Yangiobod tumani hokimligi axborot xizmati
Open in Telegram
Jizzax viloyati Yangiobod tumani Rasmiy web sayt http://gov.uz/oz/yangiobod Insagram: https://www.instagram.com/yangiobod.press/ ☎️: 72-542-12-00 https://t.me/yangiobod_press?direct Facebook: (https://www.facebook.com/profile.php?id=61578819772101)
Show more3 585
Subscribers
-2524 hours
-787 days
-30530 days
Posts Archive
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda aholi bandligi va daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazdi.
—
Президент Шавкат Мирзиеев провел расширенное совещание по вопросам проводимой в регионах работы по обеспечению занятости и повышению доходов населения.
#Mirziyoyev #yigilish #kambagallik #bandlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+6
#Yangiobod_tumani
🚧 YO‘LLARDA TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILDI
Yangiobod tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan Jizzax–Ravot–Zomin–Sovot–Xovos avtomobil yo‘lining 85–92-kilometrlari oralig‘ida yo‘l qoplamasidagi nuqsonlarni bartaraf etish ishlari amalga oshirildi.
Mazkur ishlar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, transport vositalarining harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratish hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👇👇👇
🌐Web-sayt✅Telegram✅Facebook 🌐Instagram📹Youtube
+9
#Yangiobod_tumani
📍 Sovot qishlog‘ida aholi bilan uchrashuv
Bugun Yangiobod tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ibrohim Qarshiboyev Sovot qishlog‘ida bo‘lib, aholi daromadlarini oshirish, bandligini ta’minlash hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarni o‘rganish yuzasidan qishloq faollari va aholi vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi rahbari I. Fayziboyev ham har bir fuqaro bilan alohida suhbatlashib, ularning muammo va takliflarini batafsil o‘rgandi.
Asosiy maqsad — har bir xonadonning daromadini oshirish, fuqarolarni munosib bandlik bilan ta’minlash va aholi farovonligini yuksaltirishdir.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👇👇👇
🌐Web-sayt✅Telegram✅Facebook 🌐Instagram📹Youtube
Repost from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
Zafarobodda mahalla infratuzilmasini yaxshilash ishlari davom etmoqda
Zafarobod tumanida aholi uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish, mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish hamda hududlarni obodonlashtirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Bo‘ston mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish maqsadida hududdan o‘tuvchi ochiq kollektor tizimi zamonaviy yopiq kollektor tizimiga o‘tkazilmoqda. Mazkur ishlar natijasida hududning sanitariya holati yaxshilanishi bilan birga, mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish imkoniyatlari kengayadi. Shuningdek, ochiq kollektor o‘rnida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari hamda boshqa infratuzilma obyektlarini barpo etish uchun qo‘shimcha maydonlar yaratiladi. Yopiq kollektor tizimining barpo etilishi mahallaning obod va zamonaviy qiyofasini shakllantirish, aholi uchun xavfsiz hamda qulay muhit yaratishga xizmat qiladi. Bunyodkorlik ishlarining yakuniga yetkazilishi natijasida yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va mahallaning iqtisodiy salohiyatini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yuzaga keladi.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Repost from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
🎥 Videoreportaj: Do‘stlikda yangi massiv va zamonaviy infratuzilma barpo etildi
Do‘stlik tumanida aholi uchun zamonaviy va qulay turmush sharoitlarini yaratish, hududlarni obodonlashtirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Chinobod mahallasi hududida barpo etilgan yangi massiv ham ana shu bunyodkorlik ishlarining amaliy natijasidir.
Yangi hududda ko‘p qavatli uy-joylar va ijtimoiy soha obyektlari bilan bir qatorda zarur muhandislik infratuzilmasi ham yaratildi.
Ularni markazlashgan issiqlik bilan ta’minlash maqsadida 11,17 milliard so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy issiqlik tizimi ishga tushirildi.
📹 Batafsil — videolavhada.
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇
Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Repost from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
Jizzaxlik yosh fermer yerdan 400 million so‘m daromad olishni maqsad qilgan
Do‘stlik tumani Manas mahallasida istiqomat qiluvchi Hasanboy ajratilgan yer maydonidan unumli foydalanib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish orqali 400 million so‘m daromad olishni maqsad qilgan.
Mehnat, to‘g‘ri yondashuv va qat’iyat — yuqori daromad sari muhim qadam.
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇
Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Repost from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
Jizzaxdagi mahallalarda suv ta’minoti barqarorligi ta’minlanadi
Suv bor joyda hayot bor. Biroq suvning mavjudligi bilan birga, uni har bir xonadon, tomorqa va ekin maydoniga o‘z vaqtida va adolatli yetkazib berish ham muhim. Buning uchun, avvalo, suv tarmoqlari soz holatda bo‘lishi, taqsimot to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi va yuzaga kelgan muammolarga tezkor munosabat bildirilishi zarur. Sirdaro–Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida o‘tkazilgan yig‘ilishda mahallalardagi suv ta’minoti holatini o‘rganish, mavjud tarmoqlardan samarali foydalanish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Zoom platformasi orqali tashkil etilgan yig‘ilishda havza boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Turdiboyev, markaziy apparat xodimlari, suv xo‘jaligi tizimi tashkilotlari rahbarlari hamda mahallalarga biriktirilgan mas’ullar ishtirok etdi. Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi va suv resurslariga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotgan sharoitda mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentning 2026-yil 5 fevraldagi «Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ham suvni tejash, zamonaviy tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish va isrofgarchilikning oldini olish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalarning samarali ijrosi, avvalo, quyi bo‘g‘indagi ishlarning qay darajada to‘g‘ri tashkil etilganiga bog‘liq. Ayni paytda viloyatdagi 304 ta mahallaga 225 nafar suv xo‘jaligi xodimi biriktirilgan. Ular hududlardagi holatni o‘rganish, aholining suvga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, tarmoqlardagi muammolarni belgilash va ularni bartaraf etishga amaliy ko‘maklashmoqda. Yig‘ilishda mahallalardagi oqar suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni chuqur o‘rganish, mavjud sug‘orish tarmoqlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish vazifasiga alohida e’tibor qaratildi. Bunda har bir tarmoqning texnik holati, muammoli nuqtalari va ularni bartaraf etish choralari aniqlanadi. Shu asosda tarmoqlar va ularga tutash hududlarni tozalash, eskirgan lotoklarni yangilash, zarur joylarga nasos qurilmalarini o‘rnatish hamda sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish kabi ishlar amalga oshiriladi. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya va nosozliklarni esa qisqa muddatlarda bartaraf etish talab etilmoqda. Suv ta’minoti barqarorligini ta’minlash faqat texnik imkoniyatlarga emas, balki resursdan oqilona foydalanishga ham bog‘liq. Shu bois mahallalarda aholi o‘rtasida suvdan tejamkor va samarali foydalanish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish vazifasi belgilandi. Shuningdek, suv taqsimlovchi inshootlarni ta’mirlash, ularning texnik holatini yaxshilash va suv resurslarini adolatli taqsimlash masalalari ham diqqat markazida bo‘ldi. Zero, o‘z vaqtida tozalangan ariq, ta’mirlangan lotok, sozlangan nasos yoki tezkor bartaraf etilgan nosozlik ortida yuzlab xonadonlar, tomorqalar va ekin maydonlarining ehtiyoji turibdi.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
+2
#Yangiobod_tumani
📚 “Muvaffaqiyat mutolaadan boshlanadi!”
Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi aziz kitobxonlarni yana bir bor mazmunli mutolaa sari chorlaydi!
Bugun e’tiboringizga kutubxonamiz fondidan joy olgan quyidagi asarlarni tavsiya etamiz:
📘 “Bog‘chasaroy fontani”
📗 “Asror bobo”
📕 “Urush farzandi”
Ushbu asarlar o‘zining mazmuni, hayotiy voqealari va insoniy kechinmalari bilan kitobxonni o‘ylashga, mushohada qilishga undaydi.
📖 Zero, kitob — qalb oziqi, tafakkur manbai va ma’naviy kamolotning eng ishonchli yo‘ldoshidir.
📍 Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi siz aziz kitobxonlarni doimo qadrlaydi va kutib qoladi!
Kitob o‘qing — dunyoqarashingizni kengaytiring!
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👇👇👇
🌐 Web-sayt ✅Telegram✅Facebook 🌐Instagram 📹 Youtube
#Yangi_vakansiya
Tashkilot: Yangiobod tumani hokimligi
Hudud (daraja): Jizzax viloyati, Yangiobod tumani #Jizzax_viloyati
Bo'linma: Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari
Lavozim: Sаrmich MFYda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taminlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha hokim yordamchisi v.b
👉 Batafsil (ariza yuborish)
#Yangi_vakansiya
Tashkilot: Yangiobod tuman davlat soliq inspeksiyasi
Hudud (daraja): Jizzax viloyati, Yangiobod tumani #Jizzax_viloyati
Bo'linma: Budjet daromadlarini prognozlashtirish va soliq to'lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini yuritish sho'basi
Lavozim: Davlat soliq bosh inspektori #Bosh_mutaxassis
👉 Batafsil (ariza yuborish)
Repost from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
🎥 Videoreportaj: Zarbdorda yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
Zarbdor tumanida hududlar infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz transport sharoitlarini yaratish maqsadida yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash ishlari izchil davom etmoqda.
Xususan, davlat ahamiyatidagi D-060 avtomobil yo‘lining 40 kilometrdan ortiq qismida asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu ishlar mahallalarni tuman markazi bilan bog‘lash va aholiga qulay transport sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.
📹 Batafsil — videolavhada.
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇
Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Repost from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
Arnasoyda yangi istirohat bog‘i barpo etilmoqda
Arnasoy tumanida aholi uchun zamonaviy va qulay dam olish maskanlarini ko‘paytirish, hududlarni obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Tinchlik mahallasi hududida yangi istirohat bog‘i barpo etilmoqda. Bu yerda aholi, ayniqsa, yoshlar va bolalar uchun mazmunli hordiq chiqarishlari uchun qulay sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.
Tuman hokimi qurilish ishlarining borishini ko‘zdan kechirib, obyektni sifatli va belgilangan talablar asosida barpo etish, hududni zamonaviy qiyofaga keltirish hamda aholi uchun yanada qulay maskanga aylantirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.
Yangi istirohat bog‘ining barpo etilishi mahallada aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratish bilan birga, hududning obod va ko‘rkam qiyofasini ta’minlashga xizmat qiladi.
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇
Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Repost from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
Ko'chma savdo joylari "E-auksion" elektron savdo platformasida 36 oy muddatga sotiladi
🔹 Jizzax viloyatida 3285 ta joy 🔹 Arnasoy tuman➖ 294 ta 🔹 Baxmal tuman ➖ 222 ta 🔹 G'allarol tuman ➖ 290 ta 🔹 Sh.Rashidov tuman➖ 134 ta 🔹 Do'stlik tuman ➖ 164 ta 🔹 Zomin tuman ➖ 199 ta 🔹 Zarbdor tuman ➖ 188 ta 🔹 Mirzacho'l tuman➖ 153 ta 🔹 Zafarobod tuman ➖ 279 ta 🔹 Paxtakor tuman➖ 255 ta 🔹 Forish tuman ➖ 338 ta 🔹 Yangiobod tuman ➖ 289 ta 🔹 Jizzax shahar ➖ 480 ta ❗️Eslatma! Savdolarda jismoniy shaxslar ishtirok eta olmaydilar. Har qanday yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor ishtirok etishlari mumkin. Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qaroriga ko'ra tegishli savdo joyida ko‘chma savdo obyektini joylashtirish muddatini ikki martagacha uzaytirishga ruxsat berilad Ma'lumot uchun: ☎️ (71) 202 21 11 📱+998992073608 📱+998992072608 📱+998773757421📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
#Yangiobod_tumani
🛡 YANGIOBOD TUMANI PROKURORI SALIMOV SHAHRUZ DEHQONOVICHNING KIBERJINOYAT QURBONI BO‘LIB QOLMASLIK YUZASIDAN AHOLIGA MUROJAATI
Hurmatli tumanimiz aholisi!
Tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida tuman prokuraturasi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar, hokimlik idoralari hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Ushbu hamkorlik asosida amalga oshirilayotgan aniq chora-tadbirlar natijasida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan tumanda umumiy jinoyatchilik oshgan bo‘lsa-da, oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar 80 foizga kamayishiga erishildi.
Biroq kiberjinoyatlar qurboniga aylanib qolmaslik yuzasidan olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlariga qaramasdan, bu boradagi vaziyat hamon dolzarbligicha qolmoqda.
Xususan, ayrim fuqarolarimizning ishonuvchanligi, turli tekshirilmagan va’dalar, soxta reklama va e’lonlarga osonlikcha aldanib qolishlari oqibatida joriy yilning 8 oyi davomida 29 ta kiberjinoyat sodir etilgan.
Shu bois, kiberjinoyat qurboni bo‘lib qolmasligingiz uchun Sizlarga takroran murojaat qilmoqdaman.
Hurmatli tumandoshlar!
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar — Instagram, WhatsApp, Odnoklassniki yoki Telegram messenjeri orqali shaxsi noma’lum profil foydalanuvchilari tomonidan fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlaridan ruxsatsiz foydalanish, ularning nomiga onlayn kredit rasmiylashtirish hamda bank kartalaridagi mablag‘larni noqonuniy ravishda yechib olish holatlari kuzatilmoqda.
Siz yoki tanishlaringiz hayotida yuqoridagi kabi holatlar sodir bo‘lganda, quyidagi profilaktik choralarni ko‘rish maqsadga muvofiq:
🔹 Shaxsga doir ma’lumotlarni begona shaxslarga yubormang. Jumladan, fotosurat, video, pasport nusxasi va plastik karta ma’lumotlarini hech kimga bermang.
🔹 Shaxsiy rasm va videolarni internetga joylashtirishda ehtiyotkorlik choralarini kuchaytiring.
🔹 Imkon qadar shaxsiy rasmlaringizni ijtimoiy tarmoqlarda ochiq joylashtirmang.
Agar Sizda ham shunday holat aniqlansa, darhol ichki ishlar idoralariga murojaat qiling. Imkon qadar dalillarni — chatlar, skrinshotlar, audio, video, profil, @username va akkaunt ID ma’lumotlarini o‘chirmasdan saqlab qolishga harakat qiling.
Shuningdek, shubhali Telegram profilini bloklang va “Report” orqali shikoyat yuboring.
⚠️ Yana bir muhim ogohlantirish!
Hududlarda kun sayin firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlar soni ortib bormoqda. Tumanimiz aholisining yashash tarzidan kelib chiqib, chorva mollari va boshqa turdagi moddiy qimmatliklaringizni begona shaxslarga nasiyaga yoki pulini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan bermaslikni tavsiya qilamiz.
Sababi, ayrim firibgarlar sizdan olayotgan chorva mollari yoki boshqa moddiy qimmatliklarni bozor narxidan yuqori baholashni va’da qilib, shu orqali ishonchingizga kirishi va keyinchalik sizni katta miqdorda moddiy zarar ko‘rishingizga sabab bo‘lishi mumkin.
🇺🇿 Aziz yangiobodliklar!
Tumanimizda jinoyatchilikning oldini olish, huquq-tartibotni mustahkamlash va qonuniylikni ta’minlashda, eng avvalo, mahalla ahli, yoshlar va nuroniylar faollari, jonkuyar va vatanparvar insonlarning amaliy yordami hamda hamkorligiga suyanamiz.
Bu borada fuqarolarimizda qonunlarga itoatkorlik hissini uyg‘otish, ularning huquqiy dunyoqarashini kengaytirish — barchamizning ustuvor vazifamiz va maqsadimizdir.
Agar har bir fuqaro o‘z xonadoni, ko‘chasi, mahallasi va tumanini jinoyatdan xoli, tinch va xavfsiz hududga aylantirishga o‘z hissasini qo‘shsa, barchamiz bir tan-u bir jon bo‘lib, hamjihatlikda harakat qilsak, ko‘zlangan maqsadga, albatta, erishamiz.
Ogohlik — xavfsizlik garovi!
Kiberjinoyatga qarshi kurashishda hushyorlik va ehtiyotkorlikni hech qachon susaytirmang!
E’tiboringiz uchun rahmat!
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👇👇👇
🌐Web-sayt✅Telegram✅Facebook 🌐Instagram📹Youtube
Repost from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
+4
Jizzaxda banklar balansidagi mulklardan samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi
Jizzax viloyati hokimi rahbarligida banklar balansida mavjud bo‘lgan mulklardan samarali foydalanish, ularni iqtisodiy aylanmaga kiritish va yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, ayni paytda tijorat banklari balansidagi 62 ta mahallada joylashgan 138 ta mulk 142,3 milliard so‘mga sotilgan. Shu bilan birga, umumiy qiymati 494,3 milliard so‘m bo‘lgan 235 ta mulk mavjud bo‘lib, ularning 186 tasi bino va inshootlardan iborat. Mazkur obyektlar 110 ta mahallada joylashgan. Jumladan, Sharof Rashidov tumanida 23 ta, Jizzax shahrida 19 ta, Zarbdor tumanida 12 ta, Baxmal va G‘allaorol tumanlarida 10 tadan, Zominda 8 ta, Do‘stlik va Paxtakorda 5 tadan, Arnasoy, Forish va Zafarobodda 4 tadan, Mirzacho‘l va Yangiobod tumanlarida 3 tadan banklar balansidagi obyektlar mavjud. Yig‘ilishda ushbu mulklardan foydalanishda mahalla faollari, hokim yordamchilari va banklar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Ayniqsa, bo‘sh turgan binolarni mahalladagi ishsiz aholini daromadli mehnatga jalb etish, kichik biznes va xizmat ko‘rsatish loyihalarini yo‘lga qo‘yish uchun samarali foydalanish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi. Masalan, Sharof Rashidov tumanidagi “Yangiobod” mahallasida banklar balansida bo‘lgan 5 ta mulkdan ikki yildan buyon samarali foydalanilmayotgani qayd etildi. Mazkur obyektlarni tadbirkorlik subyektlariga taklif etish, ular negizida yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab berildi. Shuningdek, banklar balansidagi 6 ta mulkning 4 yildan buyon sotilmagani qayd etildi qilindi. Jumladan, Arnasoy tumani “Bobur” mahallasidagi mehmonxona binosini iqtisodiy aylanmaga kiritish bo‘yicha takliflar bildirildi. Yig‘ilishda bank rahbarlariga mazkur obyektlarni shunchaki saqlab turmasdan, ularni tadbirkorlarga taklif etish, investitsiya loyihalarini jalb qilish va hudud iqtisodiyotiga xizmat qiladigan obyektlarga aylantirish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, yil yakuniga qadar 76 ta mahalladagi 136 ta mulkning to‘liq sotilishini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi. Markaziy bank tomonidan mulklarni sotish jarayonining tasdiqlangan reja-grafik asosida borishi qat’iy nazoratga olinishi belgilandi. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosariga esa belgilangan vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish va natijadorlikni muntazam tahlil qilib borish topshirildi. Muhokamalar davomida ta’kidlanganidek, banklar balansidagi har bir bo‘sh turgan bino va inshoot — yangi tadbirkorlik subyektini tashkil etish, aholi bandligini ta’minlash va mahalla iqtisodiy salohiyatini oshirish uchun imkoniyatdir. Shu bois, banklar, mahalla raislari va hokim yordamchilari hamkorlikda ishlab, mavjud imkoniyatlarni aniq loyihalarga aylantirishi muhim.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
🛑 Odam savdosi qurboni bo‘lishning oldi olindi
👥 Farg‘ona shahrida yashovchi, 1999 y.t. muqaddam sudlangan fuqaro 2 nafar ayolni Rossiya Federatsiyasi poytaxtida fohishalik bilan shug‘ullanish orqali pul topishga qiziqtirgan. U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, Moskva shahriga yetib borganlaridan so‘ng, ishlab topgan mablag‘larining yarmini berib turishlarini talab qilgan. Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs ayollarni Moskva shahriga yuborayotgan vaqtida Farg‘ona xalqaro aeroportida to‘xtatilib, uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👇👇👇 🌐Web-sayt✅Telegram✅Facebook 🌐Instagram📹Youtube
+3
#Yangiobod_tumani
📚 “OCHIQ OSMON OSTIDA KUTUBXONA”
Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan yoshlar va o‘quvchilarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va boy ma’naviy merosimizni keng targ‘ib etish maqsadida “Ochiq osmon ostida kutubxona” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda “Kitobxon klubi” a’zolari faol ishtirok etib, kitoblar ko‘rgazmasi namoyish qilindi. Undan xalqimizning boy tarixi, madaniyati, milliy qadriyatlari, urf-odatlari hamda buyuk ajdodlarimiz hayoti va ijodiga bag‘ishlangan asarlar o‘rin oldi. Tadbir davomida kitobning inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni, ayniqsa, milliy ruhdagi asarlarni mutolaa qilish yoshlarning o‘zligini anglash, Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishdagi ahamiyati haqida fikrlar bildirildi. 📖 “Kitobxon klubi” a’zolari o‘zlari sevib mutolaa qilgan asarlar haqida suhbatlashib, yosh kitobxonlarga mazmunli va tarbiyaviy ahamiyatga ega kitoblarni tavsiya etdilar. Ochiq osmon ostida tashkil etilgan o‘ziga xos kitobxonlik muhiti ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurot bag‘ishladi. Mazkur tadbir nafaqat kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish, balki yosh avlod qalbida milliy o‘zlik, Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga hurmat va kitobga mehr tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi. Zero, milliy ruh bilan sug‘orilgan har bir kitob — ajdodlar xotirasi, bugunning sabog‘i va kelajak avlod uchun bebaho ma’naviy merosdir.📚 Kitob o‘qigan avlod — ma’rifatli avlod. Milliy qadriyatlarini anglagan avlod — buyuk kelajak bunyodkoridir! 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👇👇👇 🌐Web-sayt✅Telegram✅Facebook 🌐Instagram📹Youtube
