne'matlarning his etilishi va idrok qilinishi uchun Haq taolo insonni xafa qiladigan, uning kayfiyatini buzadigan voqea-hodisalarni yaratgan"
1 358
Repost from Bayanul lisan
#Aytishlaricha
Yomg‘ir yog‘ishiga sabab bo‘lgan qasida
Bundan 200 yillar avval Arab jazirasidagi Riyozga qarashli Hariq qishlog‘ida qattiq qahatchilik bo‘ldi. 3 yildan ortiq yomg‘ir yog‘madi. Chorvalar halok bo‘la boshlagach aholi istisqo uchun ko‘chaga chiqdi (Yomg‘ir so‘rab qilingan duoga «istisqo» deyiladi). Biroq yomg‘ir yog‘madi.
O‘sha vaqtda qishloqning Muhsin Hazoniy degan shoiri bor edi. Uning ishqiy she’rlari butun Arab jazirasida mashhur bo‘lib ketgan edi. Muhsin aholi tomonidan uyushtirilgan istisqoda qatnasha olmadi. Shu bois shoir istisqoga o‘zi chiqdi. Yoniga qariyalar, yosh bolalar va tolibi ilmlarni ham yetaklab oldi. Allohning ism-sifatlari bilan U Zotga iltijo qildi. Iltijosini oddiy odamlar kabi gaplarda aytmay, go‘zal baytlarga terdi. Shoir bilan birga chiqqanlar uning she’riy duosiga «Omin!» deb turdilar. Shundan so‘ng qishloqda yomg‘ir yog‘di...
Aytishlaricha, bu voqeadan keyin Muhsin Hazoniy ishqiy she’rlar yozishni qo‘yib, taqvoni lozim tutgan ekan.
Quyidagi havola orqali yomg‘ir yog‘ishiga sabab bo‘lgan o‘sha mashhur qasidani tinglashingiz mumkin:
👉 https://youtu.be/NbbaG6jAzF8?si=awjxk7sAPshXuuGt 👈
Musiqa asboblarisiz ham betakror qo‘shiq aytish mumkin ekaniga mana shu qasidaning ijrosi dalil bo‘lsa neajab!
@Bayanul_lisan
1 358
Manfaat bo‘lar degan umidda arab tilida sahifa yuritishni boshladim. Unda ustozlardan o‘rganganim, kitoblardan o‘qiganim ayrim qoida va hikmatlarni yengil sharhlab ulashib boraman. Bular shunchaki «talaba bitiklari» bo‘lgani bois, sahifani shu ma’noda أسطر الطالب deb nomladim. Manfaat ko‘rsangiz, Allohdan, xato-kamchilik topsangiz, bandasidan deb biling (Bilib darhol ogohlantirish esdan chiqmasin).
Sahifaga o‘tish uchun bosing: https://t.me/+gM6qwT8QOAMzZmQy
@Shamsuddin_Sadruddin
1 358
Repost from أسطر الطالب
بسم الله والحمد لله والصلاة والسلام على رسول الله، أما بعد:
فهذه صفحة لطالب في بلاد ما وراء النهر بلادٍ ترعرع في حضنها أقوى أُمَم، وتولد ثلة من العلماء ذاع صيتهم بين العرب والعَجَم، يكتب عليها ما تعلَّمه من الشيوخ وتفهَّم، وما اطّلع عليه من الكتب من قواعد وحِكَم، برأس عاجز القَلَم، في أسطر خلت من ملل وسَأَم، رجاءً من الله الذي لا يتصور في شأنه أنه ظَلَم، أن يجعلها له ولغيره من الطلاب متينَ السُّلَّم، وصوابَ الطريق إلى الفردوس والنِّعَم، إنه صاحب الجود والسخاء والكَرَم.
@Asturuttolib
1 358
Abu Nuvos mayni maqtab ko‘p she’rlar yozar, uni «may shoiri» deb atashar edi. Hatto bir kuni bunday deydi:
«Masjidni qulga qoldir, uni bayt-u bob tutsin,
Bizla mayxonaga yur, soqiy bir sharob tutsin.
Sarxushlar halok bo‘lsin, demadi axir Robbing,
Vayl bo‘lsin «namozxon»ga, soxtasin azob tutsin».
Bu she’ri uchun Horun Rashid Abu Nuvosni kaltakladi. Shunda shoir: «Ey mo‘minlar amiri, shoirlar o‘zlari qilmaydigan ishlarni gapiraverdilar», deb uzr aytdi.
Vafot etganida Imom Shofe’iy janozasini o‘qishni istamadilar. Kafanidan bir xat topishdi. Xatda uning she’ri yozilgan ekan:
«Gunohlarim ko‘p, biroq avfing cheksiz, bepoyon
Solih umidi Senga, mujrimga qayda omon?
Buyurganingdek Senga zorlanib o‘tinaman,
Gar qo‘limni qaytarsang, Sendan o‘zga kim qalqon?
Rosti Senga uchdan ko‘p vasilam hech qolmadi:
Umidim, avfing, yana dilimdagi chin iymon»
Imom Shofe’iy bu she’rni o‘qib qattiq yig‘ladilar va unga janoza namozi o‘qidilar.
@Shamsuddin_Sadruddin
1 358
Hali ham tinmagan yomg‘ir tufayli Toshkent havosi ancha yaxshilanibdi. Endi yomg‘irni sevishimizga ikkita sabab bor.
@Shamsuddin_Sadruddin
1 358
«Qabrini menga ko‘rsatinglar».
Nabiy sollallohu alayhi vasallam zamonlarida qora tanli ayol masjidni tozalab yurar edi. U vafot etdi. Sahobalar holatga odatiy qarab uni dafn qildilar. Bu haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xabar bermadilar. Bir kuni u zot ayolni topolmay, u haqida so‘radilar. Sahobalar: «Vafot etdi, ey Allohning Rasuli!» deyishdi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Menga xabar qilsangiz bo‘lmasmidi?! Qabrini menga ko‘rsatinglar» dedilar. Sahobalar qabrni ko‘rsatib yuborishdi. U zot ayolga janoza o‘qidilar...
Odamlarning kamchiliklaridan biri - o‘limni ham muomala marosimiga aylantirib yuborishgani. Mansabdor kishining yaqini vafot etsa, janozasiga hamma keladi. Miskin vafot etsa, juda kamchilik dafn marosimida qatnashadi.
Ibn Javziy «Uyunul axbor»da rivoyat qilishicha, bosh qozining xizmatchi ayoli vafot etibdi. Unga ta’ziya bildirish uchun savdogarlar, a’yonlar, shaharning ko‘zga ko‘ringan kishilari tashrif buyuribdilar. Qozining o‘zi vafot etganida janozasiga hech kim kelmabdi. Chunki hamma mansabi bilan qutlash uchun yangi bosh qozining huzuriga ketgan ekan.
(Adham Sharqoviy, «Nabiydan maktublar»)
@Shamsuddin_Sadruddin
1 358
Repost from Bayanul lisan
#Shoirlar_kursisi
«Nohiylar yurti qaydasan Kufa!?»
(Nahvni madh etib...)
Umarning qalbiga botdimi og‘ir
A’robiy tilidan yangragan xato?!
Yo ajab shaklidan chiqqanda oxir
Savol asirasi bo‘ldimi samo?!
Yo ilm darvozasin daholigidan
Muhabbat indimi ajam diliga!?
Yo forslik g‘ulomning «anho»ligidan
Qo‘rg‘onmi qurdilar arab tiliga!?
Aqlimni band etdi zohid Xalilim,
Quduqqa tushirgan ne edi uni!?
«Xasois»ga sig‘dimi shuncha ko‘p bilim,
Javob ber, Usmonning oromsiz tuni!?
Misrdan «bir tomchi shudring» axtarib,
Sahar yo‘lga chiqqan irmoqlar qancha?!
«Oltin bo‘laklari»n toqqa ag‘darib,
Bosibla o‘tilgan so‘qmoqlar qancha?!
Qaydalar Mu’tiy va Molik avlodi?
Ming baytdan ming qadar savollarim bor.
Axfashlar Basrasi, Zajjoj Bag‘dodi,
Zamaxsharda qolgan xayollarim bor.
Shotibiy sabab orzum - Andalus,
Suhayliy ko‘zida bir rang ham turfa.
Kisoiy nutqida bilmas tanaffus,
Nohiylar yurti qaydasan Kufa?
© Shamsuddin Sadruddin (14.01.2024)
________________________
Izoh:
«Ilm darvozasi» - Aliy ibn Abu Tolib roziyallohu anhu.
«Forslik g‘ulom» - Imom Sibavayh rohimahulloh.
«Anho» - nahvni eng yaxshi biluvchi.
«Xalilim» - Xalil ibn Ahmad Farohidiy rohimahulloh.
«Usmon» - «Xasois» kitobi muallifi Ibn Jinniy.
«Bir tomchi shudring» - «Qotrun nada» kitobiga ishora.
«Oltin bo‘laklari» - «Shuzuruz zahab» kitobiga ishora.
«Nohiy» - nahvchi olim.
@Bayanul_lisan
1 358
Repost from Bayanul lisan
#Shoirlar_kursisi
#Ibn_Vardiy
#Nasihatlar
(1) Mashhur tarixchi, faqih, shoir va adib Abu Hafs Umar ibn Muzaffar ibn Vardiy rohimahulloh o‘g‘liga nasihat qilib bunday deydi:
اعْتَزِلْ ذِكْــرَ الْغَوَانِي وَالْـغَـزَلْ
وَقُلِ الفَصْلَ وَجَانِبْ مَنْ هَزَلْ
«Uzoq tur ishq kuyidan, ham dilrabo zikridan,
Rost so'zla, nari bo‘lkim hazli ustun fikridan».
📜 O‘zlashma: O‘g‘lim, ma’siyatlar qalb dog‘laridir. Ma’siyat - vabo. Ma’siyat - zulmat. Ma’siyat - oniy lazzat bilan boshlanadigan bitmas azob. Ma’siyat - mag‘lubiyat. Ma’siyat zaiflikdir. Unga eng katta turtki esa shahvoniy ishqdir. Men ishq xarob qilgan uylarni ko‘rdim. Men ishq barbod qilgan umrni ko‘rdim.
O‘g‘lim, menga diqqat bilan quloq sol! Sen zulmdan ayro zamonda ham, makrdan xoli makonda ham emassan. Atrof to‘la fitna. Tannoz-u dilrabolar, «pardoz-andoz qilishga hojati yo‘q go‘zal qizlar» (الْغَوَانِي), «ishqiy she’r» (الْغَزَل) bituvchilar-u ularni kuylaguvchilar - bari atrofingda parvona. Men senga ulardan uzoqlash, deb jo‘n gapirmayman, balki ularni «eslamoqdan chetlan» (اعْتَزِلْ ذِكْرَ) deb ta’kid va hikmat bilan nasihat qilaman.
O‘g‘lim, qalbing nafs talabgor bo‘lgan ishqni deb urmasin! Tiling uning madhida namlanmasin! Qalbga sakinat, tilga adolat yarashadi. Shunday ekan haq bilan botil orasini «ajratuvchi gaplarni ayt» (وَقُلِ الْفَصْلَ), to‘g‘riso‘z bo‘l!
Bilki, erkaklikka yarashmas ishlarning jussadori behuda hazldir. Ko‘p hazl fikr nuri uchun ko‘lankadir. Sen bunday hazldan ham, «hazl qiluvchi kimsa» (مَنْ هَزَل) ning o‘zidan ham «nari bo‘l» (جَانِبْ). Alloh yordamching bo‘lsin!
@Bayanul_lisan
